Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Download 1.3 Mb.
bet1/11
Sana10.05.2020
Hajmi1.3 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI

IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI


MILLIY G‘OYA: ASOSIY TUSHUNCHA VA TAMOYILLAR FANIDAN

O‘QUV USLUBIY MAJMUA

Toshkent - 2016

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI

IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI
TASDIQLAYMAN”

O‘quv ishlari bo‘yicha

prorektor, f.f.n Aliyev S.U

_________________

“___” _________2016_ yil

MILLIY G‘OYA: ASOSIY TUSHUNCHA VA TAMOYILLAR FANIDAN

O‘QUV USLUBIY MAJMUA

Toshkent - 2016


Tuzuvchilar:

N.S.Salimsakova - Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi

D.M.Abduraximova - Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi
Taqrizchi:

Ikromjonov A. M. – TDSHI “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi” o’qituvchisi

O’quv-uslubiy majmua Toshkent farmatsevtika inztitutining soha uslubiy kengashning 2016 yil 15.06. dagi 15-sonli qarori bilan nashrga tavsiya qilingan.

Soha uslubiy kengashning kengash raisi ____________ K.K.Ismoilov


O’quv-uslubiy majmua MUK da ko’rib chiqildi va tasdiqlandi
__________ 2016 yil ______ sonli bayonnomasi
Kelishildi: Markaziy uslubiy kengash raisi __________ S.U.Aliyev

MUNDARIJA:
1.Ishchi dastur

2.Sillabus

3.Fanni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol metodlar.

4.Nazariy mashg‘ulot materiallari

5. Seminarlar uchun materiallar

6.Keyslar banki

7.Mustaqil ta’lim mavzulari

8.Testlar

9.Glossariy

10. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Kirish
«Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani bakalavr bosqichi talabalari uchun ishlab chiqilgan.

«Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani davomida bakalavr Milliy g‘oya, uni jamiyatimiz taraqqiyotidagi ahamiyati; G‘oya va mafkura tushunchasining mohiyati, mazmuni, namoyon bo‘lish shakllari; Milliy g‘oya va milliy mafkuraning o‘ziga xos xususiyatlari, asosiy tamoyillari; Mafkuraviy, ma’naviy tahdidlar, ularning yo‘nalishlari; Mafkuraviy tahdidlardan yoshlarni himoya qilishda ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish; Milliy g‘oyani yoshlar ongi va qalbiga singdirishning asosiy usul va vositalari kabi kabi masalalar tahlili bo‘yicha muayyan bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ladilar


Fanni o‘qitishdan maqsad va vazifalari


Fanning maqsadi: talabalarda milliy g‘oya va mafkuraning mazmun-mohiyatini tushungan holda ijtimoiy voqelikka mustaqil munosabatini shakllantirish, ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot qurish g‘oyasining ijtimoiy - ma’naviy mohiyatini yoshlar ongiga singdirishdan iborat.

Fanning vazifalari:

- yoshlarning ijtimoiy faoliyatida muqobil g‘oya va mafkuralarga oqilona munosabatni;

- xalq orasida milliy g‘oyani targ‘ib-tashviq qilish malakasini;

- g‘oyaviy mafkuraviy jarayonlarni tahlil qilish, baholash va ularga mustaqil yondashuvni shakllantirishdan iboratdir

Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
«Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani orqali talabalar:

-milliy g‘oya va mafkuraning mazmun-mohiyatini bilish va ulardan amaliyotda foydalanish;

-.milliy g‘oyaning tarixiy negizlarini, falsafiy asoslarini o‘rganish va ularning rivojlanish qonuniyatlarini bilish;

- ijtimoiy-siyosiy jarayonlar haqidagi muqobil g‘oyalarni qiyosiy tahlil qilish va ularga mustaqil munosabat bildirish;



-g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarga doir nazariy bilimlarni amaliy
hayotda qo‘llash;

- ma’naviy tahdidlarga qarshi kurash ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan

o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
«Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani Oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash jarayonining dastlabki bosqichlaridan biri hisoblanib, mafkuraviy jarayonlar, milliy g‘oyaning o‘rni va ahamiyati haqidagi nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantiruvchi predmetdir. SHu nuqtai-nazardan kelib chiqib ushbu fan qator ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikdadir Jumladan, falsafa, tarix, siyosatshunoslik, ma’naviyat asoslari, pedagogika, psixologiya singari ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bevosita aloqador.

«Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani umummetodologik fanlaridan biri hisoblanadi. Fanni o‘rganish orqali egallangan bilimlar yoshlarning mafkuraviy immunitetini, siyosiy madaniyati, ogohligini oshirishda, ularning ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilishga o‘rgatadi va amaliy ishlab chiqarishdagi faoliyatini samarali bo‘lishini ta’minlab,



Pedagogik faoliyatida: mafkuralar, g‘oyalar va jarayonlar borasida tizimli ishlar olib borishda, yoshlarga milliy g‘oya ruhida ta’lim-tarbiya , berishda;

Tashkilotchilik va boshqaruv faoliyatida: davlat va jamiyatning mafkuraviy xavfsizligi, mafkuraviy jarayonlar va ularning ta’sirlarini aniqlashda, milliy g‘oyani xalqimiz ongi va qalbiga singdirishda, ilmiy-tadqiqot va boshqa idoralarning faoliyatini tashkil etishda, shuningdek xizmat va kasbiy vazifalarini bajarishda muhim hamiyatga ega.
Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi va uslubiy jihatidan ketma- ketligi.
Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”fani yo`nalishning asosiy fanlaridan biri hisoblanib, uni o`rganish psixologiya, pedagogika, yangi pedagogik texnologiyalar, balog`atga etish fiziologiyasi va gigienasi, pedagogik mahorat, didaktik vositalar kompleksi, umumixtisosiy va ixtisoslikka doir fanlar bilan o`zaro bog`langan holda olib boriladi
Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar.
O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta'lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma'ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va mul'timedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.

Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:



Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim.Bu ta'lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta'limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma'lum bir ta'lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.

Tizimli yondoshuv. Ta'lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta'lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta'limni ifodalaydi.

Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv.Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta'lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta'limni ifodalaydi.

Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Hamkorlikdagi ta'limni tashkil etish.Demokratik, tenglik, ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e'tiborni qaratadi.

Muammoli ta'lim.Ta'lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta'lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni o'ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta'minlanadi.

Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.

O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma'ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta'lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.

O‘qitishni tashkil etish shakllari:dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.

O‘qitish vositalari:o‘qitishning an'anaviy shakllari (darslik, ma'ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.

Kommunikatsiya usullari:tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.

Teskari aloqa usullari va vositalari:kuzatish, blits-so‘rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.

Boshqarish usullari va vositalari:o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

Monitoring va baholash:o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.

Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanini o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan, “yexcel” elektron jadvallar dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo‘yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog‘idagi rasmiy iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so‘z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o‘tkaziladi.



Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanidan mavzularning mashg‘ulotlar va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi


t\r

Mavzular nomi

Jami soat

Ma’ruza

Seminar

Mustaqil ta’lim

1

“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

4

2

2

-

2

“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining tarixiy ildizlari, shakllanish bosqichlari

4

2

2

-

3

Milliy g‘oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi. G‘oyaviy tahdidlarning yo‘nalishlari

16

2

4

10

4

Mafkuraviy tajovuz va axborot xavfsizligi Mafkuraviy faoliyat - milliy g‘oyani amalga oshirish vositasi

16

2

4

10

5

Globallashuv jarayonida mafkuraviy immunitet

4

2

2

-

6

Jamiyat barqarorligini ta’minlashning ijtimoiy-g‘oyaviy asoslari

10

2

2

6

7

Tafakkur o‘zgarishi

va ma’naviy yangilanishda milliy g‘oyaning roli

3

2

1

-

8

Milliy g‘oyani rivojlantirishning institutsional tizimi

3

2

1

-




Jami

60

16

18

26

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling