Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet «moliya» kafedrasi


Download 0.6 Mb.
bet1/5
Sana25.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1118726
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurs ishi MMC-65 Xayrullaev B
18. Энегетика ва атроф мухит, Хуфндан маърузалар матни, 03BupuO0i4kup6GGQAUEjcW3GlJTKwT, 1. Маъруза матн, 04-84-88 (3), 9-SINF s-i-t-d-i-1, Документ Microsoft Office Word (2), Jadidler haqqinda, to be present for teacher, to be present for teacher, Тургунбоев Сардор 654-19 семинар-4, 1, 2, Exercise 2, Документ Microsoft Word (2)

TOShKENT MOLIYA INSTITUTI


SIRTQI FAKULTET


«MOLIYA» KAFEDRASI
«Moliya» fanidan


KURS ISHI


MAVZU: IQTISODIYOT TARMOQLARIGA XORIJIY INVESTISIYALARNI JALB ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH


Tayyorladi: MMS -65 guruh talabasi
Xayrullayev Bobur Najimullo o’g’li


Ilmiy rahbar: MANNOPOVA SH.
TOSHKENT-2021


KIRISH
Reja

  1. Xorijiy investitsiyalarning mohiyati va ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati

  2. O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning jalb qilish amaliyoti

  3. Xorijiy insvestitsiyalarini jalb qilishni takomillashtirish yo’llari

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH

Investitsiya – taraqqiyot tayanchi


Mamlakatimizda xorijiy investitsiya ishtirokidagi
korxonalarning erkin faoliyat yuritishi uchun zarur kafolatlar,qulay tashkiliy va huquqiy shart-sharoit yaratilgan. Xususan,Ro’yxatga olish, hisobotlarni taqdimetish, ruxsatnomalar berish tartib-qoidalari soddalashtirildi. Huquqiy ta‘sir choralari faqat sud orqali amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Adliya vazirligi tomonidan xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar huquqlarini ta‘minlash borasida izchil ishlar olib borilayotir. Bunda Vazirlar
Mahkamasining 2003 yil 2 mayda qabul qilingan. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi qarori muhim omil bo’lmoqda.
Poytaxtimizda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning faoliyatiga bag’ishlangan seminarda shu haqda gap bordi. Toshkent shahar hokimining o’rinbosari va boshqalar Prezidentimiz SH.MIRZIYOYEV rahnamoligida yurtimizda qulay investitsiya muhitining yaratilgani samarasidaiqtisodiyotimizga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi izchil o’sayotganini ta‘kidladi. Investitsiya dasturlarini amalga oshirish natijasida yangi obyektlar ishga tushirilmoqda, ishlab chiqarish hajmi o’sib, yangi ish o’rinlari yaratilmoqda.
Seminarda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarga berilayotgan imtiyoz va kafolatlar bo’yicha amaldagi qonun hujjatlariga kiritilgan o’zgarish va qo’shimchalar haqida batafsil ma‘lumot berildi. Shuningdek, poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish borasidagi ishlar tahlil etildi. Tadbirkorlik sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan sudlarga da‘vo arizalari kiritilgan. Natijada, qo’shma korxonalar foydasiga jami 423 million so’mdan ortiq pul mablag’i undirilgan. Qonun buzilishiga yo’l qo’ygan tegishliidoralarga taqdimnoma, ogohlantirish va ko’rsatmalar kiritilgan.





Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling