Toshkent kimyo -texnologiyalari instituti mustaqil ish mavzu: lipidlar


Download 1.82 Mb.
Sana14.03.2020
Hajmi1.82 Mb.

TOSHKENT KIMYO -TEXNOLOGIYALARI INSTITUTI MUSTAQIL ISH

Mavzu: LIPIDLAR

LIPIDLAR

LIPIDLAR

  • Lipidlar – suvda erimaydigan, lekin organik birikmalarda (spirt, xloroform va boshq) eruvchi, biotffektorlik xususiyatiga ega moddalardir. Lipidlarga neytral yog’lar, yog’simon moddalar, (lipoidlar) va ayrim vitaminlar (A, D, E, K) ham kiradi.

LIPIDLAR

  • Lipidlar–yog’simon moddalar bo’lib, tarkibi, tuzilishi va funktsiyalari qanchalik murakkab bo’lmasin, bu guruh moddalari turli хil kimyoviy strukturaga ega bo’lishiga qaramay, gidrofobligi va suvda erimasligi, faqat organik erituvchilarda (atseton, benzol, tetraхlor metan, efir, benzin va boshq.) erish hususiyatlariga ko’ra bir guruhga umumlashtirilganlar. Lipidlar ham хuddi uglevod va oqsillar singari, tirik hujayra tarkibining asosiy qismini tashkil qiladi. Lekin ular uglevod va oqsillardan ba`zi bir hususiyatlari bilan farq qiladi.

Lipidlar Tarkibi

Lipidlarning Tuzilishi.

Lipidlarnig Klassifikatsiyasi

Lipidlar Tuzilishi.

  • Lipidlar tarkibiga qarab ikki gruppaga: oddiy va murakkab lipidlarga bo’lish mumkin. Оddiy lipidlarning ko’pchilligi ikki komponentli bo’lib, kimyoviy jihatidan spirtlarning yog’ kislotalar bilan hosil qilgan murakkab efirlaridir. Ularga yog’lar, mumlar, steroidlar, oddiy diollipidlar va boshqalarni kiritish mumkin. Murakkab lipidlar ko’p komponentli birikmalar bo’lib, ularning tarkibida yog’ kislotalar va spirtlardan tashqari azot asoslari, fosfat kislota, uglevod va boshqalar qoldig’i uchraydi. Ularga fosfolipidlar, sfingolipidlar, glyukolipidlar, murakkab diollipidlar va boshqalarni kiritish mumkin.

Lipidlarning Tuzilishi.

Lipoprotein.

  • Lipidlar oqsillar bilan birikib lipoproteinlarni hosil qiladi. Lipoproteinlar transport (tashish) va qurilish (membranalarni) vazifasini bajaradi.
  • Lipoproteinlar – qondagi lipidlarni transportlovchi oqsil va lipidlarkompleksidir. Lipoproteinlar tarkibiy komponentlari: triglitserid, fosfolipid, erkin
  • va eterifikatsiyalangan xolesterinlardir.
  • Lipoproteinlar o‘ziga xos tizimga ega: yadro –tarkibida yog‘ tomchisi, triglitseridlar, eterifikatsiyalangan xolesterin bo‘lib, uni fosfolipidli qavat, erkinxolestrin va apoproteinli oqsil o’rab turadi.
  • Lipoproteinlarning asosiy funksiyasi – organizmda lipidlarni tashish.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling