TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI YANGIYER FILIALI MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT KENGASHINING
1-YIG‘ILISHI
BAYONNOMASI
Yangiyer shahri 2021-yil 11-sentabr
Kengash raisi: Z.Xakimov
Kengash kotibi: J.Maxmayorov
Ishtirok etdilar: Kengash a’zolari (ro‘yhat bo‘yicha
20 nafar).
KUN TARTIBI
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 1-fevraldagi 58-sonli buyrugʼi hamda filial direktorining 10.02.2021 yil 77 sonli buyrugʼi asosida Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi faoliyati toʼgʼrisida.
Yigʼilishda Kengash raisi direktor Z.Xakimovning maʼruzasini tinglab va atroflicha muhokama etib, filial maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi quyidagilarni taʼkidlaydi:
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021-yil 19-yanvar kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining videoselektor tarzida oʼtkazilgan majlisining 3-son bayonida belgilangan vazifalar hamda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 1-fevraldagi 58-sonli buyrugʼi ijrosini taʼminlash boʼyicha filialning Nazorat rejasi 1-ilovaga muvofiq, filial Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining tarkibi 2-ilovaga muvofiq, Kengash faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligini manzilli oʼrganishni amalga oshirishuvchi Monitoring guruhi tarkibi 4-ilovaga muvofiq, Monitoring guruhining ish rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi inobatga olgan holda maʼnaviyat va maʼrifat kengashi tuzilganligini bildirib oʼtdi.
Jumladan kengash yil davomida filialdagi yoshlar siyosati, maʼnaviy-axloqiy tarbiya va sport-sogʼlomlashtirish yoʼnalishi boʼyicha barcha ishlarni (hozirda mavjud boʼlgan va qoʼshimcha taklif etiladigan barcha tadbirlar) 3-ilovadagi ish reja asosida bajarilishini taʼminlash;
- ish reja asosida amalga oshiriladigan tadbirlar uchun sarflanadigan harajatlarni maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga ajratiladigan mablagʼlar hamda filialning byudjetdan tashqari mablagʼlari hisobidan qoplanishini inobatga olish;
- bu borada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak oxirgi oyining
25 sanasiga qadar vazirlikning Maʼnaviy-axloqiy tarbiya boshqarmasiga maʼlumot kiritib borishni taʼminlash vazifalari yuklatildi.
QАROR QILАDI:
1. Filialda Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisidagi filial buyrugʼidan kelib chiqqan holda filialning Maʼnaviyat va maʼrifat kengashidagi rejalar boʼyicha faoliyatni yoʼlga qoʼyilsin.
Masʼul: Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’lim boshlig’i J.Maxmayorov, fakultet dekanlari va Yoshlar yetakchisi X.Sultonqulovlar.
Muddati: Muntazam.
2. Yil davomida filialdagi yoshlar siyosati, maʼnaviy-axloqiy tarbiya va sport-sogʼlomlashtirish yoʼnalishi boʼyicha barcha ishlarni (hozirda mavjud boʼlgan va qoʼshimcha taklif etiladigan barcha tadbirlar) 3-ilovadagi ish reja asosida bajarilishini taʼminlansin
Masʼul: Fakultet dekanlari va Yoshlar yetakchisi X.Sultonqulovlar.
Muddati: Muntazam.
3. Ish reja asosida amalga oshiriladigan tadbirlar uchun sarflanadigan harajatlarni maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga ajratiladigan mablagʼlar hamda filialning byudjetdan tashqari mablagʼlari hisobidan qoplanishini inobatga olinsin.
Masʼul: Ishlar boshqarmasi boshligʼi F.Xolmatov va Bosh hisobchi U.Berdiyev
Muddati: Muntazam.
4. Аmalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak oxirgi oyining 25 sanasiga qadar vazirlikning Maʼnaviy-axloqiy tarbiya boshqarmasiga maʼlumot kiritib borilishi taʼminlansin.
Masʼul: Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi I.Xoʼjaxonov
Muddati: Chorak oxirgi oyining 25 sanasi
Kengash raisi: Z.Xakimov
Kengash kotibi: I.А.Xoʼjaxonov
Do'stlaringiz bilan baham: |