Toshkent moliy a


Download 1.09 Mb.
bet1/95
Sana17.03.2022
Hajmi1.09 Mb.
#609656
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
moliyaviy risk
dasturlash bujicha olimpiyada masalalari ularni echishga doir uslubij kullanmalar, 1-maruza 92eea1377715e6c5726d3517883fdcae, 1.Чориев Хамид Азамович , 3-ma`ruza, Д А Л О Л А Т Н О М А (нусха) - копия (2), Д А Л О Л А Т Н О М А (нусха) - копия (2), Men seni sevaman, moliya, Кириш, 10, Xisobot Durdona 97, Xisobot Durdona 97, 14.Saralash jarayonini parallel ravishda bajarish., Nejronnye.seti.na.Python



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIY A INSTITUTI

Sh.Q. Fozilchayev, N.G'.Xidirov


MOLIYAVIY RISKLAR
NAZARIYASI

O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etilgan


Toshkent
"IQTISOD-MOLIYA"


2019

UO'K: 336.7-044.3


KBK: 65.053

Taqrizchilar: ifd., prof T.S.Malikov;


ifn., dots. B.K.Sattorov


79 Moliyaviy risklar nazariyasi: O'quv qo'llanm _I Sh.Q.Fozil­ chayev, N.G'.Xidirov; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: "Iqtisod-Moliya", 20 I 9. - 240 b.

O'quv qo'llanma iqtisodiyot ta'lim sohasining "Moliya" ba­ kalavriat ta'lim yo'nalishi o'quv rejasidagi "Moliyaviy risklar nazariyasi" fani o'quv dasturi asosida yaratilgan bo'lib, unda moliyaviy risklarni boshqarishni nazariy asoslari, moliyaviy risklarni turlari va xususiyatlari, risklarni tasniflanishi zamonaviy ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda yoritilgan.


O'quv qo'Ilanmada moliyaviy risklarni mohiyati, bozor risklari, kredit riski, valuta riski, foiz va inflatsiya riski, investitsiya risklari, aktivlar riski, moliyaviy risklarni baholashga doir nazariy qarashlar, amaliy tajribalar, risklami sug'urtalash, diversifi­ katsiyalash hamda hejirlash bo'yicha xalqaro tajribalar, davlat va korporativ tuzilmalar faoliyatida risklarni boshqarish imkoniyatlari ulubiy-amaliy jihatdan o'rganilgan hamda amaliy ma'lumotlarga tayangan holda tizimlashtirilgan.
Qo'llanma iqtisodiy yo'nalishdagi oliy o'quv yurtlarining tala­
balari, magistrantlari, ilmiy xodimlari, pro!essor-_o qituvc?ilari va moliyaviy risklar nazariyasi masalalan bilan q1z1quvch1 barcha
o'quvchilarga mo'ljallangan. UO'K: 336.7-044.3 KBK: 65.053

ISBN 978-9943-!? ..:$35- 3
© Sh.Q. Fozilchayev, N.G'. Xidirov, 2019
© "IQTISOD-MOLIYA", 2019



KIRISH

Insoniyatning yer yuzida paydo bo'lishi tarixiga nazar tashlansa, moliya sohasi odamlar o'rtasidagi boyliklami natural tovar sifatida maqsadli va o'zaro manfaatli tarzda oddiy almashinuvi jarayonidan boshlangan. Hozirga kelib bozor alohida o'z nazariyasiga va faoliyat mexanizmiga ega, yuqori darajada tartiblashgan murakkab infratuzil­ ma shaklida namoyon bo'luvchi dinamik muhitga aylangan bo'lib, zamonaviy iqtisodiyot rivojini obyektiv belgilaydi. Bozoming dinamik muhit ekanligi unda tovarlar hajmi va ulaming bahosi vaqt birligi ichida talab hamda taklif asosida uzluksiz jarayon sifatida o'zgarib borib shakllanishi bilan belgilanadi.


O'zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishda davlat moliyasi va uning tarkibiy qismi bo'lgan moliyaviy risklari alohida o'rin egallaydi. Har qanday xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyati va ularning moliyaviy operatsiyalari bevosita turli risklar bilan bog'liqdir. Davlat, korxona va tashkilotlar, tijorat banklari, sug'urta kompaniyalar faoliyatida bir
- birlari bilan iqtisodiy aloqalar o'rnatish vaqtida vujudga keladigan risklar darajasi muhim rol o'ynaydi. Shu sababli xo'jalik yurituvchi subyektlar biron bir subyekt bilan iqtisodiy aloqa o'matishdan oldin eng avvalo bu subyekt faoliyatidagi riskli holatlarni o'rganishga intiladi. "Moliyaviy risklar nazariyasi" fanini chuqur o'rganish xo'jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatida vujudga keladigan risklami aniqlash, tahlil qilish va to'g'ri qarorlar qabul qilishda muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun ushbu o'quv qo'llanma "Moliyaviy risklar nazariyasi" fanini o'rganishda muhim sanaladi.
lqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchay­ tirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag'batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish maqsadida belgilangan vazifalardan biri korporativ boshqaruvning
3
zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlaming rolini kuchaytirish hisoblanadi.
Ayniqsa, bugungi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoiti davrida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish quroli bo'lgan bozor asoslarining ahamiyati ortib bormoqda. Hozirda bozor operatsiyalarini amalga oshirish jarayonlarida turli risklarni hisobga olish, baholash va boshqarish muhim masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun fanning o'rni oliy malakali kadrlarni tayyorlashda ahamiyatlidir.

4


I BOB. RISK NAZARIYASI, MOLIYAVIY RISKLARNING MAZMUN-MOHIY ATI VA TASNIFLANISHI





    1. Download 1.09 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling