Toshkent moliya instituti Nobank moliya-kredit muassasalari mavzusida


Download 1.03 Mb.
bet1/2
Sana15.09.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1678431
  1   2
Bog'liq
SMMT 94-21 Turg`unboeva.G

Toshkent moliya instituti

Nobank moliya-kredit muassasalari

mavzusida

Tayyorladi:SMMT 94/21-guruh talabasi Turg`unboeva.G

Reja:

  • Nobank kredit-moliya institutlari – bu rasman bank emas (bank litsenziyasiga ega emas), ammo asosiy faoliyati moliyaviy hizmatlar ko`rsatish bo`lib, ko`p jihatdan banklarnikiga bog’liq va muqobil hisoblanadi. Shuning uchun nobank kredit-moliya institutlari ko`plab ingliz tilidagi adabiyotlarda banklarga asosiy raqobatchi deb aytiladi va bular: kredit kooperatsiyalari, lombardlar, lizing va faktoring kompaniyalari va boshqalardir.
  • Bank bozorining nomoliyaviy qatnashchilari. Nobank kredit moliya institutlari bilan bir qatorda tijorat banklariga raqobatchi sifatida nomoliyaviy korxonalar, va tashkilotlar yoki boshqacha qilib aytganda nobank banklar (nobank banks) – savdo uylari, sanoat korxonalari, pochta va boshqalar kiradi. Bunga yorqin misol qilib amerikaning “Sears, Roebuck & Co” savdo konsernini misol qilib keltirishimiz mumkin. Bu jahonning ancha katta savdo kompaniyasi o`z mijozlariga bir necha yillardan beri tovar sotish xizmatlarini balki boshqa xil moliyaviy xizmatlarni ham ko`rsatib kelmoqda.
  • “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi qonun bilan ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar belgilab berilgan. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi. Xususan, lombardlarning faoliyatni o‘z mablag‘lari, bank kreditlari va o‘z aksiyadorlaridan olingan qarz mablag‘lari hisobidan amalga oshiruvchi mikromoliya tashkilotlarining prudensial talablarga rioya qilishi talab etilmasligi;
  • Ularning faoliyatini tartibga soluvchi normalarni xalqaro standartlardan kelib chiqib takomillashtirish hamda yo‘nalishini kengaytirish ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchilar soni va xizmat ko‘rsatish ko‘lamini sezilarli darajada oshirishda asosiy omillardan bo‘ladi. Nobank kredit tashkilotlari soni So‘nggi besh yil davomida mikrokredit tashkilotlari soni 41 taga, lombardlar soni esa 30 taga ortib, hozir 71 ta mikrokredit tashkilotlari hamda 76 ta lombard aholi va tadbirkorlarga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatmoqda. Hududlar kesimida nobank kredit tashkilotlari Toshkent shahrida 2 barobarga (jami 64 ta), Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida 3 barobarga (mos ravishda 19 ta va 14 ta) hamda Toshkent viloyatida 1,4 barobarga (soni 14 ta) o‘sgan. Shuningdek, o‘tgan bir yil mobaynida nobank kredit tashkilotlari bozorida yangi ishtirokchilarning – 8 ta mikrokredit tashkiloti hamda ularning 32 ta filial va chakana xizmatlar markazlari, 11 ta lombard faoliyat boshlashi natijasida ularning umumiy soni 148 tani tashkil qilgan.
  • Nobank kredit tashkilotlarining aktivlari Nobank kredit tashkilotlari aktivlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobarga ortib, 2022-yil 1-may holatiga ko‘ra 3,4 trln so‘mni tashkil etgan. Aktivlar o‘sishida kreditlash operatsiyalarining 2,2 barobarga oshishi asosiy omil bo‘lgan. Xususan, mikrokredit tashkilotlari aktivlari 58 foizga (557 mlrd so‘mga) o‘sib, 1 520 mlrd so‘mga va lombardlar aktivlari 35 foizga yoki 60 mlrd so‘mga ko‘payib, umumiy 231 mlrd so‘mga yetgan.
  • Aktivlar hajmining o‘sishi asosan mikrokredit tashkilotlarida kreditlarning 501 mlrd so‘mga va lombardlarda 47 mlrd so‘mga oshishi hisobiga yuzaga kelgan. Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti jami aktivlari 4 barobarga (1 173 mlrd so‘mga) o‘sgan holda 1 618 mlrd so‘mni tashkil etgan (bunda kreditlash sur’ati 1 105 mlrd so‘mga ortgan). Nobank kredit tashkilotlarining kreditlash amaliyoti 2022-yil yanvar—aprel oylarida mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan ko‘rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 63 foizga oshib,1,4 trln so‘mni tashkil qildi.
  • 2022-yilning 1-may holatiga jami mikromoliyaviy xizmatlar qoldig‘i (1,6 trln so‘m) 52 foizga, xususan, mikrokredit tashkilotlari kredit qo‘yilmalari qoldig‘i (1 404 mlrd so‘m) 55 foizga va lombardlar kredit qoldig‘i (195 mlrd so‘m) 32 foizga o‘sgan. O‘z navbatida ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti tomonidan aholining uy-joylarga bo‘lgan o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadida tijorat banklariga ajratilgan resurslari qoldig‘i 4 barobarga (1 105 mlrd so‘mga) ortib, 1 428 mlrd so‘mga yetgan. 2022-yil 1-may holatiga barcha nobank kredit tashkilotlarining jami kredit qo‘yilmalari qoldig‘i o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 barobarga ko‘payib, 3 trln so‘mga yoki umumiy kreditlash hajmidagi ulushi 0,9 foizga yetgan. Bunda so‘nggi bir yil davomida umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari hissasi 2 barobarga oshishi asosan ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti tomonidan kreditlash sur’atlarining yuqori darajada o‘sishi hisobiga shakllangan.
  • Shu bilan birga, 2021-yil 1-may holatiga nisbatan nobank kredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan mikroqarzlar 54 foizga ortib, 1 583 mlrd so‘mga yetgan bo‘lsa, tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokredit qoldig‘i 37 foizga kamayib, 16 mlrd so‘mni tashkil etdi. Nobank kredit tashkilotlarining muammoli kreditlari 2022-yil 1-may holatiga nobank kredit tashkilotlari kredit qo‘yilmalarining 92 foizi “standart”, 5 foizi “substandart”, 1 foizi “shubhali” va 2 foizi “umidsiz” kreditlar sifatida tasniflangan
  • O‘tgan yillarda koronakrizis oqibatida yuzaga kelgan kredit xatarlarining nobank kredit tashkilotlari moliyaviy holatiga bo‘lgan salbiy ta’sirini kamaytirish yuzasidan ko‘rilgan prudensial choralar hamda ular tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida muammoli kreditlar (NPL 30+) ulushi 8 foiz bandga kamayib, 8 foizni yoki 132 mlrd so‘mni tashkil etgan. Xususan, muammoli kreditlar mikrokredit tashkilotlarida 52 foiz yoki 62 mlrd so‘mga kamaygan bo‘lsa (qoldig‘i 57 mlrd so‘m), lombardlarda 41 foiz yoki 22 mlrd so‘mga o‘sgan (qoldig‘i 74 mlrd so‘m).
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling