Toshkent moliya instituti «biznes va tadbirkorlik» kafedrasi


Download 317.26 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.10.2020
Hajmi317.26 Kb.
#134200
Bog'liq
pul-kredit siyosati


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 

TA’LIM VAZIRLIGI 

  

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 

 

 

«BIZNES VA TADBIRKORLIK» KAFEDRASI  

 

 



  

Mavzu  

Bank tizimi. Pul-kredit siyosati 

 

 

 

 

 

TOShKENT -  2016  

 


 

 

Reja 

 

1. Iste’mol va jamg’arish, ularning grafiklari va funktsiyalari. 

2.  Iste’mol va jamg’arishga o’rtacha  hamda chegaralangan  

moyillik. 

3. Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funktsiyasi.    

4. Investitsiyalar  dinamikasini belgilovchi foiz ctavkasidan boshqa 

omillar. Akselerator modeli. 


1. Iste’mol va jamg’arish, ularning grafiklari va funktsiyalari. 

Uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb yuritiladi), yalpi talab, 

yoki  YaIMning yakuniy iste’molga ko’ra tarkibida eng katta ulushga ega bo’lgan komponentdir. 

2004 yilda O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra 

respublikamizda bu ulush 51,7 %ni tashkil etgan.  Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda 

iste’mol xarajatlari shaxsiy tasarrufdagi daromadning  90 foizdan ortiq qismini tashkil etadi. Shu 

tufayli ham iste’mol xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarni, uning o’zgarish qonuniyatlarini 

o’rganish muhim ahamiyatga ega. 

Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadning  iste’mol qilinmasdan qolgan qismi ularning 

jamg’armalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari jamg’arish hajmi foz  stavkasining 

funktsiyasi de qarashsa  J.M. Keyns uy xo’jaliklarining  iste’mol xarajatlari va jamg’arishlari  

hajmini belgilovchi asosiy omil  ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan 

daromadlari deb hisoblaydi.  Yanada aniqlik kiritsak iste’mol va jamg’arish hajmini belgilovchi 

asosiy omil  uy xo’jaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to’lovlari va  to’lagan 

soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – disposable income, yoki Yd ) 

ko’rsatkichidir. Makroiqtisodiy nazariyada iste’mol va jamg’armalar, milliy daromad yoki 

shaxsiy daromadlarning funktsiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi. 

Ma’lumki, uy xo’jaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamg’arish uchun ishlatiladi. 

Ya’ni, qancha ko’p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg’ariladi va aksincha. Iste’mol va 

jamg’arish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik har xil daromadga ega bo’lgan shaxslarda bir xil emas: 

kam daromadga ega bo’lganlar, odatda, uning ko’proq qismini iste’mol qilib, kamroq qismini 

jamg’aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamg’arish foydasiga o’sadi. Bu 

bog’liqlikni gipotetik ma’lumotlar asosida ko’rib chiqamiz (4-jadval). 

Tasarrufidagi  daromad  hajmi 370 shartli birlikka (sh.k.) teng bo’lganda uy xo’jaliklari 

iste’moli 375 sh.b.ka teng, ya’ni tasarrufidagi  daromaddan 5 sh.b.ka  ko’p  bo’ladi. Ya’ni  uy  

xo’jaliklari  5  sh.b.ka  teng  miqdorda       qarz 



4-jadval 

Daromad, iste’mol va jamg’arish ko’rsatkichlari 

 

Yillar 



Tasarrufdagidaromad     

(Yd) 


Iste’mol   (C) 

Jamg’arish (S) 







370 


390 

410 


430 

450 


470 

490 


375 

390 


405 

420 


435 

450 


465 

-5 


20 



15 

20 


25 

 

hisobiga yoki o’tgan yillarda to’plangan jamg’armalar hisobiga iste’mol xarajatlari qiladilar. 



 

 

            S 



Yd =C 

 420                             

                                                                                 S 

390                                      

 375                                      

        a    

 

 

 



 

 

 



 

Yd 


     370        390                   430 

 


 

                      6-chizma. Iste’mol grafigi 

Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadlar  390 sh.b.ka teng bo’lganda, uning miqdori 

iste’mol miqdori bilan tenglashadi. Bu miqdor bo’sag’aviy daromad deb yuritiladi. 6-jadval 

ma’lumotlari asosida iste’mol grafigini chizamiz. 

  Iste’mol grafigi ikki to’g’ri chiziq ko’rinishida berilgan. Bissektrisa ko’rinishidagi  Yd 

=C to’g’ri chizig’ining har bir nuqtasida iste’mol va tasarrufidagi daromad hajmlari teng bo’ladi. 

Haqiqiy iste’mol  (S) grafigi haqiqiy iste’mol va daromad teng bo’lgan nuqtada (α) bissektrisa 

bilan kesishadi. Bo’sag’aviy  nuqtadan quyida haqiqiy iste’mol daromaddan oshiq. Bu vaziyat 

insonlarning qarz hisobiga hayot kechirishini bildiradi. α – nuqtada yuqorida haqiqiy iste’mol 

daromaddan kam hamda ular o’rtasidagi farq jamg’arishni tashkil etadi. Haqiqiy iste’mol to’g’ri 

chizig’i iste’mol hajmini belgilovchi vertikal o’qni a nuqtada kesib o’tadi. Bu hol uy xo’jaliklari 

umuman daromad olmaganlarida ham ma’lum miqdorda iste’mol qilishlarini anglatadi. a – nuqta 

esa avtonom iste’mol hajmini bildiradi. 

 



 

 



 

        5                                                                                                    

 

 

 



 

 

 



 

 

Yd 



        0          370   390  410    430   450  470                       

      -5 

   7-chizma. Jamg’arish grafigi 

Keltirilgan ma’lumotlar asosida jamg’arish grafigini ham ko’rib chiqamiz (7-chizma). 



Jamg’arish grafigi daromad bilan jamg’arish o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Vertikal 

o’qdagi har bir nuqta jamg’arma miqdorini bildiradi va daromad bilan unga muvofiq keladigan 

iste’mol hajmi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi (S= Yd - S). Boshlang’ich daromad darajasida 

jamg’arish nolga (0) teng bo’lgan holda ixtiyordagi daromad hajmi o’sib borishi bilan uning 

miqdori ham oshib boradi. 

 Mavzuning birinchi savolida keltirilgan gepotetik ma’lumotlar va grafiklarga tayanib 

iste’mol funktsiyasini yozamiz: 

C = a + b Yd    , bu erda: a – avtonom xarajatlar; Yd – tasarrufidagi daromad   (Yd =Y-T),  b

erda: T – soliqlar; 

b – iste’mol hajmining tasarrufidagi daromadga bog’liqligini ifodalovchi koeffitsient, boshqacha 

aytganda iste’molga chegaralangan moyillik. 



ΔS 

                  b  =  --------- 100   

Δ Yd 

Demak, iste’mol hajmi avtonom iste’molga, tasarrufidagi daromad hajmiga va iste’mol 

hajmining tasarrufidagi daromad o’zgarishiga ta’sirchanligiga bog’liq.  

Jamg’arish grafigini ham iste’mol grafigiga o’xshab algebraik ifodalash mumkin, ya’ni 

jamg’arish funktsiyasi quyidagi ko’rinishga ega: 

         S = -a + (1 -b) Yd 

Iste’mol va jamg’arish hajmiga tasarrufidagi daromad dinamikasidan tashqari quyidagi 

omillar, to’g’rirog’i bu omillardagi o’zgarishlar ham ta’sir ko’rsatadi: 

1. Uy xo’jaliklari daromadlari. 

2. Uy xo’jaliklarida to’plangan mulk hajmi. 

3. Baholar darajasi. 

4. Iqtisodiy kutish. 

5. Iste’molchilar qarzlari hajmi. 

   6.  Soliqqa tortish hajmi. 


     Dastlabki besh omil ta’sirida iste’mol va jamg’arish grafiklari o’zaro teskari tomonga siljiydi. 

Bu besh omil ta’sirida joriy tasarrufidagi daromad tarkibida iste’mol va jamg’arish ulushi 

nisbatlari o’zgaradi. Soliqqa tortish darajasining o’zgarishi ixtiyordagi daromad hajmini 

o’zgartirgani tufayli  uning ta’sirida iste’mol va jamg’arish grafiklari bir tomonga qarab  siljiydi. 

Iste’mol funktsiyasini aniqlash borsidagi tadqiqotlar, uning hajmi shuningdek 6)aholining 

daromadlari hajmi va to’plagan mulki ko’lamiga ko’ra tabaqalanishi darajasi hamda 7) aholining 

soni va yoshiga ko’ra tarkibiga ham bog’liqligini ko’rsatdi. 

 

2.  Iste’mol va jamg’arishga o’rtacha  hamda chegaralangan  moyillik. 

Makroiqtisodiy tahlil jarayonida iste’mol va jamg’arish funktsiyalarini yanada to’laroq 

bilish uchun iste’mol va jamg’arishga o’rtacha moyillik va chegaralangan moyillik 

tushunchalarini mohiyatini anglab olishimiz lozim. 

Iste’molga o’rtacha moyillik deganda tasarrufidagi daromaddagi iste’mol xarajatlarining 

ulushi tushuniladi, ya’ni: 



                         APC = ------------- 100 



  Yd 

bunda: APC – (average propensity to consume) iste’molgao’rtachamoyillik. 

Tasarrufidagidaromaddagijamg’arishulushinijamg’arishgao’rtachamoyillikdebataladi, 

ya’ni: 


 

                             S          

       APS   =    --------------- 100 

                                 Yd  

Bunda: APS (average propensity to saving) – jamg’armagao’rtachamoyillik. 

Misoluchun, tasarrufidagidaromaddarajasi 410va 530 shartlibirlikkavaiste’moldarajalari 

405va 495 shartlibirlikkatengbo’lganholatlaruchuniste’molgao’rtachamoyilliknihisoblaymiz, 

ya’ni: 


ARS =(405 / 410) x 100  = 98, 78% yoki 0,98; 

ARS = (495 / 530) x 100  = 93,39% yoki 0,93 ga teng. 

    Demak, bu misollardan ko’rinib turibdiki, tasarrufidagi daromadlar miqdori ko’payib borishi 

bilan uning tarkibidagi iste’mol ulushi kamayib va aksincha jamg’arma ulushi ko’payib boradi.  

Bu holatni Keynsning “asosiy psixologik qonun”i bilan izohlash mumkin.  “Mavjudligiga 

nafaqat aprior tasavvurlarga ko’ra, bizning inson tabiatini bilishimizdan kelib chiqib shuningdek  

o’tmish tajribasini sinchiklab o’rganish asosida biz to’liq ishonishimiz lozim bo’lgan asosiy 

psixologik qonun shundan iboratki kishilar daromadlari o’sishi bilan, odatda,  o’z iste’mollarini 

oshirishga moyillar, ammo daromadlari o’sgan darajada emas”

*

 



 

 Soliqlar to’langandan keyin qolgan daromadning bir qismi iste’mol qilinadi, ikkinchi 

qismi esa jamg’ariladi, shu tufayli ham iste’molga va jamg’arishga o’rtacha moyillik yig’indisi 

100% ga yoki koeffitsient ko’rinishda 1 ga teng:  ARS + ARS = 100% yoki 1. 

Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadlarining o’sgan qismini yo iste’mol qiladi, yoki 

jamg’aradi. 

Iste’moldagi o’zgarishlarning shu o’zgarishni keltirib chiqargan tasarrufidagi daromad 

o’zgarishdagi ulushi iste’molga chegaralangan moyillik deyiladi.  



Δ S 

                MPC = -----------100   

Δ Yd 

Bu erda: MPC (marginal propensity to consume) – iste’molga chegaralangan moyillik. 

Yuqorida keltirilgan 4-jadval ma’lumotlariga ko’ra ixtiyordagi daromad 410 sh.b.dan 430 

sh.b.kacha oshgan holatda MRSni hisoblaymiz. 



Δ S  =420 - 405 =15;                Δ Yd=430 - 410 = 20;        

MRS = (15/20) 100=75%;     

    Bu shuni bildiradiki, daromad 100 % ga (yoki bir birlikka) o’zgarganda iste’mol 75 % (yoki 

0,75)ga o’zgaradi. 

                                                           

* Кейнс Дж.М. Общая теория занятости, процента и денег. М.,1978. С.157. 



Jamg’arishdagi o’zgarishning ixtiyordagi daromad o’zgarishdagi ulushi jamg’arishga 

chegaralangan moyillik deyiladi. 



Δ S       

MRS = ------------100 

Δ Yd 

                  Bu erda: MPS (marginal propensity to saving) – jamg’arishga o’rtacha 

moyillik.Yuqorida keltirilgan misolda: 

Δ Yd = 430 - 410 = 20               Δ S  = 10 - 5 = 5         

MRS = (5/20) 100 = 25%;     

Shunday qilib, iste’molga chegaralangan moyillik 0,75 ni tashkil etgan bo’lsa, 

jamg’armaga chegaralangan moyillik 0,25 ni tashkil etadi. Daromadning o’sgan qismi yoki 

iste’molga, yoki jamg’armaga sarflanadi. Shu sababga ko’ra iste’mol va jamg’arishga o’rtacha 

moyillik ko’rsatkichlari yig’indisi 100%ga yoki koeffitsient ko’rinishida 1ga teng bo’ladi.  

MRS + MRS =100% yoki 1. 

MRS va MRS ancha barqaror ko’rsatkichlar bo’lib, juda sekin o’zgarishga uchraydilar. 



 

3. Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funktsiyasi. 

YaIMning ikkinchi komponenti bo’lgan investitsiyalarga to’xtalib o’tamiz. 

Investitsiyalar yoki kapital qo’yilmalar – bu, hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish 

vositalariga qo’yilgan kapitaldir. O’zining moliyaviy shakliga ko’ra, ular foyda olish maqsadida 

xo’jalik faoliyatiga qo’yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy mohiyatiga ko’ra investitsiyalar yangi 

korxonalar qurish, uzoq muddat xizmat ko’rsatuvchi mashina va asbob-uskunalarni yakuniy 

sotib olishga hamda shu bilan bog’liq bo’lgan aylanma kapitalning o’zgarishiga ketgan  

xarajatlardir. Shuningdek investitsilar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar ham 

kiritiladi.  

Investitsiyalarning turli guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng ko’p duch 

kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash ob’ektiga ko’ra uch turga bo’linadi. 

1. Ishlab chiqarish investitsiyalari; 



2. Tovar-moddiy zahiralariga investitsiya; 

3. Uy-joy qurilishiga investitsiya. 

Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida real foiz 

stavkasi qaraladi. Real foiz stavkasi ortishi bilan investitsiyalar hajmi kamayishini kuzatishimiz 

mumkin. Chunki investorlar uchun qarz bahosi ortib, ular ko’rsatadigan foyda normasini 

pasaytirib qo’yadi. 

Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar hajmi foiz stavkasi dinamikasiga teskari 

proportsional tarzda o’zgarishini ko’rsatadi.    

Avtonom invstitsiya funktsiyasi quyidagi ko’rinishga ega: 

    I = e - dR  

Bu erda: I – avtonom investitsiya xarajatlari; 

e – foiz stavkasi 0 ga teng to’lgandagi investitsiya xarajatlarining maksimal hajmi. U tashqi 

iqtisodiy omillar, resurs imkoniyatldari, er, foydali qazilma boyliklari va boshqalar bilan 

belgilanadi; 

R – real foiz stavkasi; 

d – investitsiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi o’zgarishga ta’sirchanligini miqdoriy 

belgilovchi empirik koeffitsient. 

Grafikdan e nuqtasi shuni bildiradiki, banklar nolga teng foiz stavkasi 

bilan kredit berganlarida hamda ularning kredit resurslari cheksiz 



ko’p bo’lganda ham mamlakatdagi boshqa resurslari miqdorining cheklanganligi tufayli 

investitsiya xarajatlari ma’lum miqdor bilan chegaralanadi. 

 

4.Investitsiyalar  dinamikasini belgilovchi foiz ctavkasidan boshqa omillar. Akselerator 

modeli. 

 

Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo’lib kutilayotgan sof 



foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan investitsiya xarajatlari miqdori o’rtasida 

teskari bog’liqlik bo’lsa, kutilayotgan sof foyda normasi (KSFN) dinamikasi bilan investitsiya 

xarajatlari o’rtasida to’g’ri bog’liqlik bor.  

Agarda kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali 

va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda miqdoridan yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali 

bo’lmay qoladi. 

Misol uchun, zavodga 100000 so’mlik yangi stanok sotib olindi. Yangi stanokni 

qo’llashdan zavod 10.000 so’m sof foyda olgan bo’lsin.  Kutilayotgan sof foyda normasi 

quyidagicha aniqlanadi: 

     KSFN  = 10000 / 100000 x 100 = 10%. 

Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, balki real 

foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining o’zgarishini aks ettirib, 

nominal stavkadan inflyatsiya darajasi ayirmasi ko’rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz 

stavkasi 16% ga teng bo’lsa, inflyatsiya darajasi yiliga 12% ni tashkil etsa,  unda real foiz 

stavkasi 4 foizini (16%-12%) tashkil etadi. 

Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta’sir etuvchi boshqa omillar quyidagilar kiradi: 

1. Soliqqa tortish darajasi; 

2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o’zgarishlar; 

3. Mavjud bo’lgan asosiy kapital miqdori; 

4. Investorlarning kutishi; 

5. Yalpi daromadlarning o’zgarishi. 


Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo bo’lishi 

kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi o’zgarmagan sharoitda ham) ko’payishga 

olib keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining ortishiga  turtki beradi. 

Investitsiyalar hajmining YaMM yoki daromadlar darajasiga bog’liqligini akselerator 

modeli aks ettiradi: 

I = f(Y),  ya’ni investitsiyalar (I) YaMM (Y)ning funktsiyasi ekan. 

Akselerator modelining to’liqroq ko’rinishi quyidagicha bo’ladi: 

 

I=  I

reja

+ γY                        bu erda: 

Δ I                It –I t-1 

γ    =   -----------  =  ------------------  

Δ Y               Yt - Yt-1    

 

I



reja

 – rejalashtirilgan investitsiyalar;Y – YaIM (daromad) hajmi. 

Akseletator modelini hisobga olib, investitsiya funktsiyasini quyidagicha yozish mumkin: 

I = e - dR + γY 

YaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko’payishiga olib keladi. Korxona foydasi 

investitsiyalarning manbai ekanligini hisobga olsak, bu holatda investitsiya xarajatlari oshadi. 

YaIM hajmi pasayib ketganda esa,  ya’ni iqtisodiy faollik pasayishi sharoitida bo’sh turgan 

quvvatlar mavjudligi tufayli, investitsiya xarajatlari pasayib ketadi. Ammo YaMMning davriy 

tebranishlari, innovatsiyalarni doim ham bir tekisda bo’lmasligi, uskunalarni uzoq muddat 

xizmat qilishi, iqtisodiy kutishdagi xavflar tufayli investitsiyalar hajmi barqaror bo’lmaydi. 

   O’zbekiston Respublikasida olib borilgan oqilona makroiqtisodiy siyosat natijasida yuzaga 

kelgan qulay investitsiya muhitiyaxshilandi.  jumladan siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning 

ta’minlanganligi, soliq yukining pasaytirila borishi, bozor infratuzilmasining rivojlantirilishi,  

bank tizimining  mustahkamlanishi va  bakk foiz stavkalarining pasaytirilishi , investorlarga 

keng imtiyoz va kafolatlar tizimining yaratilganliga mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb 

qilinayotgan investitsiyalar hajmining o’sishiga olib keldi . 


Qisqacha xulosalar 

Iste’mol xarajatlarini YaIMning eng yirik komponenti bo’lib, uning hajmini avvalo uy 

xo’jaliklarining tasarrufidagi daromadi belgilaydi. Aholining daromadlari miqdori oshib borishi 

bilan undagi jamg’armalar ulushi ham oshib boradi.  

Iste’mol va jamg’arish hajmi, shuningdek iste’molchilar boyliklari darajasiga, narx va soliq 

o’zgarishlari, iste’molchilarning qarzi darajasiga va boshqa omillarga bog’liq. 

Iste’mol va jamg’arishga o’rtacha moyillik aholi daromadlarining qancha qismi iste’molga 

va qancha qismi jamg’armaga sarflanganligini xarakterlovchi ko’rsatkichlardir. 

Iste’molga chegaraviy moyillik (MRS) iste’moldagi o’zgarishlarni ixtiyordagi daromad 

darajasidagi o’zgarishga bo’lib topiladi. MRS ning katta yoki kichikligi fiskal siyosat 

samaradorligini belgilovchi omillardan biridir. 

Investitsiya yoki kapital qo’yilmalar hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish 

vositalariga qo’yilgan mablag’ hisoblanadi. Investitsiya xarajatlari dinamikasi, foiz stavkasi

kutilayotgan sof foyda normasi va boshqa bir qancha omillarga bog’liq. 

Investitsiya hajmining YaMM hajmiga bog’liqligini xarakterlovchi model - akselerator 

modeli deyiladi.  

 


Asosiy adabiyotlar 

1.  Asosiy  vazifamiz  –  Vatanimiz  taraqqiyoti  va  xalqimiz  farovonligi  yanada  yuksaltirishdir  / 

I.A.Karimov. – Toshkent: «O’zbekiston», 2010. – 34-50 b.  

2.  I.A.Karimov.  “Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,    O’zbekiston  sharoitida  uni  bartaraf 

etishning yo’llari va choralari”. T.: O’zbekiston, 2009 yil. -56 b. 

3.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning  «Mamlakatimizni  modernizatsiya  

qilish  va  kuchli  fuqarolik  jamiyati  barpo  etish  –  ustuvor  maqsadimizdir»  hamda  «Asosiy 

vazifamiz  –  Vatanimiz  taraqqiyoti  va  xalqimiz  farovonligini  yanada  yuksaltirishdir»  nomli 

ma’ruzalarini  o’rganish  bo’yicha  O’quv-uslubiy  majmua.–Toshkent:  Iqtisodiyot.-  2010,  75-81, 

96-97,130-138,151-156 b.b.  

4.  B.Yu.Xodiev,  A.Sh.Bekmurodov,  U.V.G’ofurov,  B.K.Tuxliev.  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  Islom  Karimovning  «Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O’zbekiston  sharoitida  uni 

bartaraf etishning yo’llari va choralari» nomli asarini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. – T.: 

Iqtisodiyot, 2009, 35-49 b.b. 

5.  Vechkanov G.S., Vechkanova G.R. Makroekonomika.2-e izd.-SPb.:Piter, 2010, 30-40 s.s. 

6.  Vechkanov  G.S.,  Vechkanova  G.R.  Makroekonomika;  Uchebnik  dlya  vuzov  ,  3-e  izd., 

dopolnennoe.-SPb.: Piter, 2009, 85-111 s.s. 

7.  Samuelson,  Pol  E.,  Nordxaus,  Vilyam  D.  Makroekonomika,18-e  izd.:  per.  s  angl,-M.:  OOO 

«I.D. Vilyams», 2009, 93-124 s.s. 

8.  Abel E., Bernanke B. Makroekonomika. 5-e izd.- SPb.: Piter, 2008, 155-232 s.s. 

9.  Kiseleva E.A. Makroekonomika: Ekspress kurs: uchebnoe posobie.- M.: KNORUS, 2008, 92-

116 s.s. 

10. 

Tarasevich  L.S.,  Grebnikov  P.I.,  Lusskiy  A.I.  Makroekonomika:Uchebnik.-  6-e  izd.  , 



ispr.  i dop. –M.: Visshee obrazovanie», 2006,   50--72 s.s.  

11. 


Agapova  T.A.,  Seregina  S.F.  Makroekonomika:Uchebnik.-7-e  izd.pererab.  i  dop.-    

M.:Izdatelstvo “Delo i servis”, 2005. 98-103 s.s. 

12. 

Ishmuhamedov  A.E.,  Djumayev  Z.A,  Jumayev  Q.  X.  Makroiqtisodiyot.  (O'quv 



qo'llanma).-T.:O'zbekiston Yozubchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2005. , 44-

52  b.b  

13. 

Axmedov  D.K.,  Ishmuxamedov A.E.,  Jumaev  K.,Djumaev  Z.A.  «Makroiktisodiyot»  T.:   



O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot  jamg’armasi nashriyoti 2004, 46-58 b.b.

  

 



 

 

Download 317.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling