Toshkent moliya instituti “davlatiy moliya” kafedrasi


Download 82.41 Kb.
Sana21.11.2020
Hajmi82.41 Kb.

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

“DAVLATIY MOLIYA” KAFEDRASI

“MOLIYA” FANIDAN


TAQDIMOT

4-Mavzu: Moliyaviy qarorlar

Reja:
  • Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar.
  • Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar.

Moliyaviy mablag`larining belgilangan yo’nalishda harakatlanishini taqozo etuvchi yoki talab qiluvchi qarorlar moliyaviy qarorlar deyiladi.

1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat, investitsion va boshqaruvga doir moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun talab va taklif:
  • ishlab chiqarish xarajatlari;
  • mablag`larning mavjudligi;
  • kelajakda ro`y berishi mumkin bo`lgan soliqqa tortish sohasidagi o`zgarishlar;
  • inflyatsiya darajasining kutilayotgan darajasiga bog’liq bo’ladi.

Moliyaviy qaror qabul qilish asoslari

Moliyaviy qaror qabul qilish asoslari

2. Ma'lumotlarga ega bo`lish bozor iqtisodiyoti sharoitida, albatta, tekin holda amalga oshirilmaydi.

3.Bozor sharoitida ma'lumotlardan foydalanish natijasida qo`lga kiritilgan iqtisodiy samara shu ma'lumotlarni sotib olish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlardan yuqoriroq bo`lmog’i lozim.

Moliyaviy qaror qabul qilish asoslari

4. O’zgaruvchan xarajatlar miqdorining ko`payishi ma'lum chegaraga etgunga qadar mahsulot ishlab chiqarish, uni sotishdan kelgan tushum va foyda hajmining oshishiga olib kelishi mumkin. Shu chegaradan keyin esa bu xarajatlarni yanada ko`paytirish hisobidan olinadigan qo’shimcha mahsulot va iqtisodiy samara pasaya boradi.

Moliyaviy qaror qabul qilish asoslari

5. Bozorda sotib oluvchi va sotuvchining hatti-harakatini ifodalovchi oqilona variant talab va taklif hajmlarining tengligidir.

6. Muvozanat baho va u to`g`risidagi ma'lumotlar ishlab chiqarishni avtomatik ravishda tartibga solishda yetarli darajada hizmat qilishi mumkin.


Odatda, tarkibi va hajmi turlicha bo‘lgan oilalar uy xo‘jaliklari deb ataladi. Bunda qutbning bir tomonida bir necha avlod vakillaridan tashkil topgan, bir uyda yashaydigan va ma’lum iqtisodiy resurslarga birgalikda egalik qiladigan katta oilalar tursa, qutbning ikkinchi tomonida bir o‘zi yashaydigan va an’anaviy oila tushunchasiga mos kelmaydigan yakka inson turadi. Ammo “Moliya”da bunday oila ham uy xo‘jaligi hisoblanadi.
  • Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar

Uy xo’jaliklari tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlar

Pul mablag’larini iste’mol qilish va jamg’arish to’g’risidagi qarorlar

Investitsiyalar bilan bog’liq bo’lgan (investitsion) qarorlar

Moliyalash-tirish to’g’risidagi qarorlar

Riskni boshqarish (riskiy boshqaruv) bilan bog’liq

qarorlar


Amaliyotda uy xo‘jaliklari tomonidan, odatda, to‘rt xil moliyaviy qarorlar qabul qilinishiga to‘g‘ri keladi. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

Uy xo‘jaliklari o‘z daromadlarining ma’lum qismini kelajakda sarflash uchun jamg‘arib qo‘yishlari natijasida ular umumiy boylik jamg‘armasini to‘plab qo‘yadilar. Va ular turli shakllarda saqlanishi mumkin. Kimdir pullarni bankdagi hisob raqamlarida saqlashni afzal ko‘rsa, kimdir ko‘chmas mulkka yoki biror biznesga yo‘naltiradi. Bu mablag‘larning umumiy nomi bor. Ular aktivlar nomini olgan. Iqtisodiy qiymatga ega bo‘lgan barcha narsalar aktivlar deyiladi.

Uy xo‘jaliklarining o‘zlari to‘plagan mablag‘larni sarflash borasida qaror qabul qilish jarayoni xususiy yoki pul mablag‘larini turli aktivlar turlari o‘rtasida taqsimlash deb ataladi.

Xususiy uy sotib olish bilan bir qatorda odamlar ko‘pincha o‘z mablag‘larini moliyaviy aktivlarga, masalan aksiya yoki obligatsiyalarga joylashtiradilar. Agar odam pul qarz olsa, u o‘zida yuzaga kelgan qarz majburiyati bilan bog‘liq ma’lum javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, unda qarz paydo bo‘ladi. Uy xo‘jaligi boyligi yoki mulkining toza (sof) bahosi (qiymati) uning mulki bahosidan uning qarz majburiyatlari summasini ayirish orqali aniqlanadi.



2. Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar

Asosiy vazifasi tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyat subyekti firma deb ataladi. Xuddi uy xo‘jaliklari kabi firmalar ham turli shakl va hajmda bo‘ladi. Bunda, bir tarafda bitta odamga tegishli yoki oilaviy biznes hisoblangan ustaxonalar, do‘konlar va restoranlar tursa, ikkinchi tarafda – yuzlab, ba’zida Mitsubishi yoki General Motors, Gazprom, Rosneft, “O‘zbekneftegaz” kabi minglab odamlar ishlaydigan, aksiyador sherik egalari ko‘p korporatsiyalar turadi. Firmalar darajasida moliyaviy qarorlar qabul qilish masalalari bilan shug‘ullanadigan moliya sohasi korxonalar moliyasi yoki korporativ moliya deb ataladi.

Tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun har qanday firma, hajmi (o‘lchami)dan qat’iy nazar kapitalga ega bo‘lishi kerak. Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar firmaning jismoniy kapital hisoblanadi. Firmalarga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlar moliyaviy kapital deyiladi. Bularni chizmali ko‘rinishda quyidagicha aks ettirsa bo‘ladi.

K a p i t a l

Jismoniy kapital

Moliyaviy kapital

Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ish-

latiladigan boshqa zarur resurslar

Jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar, kreditlar

va hokazolar



Kapitalning eng umumiy tarkibiy tuzilmasi

Moliyaviy qaror qabul qilish qoidalari

1-qoida. Pulni bankda saqlagandan ko`ra ko`proq sof foyda (soliqlar chegirilgan) olish imkoni bo`lsa, mablag’larni ishlab chiqarishga, qimmatbaho qog`ozlarga va boshqalarga investitsiyalashtirish o`z ma'nosiga ega.

2-qoida. Investitsiyalarning rentabellik darajasi inflyatsiya sur'atlaridan yuqori bo`lgan taqdirdagina mablag'larni investitsiyalashtirish o`z mazmuniga ega.

3-qoida. Diskontlashtirish ham hisobga olingan holda eng yuqori rentabellik darajasiga ega bo`lgan loyihalarga mablag`larni investitsiyalashtirish o`z mazmuniga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

  • Malikov T. Moliya. O‘quv qo‘llanma. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2018. -267 b.

  • 2. Bodi Z., Merton R.S., Cleeton D.L. Textbook. Financial economics. New Jersey: “Pearson Education”, 2016. – 500 p.

    3. Sultonov Sh., Chinqulov Q., G’ofurova U., Safarova N. Biznes moliyasi. O’quv qo’llanma.– T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. – 358 bet.



Download 82.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling