Toshkent moliya instituti moliya fakulteti xalqaro moliya kafedrasi


Download 438.29 Kb.
bet1/12
Sana24.05.2022
Hajmi438.29 Kb.
#700578
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Islomov Bobur Zarifjon o‘g‘li
00000, НОВЫЙ ПРОЕКТ(Нодир), login parol New, 01, Biologiya, 10 tarix, dinnuraxavfsizmarshrutlashmasalalari (2) (2), kerakli, hoogendoorn2001, Shodiyev Akmal O‘ktamjon o‘g‘li MM-66i, nutq taqvim reja, NUTQ DASTUR

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


MOLIYA FAKULTETI


XALQARO MOLIYA KAFEDRASI

‘‘XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARI” fanidan




MAVZU: Xalqaro investitsiya bozori va uning rivojlanishi
KURS ISHI

Tayyorladi:
Guruh _________ talabasi
____________________________


Raxbar: ____________________



“”Xalqaro Moliya” kafedrasida kurs ishini ro‘yxatga olish raqami №_______________
____________________________
Ma’sul shaxs imzosi

___” ____________2022 y.



Kurs ishi himoyasiga tavsiya etiladi (tavsiya etilmaydi)


Sana “___” ____________2022 y.

Raxbar imzosi:


________________________________



Kurs ishi himoyasi
bahosi __________


Kamissiya tarkibi:
Rais______________ /_____


1.a’zo ________________ /_____
2.a’zo ________________ /_____



T OSHKENT-2022
REJA:
Kirish.
1. Investitsiya bozori haqida tushincha va uning mazmuni-mohiyati.
2. O'zbekistonda investitsiya bozorining o'rni va ahamiyati.
3. O'zbekistonda investitsiya bozorining rivojlanish tendensiyalari.
Xulosa va takliflar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.




KIRISH
Xalqaro investitsiyalar iqtisodiy o‘sish va iqtisodiyotni rivojlantirishni ta’minlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Har bir davlatning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib xorijiy investitsiyalarini jalb qilish asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishda, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda, aholi turmush darajasini yaxshilashda xalqaro investitsiyalarining roli kattadir.
O‘zbekiston ham kapitalni import qiluvchi mamlakat sifatida jahon maydoniga chiqar ekan, bir qator muayyan manfaatlarni ko‘zlaydi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mamlakatga xorijdan yangi texnologiyalar, uskunalar, nou-xauni olib kirishga, xorijiylik mutaxassislar, ekspert va maslahatchilarni jalb qilish orqali mahsulot sifati va ishchi kuchi malakasini oshirishga erishish mumkin. Shuningdek, xorij sarmoyalari ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratadi, yangi texnika va texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlariga olib kiradi, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga yordam beradi. Shu o‘rinda muxtaram Prezidentimiz Sh. mirziyoyevningning quyidagi fikrlarini ta’kidlashimiz lozim: “Bugun joylarda iqtisodiyotni yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruktsiya qilish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, nechog‘lik katta hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini kimgadir isbot qilib berishga hojat yo‘q. Bu avvalombor, aholi bandligi, uning ish haqi va daromadlarini oshirish, bu oxir oqibatda respublikamiz hududlari, shahar va tumanlarimizdagi eng muhim ijtimoiy muammolarni yechish demakdir”1.
Xalqaro investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga yo‘naltirish va ularni samaradorligini aniq belgilash, ilmiy asoslangan investitsiya qarorlarini qabul qilish, investitsiya faoliyatini oqilona tartibga solish asosida tashqi moliyaviy manbalarining barcha shart-sharoitlarini hisobga olgan holda jalb qilish milliy iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishining kelajagini belgilaydi. Iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur xorijiy sarmoyalarini topish iqtisodiy o‘sish shartiga aylangan. Ushbu mezonlarni O‘zbekiston milliy iqtisodiyotini isloh qilish va rivojlantirishning hozirgi bosqichida hisobga olinishi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Uning asosiy vazifalari iqtisodiy o‘sishning barqarorligini ta’minlashda eksport salohiyatining o‘rnini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning hissasini oshirish, erkinlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantishning ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi2. Ushbu Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bu investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarini faol jalb qilishdan iborat.
Shuning uchun ham, xorijiy investitsiyalarini jalb etmay, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda xorijiy investitsiyalarii ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatdosh mahsulotni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkin emas. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarining jalb etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyat va rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiya, eksportbop tovarlarni o‘zlashtirish, ularni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali davlatimiz iqtisodiy qudratini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 438.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling