Toshkent moliya instituti abdalova zulxumor toirovna tojieva zulxumor nazarovna


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/20
Sana15.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20

2. Xalqaro mehnat taqsimoti 
 
Xalqaro  mehnat  taqsimoti  (XMT)–ayrim  mamlakatlarning tabiiy  sharoit  va 
resurslari,  aholining  mehnat  malakalarining  ko’nikmalari  asosida  ayrim 
mahsulotlari  yoki  ularning  turlarini  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashuvi  va  boshqa 
mamlakatlar  bilan  ayrboshlashuvidir.  XMT  mamlakatlarning  iqtisodiy-ijtimoiy 
rivojlanishi darajasi ijtimoiy–siyosiy tizimining harakteridan qat’iy nazar tovarlar 
xizmat  va  bilimlarning  xalqaro  ayrboshlanishi,  ishlab  chiqarishning  rivojlanishi, 
ilmiy  savdo  soliq  sohalarida  boshqa  hamkorlarining  ob’ektiv  asosidir.  XMT 
mamlakatlar  ichidagi  va  ular  o’rtasidagi  munosabatlar  rivojlanishining  qonuniy 
natijasi 
ijtimoiy 
mehnat 
taqsimotining 
mantiqiy 
davomidir. 
XMT 
xarakatlantiruvchi  kuch  va  uni  rag’batlantiruvchi  omil.  Mamlakatlarning  unda 
ishtirok  etishidan  ko’zlangan  maqsadi,  manfaatlari,  vazifalari  iqtisodiy  foyda 
olishga qaratilgandir. XMT da har bir mamlakat milliy iqtisodiyotning tutgan o’rni 
quyidagilarga bog’liq bo’ladi. 
A) Iqtisodiy geografik holati. 
B) Agroiqlimiy sharoitlari  
V) Tabiiy resurslari foydali qazilmalar bilan ta’minlangan darajasi  
G)  Xalqning,  millatning  mehnat  an’analari  ma’lum  ishlab  chiqarish  turlari 
xizmatlari ko’nikmalariga egaligi. 
D) Mamlakatni iqtisodiy tarixiy rivojlashi xususiyatlari  
E) Ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyot darajasi  
J)  Mehnat  resurslari  sifat  tarkibi  kasbiy  va  intelektual  darajasi  yangi  kasb 
hunarlarning  o’zlashtirish  imkoniyatlari  kabi  bir  qator  iqtisodiy  ijtimoiy 
ko’rsatkichlar. 

 
66 
XMTning mamlakatlar uchun manfaatli tomonlari. 
1. Xalqaro ayirboshlashning qulay sharoitlarida eksport qilinayotgan tovarlar va 
xizmatlar baynalminal va milliy qiymatlari o’rtasidagi ijtimoiy farqiga erishish 
2. Arzon import tovarlar va xizmatlar evaziga milliy tovarlar ishlab chiqarish va 
xizmatlardan voz kechish.  
  Iqtisodiy  integratsiya    ikki  va  undan  ortiq  milliy  xo’jaliklarining  yagona 
mexanizmini  yaratish  maqsadidagi  yaqinlashuvi  va  uyg’unlashuvidir.  Iqtisodiy 
integratsiya  jarayoni  rivojlanish  darajasiga  ko’ra  quyidagi  beshta  guruhga 
ajratiladi: 
1.Erkin savdo mintaqasi; 
2.Bojxona ittifoqi; 
3.Umumiy bozor; 
4.Valyutaviy iqtisodiy ittifoq; 
5.Siyosiy;  
 
Dunyodagi  eng  yirik  integratsion  ittifoq  neft  eksport  qiluvchi  mamlakatlar 
tashkiloti  (OPEK)  hisoblanadi.  U  1960  yilda  tashkil  topgan  bo’lib,  asosiy  neft 
qazib oluvchi  davlatlar  qiziqishlarini himoya  qiladi.  Uning  tarkibiga 13  ta  davlat 
kiradi,  bular  Saudiya  Arabistoni,  Quvayt,  BAA,  Qatar,  Eron,  Iroq,  Indoneziya; 
Afrikada  —  Liviya,  Jazoir,  Nigeriya,  Gabon;    Lotin  Amerikasida  —  Venesuela, 
Ekvador.   
 
AQSH,  Kanada,  Meksika  iqtisodiy  ittifoqi  hududlari  erkin  savdo  zonasiga 
(NAFTA) aylandi. Mintaqalar doirasidagi ittifoqqa Lotin Amerikasi assotsiatsiyasi 
integratsiyasi  (LAII),  Osiyo-Tinch  okean  iqtisodiy  hamkorligi  (ATES),  Afrika 
birligi tashkiloti (OAE) va boshqalar kiradi. 
 
 3.  Jahon  xo’jaligi  va  uning  tarmoqlari  rivojlanishi  va  joylanishiga      ta’sir 
etuvchi omillar 
Jahon  xo’jaligi  va  uning  tarmoqlari  rivojlanishi  va  joylanishiga  quyidagi 
omillar ta’sir etadi. 

  Iqtisodiy geografik o’rin, hudud omili, tabiiy sharoit, tabiiy resurslar, 
birinchi o’rinda mineral resurslar; 

 
67 

  Hududning  o’zlashtirilganlik  va  o’rganilganlik  darajasi;  transport 
omili; 

  Demografik omil(aholi soni, mehnat resurslari va uning sifat darajasi, 
urbanizatsiya); 

  Ilm talab omili; ekologik omil; 
2000  yillarda  dunyo  iqtisodiyotida  2 240  million  kishi  band  bo’lgan,  bu 
1900  yilga  nisbatan  4  martaga  ko’pdir.  Iqtisodiy  jihatdan  rivojlangan  davlatlar 
xo’jaligida  382  million,  rivojlanayotgan  davlatlarda  1,7  milliard  kishi  mehnat 
qilishadi.  Iqtisodiyot  tarmoqlarda  bandlar  soniga  ko’ra  Xitoy  birinchi  o’rinda 
turadi, ikkinchi o’rinda Hindiston, so’ngra AQSH, Indoneziya va Braziliya. 
Mavzu bo’yicha savollar: 
1.  Xalqaro mehnat taqimoti nima va uning turlari? 
2.  Dunyo davlatlari iqtisodiy rivojlanishiga ko’ra nechta guruhga ajratiladi? 
3.  Xalqaro mehnat taqsimotining  manfaatli tomonlari nimalarni o’z ichiga oladi? 
4.  Xalqaro mehnat taqsimoti vujudga kelishidagi muhim omillar? 
5.  Jahon xo’jaligida hududning o’zlashtirilganlik va o’rganilganlik darajasi; transport omilining 
roli qanday? 
6.  Demografik omil(aholi soni, mehnat resurslari va uning sifat darajasi, urbanizatsiya) xo’jalik 
tarmoqlari rivojlanishida va joylanishida qanday ahamiyatga ega 
 
Foydalanilgan  adabiyotlar: 
1.  Alisov N. V., Xoree B. S. Ekonomicheskaya i sotsialьnaya geografiya mira {obщiy obzor). 
M., 2001. 
2.  Butov  V.  I.  Ekonomicheskaya  i  sotsialьnaya  geografiya  mira  i  Rossii.  Rostov  n/D,  2003.-
200s. 
3.  Golubchik  M.M.,  Faybusovich  E.L.,  Nosonov  A.M.,  Makar  S.V.  Ekonomicheskaya  i 
sotsialьnaya  geografiya:  Osnovы  nauki:  Ucheb.dlya  stud.  Vыssh.ucheb.zavedeniy.-M.: 
Gumanit. izd. tsentr VLADOS, 2004. -400s. 
4.  Gladkiy  Yu.  I.,  Sokolov  O.  V.,  Faybusovin  E.  L.  Ekonomicheskaya  i  sotsialьnaya 
geografiya. M., 1999. 
5.  Maksakovskiy  V.  P.  Geograficheskaya  karta  mira.  CH.  T.  Obщaya  xarakteristika  mira. 
Yaroslavlь, 1993. 
6.  Maksakovskiy  V.  P.  Obщaya  ekonomicheskaya  i  sotsialьnaya  geografiya.  Kurs  letsiy.  V 
dvux chastyax. CHastь.:- Gumanitar. Izd. TSent VLADOS, 2009.-367 s. 
 
 
 
 
 
 

 
68 
2.4. Dunyo sanoati. 
Reja: 
1. 
Yoqilg’i-energetika kompleksi 
2. 
Metallurgiya -mashinasozlik sanoati 
3. 
Ximiya sanoati 
4. 
Engil sanoat 
 
 
1.Yoqilg’i-energetika kompleksi 
 
 
Jahon  xalq  xo’jaligida  sanoat  tarmog’i  yetakchi  ahamiyat  kasb  etadi. 
CHunki,  u    iqtisodiyotning  hamma  tarmoqlari  shakllanishiga,  ayniqsa,  qishloq 
xo’jaligi  ishlab  chiqarishiga,  transportning  barcha  turlariga,  zamonaviy 
telekommunikatsiya  tizimlariga  to’g’ridan-to’g’ri  va  kuchli  ta’sir  etadi.  Dunyo 
sanoat  tarmog’ida  bugungi  kunda  350  milliondan  ortiq  kishi  xizmat  qiladi,  bu 
jahon  qishloq  xo’jaligi  tarmog’ida  ishlayotganlarga  nisbatan  3  barobarga  kam 
degani.  Moddiy  ishlab  chiqarishning  asosi  hisoblangan  sanoat  tarmog’i  ikkiga 
bo’linadi:  qazib  oluvchi  va  qayta  ishlovchi.  Mazkur  tarmoqlardan  qazib  oluvchi 
(qora  va  rangli  metallar,  ko’mir,  torf,  tabiiy  gaz,  neftь,  slanets  va  b.)  birlamchi 
ahamiyatga  ega,  qayta  ishlovchi  tarmoqlar  esa  ikkilamchi  tarmoqlar  bo’lib,  har 
ikkalasining ham hozirda umumiy dunyo iqtisodiyotida ulushining kamayib borishi 
xosdir.  Faqat,  ikkilamchi,  ya’ni  qayta  ishlovchi  tarmoqlarning  qazib  oluvchi 
tarmoqlarga  nisbatan  jahon  iqtisodiyotiga  qo’shayotgan  hissasida  kamayish  biroz 
sekinroq  kechmoqda.  Jahon  sanoat  rivojlanishida  yetakchi  tarmoqlar  yoqilg’i-
energetika,  mashinasozlik,  ximiya,  oziq-ovqat,  yengil,  yog’ochni  qayta  ishlash, 
metallurgiyadir. 
1951-1980  yillarda  dunyo  sanoat  tarmog’ining  o’rtacha  o’sish  sur’ati  
rivojlangan davlatlarda 4,2 foizni, 1981-1998 yillarda 2,3 foizni,  rivojlanayotgan 
davlatlarda esa, mos ravishda, 6,1 va 5,4 foizni tashkil etgan.  1900-2000 yillarda 
jahon  sanoat  ishlab  chiqarishi  26  martaga  ortdi.  Bu,  G’arbiy  Yevropaning 
rivojlangan  davlatlarida  22  martaga,  rivojlanayotgan  davlatlarda  esa  62  martaga 

 
69 
teng  bo’ldi.  Ayni  shu  davrda,  sanoat  ishlab  chiqarishi  hajmi  AQSHda  -23, 
Kanadada – 90, Xitoyda – 106, Braziliyada - 125 martaga ko’paydi. Ammo shunga 
qaramasdan,  jahon  sanoat  ishlab  chiqarishining  56  foizdan  ko’pi  g’arbning 
rivojlangan davlatlari hissasiga to’g’ri keladi. 
  
Dunyo  iqtisodiyotining  asosini  yoqilg’i-energetika  kompleksi  (YoEK)  va 
uning  uchta  bo’g’ini,  ya’ni,  a).Yoqilgi  energetika  resurslarini  qazib  olish,  b). 
Resurslarni qazib olingan joyidan iste’mol joyiga yetkazish, v).  Elektr va yoqilg’i 
energiyalarini  ishlab  chiqarishni  tashkil  etadi.  Iste’molda  birlamchi 
energoresurslarga  neft,  gaz,  ko’mir,  yadro  va  qayta  tiklanadigan  energiya  turlari 
kiradi. Birlamchi energoresurslar iste’moli va ishlab chiqarishida neftning hissasi 
42 foiz, tabiiy gazniki 25 foiz, ko’mir 28 foiz, atom elektrostantsiyasiniki 2,3 foiz, 
gidroelektrostantsiyasiniki 3,3 foizga teng. Jumladan, ko’mir sanoati dunyoning 70 
dan ortiq davlatlarida turli darajada rivojlangan. Yillik ko’mir qazib olish 5 mlrd 
tonnadan ortadi,  shundan qazib olishning  yarmi  beshta davlatlarga to’g’ri  keladi: 
Xitoy (qazib olish hajmiga ko’ra birinchi o’rinda), AQSH, Rossiya, Germaniya va 
Avstraliya.  Bulardan  tashqari,  ko’mir  qazib  oluvchi  yirik  o’nlik  davlatlarga 
Hindiston, Polьsha, JAR, Ukraina va Qozog’iston ham kiradi.  Ko’mirning asosiy 
qismi  qazib  olinayotgan  davlatlarning  o’zida  iste’mol  qilinadi.  Atigi,  10  foizgina 
dunyo  eksportiga  chiqariladi.  CHetga  chiqarilayotgan  ko’mir  Avstraliya,  AQSH, 
JAR,  Hindiston  va  Xitoydan  G’arbiy  Yevropa,  Yaponiya  va  Koreya 
Respublikasiga jo’natiladi.  
 
Jahonda toshko’mir va qo’ng’ir ko’mirni qazib olish va iste’mol qilish hajmi 
birmuncha  kamayib  bormoqda.  Bu  ularning  geologik  zahirasi  bilan  umuman 
bog’liq emas. CHunki, aksariyat tarqalgan mineral yoqilg’i turlarida qattiq turdagi 
yoqilg’ining geologik  zahirasi 90 foizni tashkil etadi. Hozirgi davrda qazib olish 
darajasidan  kelib  chiqsa,  uning  zahirasi  bir  necha  yuz  yillarga  bemalol  yetadi. 
Neftь  va  gazniki  10  foizdan  ham  kam,  ularning  zahirasi  10  yilga,  yaxshi 
foydalanilsa 100-150  yilga yetadi xolos. Aholi va xo’jalikning birlamchi yoqilg’i 
turlariga  bo’lgan  talabi  hali  yetarlicha  qondirilmayapti.  SHu  boisdan,  ham  tabiiy 

 
70 
muhitga  katta  zarar  yetkazilishga  qaramasdan,  juda  ko’p  miqdorda  qazib 
olinayotgan bir paytda neftning narxi yildan-yilga ortib bormoqda. 
 
Neftь sanoati dunyoning 80 dan ortiq davlatlarida keng  rivojlangan. Yiliga 
3,7 mlrd tonna va undan ko’p neft qazib olinmoqda. Saudiya Arabistoni (1 o’rinda) 
dunyoda qazib olinayotgan neftning 15  foizini bermoqda. Umuman olganda Fors 
ko’rfazidagi  beshta  davlatga  yer  yuzida  qazib  olinayotgan  neftning  (Saudiya 
Arabiston, Quvayt, Birlashgan Arab Amirligi, Iroq, Eron) 25 foizi, OPEKga a’zo 
davlatlarga esa  40 foizi to’g’ri keladi. Sanoat jihatdan rivojlangan davlatlar AQSH 
bilan  birgalikda  barcha  yer  sharidagi  neftning  25  foizini  qazib  olishmoqda. 
Dunyodagi  qazib  olinayotgan  neftning  10  foizi  MDHga  kiruvchi  mamlakatlarga 
tegishli. Oxirgi yillarda rivojlangan davlatlarda neftь qazib olish hajmi kamaygan. 
Bu asosan AQSH va Buyuk Britaniyada neftь qazib olish qisqarishi bilan bog’liq, 
vaholanki, AQSH  dunyoda neftning katta zahiralariga ega mamlakat hisoblanadi. 
Ammo  shunga  qaramasdan,  jahonda  barcha  iste’mol  qilinayotgan  neftning  52 
foizini  import  qiladi.  Asosiy  neftь  import  qiluvchi  mamlakatlarga  Yaponiya, 
AQSH, G’arbiy Yevropa va Koreya Respublikasi kiradi. Eksport qiluvchi davlatlar 
esa OPEK a’zolari, Rossiya, Xitoy hisoblanadi. 
  
Jahonda  2,4  mlrd  m
3
  tabiiy  gaz  qazib  olinadi.  Asosiy  gaz  qazib  oluvchi 
davlatlarga Rossiya, AQSH, Kanada, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Jazoir, Iroq 
kiradi.  Jami  bo’lib  dunyoda  60  dan  ortiq  davlatlarda  gaz  qazib  olinadi.  Tabiiy 
gazning  tarqalishiga  ko’ra  hamda  kelgusidagi  zahirasi  bo’yicha  Rossiya  yetakchi 
hisoblanadi.  Rossiya  katta  gaz  zahirasiga  ega  bo’lishiga  qaramay,  qazib 
olinayotgan  gazning  40  foizga  yaqinini  chetga  chiqaradi.  Vaholanki,  bu 
ko’rsatkich, Kanadada-47 foiz, Niderlandiyada - 49, Jazoirda - 62, Norvegiyada-87 
foizga teng.  
  
Yoqilg’i-energetika  kompleksining  muhim  bo’g’ini  atom  energiyasidir. 
Bugungi kunda ko’pgina davlatlar yadro yoqilg’i resurslariga  ega. Bulardan uran 
rudasining  yirik  konlari  JAR,  Avstraliya,  AQSH,  Rossiya,  Kanada,  Niger, 
Namibiya,  Frantsiyada  joylashgan.  Uran  rudalari  Gabon,  SHvetsiya,  Argentina, 
Braziliya,  Kolumbiya,  Paragvay,  Ekvador,  Ispaniya  va  boshqa  qator  davlatlarda 

 
71 
ham qazib olinmoqda. Bundan tashqari dunyoning 20 dan ortiq mamlakatida  uran 
rudasi qazib olinadi.   
 
XX asrga kelib energiya resurslari ko’mir, neft va tabiiy gaz bilan birgalikda 
noan’anaviy  energiya  manbalaridan,  yadro  va suv  resurslaridan  keng  foydalanish 
yo’lga  qo’yildi.  Jahon  sanoat  ishlab  chiqarishida  noan’anaviy  energiya 
manbalaridan  foydalanish  muammosi  muhim  o’rin  tutadi.  Noan’anaviy  energiya 
manbalariga  dengiz  va    okean  to’lqinlaridan  olinadigan  energiya,  shamol 
energiyasi, yerning geotermal energiyasi, bu hozirda dunyoning 90 ta mamlakatida 
mavjud,  uchinchisi  quyosh  energiyasi.  Jumladan,  quyoshdan  yerga  tushayotgan 
0,01  foiz  energiya,  energiya  resurslariga  bo’lgan  barcha  ehtiyojni  ta’minlagan 
bo’lardi. 
Elektroenergetika olishga asoslangan quvvatli elektrostantsiyalar tezlik bilan 
o’smoqda. Asosiy elektroenergiyani (60 foiz) neft, gaz, ko’mir, yonuvchi slanetsga 
tayanadigan  issiqlik  elektrostantsiyalari  (IES)  beradi.  Gidroelektrostantsiyalar  20 
foiz,  atom  elektrostantsiyalari  17  foiz,  noan’anaviy  elektr  energiya  manbalari  3 
foiz  elektr  energiyani  berishadi.  Germaniya,  Polьsha,  JAR,  Ukraina,  Belarussiya, 
Daniya, Gretsiya, Niderlandiya, Italiyada asosiy elektroenergiya IESlardan olinadi. 
Boshqa  davlatlar  energobalansida  AESlarning  ham  hissasi  bor.  Masalan, 
Frantsiyada barcha elektroenergiyaning 75 foizi, Belgiya va Yaponiyada esa yarmi 
AESga  to’g’ri  keladi.  Dunyoda  yillik  elektroenergiya  ishlab  chiqarish  12  trln 
kvt/soatdan  oshib  ketdi.  Asosiy  yirik  elektroenergiya  ishlab  chiqarish  AQSH  (25 
foiz), Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Kanada, 
Italiya, Braziliya, Norvegiya, Hindistonda yo’lga qo’yilgan. 
O’tgan asrning 60-80 yillarida atom energetikasi tezlik bilan rivojlandi80-
yillarning oxirida dunyoda 335 ta atom reaktorlari 300 mln kvt quvvat bilan ishlar 
edi. 1999 yilda dunyoning 28 ta davlatida 351 gVt quvvatiga ega 434 ta AESning 
energoblokida energiya ishlab chiqarilgan.  AQSH (quvvati 85 mln kVtga yaqin), 
Frantsiya (50 mln kVt), Yaponiya (bu yerda 43 atom reaktorlari umumiy quvvati 
35  mln  kVt  bilan  ish  olib  boradi),  Germaniya,  Rossiya,  SHvetsiya,  Ispaniya, 
Ukraina,  Qozog’iston,  Armaniston,  Braziliya,  CHili,  Argentina,  Peru,  Urugvay, 

 
72 
Kuba,  Belьgiya,  Finlyandiya,  Niderlandiya,  Buyuk  Britaniya,  Bolgariya,  JAR, 
Hindiston,  Pokiston,  Litva,  Sloveniya  va  boshqa  qator  davlatlarda  atom  elektr 
stantsiyalari ishlab turibdi. AESlarga qiziqish Lotin Amerikasi,  janubiy, janubiy-
sharqiy  Osiyo  davlatlarida  hamon  yuqori.  Aksariyat,  Yevropa  davlatlarida  esa 
aksincha, hatto 1998 yil 1 iyulda SHvetsiyada «Barsebek» AESi o’z ish faoliyatini 
to’xtatgan.  Ko’pgina  mamlakatlarda  gidroenergetika  tarmog’i  rivojlanib 
bormoqda.  Bunday  davlatlarga  Yevropadagi  Avstriya  (ishlab  chiqarilayotgan 
barcha elektroenergiyaning 2/3 qismini beradi), Portugaliya (40%), Lyuksemburg 
(58%), SHveytsariya (70%), Norvegiya (99%) kiradi.  
Lotin  Amerikasi  mamlakatlari  energetika  xo’jaligida  GESlar  asosiy  rolь 
o’ynaydi. Masalan, Braziliyada ishlab chiqarilayotgan barcha elektroenergiyaning 
80 foizini, Surinamda 75 foiz, Kolumbiyada 70 foiz, Peru, CHili, Boliviyada 50-55 
foizini  GESlar  beradi.  Yuqorida  ta’kidlanganidek,  ko’pgina  davlatlarda 
noan’anaviy energiya  manbalaridan foydalanish keng yo’lga qo’yilmoqda. Xitoy, 
Frantsiya,  Kanada,  AQSH,  Rossiyada  to’lqin  energiyasidan  foydalanish 
rivojlangan  bo’lsa,  shamoldan  energiya  olish  AQSH,  Belьgiya,  Niderlandiya, 
Rossiya, Yaponiyada keng yo’lga qo’yilgan. Geotermal energiya ishlab chiqarish 
manbalari  AQSH,  Meksika,  Islandiya,  Italiya,  Yaponiya,  Vengriya,  Rossiya, 
Filippin,  Yangi  Zelandiya,  Markaziy  Amerikada  yo’lga  qo’yilgan.  Energiya 
resurslari va ulardan foydalanishda birlamchi energiya manbalari neft, ko’mir, gaz, 
yadro yoqilg’isi, noan’anaviy energiya manbalariga talab oshib boraveradi. Jahon 
iqtisodiyoti  instituti  olimlarining  prognoziga  ko’ra  1995-2015  yillarda  birlamchi 
energiya  manbalari  istemoli  1,7  martaga  ortishi  mumkin.  Aksincha,  iste’molda 
neftning hissasi kamayib, gazniki o’sishi, ko’mirniki esa hozirgi miqdorda saqlanib 
qolinishi kutilmoqda. 
 
2. Metallurgiya-mashinasozlik sanoati. 
 
Metallurgiya  sanoat  tarmog’i  hamisha  ikkita,  ya’ni  qora  va  rangli 
metallurgiyaga  ajratilgan  (maktab  darsliklarida  batafsil  ma’lumot  berilgan).  Qora 
metallurgiya  tarmog’iga  kiruvchi  temir  rudasi    50  ga  yaqin  mamlakatlarda  qazib 

 
73 
olinadi.  Dunyoning  yetakchi  metallurgiya  markazlari  G’arbiy  Yevropa,  AQSH, 
Rossiya  va  Yaponiya  hisoblanadi.  Yaponiya  metallurgiyasi  to’liq  import  temir 
rudasiga  tayanadi.  Qora  metallurgiya  oxirgi  yillarda  rivojlanayotgan  mamlakatlar 
hisobiga kengayib, o’sib bormoqda.  Braziliya  va  Hindiston  po’lat  quyish 
bo’yicha Yevropa mamlakatlarini quvib o’tdi.  
 
Rangli  metallurgiyada  rangli  metallar  ikkiga  og’ir  va  yengilga  ajratiladi. 
Og’ir rangli metallar ko’p miqdorda yoqilg’i, xom ashyo va suvni talab etsa, yengil 
rangli  metallarga  juda  ko’p  elektr-energiyasi  zarur.  Masalan,  1  t  alyuminiy  olish 
uchun 16-18 ming kVt  soat elektro-energiya sarflanadi. SHu boisdan, alyuminiy 
ishlab  chiqarish  korxonalari  arzon  elektroenergiya  manbalariga  yaqin 
joylashtiriladi.  AQSH,  Yaponiya,  Rossiya,  Kanada,  Germaniya,  Norvegiya, 
Frantsiya, Italiya asosiy alyuminiy ishlab chiqaruvchi davlatlardir. Ko’p miqdorda 
mis  qazib  oluvchi  va  ishlab  chiqaruvchi  mamlakatlarga  CHili,  Peru,  Zambiya, 
Kongo (Kinshasa), Rossiya, AQSH, Xitoy, Qozog’iston kiradi. 
   
Jahon  iqtisodiyotining  yetakchi  tarmog’i  mashinasozlik  hisoblanadi.  Unga 
barcha  sanoat  mahsulotining  1/3  to’g’ri  keladi.  Mashinasozlikning  asosiy 
tarmoqlari  transport  mashinasozligi  (avtomobilsozlik,  aviasozlik,  temiryo’l 
mashinasozligi,  kemasozlik),  qishloq  xo’jaligi,  energetika,  stanoksozlik, 
priborsozlikdir. Mashinasozlik davlatlarning ilmiy-texnika taraqqiyotini belgilaydi, 
shu  boisdan  ham  bu  tarmoq  unda  band  bo’lganlar  va  mahsulot  narxi  bo’yicha 
jahon  sanoatida  birinchi  o’rinni  egallaydi.  Dunyoda  mashinasozlik  asosan  to’rtta 
regionda: G’arbiy Yevropa, AQSH, Yaponiya va SHarqiy Yevropada rivojlangan. 
Yiliga jahonda 50 mln dona avtomobil ishlab chiqariladi, uning katta qismi yengil 
avtomobillardir.  Oxirgi  yillarda  AQSH  va  Yaponiya  avtomobilsozlik  bo’yicha 
o’zining yetakchi mavqeini saqlab kelmoqda, ya’ni yiliga 22 mln dona avtomobil 
ishlab chiqaradi. Germaniya va Frantsiya dunyo bozoriga 8,5 mln dona avtomobil 
yetkazib beradi. Hozirda Lotin Amerikasi davlatlari yiliga 2,5 mln dona avtomobil 
ishlab  chiqarish  bilan  ushbu  davlatlarga  yetib  olishga  harakat  qilishmoqda.  
«Ford»,  «Djeneral  motors»,  «Kraysler»  (AQSH),  «Nissan»,  «Xonda»,  «Toyota» 
(Yaponiya);  «Folьksvagen»,  «Daymler-Bents»  (Germaniya);  «Fiat»  (Italiya); 

 
74 
«Reno»  i  «Pejo-Sitroen»  (Frantsiya)  kabi  avtomobil  kontsernlari  va  firmalari 
dunyoga mashhur. Dunyo kemasozligida Yaponiya (jahon ishlab chiqarishining 52 
foizi),  AQSH,  Janubiy  Koreya,  Rossiya,  Ukraina,  Norvegiya,  Germaniya,  Buyuk 
Britaniya yetakchi hisoblanadi. 
 Jahon  industriyasining  yangi  tarmog’i  elektron  sanoati  hisoblanadi.  Elektron 
sanoati  ko’pgina  mamlakatlarda  mashinasozlik sanoatidan keyin  yetakchi  o’ringa 
chiqib  oldi.  Bularga  Osiyodagi  Singapur,  Koreya  Respublikasi  misol  bo’ladi. 
Elektron sanoati mashinasozlikning eng yangi ko’p bilim-ilm talab sanoat tarmog’i 
bo’lib,  ilmiy-texnika  taraqqiyoti  bilan  chambarchas  bog’liq,  ilmiy-tadqiqot 
institutlari bilan hamkorlikda ish olib boradi. Aholi va xo’jalikning aniq hisoblash 
mashinalariga,  kompьyuterlarga,  aloqa  apparaturalariga,  maishiy  elektron  texnika 
buyumlariga  bo’lgan  ehtiyoji  kundan-kunga  ortib  bormoqda.  Bugungi  kunda 
AQSH  murakkab  elektron  mashinasozlik  sanoati  o’ta  taraqqiy  etgan  mamlakat 
hisoblanadi.  Mintaqa  dunyoda  kompьyuter  soni  bo’yicha  birinchi  o’rinda  turadi, 
masalan, har 100 ta biznesmenga 50 ta personal kompьyuter to’g’ri keladi. 
  Yaponiya  jahonda  elektron  mashinasozlik  rivojlanish  darajasiga  ko’ra 
ikkinchi  o’rinda  turadi.  Elektron  mashinasozlik  sanoatining  1000  ga  yaqin 
korxonalari  Yaponiyadan  tashqarida  ham  juda  keng  faoliyat  olib  boradi.  500  ga 
yaqini  Osiyoda,  150  ga  yaqini  AQSHda,  100  tasi  Yevropada  va  hakozo. 
Yaponiyaning  o’zida  yuqori  texnologiyali  ishlab  chiqarishlar,  ya’ni  integral 
sxemalar, kompьyuterning yangi avlodlarini ishlab chiqarish qolgan xolos. G’arbiy 
Yevropa  elektron  mashinasozlik  sanoati  rivojlanishi  uchun  yetarli  ilmiy, 
moliyaviy, texnik va boshqa imkoniyatlarga ega bo’lgan mintaqalardan biridir. Bu 
yerda  telekommunikatsion  apparaturalar,  hisoblash  texnikasi,  turli  elektron 
priborlar  ishlab  chiqarish  keng  yo’lga  qo’yilgan.  O’tgan  asrning  80-yillarida 
Finlyandiya  va  SHvetsiyada  quvvatli  mobil  aloqa  vositalari  ishlab  chiqarish 
korxonalari  barpo  bo’ldi.  Asosan  elektron  mashinasozlik  sanoati  Germaniya, 
Frantsiya,  Buyuk  Britaniya,  Italiya  va  Niderlandiyada  rivojlangan  bo’lib,  ularga 
jami mintaqa elektron sanoati mahsulotining 90 foizi to’g’ri keladi. 

 
75 
  Yaponiya  va  Amerika  janubiy-sharqiy  Osiyo  mamlakatlarining  qulay 
geografik,  iqtisodiy  va  demografik  imkoniyatlarini  hisobga  olgan  holda  XX 
asrning  80  –  yillarida  o’zlarining  ko’pgina  elektron  mashinasozlik  sanoat 
korxonalarini,  filliallarini  mazkur  mintaqada  joylashtira  boshladi.  Bu  esa    ushbu 
hududlarda  nafaqat  sanoat  tarmog’i  rivojlanishiga,  balki  milliy  kadrlar  yetishib 
chiqishiga, eksportdan yuqori daromad olishga imkon berdi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling