Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


Download 208.57 Kb.
bet1/3
Sana06.09.2023
Hajmi208.57 Kb.
#1673525
  1   2   3
Bog'liq
1 1660978714546016256


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIYOT FAKULTETI





5230100 – “Iqtisodiyot” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
3-kurs I- 83 guruh talabasi
Hasanova Safinaning


MALAKAVIY AMALIYOT (BITIRUV OLDI)


KUNDALIK HISOBOT

Toshkent-2023

AMALIYOT O’TASH QOIDALARI:

  1. Belgilangan muddatda amaliyot o’tash joyiga borish;

  2. Amaliyot o’tash joyidan tayinlangan rahbar bilan amaliyot o’tash rejasini kelishish;

  3. Amaliyot o’tash bo’yicha institut tomonidan berilgan dastur asosida amaliyot o’tash va amaliyot daftarini rasmiylashtirish;

  4. Amaliyot mavzularining har biri bo’yicha yozilgan xulosalarning ishonchligi va asosliligini korxona (muassasa, tashkilot) rahbarining imsozi va mahri orqalai tasdiqlatish.


AMALIYOT DAVRIDA BAJARILADIGAN TOPSHIRIQLAR JADVALI



Amaliyot davomida bajariladigan ishlar

Haftalar taqsimoti

Haftalar soni

Haqiqiqatda kun,sana,yil


Korxona tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va xo‘jalik subyektining iqtisodiyotda tutgan o‘rnini tahlil qilish

1 hafta

29/05/2023
02/06/2023


Korxona me’yoriy-huquqiy hujjatlari bilan tanishish, o’rganish

2 hafta

05/06/2023
09/06/2023


Korxona (tashkilot) personali mehnatini tashkil etishni o‘rganish

3 hafta

12/06/2023
16/06/2023


Korxona (tashkilot)ning moliyaviy holati va rentabelligini o`rganish va tahlil qilish

4 hafta

19/06/2023
23/06/2023


Marketing faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish

5-6-hafta

26-27/06 /2023
3-7/07/2023


Кorxonadagi mavjud muammolar va ularni hal etish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo’nalishlarini o’rganish

7 hafta

10/07/2023
14/07/2023



*Eslatma: Talaba institutdan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan masofaviy muloqot qilgan holda, har shanba kuni o‘rgangan bilim, ko‘nikma, malaka va amaliy ma’lumotlarga asoslanib, malakaviy amaliyot hisobotini tayyorlashi kerak.


Institutdan tayilgan rahbar ______________________ _______
(nasl nomasi va ismi) (imzo)

Amaliyot o’tash joyidan tayinlagan rahbar ___________________ ________
(nasl nomasi va ismi) (imzo)


1-mavzu. Korxona tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va xo‘jalik subyektining iqtisodiyotda tutgan o‘rnini tahlil qilish

“UNIQUECOMP” Ma’suliyati cheklangan jamiyat Buxgalteriya xizmatlari ko’rsatish bilan shug’ullanadi. Ushbu korxona 3 yildan buyon o’z faoliyatini olib boradi va bugungi kunda O’zbekistonning yirik korxonalarga xizmat ko’rsatadi.


Korxonaning 5 nafar xodimlari mavjud: Korxona rahbari Urinov N
Buxgalter:Xasanova N.
Menejer:E’lova N.
Ishchi xodim: Mirgulyamova F.
Ishchi xodim: Sherova S.
Muassasaning ish hajmi va ko’lamiga qarab tashkiliy tuzilmani o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish muassasa ta’sischisi bilan kelishilgan holda muassasaning direktori vakolatiga kiradi.
Jamiyatning tashkil etilishi ya faoliyatini amalga oshirishi uchun ishtirokchilar 10 000 000 (O'n million) so'm miqdorida ustav fondi shakllantirishadi. Ishtirokchilarning ustav fondidagi ulushlari quyidagicha:
- URINOV NODIR IKRAMOVICH – 5 00 000 so'm, ya'ai 50%;
- (XASANOVA NOZIMA UTKIROVNA> - 5 000 000 so'm, ya'ni 50%;
Jamiyat ustav fondining 15% miqdorida zaxira fondi shakllantiradi. Jamiyatning zaxira fondi uning zararlarini qoplash va qonunda nazarda tutilgan hollarda Jamiyatning ustav fondidagi ulushni (ulushning qismini) sotib olish uchun mo'ljallangan.
Korxonaning tashkiliy tuzilmasi quyidagilarni tartibga soladi:
bo'limlar va bo'linmalar bo'yicha vazifalarni taqsimlash;
muayyan muammolarni hal qilishda ularning malakasi;
bu elementlarning umumiy o'zaro ta'siri.

Korxona ratsional tashkilot bo’lib, u quyidagi asosiy qonunlar asosida faoliyat olib boradi:
jarayonning eng muhim nuqtalariga muvofiq vazifalarni tartibga solish;
boshqaruv vazifalarini vakolat va mas'uliyat tamoyillariga muvofiqlashtirish,
"qaror qabul qilish maydoni" va mavjud ma'lumotlarni muvofiqlashtirish, vakolatli funktsional bo'linmalarning hal qilish uchun yangi vazifalarni qabul qilish qobiliyati);
mas'uliyatni majburiy taqsimlash (hudud uchun emas, balki "jarayon" uchun);
qisqa boshqaruv yo'llari;
barqarorlik va moslashuvchanlik muvozanati;
maqsadga yo'naltirilgan o'zini o'zi tashkil etish va faoliyat qobiliyati;
tsiklik takrorlanadigan harakatlarning barqarorligining maqsadga muvofiqligi.
Korxonaning boshqaruv strukturasi chiziqli bolib, u quyidagicha ko’rinishga ega:



Raxbar



Menejer

Bosh buxgalter



Ishchi xodim

Ishchi xodim





Ishchi xodim

Ishchi xodim



Chiziqli tashkiliy tuzilma Bu vertikal boshqaruv tizimi bilan tavsiflanadi, bir kishi asosiy vakolatlarga ega bo'lsa, u ko'rsatmalarni o'z o'rinbosariga, ikkinchisi esa o'ziga topshiradi. Bunday korxonalarda o'rta bo'g'indagi menejerlar tomonidan boshqariladigan va direktorga bo'ysunadigan bir qancha korxonalar mavjud.
Chiziqli tuzilma quyidagi afzalliklarga ega:

  • buyurtmalarning aniqligi va birligi;

  • ijrochilarning harakatlaridagi izchillik;

  • aniq javobgarlik;

  • boshqaruv qulayligi, chunki bittasi bor;

  • qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish samaradorligi;

  • ma'lum bir bo'linma faoliyatining yakuniy natijasi uchun menejerlarning shaxsiy javobgarligi mavjudligi.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari hisob va hisobotni qonun hujjatlariga muvofiq yuritadi. Hisobot tadbirkorlik subyektining xohishiga ko‘ra qog‘ozda va (yoki) elektron shaklda tayyorlanishi mumkin. Tadbirkorlik subyektlarining elektron shaklda taqdim etilgan hisoboti tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Davlat tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron shaklda hisob yuritilishini dasturiy ta’minotni imtiyozli shartlarda yoki bepul tarqatish orqali rag‘batlantiradi.
Kichik tadbirkorlik subyektlari faqat davlat statistika organlari va davlat soliq xizmati organlariga, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa, davlat soliq xizmati organlariga belgilangan shakllarda hisobot taqdim etadi.
“UNIQUECOMP” MCHJ ning buxgalteriya bo’limida korxona hisobotlari electron shaklda my.soliq.uz sayti orqali soliq bazasiga yuboriladi.

Download 208.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling