Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet


Download 40.56 Kb.
bet1/2
Sana18.11.2023
Hajmi40.56 Kb.
#1785224
  1   2
Bog'liq
Komilova Shahnoza


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTET

NAZORAT
ISHI
Mavzu: 1.1Tijorat banklarining daromadlari va xarajatlari va ularning tashkil toppish asoslari
1.2 Bank passivlariga ta’sir qiluvchi omillar

SBI 52- GURUHI
Komilova Shahnoza

TOSHKENT 2023

Reja

  1. Tijorat bankining ikkinchi darajali kapitali uning tarkibiy tahlili

  2. Bank passivlariga ta’sir qiluvchi omillar


  1. Tijorat bankining ikkinchi darajali kapitali uning mazmuni va mohiyati

Banklarning o‘z mablag‘lariga — bankning ustav kapitali, rezerv kapitali, maxsus fondlar, moddiy rag‘batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan fonddar va taqsimlanmagan foydasi kiradi.
Banklarning o‘z mablao‘lari ichida asosiy o‘rinni bankning o‘z kapitali egallaydi.Bankning ustav kapitali summasi bank ustavida ko‘rsatiladi va bank ishini boshlashning boshlangich nuqtasi hisoblanadi. Banklarning tashkil qilishning shakllariga qarab bankning ustav kapitali ham xar hil tashkil topadi.
Agar bank aksiyadorlik jamiyati tariqasida tashkil qilinadigan bo‘lsa, ustav kapitali yoki fondi aksiyalar chiqarish va joylashtirish yo‘li orqali tashkil topadi. Banklarning ustav kapitali summasi qonun yo‘li bilan chegaralanmaydi. Banklarning barqaror faoliyatini taminlash maqsadida uning minimal miqdori belgilab beriladi.
Bankning ustav kapitali uning balansining passivida ko‘rsatiladi. Ustav fondi summasining oshirilishi bank aksiyadorlik umumiy majlisida hal qilindi. Banklarning ustav kapitali ularning majburiyatlarini bajarishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Bank kreditlar hisobidan banklarning ustav kapitalini tashkil qilish mumkin emas.

Banklar tashkil qilinganda ustav kapitalining tarkibi moddiy mablag‘lardan va pul mablag‘laridan tashkil topadi. Bank faoliyatining boshlangich boskichlarida bankning o‘z mablag‘lari hisobidan birinchi navbatdagi bank xarajatlari (er, bino, asbob-uskuna, ish haqi) qoplanadi.


Banklarning o‘z mablag‘lari uzoq muddatli aktivlarga quyilmalar qilishning asosiy manbasi hisoblanadi. Odatda Markaziy bank tijorat banklari uchun banklarning uz mablag‘lari bilan chetdan jalb kilingan resurslar o‘rtasida chegarani belgilab beradi. Banklarning aksiyador kapitali quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topishi mumkin.
Bular:
a) o‘z aksiyador kapitali – bu kapital oddiy va imtiyozli aksiyalar chiqarish va sotish hisobidan, taqsimlanmagan fondi hisobidan yuzaga keladi;
b) xar xil ko‘zda tutilmagan holatlar uchun tashkil kilingan rezervlar.
v) bankning uzoq muddatli majburiyatlari (uzok muddatli veksel va obligatsiyalar) bo‘lishi mumkin.
Banklarning rezerv kapitali yoki rezerv fondi foydadan ajratmalar hisobiga hosil bo‘ladi va u ko‘zda tutilmagan zararlar hamda qimmatli qog‘ozlar kursining tushishi natijasidagi yo‘qotishlarni qoplash uchun mo‘ljallangan.
Taqsimlanmagan foyda — rezerv fondiga ajratmalar va dividendlar tыlanganidan so‘ng qoladigan foydaning bir qismidir.Banklarning o‘z mablag‘lari tijorat banklari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Banklarning o‘z kapitali hissasining kamayishi ba’zi hollarda banklarning sinishiga olib keladi.
Bank resurslari tarkibida aholining omonat qo‘yilmalari muhim rol tutadi. Ular to‘liq summaga yoki bo‘lib-bo‘lib qo‘yiladi va berilishi mumkin. Omonatchi va bank o‘rtasidagi mablag‘ ko‘yishi bilan bog‘lik munosabat omonat daftarchasini berish bilan tasdiqlanadi. Banklar to‘lovchilik asosida turli xil maqsadli qo‘yilmalarni, muddatli yoki talab kilish hamda olish mumkin bo‘lgan jamg‘armalar qabul qiladilar.
Banklar mablag‘larni jalb qilish imkoniyatlari chegaralangan bo‘lib, barcha mamlakatlarda bu jarayon Markaziy bank tomonidan tartibga solinib turiladi. Jalb qilingan mablag‘lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank kapitali bilan jalb qilingan mablag‘lar orasidagi nisbatni bir qator zaruriy me’yorlar yordamida tartibga soladi.
Bu quyidagi normativlar:
-kapital etarliligi,
-bir kredit oluvchiga to‘g‘ri keladigan maksimal risk miqdori,
-aholidan jalb qilingan depozitlarning maksimal miqdori va boshqalar
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yo‘riqnomasiga muvofiq, aholidan pul omonatlarini jalb qilish miqdori bankning o‘z kapitali miqdori bilan chegaralanadi.

Banklar jalb qiladigan mablag‘lar tarkibi turlicha bo‘ladi. Ularning asosiy turlariga quyidagilar kiradi:


-bank mijozlar bilan ishlash jarayonida jalb qilgan mablag‘lar (depozitlar),
-o‘z qarz majburiyatlarini chiqarish yo‘li bilan mablag‘larni to‘plash (depozit va jamg‘arma sertifikatlarini, veksellar, obligatsiyalar)
-banklararo kredit vositasida boshqa kredit tashkilotlaridan olinadigan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan olinadigan ssuda mablag‘lari va boshqalar kiradi.
Halqaro bank amaliyotida jalb qilingan resurslar ularni yig‘ish usuliga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
-depozitlar;
-nodepozit resurslar.
Keng ma’noda passivlarni boshqarish omonatchilar va boshqa kreditorlarning mablag‘larini jalb va mazkur bank uchun mablag‘lar manbalari tegishli kombinatsiyasini belgilash bilan bog‘liq faoliyatdir.
Tor ma’noda esa passivlar operatsiyalarini boshqarish deganda zaruriyatga ko‘ra qarz mablag‘larini faol ravishda topish yo‘li bilan likvidlika bo‘lgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan harakatlar tushuniladi.

BANK PASSIVLARI balansda quyidagi ko‘rinishda joylashadi.


Majburiyatlar


Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar


Jamg‘arma depozitlari


Muddatli depozitlar


Banklarning depozitlari


To‘lanishi kerak bo‘lgan banklararo ssudalar





Jalb qilingan mablag‘larni asosiy qismini depozitlar tashkil qiladi.


Depozit va ularning turlari
Banklarda maqsadlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘larini qo‘yilmalarga jalb qilish operatsiyalari- depozit operatsiyalari deyiladi.
Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu bilan birga bankka ham manfaatlidir. Ko‘pgina depozitlar orqali bankning ssuda kapitali shakllanadi, keyinchalik esa bank turli xo‘jalik sohalarini qulay shartlar asosida kreditlaydi.
Depozit va kredit foizlari orasidagi farq bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish va ssuda kapitalini joylashtirish borasidagi bank marjasi (mukofoti) bo‘lib hisoblanadi.
Depozit operatsiyalar - banklarning depozitorlar bilan tuzgan shartnomalari asosida depozit maqsadlariga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini muayyan muddatga jalb etish hamda saqlashga doir operatsiyalaridir.
Depozitor bankka kela olmagan yoki u depozit operatsiyalariga doir zarur hujjatlarni mustaqil ravishda to‘ldira olmagan hollarda uning depoziti bo‘yicha operatsiyalar ishonchli shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Uning vakolati amaldagi qonunchilikka muvofiq asoslangan bo‘lishi lozim.O‘zbekiston Respublikasida yuridik va jismoniy shaxslar depozit operatsiyalarning sub’ektlari bo‘la oladi.
Depozitlar naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda qo‘yilishi mumkin.YUridik yoki jismoniy shaxs tomonidan qo‘yiladigan depozitning eng kam miqdori har bir bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Bank qabul qiladigan depozitning eng ko‘p miqdori chegaralanmaydi. Barcha depozitlar joriy mablag‘lar tarzida qabul qilinadi va shu asosda to‘lanadi. Depozitlar tratta, cheklar, pul topshiriqnomalari, davlat xazina kafolatlari va boshqa shakllarda kelib tushsa, ular undirib olish sharti bilan qabul qilinadi, biroq, summa bankning hisobvarag‘iga kelib tushmaguncha ushbu depozitga kiritilgan hisoblanmaydi.
Depozitlar jismoniy shaxslardan, shu bilan birga 14 yoshga to‘lgan yoshlardan qabul qilinishi mumkin. O‘z nomiga omonat qo‘ygan, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan balog‘atga etmagan yoshlar o‘z omonatlarini mustaqil ravishda tasarruf etadilar.
Layoqatli har qanday jismoniy shaxslar balog‘atga etmagan shaxs nomiga omonat qo‘yishi mumkin.
Har qanday vasiy va ishonchli shaxs ham uning vasiyligiga topshirilgan shaxs nomiga depozit hisobvarag‘i ochishi mumkin.
Biror shaxs tomonidan balog‘atga etmagan shaxs nomiga qo‘yilgan omonatlarni quyidagilar tasarruf etishlari mumkin:
a) 14 yoshga to‘lguniga qadar - ota-onalar yoki balog‘atga etmagan shaxsning boshqa qonuniy vakillari;
b) vasiylik kengashining ruxsati bo‘lgan vasiylar;
v) 14 yoshga to‘lganidan so‘ng - ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarning yozma ravishdagi roziligiga ko‘ra balog‘atga etmagan shaxslarning o‘zi.
Depozitlar (omonatlar)ga doir foiz stavkalari banklar tomonidan depozitorlar bilan kelishuvga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan qayta moliyalash stavkasini, bankning narx siyosatini hisobga olgan holda belgilanadi.
SHartnomada ko‘zda tutilgan foizlar miqdori qonunchilik asosida kamaytirilgan hollarda, foizlarning yangi miqdori, depozitorlarga foizning kamayishi haqida xabar berilganidan so‘ng qo‘yilgan depozitlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ushbu xabargacha qo‘yilgan depozitlarga nisbatan kamaytirilgan foizlar miqdori bank omonat shartnomasida boshqa muddat ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, tegishli xabar berilgan vaqtdan boshlab bir oy o‘tgach qo‘llanadi.
Agar shartnomada boshqa holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, depozitorning birinchi talabiga ko‘ra depozit hisobvaraqlaridan omonatning butun summasi yoki uning bir qismini olishga doir hech qanday cheklashlar belgilanmaydi.
Depozitlarning barcha turlari bo‘yicha jismoniy shaxslar vasiyatnoma tuzish huquqiga egadirlar.
Depozitlarning turlari:
-talab qilib olinguncha depozitlar;
-jamg‘arma depozitlari;
-muddatli depozitlar;
-jamg‘arma (depozitli) sertifikati;
-boshqa depozitlar.
Talab qilib olinguncha depozitlar
Talab qilib olinguncha depozitlar yuridik va jismoniy shaxslarning kundalik maqsadlar uchun hohlagan vaqtda talab qilib olishlari mumkin bo‘lgan talab qilib olinguncha hisobvaraqlardagi mablag‘laridir. Bank depozitorning birinchi talabiga ko‘ra (depozit shartnomasida boshqa muddatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, depozitorning tegishli ko‘rsatmasi bankka kelib tushgan kunning ertasidan kechikmagan holda) uning to‘lovlar bo‘yicha topshirig‘ini bajarishi zarur.
Talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun haq to‘lash shartnomada belgilangan miqdorda amalga oshiriladi. Hisobvaraqqa undagi qoldiqning o‘rtacha miqdori oldindan kelishilgan holda bank bepul xizmat ko‘rsatadi. Mijoz tomonidan ushbu shartlarga rioya qilinmagan taqdirda, ya’ni hisobvaraq qoldig‘ining kelishilgan miqdori kamaytirilsa, mijoz bankning pul-hisob-kitob operatsiyalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha operatsiyalari xarajatlarini bank bilan mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan miqdorda to‘laydi.
Talab qilib olinguncha depozitlar mijozning topshirig‘iga ko‘ra shartnomaning oldindan kelishilgan shartlari asosida ushbu mijozning boshqa turdagi depozitlariga o‘tkazilishi mumkin.
Jamg‘arma depozitlari.
Davriy badallar asosida shakllanadigan jamg‘arma depozitlari muayyan maqsadni amalga oshirish uchun depozit hisobvaraqda ma’lum miqdorda pul summasini jamlash maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar nomiga ochiladi.
Agar shaxs nomiga berilgan omonat daftarchasi yo‘qolsa yoki taqdim etish uchun yaroqsiz holga kelib qolsa, bank omonatchining arizasiga ko‘ra unga yangi omonat daftarchasini beradi.
Jamg‘arma depozitlarining asosiy shakllari quyidagilardan iborat:
-omonat daftarchalaridagi depozitlar (taqdim etuvchining nomiga berilgan, egasi ko‘rsatilgan);
-hisobvaraq holati ko‘chirma qilinadigan depozitlar;
-xabarli depozitlar.
Jamg‘arma depozit hisobvarag‘i ochilganda bank jismoniy shaxsga bankning barcha operatsiyalari aks ettiriladigan omonat daftarchasini beradi. Hisobvaraq yopilgan taqdirda, omonat daftarchasi bankka qaytarilishi lozim. Depozitor omonat daftarchasiga hech qachon biron-bir yozuv kiritmasligi zarur, chunki bank noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan va tan olinmagan yozuvlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
YUridik shaxslar jamg‘arma depozit hisobvarag‘ini shartnoma asosida belgilangan tartibda ochadi.Hisobvaraqdagi holati ko‘chirma qilinadigan depozitlar omonat daftarchalari depozitlaridan farqli ravishda shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi, ulardan ko‘chirmalar shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan muddatlarda davriy ravishda depozitorning manziliga jo‘natib turiladi. Bu depozitorlarni bankka qatnashdan ozod qiladi va ular bilan pochta orqali aloqa bog‘lab turish imkonini beradi. Bank pochta orqali omonatchining hisobvarag‘idan ko‘chirmalarni jo‘natish xarajatlarini uning hisobvarag‘idan undiradi. Xabarli jamg‘arma depozitning o‘ziga xosligi shundaki, depozitni hisobvaraq hisobidan chiqarish oldindan xabar berish orqali shartnomada kelishilgan muddatda amalga oshiriladi. Xabar qilish muddati qanchalik uzoq bo‘lsa, depozit uchun foizlar stavkasi shuncha yuqori bo‘lishi mumkin.
Hisobvaraqdan olingan ko‘chirmalar va summaga doir daftarchadagi barcha o‘zgarishlarni depozitor o‘rganib chiqishi hamda har qanday nomuvofiqlik to‘g‘risida zudlik bilan xabar qilishi kerak. Xabar qilingan nomuvofiqlikni bank birlamchi hujjatlar asosida bartaraf qilishi zarur.
Muddatli depozitlar
Banklar tomonidan jalb qilingan muddatli depozitlar - yuridik va jismoniy shaxslarning shartnomada qat’iy kelishilgan muddat va unda ko‘rsatilgan foizlarni to‘lashga doir mablag‘laridir. Muddatli depozit hisobvarag‘i ochilganda jismoniy shaxsga omonat daftarchasi beriladi.
Depozitor bank bilan muddatli depozitlar bo‘yicha shartnoma tuzganidan so‘ng, shartnomada ko‘rsatilgan depozit summasini qo‘yishi kerak. Biroq tratta, cheklar, pul topshiriqnomalari, davlat xazina kafolatlari va boshqa shakllardagi depozitlar undirib olish shartlari asosida qabul qilinadi hamda summa bankka kelib tushmaguncha ushbu depozitga qo‘yilgan hisoblanmaydi. Depozitor shartnomada ko‘rsatilgan depozit summasining o‘z vaqtida kelib tushishi uchun to‘liq javob beradi va uning naqdligi hamda qonuniyligini kafolatlaydi.
Qo‘shimcha badallarni qabul qilish asosiy depozit shartnomasiga qo‘shimcha bitimlar kiritish bilan rasmiylashtiriladi.Banklar depozitorlarga belgilangan muddat etib kelgunga qadar muddatli depozit hisobvaraqlaridan mablag‘larni olishga ruxsat etadilar, bunday hollarda depozitor muddatli depozit hisobvarag‘idan muddatidan oldin mablag‘ olinishi mumkinligi haqida bankni ogohlantirishi lozim. Mablag‘lar muddatidan oldin olinganda omonat bo‘yicha foizlarni, shartnomada boshqa hollar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, bank talab qilib olinguncha depozitlar bo‘yicha to‘laydigan foizlar miqdorida to‘laydi.
Muddatli depozitlar qo‘yidagi muddatlar bo‘yicha tasniflanadi:
-muddati 30 kungacha bo‘lgan depozitlar;
-muddati 90 kungacha bo‘lgan depozitlar;
-muddati 180 kungacha bo‘lgan depozitlar;
-muddati 365 kungacha bo‘lgan depozitlar;
-muddati 365 kundan ortiq bo‘lgan depozitlar.
Agar muddatli depozit muddati o‘tganidan so‘ng mijoz tomonidan talab qilib olinmasa, shartnomada boshqa hollar ko‘zda tutilmagan taqdirda, uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Jamg‘arma (depozit) sertifikati
Jamg‘arma (depozit) sertifikati bankka qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat egasining) sertifikatni bergan bankdan yoki uning har qanday filialidan belgilangan muddat tugaganidan so‘ng omonat summasini va sertifikatda shartlashilgan foizlarni olish huquqini tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘ozdir. Jamg‘arma (depozit) sertifikatlari taqdim etiladigan yoki egasi ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.Jamg‘arma (depozit) sertifikati muddatidan oldin to‘lash uchun taqdim etilgan hollarda, agar depozit shartlariga ko‘ra foizlarning boshqa miqdori belgilanmagan bo‘lsa, bank ushbu serifikat bo‘yicha talab qilib olinguncha depozitlar uchun to‘lanadigan omonat summasini va foizni to‘laydi.
2012 yilda pul-kredit siyosati “Monetar siyosatning 2012 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari” asosida amalga oshirilib, iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor vazifalari, xususan belgilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlashga qaratildi.
Bunda, yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlariga muvofiq iqtisodiyotning pulga bo‘lgan oshib borayotgan talabini to‘liq qondirish va bank tizimi likvidligini maqbul darajada saqlab turish orqali inflyasiya darajasini belgilangan maqsadli parametridan oshirmaslik maqsadida Markaziy bank o‘z tasarrufidagi pul-kredit siyosati instrumentlaridan faol foydalandi.


Download 40.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling