Toshkent farmatsevtika instituti


Download 4.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/53
Sana12.12.2017
Hajmi4.3 Mb.
#22078
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Jo`rayeva A

O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O`RTА MАXSUS TА’LIM 

VАZIRLIGI 

 

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI 



 

О.О.Оbidоv, А.А.Jurаyеvа, G.Yu.Malikova  

 

 

 



 

 

 



 

BIOLOGIK  KIMYO 

 

 

 



 

 

O`zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o`rtа mаxsus tа’lim vаzirligi fаrmаsеvtikа vа 



tibbiyot  оliy o`quv yurtlаri tаlаbаlаri uchun darslik sifаtidа 

 tаvsiya etаdi 

 

 

 



 

 

Toshkent – 2011 



 

Tаqrizchilаr: 



T.S.Sоаtоv  –  biоlоgiya  fаnlаri  dоktоri,  аkаdеmik.  O`zbеkistоn 

fаnlаr  аkаdеmiyasi  biоkimyo  ilmiy-tekshirish  instituti  lipidlar 

almashinuvi laboratoriyasi mudiri. 

 

X.U.Аliеv  –  tibbiyot  fаnlаri  dоktоri,  Toshkеnt  fаrmаsеvtikа 



instituti    fаrmаkоlоgiya  va  klinik  farmatsiya  kafedrasi  

professori. 

 

R.А.Sоbirоvа  –  tibbiyot  fаnlаri  dоktоri,  prоfеssоr.  Toshkеnt 



tibbiyot аkаdеmiyasi biоkimyo kаfеdrаsi mudiri. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 



MUQADDIMA 

Biologik  kimyodan    mazkur  darslik  farmatsevtika  instituti  talabalariga 

mo`ljallangan  o`quv  dasturi  bo`yicha  yozilgan  bo`lib,  hozirgi  zamon  biologik 

kimyo  fani  asoslari  haqidagi  tushunchalar  to`la  yoritilgan.  Darslikning  maqsadi 

talabalarga  tirik  organizmning  kimyoviy  tarkibi  va  molekulyar  jarayonlari 

to`g`risidagi  bilimlarni  normal  va  patologik  holatlardagi  sifat-miqdoriy 

o`zgarishlarini  o`zlashtirib,  ularni  o`z  kasb  faoliyatida  to`g`ri  talqin  etishga 

o`rgatishdir.  Biokimyo  shaklan  va  mazmunan  kimyo  va  biologiyani  uzviy  birligi 

natijasi bo`lganligi tufayli xizmat doirasi bo`yicha tibbiyot va farmatsiyaning turli 

tarmoqlariga bevosita aloqador.  

Tibbiyot va farmatsevtika institutlarida biokimyo muhim nazariy fan sifatida 

inson  hayot  faoliyatini  ajralmas  qismlari  –  modda  almashinuvi  (metabolizm) 

jarayonini  kuzatishga,  tashxis  usullarini  takomillashtirishga,  har  xil  kasalliklarni 

keltirib  chiqaruvchi  sabablarini  oldini  olish  va  davolashga  imkon  yaratishi  bilan 

birga  farmakologiyada  dorilar  ta’sirini  kimyoviy  mexanizmlarini  asoslashga 

yordam  beradi.  So`nggi  ikki-uch  o`n  yilliklar  davomida  biokimyoning 

enzimologiya,  genetika,  molekulyar  biologiya,  bioenergetika  tarmoqlarida 

erishilgan  mashhur  ixtirolar  bu  fanning  zarur  fundamental  fanlar  qatorida 

biologiya,  tibbiyot  va  farmatsiyaning  murakkab  muammolarini  yechishda 

foydalaniladigan  vositaga  aylantirdi.  Genetik  axborotni  saqlanishi  va    nasldan-

naslga ko`chish yo`llari, oqsil-nuklein kislotalarining qurilish darajalari va polimer 

molekulalarni biosintezi, tirik sistemalarda energiya almashinishi, biomembranalar 

rolini  aniqlashi  biologik  funktsiyalarning  kimyoviy  negizlarini  yanada  chuqurroq 

o`rganishga  yo`l  ochdi.  Aytilganlar  qatorida  darslikda  biokimyoni  farmatsiya  va 

tibbiyot  sohalarini  amaliy  yechimiga  bag`ishlangan  patobiokimyo  masalalari 

dorilar  sifatini  nazoratlash  va  klinik  biokimyo  tahlili  ham  yoritilgan.  Ushbu 

yo`nalishda dorilar metabolizmi va ta’sir mexanizmida ishtirok etuvchi fermentlar  

faolligini o`zgarishiga alohida bo`lim bag`ishlangan.  

Darslik  mualliflarning  biokimyo  fanini  farmatsevtika  institutida  ko`p  yillar 

o`qitilishi davomida orttirgan tajribalarini aks ettiradi. 


 



Biologik kimyo faniga kirish, uning vazifalari va ahamiyati.  



 

Biologik kimyo fanining maqsadi va vazifalari. Biologik kimyo – barcha 

tirik  organizmlarda  kechadigan  kimyoviy  jarayonlarni  o`rganuvchi  fan.  Uning 

maqsadi  to`qima  va  a’zolarda,  hujayra  hamda  uning  tarkibiy  tuzilmalari 

(strukturalar)dagi      doimiy  modda  va  energiya  almashinuvini  o`rganishdan  iborat 

bo`lib,  organizmda  tinimsiz  o`zgarib,  yangilanib  turadigan  oqsillar,  nuklein 

kislotalar,  uglevodlar,  lipidlar,  vitaminlar  hamda  anorganik  birikmalarning 

kimyoviy  tuzilishlari, xossalari, ularni  organizm  qismlarida, jumladan, hujayra  va 

uning elementlarida  tarqalishi, joylashishini tadqiq qilish bilan shug`ullanadi.  

Biokimyo fani 3 bo`limdan iborat: 

1.

 



Statik biokimyo. 

2.

 



Dinamik biokimyo. 

3.

 



Funktsional biokimyo. 

Statik  biokimyo  tirik  organizm  tarkibiga  kiruvchi  moddalarning  kimyoviy 

tuzilishi va  xususiyatlarini o`rganadi. Bu bo`limning  asosiy  masalalari  bioorganik 

kimyo tomonidan o`rganiladi. 

Dinamik  biokimyo  moddalarning  organizmga  qabul  qilinishidan  boshlab 

oxirgi mahsulotlar shaklida chiqarib yuborilishigacha bo`lgan barcha o`zgarishlarni 

tahlil qiladi. 

Funktsional  biokimyo  a’zo  va  to`qimalarda  kechadigan  kimyoviy 

jarayonlarni ularning funktsiyalariga bog`liq ravishda  tadqiq etadi. 

Biologik kimyoning barcha bo`limlari bir-biri bilan o`zaro uzviy bog`langan  

umumiy biokimyoning qismlari hisoblanadi. 

 Biologik  kimyo  tadqiqot  ob’yektiga  ko`ra  odam  va  hayvonlar  biokimyosi, 

o`simliklar biokimyosi va mikroorganizmlar biokimyosiga     bo`linadi. 

Fanning  rivojlanish  tarixi.  Biologik  kimyo  biologiya  va  kimyo  fanlari 

oralig`idagi    soha  bo`lganligi  uchun    shu  ikki  fanni  ma’lumotlari  va  g`oyalariga 

asoslanadi.  Shu  sabab  mazkur  yo`nalish  alohida  fan  sifatida  biologiya  va  kimyo 

fanlarining ma’lum rivojlanish bosqichida paydo bo`lgan.  



 

XIX  asrda  biokimyo  fiziologik  kimyo  deb  atalib,  mustaqil  fan  sifatida  XX 



asrning  boshlarida  shakllangan.  XIX  asrda  organik  kimyoning  taraqqiyoti  statik 

biokimyoning  rivojlanishiga  turtki  bo`ldi.  Jumladan,  yog`lar,  uglevod,  oqsil, 

nuklein  kislotalarining  kimyoviy  strukturasini  aniqlanishi,  achish  jarayonlarini 

o`rganilishi biokimyo fanining taraqqiyotiga o`z hissasini qo`shdi. 

Biologik  kimyo  haqidagi  dastlabki  tushuncha  mashhur  fransuz  olimi 

A.Lavuaz’e  (1743-1794)  ning  XVIII  asr  oxirlarida  olib  borgan  tajribalaridan 

boshlangan, deb hisoblanadi. Uning oksidlanish va bu jarayonda kislorodning o`rni 

haqidagi  klassik  tadqiqotlari  tanadagi  ―yonish‖  hodisasining  kimyoviy    asosini 

aniqlashga  olib  keldi.    Lavuaz’e  ushbu  reaktsiyada  kislorod  yutilib,  karbonat 

angidrid  ajralib  chiqadi  va  issiqlik  hosil  bo`ladi,  degan  xulosaga  kelgan  edi. 

A.Lavuaz’ening  organizm  energetik  metabolizmini  o`rganishdagi  ilmiy  ishlari 

asosida  bir gramm yog`, oqsil va uglevodlar yondirilganda qancha energiya ajralib 

chiqishini aniqlangan edi. 

XX asrda biokimyo sohasida qo`lga kiritilgan ilmiy yutuqlar mazkur sohada 

inqilobiy  o`zgarishlar  yuz  berishiga  sabab bo`ldi. Enzimologiya, oqsillar, lipidlar, 

uglevodlar  sohasidagi  fundamental  izlanishlar,  shuningdek  genom  strukturasi  va 

vazifasini  o`rganish  biologik  kimyoni  biologiya  fanining  yuqori  pog`onasiga 

ko`tardi. Bu  fanni rivojlanishida oqsil va aminokislotalar bo`yicha A.Danilevskiy, 

S.S.Salazkin,  L.Poling  va  V.Kori;  vitaminlar  bo`yicha  K.Funk  va  N.I.Lunin; 

to`qimalar  nafas  olishi  bo`yicha  A.Bax,  V.Palladin;  oksidlanish  bilan  bog`liq 

bo`lgan  fosforlanish,  unda  ATF  roli  bo`yicha  V.Engelgard;  nuklein  kislotalari 

strukturasi  va  vazifasi,  oqsillar  biosintezi  bo`yicha  F.Mishеr,  A.Belozerskiy, 

A.Spirin;  bioenergetika  bo`yicha  V.Skulachyev  kabi  olimlar  dunyo  miqyosida 

biokimyo fani rivojiga ulkan hissa qo`shdilar. 

O`zbekistonda  biokimyo  fani  XX  asrning  o`rtalaridan  boshlab  rivojlana 

boshladi.  Bu  sohada  benihoya  katta  ham  ilmiy,  ham  tashkiliy  xizmat  qilgan  olim 

akademik  -  Yo.X.To`raqulov  (1916-2005)  Oliy  o`quv  yurtlarida  biokimyo 

kafedralarini  tashkil  etish  va  Respublikada  Biokimyo  ilmiy-tadqiqot  institutini 

ochilishiga (1967 yil) bevosita asos solgan.  Yo.X.To`raqulov biokimyodan o`zbek 


 

tilida  nashr  etilgan  darslik  va  o`quv  qo`llanmalarning  ilk  muallifi,  biokimyo 



sohasida  o`z  maktabini  yaratgan  yetuk  olimdir.  Uning  ilmiy  ishlari  qalqonsimon 

bez  gormonlari  biokimyosiga  bag`ishlangan.  Birinchi        o`zbek  biokimyogari  – 

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, professor D.Sohibovdir (1907-1990). 

Olimning  ilmiy  izlanishlari  asosan  ilon  zaharidan  turli  biologik  faol  moddalar 

ajratib  olish,  ularning  organizmga  ta’sirini  o`rganishga  bag`ishlangan.  Bu  sohada 

yana  ko`zga  ko`ringan  yetuk  olimlardan  akademik  J.H.Hamidov  (1930-2010)  ni 

ko`rsatish mumkin. Uning ilmiy yo`nalishi endokrin tizimi organlarining nurlanish 

kasalligi  sohasiga  bog`liq.  Respublikamizda  g`oza  o`simligining  radiobiologiyasi 

va biokimyosiga katta hissa qo`shgan olimlardan biri akademik A.P.Ibrohimovdir 

(1928-2008).  Olimning  ilmiy  ishlari  go`za  turlari  va  navlarida  oqsil  va  nuklein 

kislotalar biosintezining  molekulyar-genetik xususiyatlari, go`zaning kasalliklarga 

chidamliligini  oshirish  masalalariga  qaratilgan.  Qalqonsimon  bez  oqsillari, 

membrana  lipidlari  biokimyosi,  shuningdek  liposomalar,  ularning  hujayra  bilan 

o`zaro  ta’sirini  o`rganuvchi  olim,  akademik  T.S.Soatov  (1940)  bo`lib,  uzoq 

yillardan  beri  yoshlarga  ustozlik  qilib  kelmoqda.  Respublikamizda  genom 

strukturasi  va  vazifasini  tadqiq  qilayotgan  akademik  A.Abdukarimov  (1942) 

hujayralardan  turli  xil  genlarni  ajratib  olish,  vektor  molekulalar  konstruktsiyasini 

yaratish, yakka hujayradan sun’iy sharoitda o`simlik yetishtirishga doir ilmiy ishlar 

dasturiga rahbarlik qilib kelmoqda. 

Yuqorida nomlari keltirib o`tilgan fanning yetuk namoyondalaridan tashqari 

Respublika Fanlar akademiyasi qoshidagi ilmiy tekshirish institutlari va qator oliy 

o`quv  yurtlarida  biokimyo  sohasining  turli  xil  yo`nalishlari  bo`yicha  ko`plab 

mutaxassislar faoliyat olib bormoqdalar. 

Farmatsevtika  sohasida  biokimyoning  ahamiyati.  O`rta  asrning  buyuk 

allomasi  va  tabibi  Abu  Ali  ibn  Sino  (980-1037)  o`zining  ―Tib  qonunlari‖  asarida 

tibbiyotda qo`llaniladigan kimyoviy moddalarning  tasnifini, tananing ―suyuq‖ligi 

va siydik tarkibidagi moddalarni aytib o`tgan. 



 

Inson  kasalliklari  sababini  aniqlash  va  unga  qarshi  dori  izlashga  bo`lgan 



tabiiy  intilishlari  tirik  organizmlarda  kechadigan  jarayonlarga  qiziqishni  yanada 

orttirdi. 

Farmasevtika amaliyotida biokimyo yangidan-yangi o`rinlarni egallamoqda. 

Jumladan,  biologik  katalizatorlar  bo`lgan  –  fermentlar  sanoatda  dori  moddalari 

(masalan,  steroid  gormonlar)ni  sintez  qilishda  qo`llanilmoqda.  Gen  injeneriyasi 

usuli  yordamida  tabiiy  dori  preparatlarini  ishlab  chiqarishning  istiqbolli  yo`llari 

ko`rib  chiqilmoqda.  Mikroorganizmlar  biokimyosini  bilish  aminokislotalar, 

nukleotidlar,  nukleozidlar,  vitaminlar,  antibiotiklar  kabi  dori  preparatlarini 

sanoatda ishlab chiqarishning   qulay  va  iqtisodiy  jihatdan  samarali  usullarini 

yaratish  imkonini  berdi.  Fermentlardan  analitik  reagent  sifatida  foydalanib 

dorilarni tez va o`ziga xos (spesifik) tahlil qilish usullari ishlab chiqildi. 

Amaliyotda  dorilarning  ta’sir  mexanizmlarini  bilish  katta  ahamiyatga  ega. 

Hujayra  fermenti  sistemasi  tomonidan  dorilarni  o`zgarishga  uchrashini  o`rganish, 

qo`llaniladigan  dori  me’yorini,  uning  organizmda  almashinuvini  boshqarish  va 

ta’sir  etuvchi  moddaning  tabiatini  bilishga,  ya’ni  uning  samarasi  dastlabki 

moddaning  ta’sirimi,  yoki  uning  almashinuv  mahsuloti  natijasi  ekanligini 

tushunishga imkoniyat beradi. 

  Biokimyo  faninig  asosiy  yo`nalishlari.  Boshqa  fan  sohalarida  bo`lgani 

kabi  biologik  kimyo  shug`ullanadigan  muammolar  doirasining  kengayishi  va 

tobora  chuqurlashishi  tufayli  undan  yangi  yo`nalishlar  ajralib, mustaqil  tarmoqlar 

paydo  bo`ldi.  Hozirgi  davrda  yetakchi  mustaqil  bilim  sohalariga  aylangan 

enzimologiya,  vitaminologiya,  endokrinologiya  qatoriga  keyingi  yillarda 

membranalar biokimyosi, neyrobiokimyo, analitik biokimyo, kvant biokimyosi va 

boshqalar  qo`shildi.  Keyingi  chorak  asr  ichida  biologiya  fanlarida  yuz  bergan 

fundamental  o`zgarishlar  -  molekulyar  biologiya,  molekulyar  genetikaning  

rivojlanishi  asosida  dunyoga  kelgan  gen,  hujayra,  oqsil  injenerligining  mislsiz 

muvaffaqiyatlari bilan bog`liq. 



 

Oqsillar  va  nuklein  kislotalar  molekulalarining  strukturasi  bilan  ularning 



biologik  vazifasi  orasidagi  bog`liqlikni  aniqlanishi  biokimyoviy  ma’lumotlarga 

asoslangan eng yosh soha – molekulyar biologiyaning muhim yutuqlaridandir. 

Shuningdek,  hozirgi  kunda  tez  rivojlanayotgan  klonlash,  transgen 

organizmlar  va  daktiloskopiya  usullari  ham  biokimyo  fani  asosida  yaratilmoqda. 

Hozirgi zamon biokimyosi hayotiy jarayonlarning murakkab sirlari qatoridagi oqsil 

sintezi,  moddalar  almashinuvi  va  naslni  idora  qilish  muammolarini    hal  etish 

arafasida  turibdi.  Bu  muhim  vazifalarning  hal  etilishi  inson  hayoti  uchun  xatarli 

bo`lgan  rak,  virusli  kasalliklar,  irsiy  kasalliklar  va  yurak-tomir  kasalliklarini 

yengish,  inson  umrini  uzaytirish  kabi  muammolar  yechimini  nazariy  asosini 

yaratadi. 



Biologik  kimyo  fanining  boshqa  fanlar  bilan  bog`liqligi.  Biologik 

kimyoning  kimyo  fanlari  bilan  umumiy  o`xshashlik  tomonlari  bor.  Bu  ayniqsa, 

ularning tabiiy  moddalarni  o`rganishda qo`llaniladigan usullari uchun taalluqlidir. 

Ammo biologik kimyo va kimyo fanlari oldidagi vazifalari turlichadir. Organik va 

fizik  kimyo  fanlarini  ko`proq  kimyoviy  birikmalarning  tuzilishi  va    xossalari, 

masalan  ularning  elektron  strukturalari,  bog`lanish  tabiati  va  hosil  bo`lish 

mexanizmi, izomeriyasi, konformasiyasi va  boshqalar qiziqtiradi. Biologik kimyo 

uchun esa barcha kimyoviy  moddalarning biologik (funksional) vazifalari va tirik 

organizmdagi  fizik-kimyoviy  jarayonlarni  kechishi,  shuningdek  turli  kasalliklarda 

bu vazifalarning buzilish mexanizmlarini tushunish asosiy vazifa hisoblanadi. 

Biologik kimyo bir qancha aralash fanlar asosida tashkil topgan bo`lib, tirik 

tabiatni  o`rganishda  ular  bilan  uzviy  aloqalarni  saqlab  qolgan.  Shu  bilan  birga  u 

moddalarni  tuzilishi  va  ular  vazifalari  o`rtasidagi  bog`liqlikni,  kimyoviy 

birikmalarning  tirik  organizmda  almashinuvini,  tirik  sistemalarda  energiyaning 

hosil bo`lish yo`llarini tadqiq qilishda o`ziga xos mustaqil fan sifatida shakllanadi. 

Biologik  kimyo  tirik  organizm  to`qima,  hujayralaridagi  fizik-kimyoviy 

jarayonlarning  boshqarilish  yo`llarini,  genetik  axborotning  ko`chirilishini 

molekulyar mexanizmlarini o`rganishni o`zining asosiy vazifasi deb hisoblaydi. 



 

 



Biokimyoviy  tadqiqotlarning  asosiy  usullari.  Biokimyoning  ish  ob’yekti 

tirik  organizm  bo`lganligi  sababli  undan  biror  moddani  ajratib  olishda  murakkab 

usullardan  foydalaniladi.  Odatdagi  fizik-kimyoviy  tahlillar  uchun  bir  qator 

qo`shimcha  jarayonlarni  bajarish  lozim  bo`ladi.  Biologik  materialdan  moddalarni 

ajratib olish jarayoni tartibi taxminan quyidagicha: 

1. Gomogenlash. 

2. Ultrasentrifugalash. 

3. Ekstraksiya. 

4.  Tahlil  (reekstraksiya,  issiqlik  bilan  ishlov  berish,  dializ,  sedimentasiya, 

elektroforez, xromatografiya). 

Ajratib  olish  va  tahlil  qilish  usuli  biologik  moddalarni  xususiyatlariga 

bog`liq.  Ajratib  olingan  biologik  materiallarni  tekshirishda,  qo`yilgan  maqsadga 

binoan  moddalarni  tuzilishi  va  fizik-kimyoviy    xossalarini  o`rganiladi.  Ularni 

miqdoriy  aniqlashda  turli  xil  fizik,  fizik-kimyoviy,  kimyoviy  tahlil  usullaridan, 

shuningdek  ajratilgan  birikmaning  elektron  qobig`ini  kvant-mexanik  hisoblaridan 

foydalaniladi.  Qo`llaniladigan  usullar  biologik  moddalarning  tabiiy  strukturasini 

saqlab qolish imkonini berishi kerak. 

Eksperiment  sharoitida  biokimyoviy  tadqiqot  uchun  biologik  materialni 

osonlik  bilan  olish  mumkin.  Klinikada  bu  imkoniyat  nisbatan  chegaralangan. 

Farmatsiyada esa biologik material sifatida hayvon to`qimalari va dori preparatlari 

ishlatiladi.  

Plazma,  qon  zardobi  va  boshqa  biologik  suyuqliklar  har  xil  tabiiy 

moddalarning  suvda  erigan  aralashmasidan  iborat.  Fermentlar  esa  tabiatan 

murakkab  oqsillardan  tashkil  topganligi  sababli,  ularni  aniqlashda  biologik 

suyuqliklarga  tarkibini  o`zgartiruvchi  moddalar  qo`shilmaydi,  bordi-yu  ferment 

kontsentratsiyasi  yuqori  bo`lsa,  suyultiriladi.  Agarda  biologik  suyuqlikdagi 

ferment  tekshirilayotgan  moddani  katalizlab,  aniqlashga  to`sqinlik  qilayotgan 

bo`lsa, ferment faolligi tegishli reaktiv bilan to`xtatiladi. Odatda, bu maqsad uchun 

uchhlorsirka  kislotasi,  nitrat,  fosforvolframli,  sulfat  kislotalari  yoki  termik  ta`sir 

qo`llaniladi. Bunda fermentlar bilan birga boshqa oqsillar ham cho`kmaga tushadi.  



 

10 


Gomogenlash.  Biokimyoviy  tadqiqotlar  hujayra,  to`qima,  organ  tarkibiy 

qismlarida  joylashgan  organoidlar  yoki  ularning  bo`lakchalarida,  masalan, 

membranalarida    o`tkaziladigan  bo`lsa,  unda  hujayra  yoki  to`qimani  avval 

maydalash  kerak  bo`ladi.  Buning  uchun  ko`pincha  to`qimani  gomogenizator 

yordamida  mexanik  parchalash  usuli  qo`llaniladi.  Gomogenizator  ko`rinishi 

bo`yicha shisha stakanga o`xshash bo`lib, hajmlari har xil. Ushbu  stakanga qaychi 

bilan  maydalangan  to`qima  bo`lagi  va  olinayotgan  hujayralar  bo`lakchasini 

intaktligini  saqlovchi  muhit  suyuqligi  (odatda  saharoza,  kaliy  xlorid)  solinadi. 

Elektr  toki  yordamida  stakandagi  gomogenizator  dastasining  aylanishi  natijasida 

hujayra membranasi parchalanadi, struktura bo`lakchalari ajraladi. Oddiy sharoitda 

gomogenat  to`qimani  farforli  hovonchada    shisha  kukuni  yoki  kvarts  qumi  bilan 

maydalab olinadi. 

Gomogenatlar  tarkibi  bo`yicha  to`qima,  hujayra  bo`laklarining  o`lchovi, 

shakli,  kimyoviy  tuzilishi  jihatidan  har  hil  bo`lgan  murakkab  aralashmasidan 

iborat.  Biokimyoviy tadqiqotlar o`tkazish uchun ularni molekula og`irligi bo`yicha 

taqsimlash va ajratib olishda bir qator fizik-kimyoviy usullardan foydalaniladi. 



Sentrifugalash  -  markazdan  qochuvchi  kuch  ta`sirida  suyuqlik  tarkibidagi 

og`ir  qismlarni  engil  qismlaridan  ajratish  usuli.  Aralashmadagi  og`irligi    katta 

bo`lgan bo`lakchalar birinchi navbatda cho`kadilar. Ular ajratib olingach,  cho`kma 

usti suyuqligini (supernatant) qayta katta tezlikda sentrifugalab, boshqa qimslarini 

ham  ajratish  mumkin.    Aralashmadagi  komponentlarni  aniqlash  maqsadida 

o`tkaziladigan sentrifugalashni preparativ sentrifugalash deb atalib, undan qonning 

shaklli  elementlarini  ajratishda,  siydikdagi  hujayralarni  cho`ktirib,  ajratib  olishda 

va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. 

Klinik-biokimyoviy  laboratoriyalarda  qo`llaniladigan  kichik  hajmdagi 

sentrifugalarning  maksimal  aylanish  tezligi  daqiqasiga  6000  dan  oshmaydi. 

Maxsus  biokimyoviy  tadqiqotlarda  oqsillar  va  nuklein  kislotalarining  molekula 

og`irligini  aniqlashda  va  zichligi  bo`yicha  farqlanuvchi  zarrachalarni  bir-biridan 

ajratishda  yuqori  tezlikdagi  (aylanish  tezligi  daqiqasiga  70000  gacha) 

ultrasentrifugalar qo`llanganligi uchun analitik sentrifugalash deb ataladi. 



 

11 


Zarrachalarni  cho`kish  tezligi  markazdan  qochish  kuchini  ortishi  bilan 

o`lchanadi  va  u  g  (gravitatsiya  doimiyligi  980  sm∙s-2)  birligida  ifodalanadi. 

Amaliyotda  g    har  bir  ultrasentrifugani    nomogrammasida  ko`rsatilgan  qo`llanma 

bo`yicha  tuziladi.    Masalan,  qon  shaklli  e`lementlari  300-400  g  da  20-30  daqiqa 

sentrifugalanganda  cho`kadi  va  h.k.  Differentsial  sentrifugalash  yordamida 

subhujayra  qismlari  -  yadro,  mitoxondriya,  lizosomalar,  mikrosomalar  va 

boshqalar ajratiladi. 

Tahlil  usullari.  Elektroforez.  Elektroforez  deb  tashqi  elektr  maydoni 

ta`sirida  zaryadlangan  zarralarni  taqsimlanishiga  aytiladi.  Elektroforez  biologik 

eksperimentlarda,  klinik  meditsinada  qon  oqsillari  va  peptidlari,  ayniqsa,  qon 

zardobini tahlil qilishda qo`llaniladigan zamonaviy usul hisoblanadi. Zaryadlangan 

zarralar o`lchovi va zaryadining katta-kichikligiga qarab  elektr maydonida har xil 

tezlikda harakatlanadilar, bu esa ularni o`zaro ajralib, taqsimlanishiga olib keladi. 

Elektroforezni ikkita asosiy turi bo`lib, frontal va zonal usullarga bo`linadi, 

ulardan  keyingisi  ko`proq  tarqalgan. Bunda  oqsil  eritmasi  bufer  eritmasiga  yupqa  

qavat ko`rinishda joylashtiriladi. Elektroforez davomida har xil oqsil molekulalari 

alohida  fraktsiyalarga  bo`linadi.  Bu  fraktsiyalarni  alohida-alohida  ajratib,  osonlik 

bilan  kesib  olinadi.  Zonal  elektroforezni  asosi  sifatida  filtr  qog`ozi  tasmasi, 

atsetiltsellyuloza,  kraxmal  kukuni,  agar,  poliakrilamid  geli  va  boshqa 

materiallardan foydalaniladi. 

Hozirgi  vaqtda  biologik  va  tibbiy  tadqiqotlarda  maxsus  poliakrilamidli  gel 

elektroforezi ko`proq ishlatilmoqda.  

Fraktsiyalarga  bo`lingan  moddalarning  foregrammasi  kumassi  ko`ki, 

bromfenol  ko`ki  yoki  amidoshvarts  10  V  eritmasida  20-30  daqiqa  ushlanadi  va 

miqdori  ular  bo`yalgan  bo`yoqning  quyuqligiga  qarab  aniqlanadi,  ya`ni  har  xil 

oqsilni  bo`yoq  bilan  bog`langan  ko`rsatkichi  shu  oqsilning  miqdoriga  to`g`ri 

proportsional. 



Download 4.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling