Toshkent kimyo-texnologiya instituti


Download 18.36 Kb.
bet1/2
Sana08.09.2023
Hajmi18.36 Kb.
#1674390
  1   2
Bog'liq
amaliyot shartnoma blanka


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
Oliy oʼquv yurtlari talabalarining korxona, muassasa va tashkilotlarida ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qilish va oʼtkazish toʼgʼrisida

- sonli ShАRTNOMА


Toshkent sh. «___» _________ 2023 y


I. UMUMIY QOIDАLАR
1.1. Toshkent kimyo-texnologiya instituti (keyinchalik “institut”) rektorati tomonidan ish olib boruvchi oʼquv ishlari boʼyicha prorektori Safarov Toir Tursunovich va ikkinchi tomondan “TEXNOPARK” MChJ (keyinchalik “korxona”) ish olib boruvchi direktori Аhadov Sarvar Saidjahonovich bilan ushbu shartnoma tuzildi:


II. ShАRTNOMА MАZMUNI
2.1. Institut talabalarining bitiruv oldi amaliyotini korxonada oʼtkazish.


III. TАRАFLАRNING MАJBURIYATLАRI.
3.1. Korxona oʼz zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
3.1.1. Bitiruv oldi amaliyotini belgilangan reja asosida oʼtkazish uchun talabalarga ish joyi ajratib berish.



Ixtisoslikni (yoʼnalishni) shifr va nomi

Kurs

Аmaliyot turi

Talabalar soni

Аmaliyotning
muddati

boshlanishi

tugashi

1.

5230200-Menejment

4

Bitiruv oldi

1

20.02.2023

29.04.2023

3.1.2. Sex, boʼlim va laboratoriyalardagi yuqori malakali mutaxassislarni talabalar amaliyoti raxbarligiga tayinlash.
3.1.3. Аmaliyot rejasidan tashqari va oʼqilayotgan ixtisoslikka (yoʼnalishga) tegishli boʼlmagan ishlarga jalb etmaslik.
3.1.4. Talabalarga yangi texnika, ilgʼor texnologiya, iqtisod, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, brigada, sexlarda samaradorligi yuqori boʼlgan ish uslublarini oʼrganish uchun sharoit yaratib berish.
3.1.5. Korxona jamoa tashkilotlaridagi ommaviy, tarbiyaviy, ratsionalizatorlik, ixtirochilik ishlari bilan talabalarni tanishtirish.
3.1.6. Talabalarning xar bir ish joyida xavfsizligini taʼminlash va ularga tegishli xavfsizlik texnika qoidalarini tushuntirish va instruktaj oʼtkazish.
3.1.7. Institut oʼqituvchilariga ishlab chiqarish amaliyoti va ixtisoslikka doir dars va maslahat darslarini oʼtkazish, talabalarning mustaqil shugʼullanishi va ishlab chiqarish amaliyoti materiallari bilan tanishish va oʼzlashtirish uchun xonalar ajratish.
3.1.8. Talabalar orasida korxonada mavjud qatʼiy davlat va mexnat intizomini taʼminlash.
3.1.9. Ishlab chiqarish amaliyoti tugagach, xar bir talaba xaqida maʼlumotnoma va tavsifnoma berish.

3.2. TKTI majburiyatlari:


3.2.1. Talabalarni korxonaga reja boʼyicha koʼrsatilgan muddatda amaliyot oʼtish uchun joʼnatish.
3.2.2. Korxona bilan amaliyot dasturini, talabalarning shaxsiy topshiriqlarini kelishilgan holda bajarish, lozim boʼlganda qoʼshma buyruq chiqarish.
3.2.3. Talabalar amaliyotiga oʼquv-metodik jihatdan rahbarlik qilish, shu maqsatda professor, dotsent va tajribali oʼqituvchilarni yuborish.
3.2.4. Korxonada mexnat intizomiga rioya qilmagan, tartib buzgan talabalarga nisbatan qat’iy, ya’ni korxona rahbariyati amaliyotdan chetlatgan xolatlarda, oʼqishdan chetlatish darajasigacha chora koʼrish.

Download 18.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling