Toshkent kimyo-texnologiya instituti «silikat materiallar, nodir va kamyob metallar texnologiyasi» kafedrasi hisob izoh yozuvi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana28.05.2020
Hajmi0.57 Mb.
#110773
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
shinni mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlov berish sexininig loyihasi va kamerali pechning issiqlik texnik hisobi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI 

 

«SILIKAT MATERIALLAR, NODIR VA KAMYOB METALLAR 

TEXNOLOGIYASI» KAFEDRASI 

 

HISOB – IZOH  YOZUVI 

 

Bitiruv ishi mavzusi:___СHINNI MAXSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISHDA 

ISHLOV BERISH SEXININIG LOYIHASI VA KAMERALI PECHNING 

ISSIQLIK TEXNIK HISOBI________ 

 

 

Kafedra mudiri 

   

 

          prof. Aripova M.X. 

Rahbar  

   

 

          prof. Aripova M.X. 

Maslahatchilar: 

Texnologik qism 

   

 

          prof. Aripova M.X. 

 

Iqtisodiyot 

bo’limi 

   __________________ 

Avtomatlashtirish 

   __________________ 

Mehnat muxofazasi                                            __________________ 

Ekologiya                                                               __________________ 

  Fuqaro muxofazasi  

                              __________________ 

Bitiruv 

ishini 

bajaruvchi    __________________ 

 

 

 

 

Toshkent – 2014 y.

 

 

 





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI 

 

«Silikat materiallar, nodir va kamyob metallar texnologiyasi»  kafedrasi 

 

«TASDIQLAYMAN» 

Kafedra mudiri 

prof. Aripova M.X. 

___________________ 

 

MALAKAVIY  BITIRUV  ISHI  BO’YICHA TOPSHIRIQ 

 

Talaba _____NABIEV ABDUMALIK __HAMRODJONOVICH___________ 

Bitiruv ishining mavzusi:____ СHINNI MAXSULOTLARINI ISHLAB 

CHIQARISHDA ISHLOV BERISH SEXININIG LOYIHASI VA KAMERALI 

PECHNING ISSIQLIK TEXNIK HISOBI______________  

 

_15 yanvar__2014      yilda kafedraning   20    – sonli majlisida ma’qullangan. 



Bitiruv ishini topshirish muddati______________________________ 

 

Bitiruv ishini bajarishga doir boshlang’ich ma’lumotlar________________ 



______________________________________________________________________

______________________________________________________________ 

__________________________________________________________________ 

__________________________________________________________________ 

Xisoblash – tushuntirish yozuvlarining tarkibi (ishlab chiqiladigan masalalar ro’yxati) 1. 

Kirish. 2.  Loyixani texnik – iqtisodiy asoslash. 3. Ishlab chiqarilayotgan maxsulotga 

qo’yiladigan texnik talablar. 4. Ishlab chiqarishdagi fizik-kimyoviy jarayonlarnining 

nazariy asoslari. 5. Xom ashyo materiallar ta’rifi va ularga qo’yiladigan     talablar. 6.  

Moddiy balans xisobi. 7.  Ishlab chiqarish usulini tanlash. 8.  Ishlab chiqarishning 

texnologik tizimini tanlash va uning bayoni. 9.  Texnologik jixozlarni tanlash, ularning 

texnik ta’rifi va xisobi. 10. Issiqlik qurilmasining issiqlik texnik xisobi. 11. Ishlab 

chiqarishning nazorati. 12. Ekologik qism. 13. Mehnat muxofazasi. 14. Fuqarolar 

muxofazasi. 15. Avtomatlashtirish qismi. 16. Iqtisodiy qism. 17. Foydalanilgan 

adabiyotlar ro’yxati. 

 

Chizma ishlar ro’yxati (chizmalar nomini aniq ko’rsatiladi)__________ 



______________________________________________________________________

______________________________________________________________________

____________________________________________________ 

Bitiruv ishi buyicha maslaxatchilar 

№ Bo’limlar 

nomi 

Maslaxatchi Topshirik 



berildi 

Topshirik 



 

 

 



(F.I.O.) (imzo 

sana) 

bajarildi 



(imzo sana) 

1. Texnologik 

qism 

 

 



 

2. Iqtisod 

 

 

 



3. Avtomatlashtirish 

 

 



 

4. Mexnat 

muxofazasi 

 

 



 

5. Ekologiya 

 

 

 



6. Fuqaro 

muxofazasi 

 

 

 



 

Bitiruv ishini bajarish rejasi 

№ 

Bitiruv ishi bosqichlarining nomi 



Bajarish 

muddati (sana) 

Tekshiruvdan 

o’tganlik 

belgisi 



Kirish. Loyixani texnik – iqtisodiy asoslash. 



 

 

 





Ishlab chiqarilayotgan maxsulotga qo’yiladigan texnik 

talablar. 

 

 

 





Ishlab chiqarishdagi fizik-kimyoviy jarayonlarnining 

nazariy asoslari. 

 

 

 





Xom ashyo materiallar ta’rifi va ularga qo’yiladigan     

talablar. Moddiy balans xisobi. 

 

 

 





Ishlab chiqarish usulini tanlash. Ishlab chiqarishning 

texnologik tizimini tanlash va uning bayoni. 

 

 

 





Texnologik jixozlarni tanlash, ularning texnik ta’rifi va 

xisobi. 

 

 



Issiqlik qurilmasining issiqlik texnik xisobi. Ishlab 

chiqarishning nazorati. 

 

 



Ekologik qism. Mehnat muxofazasi. 

 

 

 





Fuqarolar muxofazasi. 

 

 

10 



Avtomatlashtirish qismi. 

 

 

11 



Iqtisodiy qism. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 

 

 

 



                     Bitiruv ishi raxbari   ___________________________      ______ 

 

 



 

 

 



        (familiyasi, ismi, sharifi) 

 

 



   (sana) 

Topshiriqni bajarishga oldim__________________          _______ 

 

 

 



 

 

 



 familiyasi, ismi, sharifi)                 (sana)

  

Topshiriq berilgan sana    ____________yil



 

 

 

 

 

 

 





Mundarija 

1. Kirish ----------------------------------------------------------------------------   4 

2. Texnik – iqtisodiy asoslash  --------------------------------------------------   7  

3. Ishlab chiqarishda tayyor mahsulotlarga qо’yiladigan davlat  

andozasi talablari ------------------------------------------------------------------   8 

4. Ishlab chiqarishda fizik-kimyoviy jarayonlarnining nazariy asoslari ---   11 

4.1. Maydalash     

4.2. Kuydirish  

5. Xom ashyo materiallar ta’rifi va ularga qо’yiladigan  talablar ----------   26 

6. Moddiy balans hisobi ----------------------------------------------------------  32 

7. Ishlab chiqarish usulini tanlash -----------------------------------------------  37 

8. Ishlab chiqarish texnologik tizimini tanlash va uning bayoni ------------  42 

9. Texnologik jihoz tanlash va asosiy jihoz hisobi ----------------------------  45 

10. Issiqlik qurilmasining issiqlik texnik hisobi -------------------------------  47 

11. Ishlab chiqarishning nazorati ------------------------------------------------  54 

12. Ekologik qism -----------------------------------------------------------------  57 

13. Fuqarolar muhofazasi --------------------------------------------------------  64 

14. Mehnat muhofazasi ----------------------------------------------------------   67   

15. Avtomatlashtirish qismi -----------------------------------------------------   71   

16. Iqtisodiy qism -----------------------------------------------------------------   75 

17. Foydalanilgan adabiyotlar rо’yhati -----------------------------------------  81 


 

 

 





1. Kirish 

 

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng bozor iqtisodiyotiga o’tishning 

eng maqbul yo’lini tanlab oldi. Prezidentimiz I. A. Karimov ishlab chiqishgan besh 

tamoyil asosida mamlakatimiz iqtisodiyotini yuqori sur’atlar bilan rivojlanayotgani 

hech kimga sir emas. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom 

Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 

2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga 

bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida shunday deyilgan: 

      Biz  bugun  2013-yilning  yakunlari  haqida gapirganda, avvalo, o‘tgan yilda 

mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda mutanosiblikka erishgani, 

modernizatsiya va diversifikatsiya hisobidan yuqori sur’atlar bilan rivojlanganini qayd 

etamiz. 


Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o‘sdi, sanoat mahsulotlari ishlab 

chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo‘jaligi – 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 

14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko‘rsatkichidan past bo‘ldi va 6,8 foizni 

tashkil etdi.  

Mamlakatimiz iqtisodiyotida yuz berayotgan jiddiy sifat o‘zgarishlari alohida 

e’tiborga sazovordir. 

Yurtimizda qabul qilingan 2011-2015-yillarda sanoatni ustuvor darajada 

rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 

yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida sanoat 

tarkibida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan, raqobatdosh mahsulotlar 

tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining o‘rni tobora ortib bormoqda. Bugungi 

kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 78 foizdan 

ortig‘i aynan ana shu tarmoqlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.  

2013-yilda yuqori texnologiyalarga asoslangan mashinasozlik va metallni qayta 

ishlash sanoati 121 foizga, qurilish materiallari sanoati 113,6 foizga, yengil sanoat 113 

foizga va oziq-ovqat sanoati 109 foizga o‘sgani misolida buni yaqqol ko‘rish mumkin. 

So‘nggi 3-yilda mamlakatimizda mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish 

hajmi qariyb ikki barobar oshdi. Faqat o‘tgan yilning o‘zida 455 ta korxonada 

mahalliylashtirish dasturi asosida 1 ming 140 ta loyiha amalga oshirildi. Buning 

natijasida ishlab chiqarish hajmi 1,2 barobar ko‘paydi va import o‘rnini bosish bo‘yicha 

yakuniy samara 5 milliard 300 million AQSh dollarini tashkil etdi. 

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va o‘rni tobora mustahkamlanib 

borayotganining o‘zi iqtisodiyotimizning tarkibida bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlardan 


 

 

 



dalolat beradi. Faqatgina o‘tgan yilning o‘zida yurtimizda 26 mingdan ziyod kichik 

biznes sub’ekti ish boshladi, ushbu sektorda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 

umumiy soni yil oxiriga kelib 190 mingtaga yetdi. 

Bugungi kunda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 55,8 foizi ayni shu 

sohada ishlab chiqarilmoqda. Vaholanki, 2000-yilda bu ko‘rsatkich 31 foizdan iborat 

edi. 

Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarining 23 foizi, 



ko‘rsatilayotgan bozor xizmatlarining deyarli barchasi, mahsulot eksportining 18 foizi, 

iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band bo‘lgan aholining 75 foizi kichik biznes ulushiga 

to‘g‘ri kelmoqda.  

So‘nggi yillarda eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulotlar ulushi barqaror 

sur’atlar bilan o‘sib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 2013-yilda umumiy 

eksport hajmining 72 foizdan ortig‘i tayyor tovarlar hissasiga to‘g‘ri kelgani 

iqtisodiyotimiz diversifikatsiya qilinayotganining yaqqol dalolati, desam, xato 

bo‘lmaydi. 

2013-yilda maxsus zonadagi korxonalar tomonidan qiymati 100 milliard so‘mdan 

ziyod mahsulot ishlab chiqarildi va bu boradagi o‘sish sur’ati 2012-yilga nisbatan 25,8 

foizni tashkil etdi. 

O‘tgan yili aholining ijtimoiy farovonligini ta’minlash va sotsial sohani 

rivojlantirish masalalari faoliyatimizda hal qiluvchi o‘rin egalladi. 

Yangi ish o‘rinlari tashkil etish, bandlikni ta’minlash va aholi daromadlarini 

oshirish masalalari doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib qolmoqda. 

Ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy 

dasturlarning amalga oshirilishi natijasida 2013-yilda qariyb 970 ming kishi ish bilan 

ta’minlandi. Bu ish o‘rinlarining 60,3 foizdan ortig‘i qishloq joylarda yaratildi. Bu 

borada kichik korxonalar, mikrofirmalar va yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish 

evaziga 480 mingdan ortiq, kasanachilikni kengaytirish hisobidan esa 210 mingdan 

ziyod ish o‘rni tashkil etildi. 

             Ushbu ma’ruzadan xulosa qilgan holda, men mahalliy xom ashyolar 

asosida sifatli chinni mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, quvvati yiliga 10 mln dona 

mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonaning loyihasini o’z diplom ishimga oldim. Hozirgi 

kunda O’zbekistonda chinni mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonalari 

mavjud emas, faqat kichik mas’uliyati cheklangan jamiyatlar Toshkent, Qo’qon, 

Rishton, Samarqand shaharlarida faoliyat yuritmoqda. 


 

 

 



        Chinni  mahsulotlari  ishlab chiqarish uchun mamlakatimizda xom ashyolar 

yetarli hisoblanadi. Angren boyitilgan kaolini va giltuprog’i, Ingichka dala shpati, Jeroy 

kvarts qumi, Dehqonobod dolomiti va boshqalar shular jumlasidandir. Faqatgina ishlab 

chiqarishni to’g’ri amalga oshirish tufayligina sifatli mahsulot olishimiz mumkin. 

Bunda ishlab chiqarishga xom ashyolarni boyitish uskunalarini joriy etish va faqatgina 

boyitilgan xom ashyolarni ishlatish maqsadga muofiqdir.  

Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun 

mahsulot narxi va sifatigina emas, uning dizayni ham ahamiyatga ega. Shuni hisobga 

olgan holda yangicha mahsulotlar ishlab chiqarish ko’zda tutilgan. 

                            

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 





2.Texnik-iqtisodiy asoslash 

Har bir korxona loyihalashtirilishidan oldin texnik iqtisodiy tarafdan asoslanishi 

kerak. Mahsulot ishlab chiqarishda texnik iqtisodiy ko’rsatkichga avvalambor 

mahsulotning sifati asosiy ko’rsatgich hisoblanadi, sifatli mahsulotga esa qo’llanadigan 

xom ashyo materiallarni sifati talab darajasiga javob berishi kerak, bulardan tashqari 

korxonadan konlarning masofasi, mahsulotning tannarxi ham ta’sir etadi. 

Bitiruv malakaviy ishida chinni ishlab chiqarish korxonasi Toshkent shaxriga 

qurish mo’ljallagan. Xom ashyo sifatida mahalliy xom ashyo materiallarini qo’llash 

mo’ljallangan: kaolin minerali sifatida boyitilgan Angren kaolini, Angren giltuprog’i, 

dala shpati “Ingichka” Samarqand viloyati, Jeroy kvarts qumi ko’zda tutilgan. Hozir 

Respublikamizga keltirilayotgan chinni mahsulotlari asosan Xitoydan valyutaga 

keltirilmoqda. Bitiruv malakaviy ishimizda mahalliy xom ashyo materiallari asosida 

olingan chinni mahsulotlari valyutani tejaydi, mahsulotni sifatini oshirib, tannarxini 

tushiradi. Seh yoki korxonani loyihalashtirishda avvalambor loyiha texnik iqtisodiy 

tomonidan yaxshilab o’rganib chiqiladi, asoslanadi. Sifatli mahsulot ishlab chiqarish 

uchun sifatli xom ashyolarni qo’llash kerak. Buning uchun har bir qo’llanayotgan xom 

ashyolar talabga javob beradigan darajada ishlov berilishi kerak. Malakaviy ishimizda 

xom ashyolarga ishlov berish va boyitish loyihasi ko’zda tutilgan.          

1)Xom ashyo materiallari jumladan, kvarts qumi, dala shpati va dolomitlarni 

boyitish uchun boyitiladigan seh korxonadan masofasi uzoq bo’lishi kerak emas. 

Chunki, transport xarajatlari iqtisodiy tomondan tejaladi.  

2) Xom ashyolarni boyitish uchun ko’zda tutilgan jihozlar sifatli va talab darajasiga 

javob berishi kerak. Masalan, kvars qumi tabiiy holatdagi kimyoviy tarkibini 

ko’rganimizda rang beruvchi komponentlarni miqdori 0,1 foizni tashkil qilsa, 

boyitilgandan so’ng, ularni miqdori kamayib 0,04- 0,07 foizni tashkil qiladi. Dolomit 

xom ashyosini tabiiy holatda 0,1 foizni va boyitilgandan keyin, 0,03-0,04 foizni tashkil 

qiladi.  Bu esa, iqtisodiy jihatdan mahsulotlarni sifati oshadi, tannarxi arzonlashadi va 

bemalol raqobat bardosh bo’la oladi.  Hom ashyoni tashish temiryo’l transportida 

keltiriladi, bu mahsulot tannarxini tushishiga olib keladi. Bundan tashqari Toshkent 

shaxrida korxonani qurilishiga sabab suv, gaz, elektr energiyadan foydalanish qulay 

hisoblanadi.  Hozirgi rivojlanayotgan davrda respublikamizda yangi sifatli va mahalliy 

hom ashyo materiallari asosida mahsulot ishlab chiqarish juda muhimdir.   



 

 

 





3. Chinni mahsulotlariga qo’yiladigan davlat andozasi talablari 

 

Chinni buyumlariga 28390-89 raqamli davlat andozasi talablari qo’yiladi  



Quyidagi standart xo’jalik chinni buyumlari uchun amal qiladi. 

      Texnik talablar: 

1.1 

Buyumlar quyidagi standart asosida tasdiqlangan texnologik rejim va 



etalon namunalar asosida tayyorlanadi. Buyumlar 1 va 2 navli qilib chiqariladi.  

1.2.1  Buyumlar quyidagi turlarga bo’linadi:  

Shakli bo’yicha – yassi buyumlar (chuqurligi 25 mm dan ortiq 



bo’lmagan idishlar) va chuqur buyumlar (chuqurligi 25 mm dan ortiq 

buyumlar) . 

O’lchamlari bo’yicha - mayda buyumlar (uzunligi yoki diametri   



175 mm dan kam bo’lgan) , o’rtacha buyumlar (uznligi yoki diametri 175 mm 

dan 250 mm gacha) va yirik buyumlar (uzunligi yoki diametri 250 mm dan 

ortiq) . 

Sopolakning qalinligi bo’yicha oddiy va yupqa devorli (idish 



sopolagining qalinligi 1,6 mm dan ko’p emas), idish sopolagining qalinligi 1,8 

dan ko’p emas va boshqa buyumlar – idish sopolagining qalinligi 2,5 mm dan 

ko’p emas. 

Ichimliklar uchun tayyorlanadigan buyumlar sig’imi bo’yicha mayda 



va yirik turlarga bo’linadi: 

mayda – 500 sm³ dan kam 



yirik – 500 sm³ dan yuqori  

1.2.2  Oziq- ovqat mahsulotlari bilan tasirlashadigan buyumlarga Vazirlik 

tomonidan ruxsat berilgan retseptura asosida tayyorlangan sir va bo’yoqlar 

ishlatiladi. 

1.2.3  Buyumlarni oziq- ovqat bilan ta’sirlashadigan ichki yuzasidan 

qo’rg’oshin va kadmiyning miqdori quyidagi kattaliklardan ortiq ravishda ajralib 

chiqishi mumkin emas: 

Yassi buyumlardan qo’rg’oshin 1,7 mg/dm³, kadmiy 0,17 mg/dm³ 



Mayda va o’rta chuqur idishlardan qo’rg’oshin 5 mg/dm³, kadmiy 

0,5 mg/dm³ 

Yirik chuqur buyumlardan qo’rg’oshin 2,5mg/dm³, kadmiy         0,25 



mg/dm³ 

1.2.4  Sifat ko’rsatgichlari bo’yicha buyumlar quyidagi talablarga javob 

berishi kerak: 

 

Ko’rsatkich 



28390-89 sonli Davlat standarti 

Egilish bo’yicha mexanik 

mustahkamligi, МPа 

70-90 


Suv yutuvchanligi, % 

0-0,5 


 

 

 



Umumiy qisqarish, % 

Hajmiy og’irlik, g/sm



3

 2,25-2,42 

20-800

О

С da IKK,  



 

.

10



-6

 

о



С

-1

 



 

4,0-5,0 


Oqligi, % sirlanmagan  

55-70 


Shaffofligi,% 

 1 


 2 

 

11,0 



3,0 

Issiqlikka bardoshligi, 

issiqlik almashish sikli 

8 va undan yuqori 

 

1.2.5  Buyumlarda ko’rsatilgan talablarga ko’ra nuqsonlarning bo’lishi mumkin emas. 



1.2.6  Gorizontal tekislikda buyumlar turg’un bo’lishi kerak. 

1.2.7  Choynak va kofeyniklarni 70º ga og’dirganda uning qopqog’i tushib ketmasligi 

kerak. 

1.2.8  Buyumlarning yopishtiriladigan qismlari ularning asosiy qismiga mustahkam 



tarzda yopishgan bo’lishi kerak. 

1.2.9  Buyumdan suyuqlikni oqib tushadigan qismidan u ajralmas tor oqim tarzida oqib 

tushib, buyumning korpusiga tegmasligi kerak 

1.2.10 Buyumlardagi sir surtilmagan joylar, ya’ni tagi, buyum chetlari, qopqoqni 

joylashadigan joyi shlifovka qilinishi lozim. 

1.2.11 Rangli sopolakka ega va rangli bo’yoqlar surtilgan buyumlarning rangi bir tekis 

bo’lishi kerak. 

1.2.12 Nodir metallardan hosil bo’lgan plyonka buyum sirtiga mustahkam tarzda 

yopishgan bo’lishi kerak. 

1.2.13 Yassi idishlar bir to’da qilib taxlanganda sinib ketmasligi lozim. 

1.2.14 Buyumlarni oziq- ovqat mahsulotlari bilan ta’sirlashadigan yuzasi kislotaga 

chidamli bo’lishi kerak. 

1.3  Buyumlar 28389 raqamli Davlat andozasi asosida markirovka qilinishi va 

qadoqlanishi kerak. 

Buyumlarni sinash metodlari 

3.1 Buyumlarning chiziqli o’lchamlari va nuqsonlarning chiziqli o’lchamlari 

shtangensirkul orqali GOST 166 yoki chizg’ich bilan GOST 427 bo’yicha, 

buyumlarning sig’imi GOST 1770 bo’yicha idishlarni suvga to’ldirib o’lchov idishi 

yordamida aniqlanadi. 


 

 

 



10 

3.2 Buyumlarning gorizontal yuzadagi turg’unligi ularni suvga to’ldirilgan holda 

15º ga og’dirib tekshiriladi, bunda idish yiqilib ketmasligi kerak. 

3.3 Idish qopqog’ining o’rnashishi idishni maxsus asbob yordamida normativ- 

texnik hujjatlar asosida og’dirish asosida aniqlanadi. 

3.4 Buyumga yopishtiriladigan qismlarning mustahkamligi bir marta yuk berish 

yordamida aniqlanadi. 

3.5 Buyumlarning shlifovka qilinish sifati, rangi, nodir metallar qoplamalarining 

yopishish sifati aniqlanadi. 

3.6 Buyumlarning oqligi 24768- sonli GOST yordamida aniqlanadi. 

3.7 Buyumlarning shaffofligi GOST 24769 orqali aniqlanadi. 

3.8 Termik bardoshlik GOST 24770 orqali aniqlanadi. 

3.9 Buyumlarning suv yutuvchanligini aniqlash uchun 5 ta buyum sinig’idan 

olingan namunalar sirdan tozalanib, quritiladi (termostatda 100-120º C da), keyin 

eksikatorda 20±5 ºC da sovutilib, tortiladi. So’ngra namunalar suvda 4±0,5 soat 

davomida qaynatilib, keyin sovutiladi. Keyin suvdan chiqarilib nam siqilgan latta bilan 

artilib, tortiladi. 

      Barcha tortish ishlari ±0.01 g aniqlikdagi tarozilarda amalga oshiriladi. 

Suv yutuvchanlik quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 

                                       

    

Bu yerda m1- quritilgan manunaning boshlang’ich massasi, g 



m2 – namunaning qaynatilgandan so’nggi og’irligi, g 

      O’rtacha qiymat sifatida 5 ta parallel aniqlashlarning o’rtacha arifmetik qiymati 

olinadi. 

3.10 Kislotaga bardoshlik GOST 24970 bo’yicha aniqlanadi. 

3.11 Yassi buyumlarning mexanik mustahkamligi 10 ta tarelka yoki laganlarni 

taxlab, ustidan 100 ta buyumning o’g’irligiga teng massa bilan yuk berish orqali 

aniqlanadi.  

3.12 Yassi idishlarning deformatsiyasi o’lchov asboblari yordamida buyum cheti 

bilan tekislik orasidagi tirqishni o’lchash yordamida aniqlanadi. 

3.13 Qo’rg’oshin va kadmiyning chiqishi GOST 25185 orqali aniqlanadi. 

3.14 Markirovka qilish va qadoqlash GOST 28389 orqali aniqlanadi. 

    4. Buyumlarni tashish va saqlash. GOST 28389 orqali aniqlanadi.   



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling