Toshkent moliya instituti iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari


Download 303.16 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi303.16 Kb.
#163857
Bog'liq
salikhoff

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

MAVZU: MEN SEVGAN KITOB


I-80 E.A.Meliboyev

HAYOTI VA IJODI

Deyl Brekenrij Karnegi (1888 – 1955) – amerikalik pedagog, yozuvchi. O‘sha davr ruhshunoslarining ilmiy ishlanmalarini tarjima qilib, amaliy tatbiq etish bilan bir qatorda, muloqotga kirishish nazariyasini yaratishga asos solgan. U janjallashmay va yaxshi muomala qilishning o‘z yo‘riqnomasini ishlab chiqqan. U samarali muloqot, nutqlar qilish malakalarini mustaqil tarzda takomillashtirish bo‘yicha psixologik qo‘llanmalarni ishlab chiqdi. Deyl Karnegining asosiy tamoyili – yomon odam bo‘lmaydi, degan aqidaga tayanadi. Mavjud noxush holatlar bilan kurashish, qimmatli hayotni mayda-chuyda gaplar bilan arzon bahoga “sotmaslik” g‘oyasi muallif hayotida yo‘lchi yulduz bo‘lib qoldi. Deyl Karnegining shu ruhdagi bir qator asarlari dunyo jamoatchiligi tomonidan hamon sevib o‘qilmoqda.

MUVAFFAQIYAT KALITI

„Muvaffaqiyat kaliti“ yoki „Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida. Oʻz-oʻziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʻzlash sanʼati. Bezovtalikni tark etish va yangi hayot boshlash sirlari“ — amerikalik psixolog Deyl Karnegi qalamiga mansub „Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida“ , „Oʻz-oʻziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʻzlash sanʼati“ , „Bezovtalikni tark etish va yangi hayot boshlash sirlari“ kitoblarini oʻzida jamlagan toʻplam. Toʻplam rus tiliga 1990-yillar boshida tarjima qilingan va tez orada keng shuhrat qozongan. Asar rus tilida bir necha nashriyot tomonidan bir necha marta nashr qilingan. Ruscha toʻplamga uch kitob kiritilgan boʻlsa-da, ayrim hollarda uning nomi shunchaki „Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida“ deb yuritiladi. Toʻplamga kiritilgan kitoblar oʻnlab tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. „Muvaffaqiyat kaliti“ toʻplamini oʻzbek tiliga rus tilidan Fatxulla Namozov oʻgirgan. Oʻzbekcha tarjima 2010-yil Toshkent shahrida „Yangi asr avlodi“ nashriyotida chop etilgan.


Download 303.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling