Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi gigiena fani


Download 5.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/33
Sana06.05.2017
Hajmi5.05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33

 
 
Masala-5 
 Bemorning shikoyatlari: og‗izning burishishi, yutishning qiyinlashishi, ko‗ngil aynishi, 
qusish,  ich  ketishi.Tomoqning  yallig‗lanishi  va  engil  gastrit  kuzatilgan.  Laboratoriya 
tekshiruv natijalari: qonda gemoglabin, leykotsit va erittrotsitlar soni me‘yoridan kam. 
1 Zaxarlanishning qaysi turiga taa‘lluqli? 
2. Profilaktikasi 

30 
 
Masala-6 
 ―Tez yordam ‖ mashinasida yuqumli kasalliklar kasalxonasiga keltirilgan bemor qorin 
og‗rig‗i, tez-tez ich ketishi, ketma-ket qayd  qilish, bexollik, tashnalik ichgan  suv qayd  bilan 
chiqishidan  shikoyat  qilgan.    Bemorning  ko‗zlari  kirtaygan,  rangi  bo‗zarib  ko‗kimtir  tusga 
kirgan, qo‗l-oyoqlari muzlagan. 
1. Zaxarlanishning qaysi turiga taa‘lluqli? 
2. Profilaktikasi 
 
Mashg„ulot mavzusi: Hona havosining mikrobiologik iflosligini tekshirish va baholash 
Masala-1 
Terapevtik  stomatologiya  xonalarni  uchun  kerak  bo‗lgan  havo  almashinish  karraligini 
hisoblang.  Xona  3  kresloga  mo‗ljallangan  har  bir  kreslo  uchun  (4
2
  m  joy  kerak).  Xonaning 
kattaligi 30 m
2
 balandligi 3.3 m. 
Masala-2 
25  m
2
  maydonga  ega  bo‗lgan  o‗quv  xonasi  uchun  SO
2
  miqdoriga  asosan  havo  almashinish 
karraligini  aniqlang.  Xonaning  balandligi  3  m.  Xonada  talabalar  uchun  mashg‗ulot 
o‗tkazilayotgan vaqt uchun va mashg‗ulot bo‗lmagan payt uchun hisoblashni amalga oshiring. 
Masala-3 
Xona  havosidagi  SO
2
  ning  miqdorini  shprits  usuli  bilan  aniqlash  uchun  8  marta  havo 
namunasi to‗ldiriladi, atmosfera havosila esa 27 marta. Xona havosidagi SO
2
 ning miqdorini 
aniqlang. 
 
Masala-4 
4 o‗ringa mo‗ljallangan palatada 3 ta turolmaydigan kasal davolanayapti. Xona havosi deraza 
orqali shamollatiladi va u kun mobaynida 20 minutdan 3 marta ochiladi. Palataning maydoni 
25 m
2
, balandligi 3.3 m. Shamollatishning etarli ekanligini qanday baholanadi. Tavsiyanoma 
bering. (Darchaning kattaligi 0,15 m
2
 kirayotgan havo tezligi 1 m/sek).  
Masala-5 
Sport zaliga sun‘iy ravishda havo oqimi uzatiladi. Shamollatish teshigining diametri 0.5 metr, 
havo harakatining tezligi 1.5 m/s. Zalning hajmi 50 x 10 x6. Agar havo almashtirish  karraligi 
2 martaga teng ekanligi ma‘lum bo‗lsa, u holda shamollatishgichning ish sharoitini belgilang.  
Masala-6 
Tug‗ruqxonaning  fiziologik  tug‗ilish  bo‗limida  kuz  va  qish  faslida  tuqqan  ayollarning  bir 
nechtasida ko‗krak bezlarining yallig‗lanishi (mastit) kuzatilgan  . Palatalarning  havosi  tabiiy 
shamollatiladi. 
Tuqqan 
ayollardan 
so‗ralganda, 
sovuq 
paytlarda 
palatalarning 
shamollatilmasligi  aniqlangan.  Palataning  kattaligi  20  m
2
.  Havoning  tekshirish  natijasida 
uning tarkibidagi SO
2
 nng miqdori 0.2%, u bakteriyalar bilan umumiy ifloslanganlik har 1 m
3
 
, havoga 3500 mikroorganizm  va 60 ta patogen  stafilakokk to‗g‗ri kelgan.  Ochiq  (derazalar) 
yuzalardan surtkilar olib tekshirilganda ham patogen  stafilakokklar  o‗sib chiqqan.  
1. Olingan natijalarni qanday usullar yordamida aniqlangan 
2. Palatada qanday tadbirlar o‗tkazilishi kerak  
Masala-7 
7 x 3  x 3.3  hajmiga  ega  bo‗lgan  palata  deraza  orqali  sun‘iy  shamollatiladi.  Palata 2 kishiga 
mo‗ljallangan. Kirayotgan havoning tezligi 0.5 m/sek. shamollatish tartibini o‗rnating  
 
Masala-8 
SHprits usuli bilan aniqlash natijasida xona havosidan 7 marta va atmosfera havosidan 23 
marta namuna to‗ldirilgan. Xona havosi holatini baholang va uni yaxshilash to‗g‗risida 
tavsiyalar bering. O‗quv xonasining maydoni 20 m balandligi 3 m va unda 12 talaba o‗qiydi.  
qish kunlarida havo haroratining farqi (ichki-tashqi) havo harakati tezligini 0.7 m/sek. 
miqdorida ta‘minlaydi.  
 

31 
 
IV. NAZARIY MATERIALLAR. 
№1. 
Zamonaviy gigiena va uning farmatsevtika sohasida tutgan o„rni 
 Maqsad:  Talabalarni  Gigiyena  fanining  asoslari  bilan  tanishtirish,  provizorlar 
faoliyatida Gigiyenaning o‘rni to‘g‘risida ma‘lumot berish. 
REJA: 
1. Gigiyena fanining maqsadi va vazifalari 
2.Gigiyena fanining rivojlanish tarixi. 
3.Provizorlarning mehnat  faoliyatida Gigiyena fanining ahamiyati. 
4.Gigiyenik tekshirish usullari. 
Tayanch iboralar: Puxsat etilgan konsentratsiyani (PDK), Sanitariya, Statistika usuli, 
Emperik, Zamonaviy  provizorlar, Biologik omillarga.. 
Adabiyotlar 
1.Dade W.Moeller. Environmental Health. Third Edition. London, England.2005. 652 pag 
2. Vilyam  Uayt. CHistыx pomeщeniy.Osnovы proektirovaniya, ispыtaniy  i ekspluatatsii.-M. 
izd. «Klinrum» , 2002. - 304 
3.  Nurmuxamedova  M.X.,  Nazarova  X.A.  Gigiyena.  ―O‗zR  Fanlar  akademiyasi‖  nashriyoti. 
T., 2007 y. 
4. Fayzullaeva Z.R., Qodirova D.E., Ataulaeva S.G‗.  Gigiyena. ―Yangi nashr‖ nashriyoti. T. ,  
2011 y. 
5. Solixo‗jaev S.S., Solixo‗jaev S.S., Do‗stjanov B.D. Umumiy Gigiyena. T., 1996 y. 
6.  DuschanovB.D.,  Solixo‗jaev  S.S.,  Iskandarova  SH.T.  Umumiy  Gigiyena  ―Yangi  avlod‖ 
nashriyoti. T., 2009 y. 
7. Solixo‗jaev S.S., Gigiyena. T., Umumiy Gigiyena ―Abu Ali IBN SINO‖nomidagi tibbiyot 
nashriyoti. T., 1992 y. 
8.  DuschanovB.D.,  Solixo‗jaev  S.S.,  Iskandarova  SH.T.  Umumiy  Gigiyena  ―Abu  Ali  IBN 
SINO‖nomidagi tibbiyot nashriyoti. T.,2001y 
9. Baltaeva  K.SH., Iskandarova  SH.T.,Tadjibaeva  N.S.,  Xasanova  M.   Sanoat Gigiyenasi va 
sanitariyasi. T. 2010 y. 
10. Gigiyena normativlari. T., 1999 y. (suv, tuproq, ish joy uchun). 
11. SH. T. Iskandarova, K. SH. Baltaeva, M. I. Xasanova, D. SH. Ziyaviddinova Umumiy 
Gigiyenadan amaliy mashg‗ulotlar. O‗quv qo‗llanma – T. , 2011 y.  
12. Nuralieva X.O., Qodirova D.E, Fayzullaeva Z.R., Boltaeva K.SH.              Gigiena va 
sanoat gigienasi fanlaridan interfaol  o‗yinlar  to‗plami. O‗quv uslubiy qo‗llanma.- T. , 2015 y 
 
Internet resurslari 
1. www. Ziyonet. uz 
2. www. edu. Uz 
3. Infocom.uz elektron jurnali: www.infocom.uz 
4. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot markazi sayti:        www.press-service.uz 
5.O‗zbekiston Respublikasi Davlat Hokimiyati portali: www.gov.uz  
6.  Axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  izohli  lug'ati,  2004,  UNDP  DDI:  Programme 
www.lugat.uz, www.glossaiy.uz 
7. O‗zbek internet resurslarining katalogi: www.uz 
  
 Gigiyena fani atrof muhit omillari va ishlab chiqarish faoliyatining inson salomatligiga, 
ishlash  qobiliyatiga,  hayotini  uzaytirishga  ta‘sirini  o‘rganadi.  Gigiyenaning  asosiy 
vazifalaridan  biri  inson  hayoti  va  mehnat  faoliyatini  sog‘omlashtirishga  yo‘naltirilgan 
profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat. 
  Qadimda  greklar  salomatlik  farishtasini  ikki  qo‘ida  suv  to‘dirilgan  idishlarni  ushlab 
turgan  yosh  ayol  ko‘rinishida  tassavvur  qilganlar.  Ular  uni  salomatlik  xudosining  qizi  deb 
hisoblaganlar.  Esqo‘lapa  unga  «Gigieya»  deb  nom  berdilar.  Shu  erdan  gigiyena  so‘zi  kelib 
chiqqan,  ya‘ni  salomatlik  haqida  qayg‘urish  demakdir.  Gigiyenani  «Sanitariya»  dan  farqlay 

32 
 
ola  bilish  kerak.  Sanitariya-bu  gigiyenaning  talablarini  hayotga  tadbiq  qilishdagi  amaliy 
chora-tadbirlar yig‘indisidir. 
 Gigiyena  tibbiyot  profilaktikasining  ilmiy  asosi  bo‘ib  hizmat  qiladi.  Odam  organizmi 
va  atrof  muhit  o‘rtasida  o‘zaro  bog‘iqlik  borligi,  bu  omillarning  odam  organizmiga  doimo 
ta‘sir  etishi  natijasida  ko‘pgina  kasalliklarning  kelib  chiqishiga  sabab  bo‘ishini,  tibbiyotda 
profilaktika  yo‘nalishining  rivojlanishining  zarurligini  fiziologlar  -  I.M.Sechenov  va 
I.P.Pavlovlar  isbotlab  berdilar.  I.P.Pavlov  «Barcha  kasalliklarning  sababini  bilgandagina 
haqiqiy  tibbiyot  kelajak  tibbiyotiga  aylanishi  mumkin,  gigiyena  keng  ma‘noli,  keng 
mazmunli, kerakli va olijanobli fan sifatida qo‘llaniladi» deb aytadi.  
    Gigiyena ko‘pgina tibbiy fanlar, shuningdek kimyo, biologiya, fizika, matematika va 
boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘iqlikka ega. Gigiyena epidemiologiya bilan uzviy bog‘iq, ya‘ni 
yuqumli  kasalliklar  bilan  kurashishda,  gigiyenik  takliflar  va  sanitar  maorif  ishlarni  olib 
borishda keng  qo‘laniladi. 
  Gigiyenik  tekshirishlarda  turli  xil  usullardan  foydalaniladi  va  ularni    ikkita  asosiy 
gurushga bo‘ish mumkin: 
Atrof muhit omillarining gigiyenik holatini o‘rganuvchi usul. 
U yoki bu omillarning odam organizmiga ta‘sir reaktsiyasini bag‘olovchi usul. 
  Har  qanday  gigiyenik  tekshiruvlar  sanitar  holatning  bayonidan  boshlanadi.  Gigiyena 
fan  deb  qaralgan  davrdan  bu  usul  birdan  bir  yo‘li    edi  va  hozirda  ham  o‘z  ahamiyatini 
yo‘qotmagan.  U  ko‘rilayotgan  ob‘ektning  holatini  xarakterlashga  imkon  yaratadi,  hajmini 
belgilaydi  va  sanitar  muammolarni  ob‘ektiv  baholashda  yordam  beradi.  Lekin  atrof  muhit 
omillarini    sifat  va  sonini  baholashda  sanitar  holatining  bayoni  etarli  emas.  Shuning  uchun 
fizikaviy,  kimyoviy,  bakteriologik,  toksikologik,  klinik,  statistik  va  boshqa  usullardan 
foydalaniladi. 
Har  qanday  fanning  taraqqiyoti  ijtimoiy  formatsiyalar  evolyutsiyasi  bilan,  texnika  va 
madaniyat  taraqqiyoti  bilan  uzviy  bog‘langan.  Shu  nuqtai  nazardan  gigiyena  tarixi  turli 
davrlardagi ijtimoiy va  iqtisodiy  shart-sharoitlar ta‘sirini aks ettiradigan  bir necha  bosqichga 
bo‘inadi.  
Gigiyenaning  rivojlanish  tarixi  nisbatan  uzoq  emas.  Juda  qadim  zamonlardayoq  inson 
o‘z  sog‘iqini  saqlash  uchun  hayot  tajribalari  asosida  eng  oddiy  gigiyenik  tadbirlarni  amalga 
oshirgan. Tuproqni ifloslanishdan muhofaza qilish, suv manbalarini tanlash va qurish, har xil 
o‘simlik va hayvon mahsulotlaridan ovqat tayyorlash, ovqatlanish tartibi, badanni toza tutish, 
mehnat  qilish,  dam  olish  va  uyqu  tartibi,  yuqumli  kasalliklar  tarqalishining  oldini  olish, 
yuqumli  kasallik  bilan  og‘rigan  bemorlarni  ajratib  qo‘yish,  ularning  buylumlarini  yoqib 
yuborish, murdalarni ko‘mish va boshqalarga turmush tajribalari asosida amal qilingan. 
XIV  asr  oxirlarida  hamma  fanlar  qatori  gigiyena  fani  ham  tushkunlikka  uchradi. 
Yunonistonda,  Rimda  tavsiya  etilgan  gigiyenik  tadbirlarni  bartaraf  qilinishi    natijasida 
shaharlarda  sanitariya  tadbirlariga  itoat  etmaslik  holati  yuzaga  keladi.  Shu  sababli,  o‘rta  asr 
davri o‘at, ich terlama, vabo, moxov, zaxm va boshqa yuqumli kasalliklarning tarqalishi bilan 
tarixga  kirdi.  Yangi  paydo  bo‘gan  burjuaziya  sinfi  sanoatni  rivojlantirish,  mehnat 
unumdorligini  oshirish  va  foydani  ko‘paytirishdan  manfaatdor  edi.  Bunday  maqsadga 
erishishda  unga  sog‘om  ishchilar  kerak  bo‘ganligi  uchun  ham  u  ma‘lum  sanitariya  chora-
tadbirlarini amalga oshirishga majbur bo‘di. Ketma-ket sodir bo‘ib turgan epidemiyalar yirik 
shaharlarda  sog‘lomlashtirishga  oid  shoshilinch  sanitariya  chora-tadbirlarini  amalga 
oshirishni, vodoprovod, kanalizatsiya o‘tkazish kabilarni taqozo etdi. 
 XIX  asrning  o‘rtalarida  biologiya,  kimyo  va  fizika  fanlarining  gurkirab  rivojlanishi 
gigiyena  taraqqiyotida  ham  yangi  davrni  boshladi.  Bakteriologik  va  fizik  –  kimyoviy  tahlil 
usullari  gigiyenaga  ham  kirib  keldi,  aholi  istiqomat  qiladigan  hudud  va  uy-joylar  sanitariya 
holatini  sog‘omlashtrish,  ovqatlanish  gigiyenasi,  me‘yor  va  talablarini  asoslashda  qo‘lanila 
boshlandi. Bu gigiyenadagi eksperimental yo‘nalishning ibtidosi bo‘ladi.  
Ingliz  olimi  Parks  va  nemis  gigienisti  Pettenkofer  gigiyena  fanining  asoschilari 
hisoblanadi.  Parks  857  yilda  tashqi  muhit  omillarini  fizik-kimyoviy  va  bakteriologik 
tekshirish  natijalariga  asoslangan  gigiyenaga  oid  asarni  nashr  ettirgan  bo‘sa,  Pettenkofer 

33 
 
gigiyenaning  aniq  fanga  aylanishiga  yo‘  ochgan,  ko‘p  yillik  laboratoriya  -  statistik 
tekshirishlarni  o‘tkazdi.  Pettenkoferning  turar  joylarni  shamollatish  (ventilyatsiya  qilish)  va 
isitish sohasida olib borgan tekshirishlari muhim ahamiyatga ega bo‘di. 
Pettenkoferning zamondoshi va hamkori – fiziolog Foytning ovqatlanish fiziologiyasi va 
Gigiyenasi  sohasidagi  ishlari  ayniqsa  qimmatlidir.  Pettenkoferning    izdoshlari  Rubner  va 
Flugger  havo,  tuproq,  suv,  turar  joy  va  kiyim  kechakni  sanitariya  nuqtai  nazaridan  baho 
berishning gigiyenik me‘yorlarini ishlab chiqdilar. 
XIX asrning  ikkinchi yarmida bakteriologiyaning rivojlanishi mashhur Lui Paster (1822 
- 1895) kashfiyotlari bilan bevosita bog‘iq. Uning kashfiyotlari turar joylar, aholi yashaydigan 
joylarni  sog‘omlashtirish  va  kasalliklarning  oldini  olish  masalalarini  hal  qilish  uchun 
Gigiyenada  yangi  tekshirish  usullaridan  foydalanish  imkonini  berdi.  Bu   gigiyenaning  yangi 
sohalari epidemiologiya va sanitariya bakteriologiyasining tez rivojlanishiga olib keldi.  
 Gigiyenaga  oid  bilimlar  XIX  asrning  birinchi  yarmida  tizimga  solinib,  mustaqil  fan 
holida birlashtirildi va rivojlana boshladi. Bunga kapitalizmning rivojlanishi, shahar va sanoat 
korxonalarining  o‘sishi,  hamda  turli  epidemiyalarga  qarshi  kurashishning  zarurligi  asosiy 
zamini  bo‘di.  Gigiyena  kafedrasi  ilk  bor  1887  yilda  Peterburg  harbiy  meditsina 
akademiyasida  tashkil  etildi,  unga  gigiyenaning  turli  masalalariga  oid  90  dan  ortiq  ilmiy 
asarlar  muallifi  A.P.Dobroslavin  boshchilik    qildi.  «Jamoat  sog‘ig‘ini  saqlash  kursi», 
«Gigiyena»,  «Harbiy  Gigiyena  kursi»  kitoblari  uning  qalamiga  mansubdir.  A.P.Dobroslavin 
harbiy Gigiyenaga aloqador ko‘pgina masalalarni hal qilishda ishtirok etdi.  
1882  yil  Moskva  universitetida  F.F.Erisman  rahbarligida  Gigiyena  kafedrasi  tashkil 
qilindi. F.F.Erismanga va uning shogirdlari yaratgan asarlarida Gigiyenaning barcha bo‘imlari 
o‘z aksini topdi. SHu olim tomonidan uch tomlik «Gigiyena bo‘yicha qo‘lanma» chop etildi. 
G.V.Xlopin  (1863  -  1929)  Gigiyenaning  XIX  asr  oxiri  va  XX  asrning  birinchi 
choragidagi yirik vakili edi. Uning olim sifatida shakllanishiga I.M.Sechenov va I.P.Pavlovlar 
katta  ta‘sir  ko‘rsatdilar.  G.V.Xlopin  Gigiyenaning  tajriba  orqali  rivojlanish  tarafdori  edi.  U 
«Sanitariya  –  gigiyenik  tekshirish  usullari  to‘g‘risida  qo‘lanma»,  «Gigiyena  asoslari»  va 
«Umumiy Gigiyena kursi» nomli darslik va boshqa qator asarlar yaratdi. 
XX  asrga  kelib  gigiyenaning  rivojlanishi  uchun  katta  imkoniyatlar    yaratildi.  Maxsus 
ilmiy tekshirish institutlari, laboratoriyalar  tarmog‘i  kengaydi, tibbiyot institutida sanitariya-
gigiyena  fakulteti  va  kafedralarining  soni  ortdi.  Gigiyenaning  ayrim  sohalari:  mehnat 
gigiyenasi,  kommunal,  ovqatlanish  gigiyenasi,  bolalar  va  o‘smirlar  gigiyenasi,  davolash-
profilaktika    muassasalari  gigiyenasi,  harbiy  va  radiatsion  gigiyena  mustaqil  fan  sifatida 
ajralib  chiqdi.  gigiyenik  talablar  va  normativlar  hayotga  keng  tadbiq  qilina  boshlandi.  Bu 
o‘rinda gigiyena sohasining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan atoqli olimlar N.A.Semashko, 
Z.P.Solovyov,  A.V.Melkov,  V.A.Uglov,  A.N.Sinin,  A.N.Marzeev  va  boshqalarni  ko‘rsatib 
o‘tish lozim. 
Nikolay  Aleksandrovich  Semashko  (1874  -  1949)  sotsial  Gigiyenaning  mustaqil  ilmiy 
fanga  aylanishining  asoschisi,  sog‘iqni  saqlash,  maktab  Gigiyenasining  nazariy  va  tashkiliy 
masalalariga bag‘ishlangan 250 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. U o‘zining «Sog‘iqni saqlashni 
tashkil  qilish  nazariyasidan  ocherklar»  kitobida  sog‘iqni  saqlashning  asosiy  qonuniyatlarini 
umumlashtirdi. 
O‘rta  Osiyoda  Gigiyenaning  rivojlanishi  o‘ziga  xos  tarixga  ega.  Qadim  zamonlarda 
O‘rta Osiyo aholisi qaysi  hayvon va  o‘simlik  mahsulotlarini  iste‘mol  qilish  mumkinligi,  suv 
manbalarini  tanlashda  va  issiq  iqlim  sharoitida  turar  joylarni  qurish,  kiyinish  to‘g‘risida 
ma‘lumotlarga ega bo‘ishgan. 
Feodalizm davrida O‘rta Osiyoda boshqa fanlar qatori tibbiyot fanining ham rivojlanishi 
kuzatildi.  Buning  sababi  bir  tomondan,  aholining  iqtisodiyoti  va  madaniyatini  yuksalishi 
bo‘sa, ikkinchidan, ko‘p shaharlarga O‘rta Osiyodan ipak yo‘i orqali o‘tishi bo‘gan. 
Karvonlarni qum, sahrolardan, o‘rmonlardan quyoshning jazirama nuri ta‘sirida o‘tishi, 
ularning  sog‘ig‘iga  salbiy  ta‘sir  qilmay  qolmagan.  Bu  davrda  aholini  bir  davlatdan  ikkinchi 
davlatga borishiga ko‘pincha yuqumli kasalliklarning tarqalishi, uning oldini olish choralarini 
qidirishga majbur etgan. 

34 
 
Qadimgi  Buxoroda  yuqumli  kasalliklar  bilan  og‘riganlarni  aholidan  ajratish,  alohida 
xonalarga joylashtirish va shaxsiy Gigiyena qoidalariga rioya qilish talab etilgan.  
 Eron  va  O‘rta  Osiyo  xalqlarining  ilohiy  kitobi  hisoblangan  «Avesto»da  diniy  urf-
odatlar bilan bir qatorda gigiyenik ma‘lumotlar ham berilgan. Bu ma‘lumotlarni O‘rta Osiyo 
xalqlari  tibbiyotiga  oid  ilk  yozma  ma‘lumot  deyish  mumkin.  O‘rta  Osiyo  xalqlarining 
tibbiyotga  oid  yozma  ma‘lumotlari  feodalizmning  eng  rivojlangan  davriga  (IX  –  XII  asrlar) 
to‘g‘ri keladi. SHu davrda yashagan va ijod qilgan olimlardan Abu Bakr-ar Roziy hamda Abu 
Ali ibn Sinolarni namuna sifatida keltirish mumkin. 
Abu  Bakr-ar  Roziy  tashqi  muhit  omillarining  odam  organizmiga  ta‘sirini  chuqur 
o‘rgangan  va  tashqi  muhitning  salbiy  ta‘siridan  saqlanish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida  o‘z 
mulohazalarini bildirgan.  
Olim jahonda birinchi bo‘ib chechakning oldini oluvchi chora sifatida emlashni tavsiya 
qilgan va uni qanday amalga oshirish kerakligini batafsil bayon qilgan. 
Abu  Ali  ibn  Sinoning  tibbiyotga  doir  asarlari  bir  necha  asrlar  davomida  tibbiyot 
fanining  nazariy  va  amaliy  asosi  bo‘ib  keldi.  Uning  shoh  asari  bo‘mish  «Kitob  al  qonun  fit 
tibb» («Tib ilmi qonuni») bir qancha tillarga tarjima qilinib, bir necha asrlar davomida Evropa 
dorilfununlarida asosiy qo‘lanma sifatida o‘qitilgan. 
Abu Ali ibn Sino ichki va tashqi muhit (ovqat, havo, suv, iqlim, turmush sharoitlari va 
boshqalar) ning kasallik paydo bo‘ishida muhim rol o‘ynashini ko‘rsatib beradi. Abu Ali ibn 
Sino  tabiatda  suv,  havoda  yashovchi  ko‘zga  ko‘rinmaydigan  mayda  hayvonlar  (ya‘ni 
mikroblar) yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradigan hamda tarqatadigan vositalardir, degan 
fikrni olg‘a  surdi.  U kasalliklarning  oldini olish, ularning tarqalishiga yo‘  qo‘ymaslik uchun 
ozodalik  tartib  -  qoidalariga  rioya  qilish,  suvni  qaynatib  ichish  kerakligini  ta‘kidlaydi.  Abu 
Ali ibn  Sino  miroblar  yuqumli kasalliklarni keltirib  chiqaruvchi va tarqatuvchilari  ekanligini 
Lui Paststerdan 8 asr muqqaddam isbotlab berdi. 
O‘zbekiston Respublikasida Gigiyena  fanining rivojlanishiga o‘zining  serqirra faoliyati 
bilan  ulkan  ulush  qo‘shgan  olimlar  qatorida  A.Z.Zohidov,  S.N.Bobojonov,  K.S.Zoirov, 
T.I.Iskandarov,  M.M.Magzumov, R.U.Ubaydullaev,  M.T.Toxirov va boshqalar  nomini aytib 
o‘tish mumkin. 
A.Z.Zohidov  –  ko‘p  qirrali  gigienist  olim,  tibbiyot  fanlari  doktori,  professor,  Tibbiyot 
fanlari akademiyasining muxbir a‘zosi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan 
fan arbobi. U kommunal Gigiyena fanining asoschisi hisoblanadi. A.Z.Zohidov 120 dan ortiq 
ilmiy asar, uslubiy ko‘rsatma, monografiyalar muallifidir. 
K.S.Zoirov – professor, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan shifokor, 
fan arbobi. U 230 dan ortiq ilmiy maqolalar, darslik va qo‘lanmalar muallifi. 
  Zamonaviy  provizorlar  –  ular  tibbiy  hodim,  dori  preparatlarini  tayyorlash  sohasida 
mutaxassis,  aholi  salomatligini  mustahkamlash  ishlarida  va  profilaktika  chora -tadbirlarini 
o‘tkazishda ishtirok etadigan shaxslardir. Bu nuqtai nazardan qaraganda Gigiyena sohasidagi 
bilimini provizorlik ish faoliyatida zarur ekanligini alohida qayd etish lozim. 
  Dorixona  sog‘iqni  saqlash  tizimidagi  muassasalardan  biridir,  uning  asosiy  vazifasi, 
aholini va davolash-profilaktik muassasalarini dori preparatlari, sanitariya va boshqa tibbiyot 
mahsulotlar  bilan  o‘z  vaqtida  ta‘minlashdan  iboratdir.  Dori  preparatlarini  tayyorlash  va 
saqlashda  gigiyenik  rejimga  qat‘iy  rioya  qilish  lozim,  shuning  uchun  provizor  dorixona 
muassasalarida  va  farmasevtika  korxonalarida  atrof  muhit  parametrlarini  gigiyenik 
normalarini  yaxshi  bilishi  kerak.  U  gigiyenik  normativlarni  va  sanitariya  qoidalarni 
dorixonada  buzilishi  natijasida  kelib  chiqadigan  kasalliklar  haqida  to‘iq  ma‘lumotga  ega 
bo‘ishlari  kerak.  Provizor  sanitar  hizmat  namoyondalarilari  bilan  birga  dorixona  xonalarida 
gigiyenik  rejimga  rioya  qilish  va  mehnatni  muhofaza  qilish  chora-tadbirlarini  ishlab 
chiqarishi,  dorixona  qurilishi loyihalariga baho  berishda, joriy  sanitar  nazoratini  olib  borishi 
kerak. 
 
 

35 
 
GIGIENIK TEKSHIRISHLARDA ISHLATILADIGAN 
ASBOBLAR 
 
 
 

36 
 
 
 
 
 

37 
 
 
 
 

38 
 
 
 
 
 
 
 

39 
 
Dorixona  xodimlarining  shaxsiy Gigiyena  qoidalariga rioya qilishlari katta ahamiyatga 
ega.  Dorixona  xodimlarining  bu  qoidalarga  rioya  qilmasliklari  natijasida  dori  preparatlari, 
distillangan  suv,  dorixona  jihozlari  ifloslanishi  mumkin.  SHuningdek  dorixona  xodimlari 
bemor  odam  bilan  aloqada  bo‘ganda,  havo,  retseptlar,  turli  xil  jihozlar  orqali  zararlanishlari 
mumkin. 
  Provizor  ish  faoliyatida  sanitar-maorif  ishlari  ahamiyatli  o‘ringa  ega,  u  aholi  sanitar 
madaniyatini oshirishga, o‘zicha davolanishga va aholi orasida turli xil yuqumli kasalliklarni 
oldini olishga qaratilgandir. 
  Provizor  ish  faoliyatida  davolovchi  va  sanitar  shifokorlari  bilan  doimo  muloqatda 
bo‘adi. Bu esa provizorni tibbiyot profilaktikasida, atrof muhitni muhofaza qilishda va boshqa 
asosiy yangiliklar haqida habardor bo‘ishlarini talab qiladi. 

Download 5.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling