Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


Download 107.68 Kb.
Sana04.06.2020
Hajmi107.68 Kb.
#114472
Bog'liq
annotatsiyala


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTI

 

Mutaxassisligi: 5A340701-Gidrotexnika inshootlari (suv xo‘jaligida)



Kafedra:  “GTI va MK”

‎‎Ilmiy rahbar: t.f.n., dos. A.Yangiev

O‘quv yili:  2014-2016

Magistratura talabasi: Pulatova N.U.

 

MAGISTRLIK DISSERTATSIYASIGA ANNOTATSIYA

Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda gidrotexnika inshootlarini ishlatish bo‘yicha ma’lum bir tajribalar to‘plangan, lekin mazkur tajribalar mavjud gidrotexnika inshootlarini eskirganligini inobatga olib, zamonaviy ilmiy ishlar asosida boyitilishi va amalda qo‘llanilishi lozim. Shuning uchun inshootlarning ishlatilishi va eskirishini hisobga olib ularni rekonstruksiya kilish dolzarb masaladir.

Ishning maqsadi va vazifalari. Zomin  suv omboridagi inshootlarning texnik xolati va ulardagi kamchiliklarni o‘rganib chiqish, ularning ishonchli ishlashi uchun suv omborining rekonstruksiyasi  bo‘yicha tavsiyalar  ishlab chiqish.Dala kuzatuvlari va taxlillar buyicha maksadga erishiladi.

Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Zomin suv ombori va ulardagi inshootlar.

Tadqiqot uslubiyati va uslublari. Dala kuzatuvlarini taxlil kilib, TIMI da yaratilgan usullar va uslubiyatlar asosida xulosalar chikarish.

Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi. Rekonstruksiya qilish buyicha amaliy tavsiyalar berilgan.

Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tatbiqi. Ishlab chiqilgan tavsiyalar Zomin suvomboridan foydalanish jarayonida qo‘llanilishi mumkin va gidrotexnika inshootlarining ishonchliligini oshiradi.

Ish tuzilishi va tarkibi. Dissertatsiya ishi kirish, 3 bobdan iborat asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ruyxati vailovalardan tashkil topgan.

Bajarilgan ishning asosiy natijalari. suv ombori to‘g‘oni loyixaviy filtratsiya oqimi depressiya egri chizig‘i xolati aniqlandi;filtratsiya oqimi sarfini aniqlash uchun vodosliv joyitanlandi;suv chiqazgich inshootini rekonstruksiya qilish buyich tatavsiyalar berildi; suv omboridagi  GTI ning avariya holatlari ssenariylari ishlab chiqildi; suvomboridagi GTIningishonchliligi baxolandi;Zomin suvomboridagi gidrotexnika inshootlarining ishonchliligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chikildi;

Dala kuzatuvlari natijasida suv omboridagi inshootlarning kamchiliklari aniklanib, ularni tuzatish buyicha tavsiyalar berildi, suv omborining avariya holati ssenariyasi tuzildi,  ishonchliligi baxolandi va suv omborini rekonstruksiya kilish buyicha chora – tadbirlar ishlab chiqildi.  Tavsiyalarni amalga oshirilishi suv omborining ishonchli ishlashini oshiradi.

 

                               Ilmiy rahbar                                                             __________________



                                                                                                                            (imzo)

                               Magistratura talabasi                                              __________________



                                                                                                                            (imzo)
Download 107.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling