Toshkent moliya instituti sug’urta fakulteti


 Sug’urta tashkiloti faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari


Download 477.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana22.02.2020
Hajmi477.91 Kb.
1   2   3   4   5

 

1.2. Sug’urta tashkiloti faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari 

 

  Sug’urta 



tashkilotlarining 

faoliyati 

boshqa 

xo’jalik  yurituvchi 



sub’ektlarning  faoliyatidan  tubdan  farq  qilishiga  qaramasdan  amaldagi 

qonunchilikka  muvofiq  ular  turli  tashkiliy-huquqiy  shakllarda  tashkil  etilishi 

mumkin.  Chunonchi,  2002  yil  5  aprelda  qabul  qilingan  O’zbekiston 

Respublikasining  “Sug’urta  faoliyati  to’g’risida”gi  qonunda  “Sug’urtalovchilar 

qonunlarda  nazarda  tutilgan  tashkiliy-huquqiy  shakllarda  tuziladi”  deb  qayd 

etilgan


1

.  


 

2013 yil 1 may holatiga mamlakatimizda 33 ta sug’urta tashkiloti faoliyat 

ko’rsatgan bo’lsa 2014 yil xolatiga ko’ra 31 ta sugurta tashkiloti faoliyati   

ko’rsatmoqda.  Ularning  2  tasi  hayot  sug’urtasida,  29  tasi  umumiy  sug’urta 

tarmog’i bo‘yicha sug’urta xizmatlarini amalga oshirib kelmoqda

2

.



 

  Hozirgi  kunda  “O’zbekinvest”,“Kafolat”,“Uzagrosug’urta”  sug’urta 

tashkilotilari  davlat  mulk  shaklida  tashkil  etilgan.  “O’zbekinvest”  tashkiloti 

eksport  o’sishini  rag’batlantirish,  O’zbekistonlik  eksportchilarni  sug’urta 

himoyasiga  olish va mahalliy mahsulotlarni xalqaro texnologiyalar, tovarlar va 

xizmatlar  bozoriga  kompleks  marketing  uslublari  vositasida  kirib  borishini 

ta’minlashi  maqsadida,  kompaniya  Prezidentining  1997  yil  18  fevraldagi 

Farmoni  va  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1997  yil  28 

fevraldagi    Qarori  bilan  «O’zbekinvest»  eksport-import  milliy  sug’urta 

kompaniyasi etib qayta tashkil etilgan.  

                                                 

1

 O’zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuni. – “Xalq so’zi”, 2002 yil 28 may. 



2

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari. 



18 

 

Ushbu kompaniyaning  ustav  jamg’armasi  60  mln.AQSh  dollari  miqdorida 



belgilangan  bo’lib,  ta’sischilar  tomonidan:  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi 50 mln. AQSh dollari va Tashqi iqtisodiy faoliyat  milliy banki 10 mln. 

AQSh dollari kiritilgan.  

 

O’zbеkistоn Rеspublikаsining “Sug’urtа fаоliyati to’g’risidа”gi Qоnuni 5-

mоddаsidа  “Sug’urtа  bоzоrining  prоfеssiоnаl  ishtirоkchilаri  sug’urtа 

fаоliyatining  subеktlаri  hisоblаnаdi.  Sug’urtаlоvchilаr,  sug’urtа  vоsitаchilаri 

hаmdа bоshqа yuridik vа jismоniy shахslаr qоnun hujjаtlаrigа muvоfiq sug’urtа 

bоzоrining prfеssiоnаl  ishtirоkchilаri hisоblаnаdilаr”, dеb qаyd etilgаn. 

Sug’urtа  bоzоrining  аsоsiy  prоfеssiоnаl  ishtirоkchisi-sug’urtаlоvchi. 

Sug’urtаlоvchilаr  sug’urtаni  аmаlgа  оshipish  bilаn  bеvоsitа  bоg’liq  bo’lmаgаn 

tаdbirkоrlik fаоliyati bilаn shug’ullаnishlаri mumkin emаs. Quyidаgilаr bundаn 

mustаsnоdir: 

-  mахsus  vаkоlаtli  dаvlаt  оrgаni  bеlgilаydigаn  tаrtib  vа  shаrtlаrdаgi 

invеstitsiya fаоliyati

-  sug’urtа  sоhаsidаgi  mutахаssislаrning  mаlаkаsini  оshirish  bilаn  bоg’liq 

fаоliyat; 

- sug’urtа аgеnti sifаtidаgi sug’urtа vоsitаchiligi; 

- binоlаrni ijаrаgа bеpish.  

O’z  nаvbаtidа,  sug’urtаlоvchilаr  mulkiy  shаkligа  qаrаb,  bir  nеchtа  turdа 

bo’lаdi.  Sug’urtа  bоzоridа  qаyd  etilgаn  qаtnаshchilаrdаn  tаshqаri,  o’zаrо 

sug’urtаlаsh jаmiyatlаri hаm fаоliyat ko’psаtishlаri mumkin. Bu jаmiyatlаrning 

bоshqаsug’urtаlоvchilаrdаn fаrqi shundаki, ulаr fоydа оlish uchun intilmаsdаn, 

ko’rilgаn  zаrаrni  o’zаrо  hаmkоrlikdа  qоplаshni  nаzаrdа  tutаdi.  Stаtistik 

mа’lumоtlаr bo’yichа, o’zаrо sug’urtаlаsh jаmiyatlаri хаlqаrо sug’urtа bоzоridа 

to’plаgаn  sug’urtа  mukоfоti  hаmdа  аktivlаri  jihаtidаn  sаlmоqli  o’ringа  egа. 

Hоzirgi pаytdа rеspublikаmizdа fаоliyat yuritаyotgаn sug’urtа tаshkilоtlаri qаysi 

sug’urtа  sоhаsigа  iхtisоslаshgаnligigа  qаrаb  ikkigа  bo’linаdi:  hayotni 

sug’urtаlаshgа  iхtisоslаshgаn  sug’urtа  tаshkilоtlаri  hаmdа  umumiy  sug’urtа 

tаrmоg’idа fаоliyat ko’rsаtuvchi sug’urtа tаshkilоtlаri. 


19 

 

O’zbеkistоn  sug’urtа  bоzоridа  sug’urtаlоvchilаr,  sug’urtа  vоsitаchilаri, 



аdjаstеrlаr,  аktuаriylаr,  sug’urtа  syurvеyеrlаri,  shuningdеk  аssistаns  sug’urtа 

bоzоrining prоfеssiоnаl ishtirоkchilаridir.  

Sug’urtа  brоkеri,  qаytа  sug’urtа  brоkеri  vа  sug’urtа  аgеnti  sug’urtа 

vоsitаchilаri hisоblаnаdilаr. 

Sug’urtаlоvchi  -  O’zbеkistоn  Rеspublikаsining  Sug’urtа  fаоliyati 

to’g’risidаgi qоnunning 6-mоddаsida quydagicha tarif berilgan.  

Tеgishli  turdаgi  sug’urtаni  аmаlgа  оshirish  uchun  Moliya  vazirligi 

tomonidan litsеnziyagа egа bo’lgаn vа sug’urtа shаrtnоmаsigа muvоfiq sug’urtа 

tоvоni  (sug’urtа  puli)  to’lоvini  аmаlgа  оshirish  mаjburiyatini  оluvchi  tijоrаt 

tаshkilоti  bo’lgаn,  Adliya  vazirligi  tomonidan  ro’yxatdan  o’tgan  yuridik  shахs 

sug’urtаlоvchi dеb e’tirоf etilаdi.  

O’zbеkistоn  Rеspublikаsining  Sug’urtа  fаоliyati  to’g’risidаgi  qоnunnida 

Sug’urtаlоvchilаr  sug’urtаni  аmаlgа  оshirishgа  bеvоsitа  bоg’liq  bo’lmаgаn 

tаdbirkоrlik fаоliyati bilаn shug’ullаnishlаri mumkin emаsligi takidlab o’tilgan.  



  Sug’urtаlоvchi quyidаgi huquqlаrgа egа:  

-qоnun hujjаtlаridа bеlgilаnаdigаn tаrtibdа vа shаrtlаrdа sug’urtа (qаytа sug’urtа 

qilish) shаrtnоmаlаri tuzish;  

-o’z  mаjburiyatlаrini  bеlgilаngаn  tаrtibdа  qаytа  sug’urtа  qilish,  shu  jumlаdаn 

O’zbеkistоn Rеspublikаsidаn tаshqаridа qаytа sug’urtа qilish;  

-mахsus vаkоlаtli dаvlаt оrgаni bеlgilаydigаn tаrtibdа vа shаrtlаrdа invеstitsiya 

fаоliyatini аmаlgа оshirish;  

-qimmаtli  qоg’оzlаr  bоzоridа  invеstitsiya  vоsitаchisi  sifаtidа  prоfеssiоnаl 

fаоliyatni аmаlgа оshirish. Bundа mаzkur fаоliyat turini аmаlgа оshirish uchun 

sug’urtаlоvchining litsеnziya оlishi tаlаb qilinmаydi

-sug’urtа  (qаytа  sug’urtа  qilish)  sоhаsidаgi  mutахаssislаr  mаlаkаsini  оshirish 

bilаn  bоg’liq  fаоliyatni,  shuningdеk  sug’urtа  аgеnti  sifаtidа  sug’urtа 

vоsitаchiligini аmаlgа оshirish;  


20 

 

-sug’urtа  hоdisаlаri  yuz  bеrishining  оldini  оlish  vа  оgоhlаntirish  chоrа-



tаdbirlаrini  mахsus  vаkоlаtli  dаvlаt  оrgаni  bеlgilаydigаn  tаrtibdа  vа  shаrtlаrdа 

mоliyalаshtirish;  

-sug’urtаlоvchi  tоmоnidаn  аmаlgа  оshirilаdigаn  sug’urtа  turlаrigа  dоir 

qоidаlаrni (shаrtlаrni) qоnun hujjаtlаrigа muvоfiq bеlgilаsh;  

-sug’urtа hоdisаsi ro’y bеrishining sаbаblаri vа hоlаtlаrini, shuningdеk sug’urtа 

tоvоni (sug’urtа puli)  miqdоrini bеlgilаsh uchun zаrur bo’lgаn tеgishli ахbоrоt 

vа  hujjаtlаrni  huquqni  muhоfаzа  qiluvchi  оrgаnlаrdаn,  sudlаr,  tibbiyot, 

sеysmоlоgiya,  vеtеrinаriya,  gidrоmеtеоrоlоgiya  tаshkilоtlаri  hаmdа  bоshqа 

tаshkilоtlаrdаn bеlgilаngаn tаrtibdа so’rаsh vа оlish;  

-sug’urtа  аgеntlаri,  sug’urtа  vа  qаytа  sug’urtа  brоkеrlаri,  sug’urtа  bоzоrining 

bоshqа prоfеssiоnаl ishtirоkchilаri bilаn tеgishli shаrtnоmаlаr tuzish;  

-sug’urtа  tоvоni  (sug’urtа  puli)  to’lаshni  qоnun  hujjаtlаridа  vа  (yoki)  sug’urtа 

(qаytа  sug’urtа  qilish)  shаrtnоmаsidа  bеlgilаngаn  hоllаrdа  hаmdа  tаrtibdа  rаd 

etish,  sug’urtа  (qаytа  sug’urtа  qilish)  shаrtnоmаsini  muddаtidаn  ilgаri  bеkоr 

qilish;  

-sug’urtа  qildiruvchi  tоmоnidаn  tаqdim  etilgаn  ахbоrоtni  tеkshirishni,  sug’urtа 

qildiruvchining  sug’urtа  shаrtnоmаsi  tаlаblаri  vа  shаrtlаrini  bаjаrishi  ustidаn 

nаzоrаtni sug’urtа (qаytа sug’urtа qilish) shаrtnоmаsidа nаzаrdа tutilgаn tаrtibdа 

аmаlgа оshirish;  

-O’zbеkistоn  Rеspublikаsining  rеyting  tаshkilоtlаri  vа  chеt  el  rеyting 

tаshkilоtlаri rеytinglаrini оlish;  

-o’zining аlоhidа bo’linmаlаrini tаshkil etish.  

Sug’urtаlоvchi  qоnun  hujjаtlаrigа  vа  o’zi  tuzgаn  shаrtnоmаlаrgа  muvоfiq 

bоshqа huquqlаrgа hаm egа bo’lishi mumkin.  

 

O’zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik    kodeksining    16-bobi  xususiy 



mulkka  bag’ishlangan  bo’lib,  uning  207-moddasida  «xususiy  mulk  huquqi 

shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo’lga kiritgan mol-mulkka egalik 

qilish,  undan  foydalanish  va  uni  tasarruf  etish  huquqidir»,  deb  ko’rsatilgan. 


21 

 

Sug’urta  tashkilotlari  xususiy  mulk  shaklida  ham  tashkil  etilishi  mumkin. 



Shuningdek  sug’urta  tashkiloti  mas’uliyati  cheklangan  hamda  qo’shimcha 

mas’uliyatli  jamiyat  shaklida  ham  tashkil  etiladi.  «UNIPOLIS»,    «ARK 

SUG’URTA»  va    «Transinsurance»  kabi  sug’urta  tashkilotlari  mas’uliyati 

cheklangan jamiyat shaklida faoliyat ko’rsatmoqda. 

 

Mas’uliyati  cheklangan  jamiyat  deganda  bir  yoki  bir  necha  shaxs 



tomonidan  ta’sis  etilgan,  ustav  fondi  ta’sis  hujjatlari  bilan  belgilangan 

miqdorlarda  ulushlarga  bo’lingan  xo’jalik  jamiyati  tushuniladi.  Bu  haqda 

O’zbekiston  Respublikasining  «Mas’uliyati  cheklangan  hamda  qo’shimcha 

mas’uliyatli  jamiyatlar  to’g’risida»gi  Qonunining  3-moddasida  alohida  qayd 

etilgan. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari 

bo’yicha javobgar bo’lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zararlar uchun 

o’zlari qo’shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo’ladilar. 

 

Biz yuqorida sug’urta tashkiloti qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida 



ham  barpo  etilishi  mumkin,  deb  ta’kidlagan  edik.  Bir  yoki  bir  necha  shaxs 

tomonidan  ta’sis  etilgan,  ustav  fondi  ta’sis  hujjatlari  bilan  belgilangan 

miqdorlardagi  ulushlarga  bo’lingan  xo’jalik  jamiyati  qo’shimcha  mas’uliyatli 

jamiyat hisoblanadi. 

 

Yuridik  va  jismoniy  shaxslar  mas’uliyati  cheklangan  jamiyat  shaklida 



tuzilgan  sug’urta  tashkilotining  ishtirokchilari  bo’ladi.  Davlat  hokimiyati  va 

boshqaruv 

organlarining 

mansabdor 

shaxslari 

mas’uliyati  cheklangan 

jamiyatning ishtirokchilari bo’lishi mumkin emas. Ta’kidlash joizki, mas’uliyati 

cheklangan 

jamiyat 

shaklida 

tashkil 

etilgan 


sug’urta 

tashkiloti 

ishtirokchilarining soni ellik kishidan oshmasligi lozim. 

Yuqorida  qayd  etilganlardan  tashqari  sug’urta  tashkilotlari  tashkiliy-

huquqiy  shakllariga  o’zaro  sug’urta  qilish  jamiyatlari  ham  kiradi.  Garchi, 

sug’urtalovchilarning  bunday  shakli  O’zbekistonda  mavjud  bo’lmasada,  ular 

rivojlangan xorijiy davlatlar sug’urta bozorida muhim mavqega ega. 


22 

 

O’zaro  sug’urtalash  –  sug’urtalashning  “mafkuraviy  toza”  shakllaridan 



bo’lib,  u  sug’urta  ishtirokchilari  o’rtasida  xatarlarni  o’zaro  bo’lishib  olishdan 

iborat va bunda foyda olish maqsadi ko’zda tutilmaydi. 

O’zaro sug’urtalashga zarurat quyidagilar bilan izohlanadi: 

sug’urtalanuvchilarda  iqtisodiy  sug’urta  himoyasiga  ehtiyoj 



tug’ilishi,  bunga  esa  sug’urta  jamg’armasidan  maqsadli  ravishda  foydalanib, 

zararni  o’zaro  sug’urtalash  jamiyatining  a’zolari  o’rtasida  taqsimlab  chiqish 

hisobiga erishiladi, 

tijorat asosida sug’urtalovchilar  quyidagi ayrim sabablarga ko’ra 



o’z zimmasiga qabul qilishni istamaydigan ko’plab xatar turlari mavjud: tez-tez 

zararga  yo’liqib  turilishi,  sug’urta  summalarining  nihoyatda  katta  ifodaga  ega 

ekanligi, xatarlarning kutilmagan jihatlari ko’pligi va h.k. 

O’zaro  sug’urtalash  mana  shu  turda  sug’urtalashni  amalga  oshirayotgan 

jamiyat  qatnashchilarining  huquqiy  munosabatlarini  aks  ettiradiki,  bu 

qatnashchilar  bir  vaqtning  o’zida  ham  jamiyat  a’zolari  sifatida,  ham 

sug’urtalanuvchilar  sifatida  yuz  ko’rsatadilar.  O’zaro  sug’urtalash  jamiyati  va 

uning  a’zolari  o’rtasidagi  munosabatlar  assotsiatsiya  darjasidagi  o’z-o’zini 

sug’urtalash jamg’armasi munosabatlarini eslatadi, faqat bu holda hamma va har 

kim zararni taksimlash orqali qoplash majburiyatini o’z zimmasiga oladi. Tijorat 

asosidagi  sug’urtalovchining  sug’urta  jamg’armasini  shakllantirish  esa 

vositachi-tadbirkor,  ya’ni  asl  maqsadi  foyda  chiqarib  olishdan  iborat  bo’lgan 

ixtisosli  va  o’zi  uchun  beistisno  hisoblangan  sug’urta  faoliyatini  yurituvchi 

tijorat asosidagi sug’urta tashkiloti ishtirokida amalga oshiriladi. 

O’zaro  sug’urtalash  –  sug’urta  jamg’armasini  notijorat  asosda  tashkil 

etilishi bo’lib, u jamiyat a’zolarining mol-mulk manfaatlariga nisbatan sug’urta 

himoyasini  mana  shu  ish  uchun  zarur  miqdordagi  mablag’larni  o’zaro  o’rtaga 

tashlab  yig’ish  asosida  taqdim  etadi.  O’zaro  sug’urtalash  jamiyati  a’zolari  bir 

vaqtning o’zida sug’urtalanuvchilar sifatida ham yuz ko’rsatayotganlari sababli, 


23 

 

bu  hol  sugurta  himoyasi  jamiyat  a’zolariga  eng  qulay  (minimal)  baholarda 



taqdim etilishi uchun iqtisodiy asos bo’lib xizmat qiladi. 

O’zaro sug’urtlashning tashkiliy tamoyili nihoyatda sodda bo’lib, sug’urta 

hodisasi  sodir  bo’lgan  holda  zarar  summasini  taqsimlab  yuborishdan  iborat. 

Yuridik nuqtai nazardan o’zaro jamiyatda har bir mijoz bu jamiyatning egaligiga 

ham  sherik  bo’lib  hisoblanadi.  Kapitalga  egalik  qilish huquqini  beruvchi  hujjat 

bu  o’rinda  aktsiya  emas,  balki  sug’urta  polisining  o’zi  bo’lib  hisoblanadi,  bu 

holda  zararni  avvaldan  taqsimlash  vujudga  keladi,  ya’ni  avval  sug’urta 

jamg’armasi tashkil etiladi, va unga yig’ilgan mablag’lar zarar ko’rilgan holatda 

sarflanadi.  Shakllantirilgan  jamg’armaning  miqdori  haqiqatda  ko’rilgan  zarar 

hajmiga mos kelmay qolishi xatari ikki usulda bartaraf etilishi mumkin: sug’urta 

jamg’armasi 

miqdorining 

amaldagi 

zararga 


mutanosib 

kelmasligi 

sug’urtalanuvchilar  (o’zaro  sug’urtalash)  zimmasiga  yuklatilishi  mumkin,  yoki 

uchinchi  shaxslarga  yuklatilishi  mumkin  (tijorat  asosidagi  sug’urta). 

Aktsiyadorlik  va  o’zaro  sug’urta  kompaniyalari  o’rtasidagi  asosiy  farq  ham 

xuddi shunda, ya’ni sug’urta jamg’armasiga nisbatan egalik huquqida aks etadi. 

Sug’urta jamg’armasi hajmi zarar summasidan yuqori bo’lgan holda, ana 

shu  oshiqcha  summa  sug’urtalovchi  uchun  foyda  bo’lib  hisoblanadi  va 

sug’urtalovchi  undan  o’z  ixtiyoriga  binoan  foydalanadi,  o’zaro  sug’urtalash 

jamiyatlarida  esa  bunday  oshiqchalik  sug’urtalanuvchilarning  mulki  bo’lib 

hisoblanib,  ularning  o’rtasida  taksimlanishi  yoki  jamiyat  ixtiyorida  qoldirilishi 

mumkin.  Xuddi  shu  narsa  o’zaro  sug’urtalashning  foyda  keltirmasligi  yoki 

uning notijorat xususiyatga ega ekanligini aks ettiradi. 

O’zaro  sug’urtalashning  yana  bir  o’ziga  xosligi  –  jamiyat 

qatnashchilarining bir toifadagi shaxslardan iborat ekanligidadir, tarixiy jihatdan 

o’zaro sug’urtalash shunday shakl olgan, ya’ni u bir xildagi kasb egalari yoki bir 

xil faoliyat turi bilan shug’ullanuvchilar o’rtasida tuziladi. 

O’zaro  sug’urtalash  jamiyati  tomonidan  sug’urtani  notijorat  asosda 

amalga  oshirilishi  foyda  olishni  ko’zda  tutilmasligidir.  Sug’urta  badallarining 


24 

 

sug’urta  to’lovlaridan  oshib  ketishi  mumkinligi  ehtimoli,  shuningdek,  jamiyat 



tomonidan olingan investitsiya daromadi quyidagi vazifalarga yo’naltiriladi: 

a) sug’urta qiymatini pasaytirishga va (yoki) 

b)  to’lov  layoqatini  va  moliyaviy  barqarorlikni  oshirishga,  mana  shular 

bajarilganidan keyin qoladigan ortiqcha mablag’: 

a) jamiyat a’zolari o’rtasida taqsimlanadi,yoki 

b)  kelgusi  sug’urta  davri  uchun  sug’urta  mukofoti  to’loviga  qo’shib 

hisoblanadi, yoki 

v) jamiyat ixtiyorida qoldiriladi. 

Shunday  vaziyatlar  ham  vujudga  kelishi  mumkinki,  bunda  o’zaro 

sug’urtalash jamiyati tomonidan muayyan miqdordagi jamg’arma hosil etilgach, 

jamiyat o’z a’zolarini ma’lum vaqtga qadar sug’urta badallarini to’lashdan ozod 

etib  qo’yishi  mumkin  (bunday  imkoniyat  xorijdagi  o’zaro  sug’urtalash 

jamiyatlarining  faoliyat  tartibiga  kiritilgan,  biroq  ana  shu  imkoniyatdan 

foydalanilgan  holatlar  nihoyatda  kam).  Ammo,  zarar  miqdori  sug’urta 

jamg’armasi  hajmidan  katta  bo’lgan  hollarda,  jamiyat  a’zolari  qo’shimcha 

to’lovlarni amalga oshiradilar.  

SHuning  uchun  tijoratga  asoslangan  sug’urta  tashkilotida  sug’urta 

qiymati,  odatda,  o’zaro  sug’urtalash  jamiyatidagiga  nisbatan  ancha  yuqori 

bo’ladi,  zero  tijoratga  asoslangan  sug’urta  tashkilotida  sug’urta  qiymati  ish 

yuritish uchun qilingan xarajatlardan tashqari, aktsiyadorlarga (qatnashchilarga) 

beriladigan dividend tarzidagi daromadni ham o’z ichiga oladi. 

Sug’urta  tashkilotlari  faoliyatini  vujudga  keltiruvchi  iqtisodiy  shart-

sharoitlar  uzoq  tarixga  ega  bo’lib,  turli  davrlarda  har  xil  xususiyatlarga  ega 

bo’lgan.  Avvalo,  sug’urta  tashkilotlari  faoliyatini  vujudga  kelishida  xavf-

xatarlarning  doimo  mavjud  bo’lish  ehtimoli  katta  o’rin  egallaydi.  Shu  tufayli, 

sug’urta  tashkiloti  deganda  sug’urta  shartnomasiga  muvofiq  sug’urta  tovoni 

(sug’urta  puli)  to’lovini  amalga  oshirish  majburiyatini  oluvchi  yuridik  shaxs 

sug’urtalovchi  deb  hisoblanadi.  Sug’urtalovchi  sug’urta  hodisalari  yuzaga 

kelishini  bartaraf  etish  va  oldini  olishga  oid  chora-tadbirlarni  maxsus  vakolatli 


25 

 

davlat  organi  tomonidan  belgilangan  tartibda  va  shartlarda  moliyalashtirishga 



haqli.  Sug’urtalovchilar  sug’urtani  amalga  oshirish  bilan  bevosita  bog’liq 

bo’lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin emas. 

Tijoratga asoslangan sug’urta tashkilotida sug’urta qiymati, odatda, o’zaro 

sug’urtalash  jamiyatidagiga  nisbatan  ancha  yuqori  bo’ladi,  zero  tijoratga 

asoslangan  sug’urta  tashkilotida  sug’urta  qiymati  ish  yuritish  uchun  qilingan 

xarajatlardan  tashqari,  aktsiyadorlarga  (qatnashchilarga)  beriladigan  dividend 

tarzidagi daromadni ham o’z ichiga oladi. 

 

1.3 . Sug’urtalovchilar faoliyatini tartibga solishning xorij tajribasi 

 

Xorijiy  mamlakatlar  tajribasining  ko’rsatishicha,  iqtisodiy  jihatdan 



rivojlangan  mamlakatlarning  barchasida  sug’urta  bozori  davlatning  vakolatli 

idoralari tomonidan tartibga solib boriladi. Masalan, Buyuk Britaniyada sug’urta 

ishini Savdo va sanoat departamenti, Yaponiyada  Moliya vazirligining sug’urta 

bulimi,  AQShda  esa  maxsus  sug’urta    komissariatlari  nazorat  qilib  boradi. 

Davlat,  bunday  nazorat  ishini  olib  borar  ekan,  avvalo,  mamlakatning  sug’urta 

sohasiga  taalluqli  qonunlariga  hamda  boshqa  me’yoriy  hujjatlariga  asoslanadi. 

Sug’urta  va  qayta  sug’urtalash  kompaniyalari,  sug’urtaga  ixtisoslashgan 

vositachilar  davlat sug’urta nazoratining ob’ektlari hisoblanadi. 

 

Biz    mamlakatimizda    sug’urta    bozorini    davlat    tomonidan    tartibga 



solishni  tashkil  etish  va  uni  takomillashtirish  yo’llari  haqida  o’ylar  ekanmiz, 

yaqin  qo’shni  mamlakatlar,  xususan,  Rossiya  Federatsiyasida  bu  sohada  olib 

borilayotgan ishlar haqida biroz to’xtasak, foydadan xoli bo’lmaydi. 

 

Bugungi kunda, Rossiya Federatsiyasida 1500 dan ortiq sug’urta tashkiloti 



faoliyat ko’rsatmoqda va ularning aksariyati sug’urta faoliyatini nazorat qiluvchi 

Federal xizmatning litsenziyalariga ega. Sug’urta faoliyatini nazorat qiluvchi bu 

tashkilot  1992 yilda tashkil etilgan bo’lib, u Rossiya sug’urta bozorini tartibga 

keltirish  bo’yicha  etarli  tajribaga  ega  bo’ldi,  o’nlab  me’yoriy  hujjatlar  ishlab 

chiqdi. Ulardan eng muhimlari “Rossiya xududida faoliyat ko’rsatuvchi sug’urta 


26 

 

tashkilotlariga  litsenziyalar  berish  tartibi”,  “Sug’urta  zahiralarini  joylashtirish 



tartibi”  va  hokazolardir.  Mazkur  tashkilot  o’zini  qattiqqo’lligi  va  boshqa 

harakatlari tufayli  Rossiya ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta nufuzga egadir. Eng 

asosiysi,  sug’urta  nazorati  xizmati  har  yili  Rossiya  hududida  faoliyat 

ko’rsatayotgan    sug’urta  kompaniyalarining  etarli  darajada  kuchlilarini  reyting 

asosida aniqlab, keng xalq ommasiga ma’lum qilib boradi. 

Xorij amaliyotida sug’urta turlarini tartiblashtirilgan tizimi mavjud bo’lib, 

ular  hozirgi  vaqtda  Evropa  Ittifoqi  davlatlarida  sug’urtaning  yagona 

klassifikatsiyasi  sifatida  ishlab  chiqilgan  va  hayotga  joriy  etilgan  (1-jadvalga 

qarang). 

1-jadvalda  keltirib  o’tilgan  ma’lumotlarga  e’tiborni  qaratadigan  bo’lsak, 

Yevropa  Ittifoqi  davlatlarida  sug’urtaning  yagona  klassifikatsiyasi  ishlab 

chiqilgan bo’lib, ular ikkita tarmoqqa ajratilgan. Ya’ni, umumiy sug’urta tarmog’i 

bo’yicha 13 ta, hayot sug’urta tarmog’i bo’yicha 7 ta sug’urta turlari guruhlarga 

ajartilgan.  Mana  shu  sug’urta  guruhlari  bo’yicha,  sug’urta  kompaniyalari 

sug’urtalovchilar sug’urta foaliyatlarini amalga oshiradilar.  

Shunisi  diqqatga  sazovarki,  Frantsiyada  uzoq  yillar  davomida  sug’urta 

kompaniyalari  faoliyatini  nazorat  qiluvchi  davlat  organi  tashkil  etilmagan. 

Sug’urta  kompaniyalari  faoliyatini  nazorat  funktsiyani  Iqtisodiyot  va  Moliya 

vazirligining  departamentlaridan  biri  bajargan.  Faqat,  1989  yilga  kelib,  alohida 

sug’urtani nazorat qilish bo’yicha komissiya tashkil etildi. Ushbu komissiyaning 

asosiy vazifasi quyidagilardan iboratdir: 

 

- buxgalteriya operatsiyalarini tekshirish



 

- texnik zahiralarni nazorat qilish; 

 

- to’lov qobiliyatini tahlil etish; 



 

- investitsiyalarni nazorat qilish. 

 

 

 



 

27 

 

1-jadval



1

 

Yevropa ittifoqida sug’urta turlarini turkumlash 



 

Uzoq muddatli sug’urta 

Umumiy  sug’urta 

Hayot va annuitetlar sug’urtasi 



Baxtsiz hodisalardan sug’urta 

II 

Bolalarni  tug’ilish  va  nikohini 



sug’urtasi 

II 


Kasallik hodisasini sug’urtasi 

III 


Bog’langan uzoq muddatli sug’urta  III 

Avtomobillarni sug’urtalash 

IV 

Sog’likni uzluksiz sug’urtalash 



IV 

Temir yo’l sostavini sug’urtasi 

Tontinlar 



Havo kemalarini sug’urtasi 

VI 

Kapitallarni qoplashni sug’urtalash 



VI 

Dengiz kemalarini sug’urtasi 

VII  Nafaqalarni sug’urtasi 

VII 


Yo’ldagi yuklarni sug’urtasi 

 

VIII  Yong’indan 



va 

stixiyali 

hodisalardan sug’urta 

 

IX 



Mulkni 

zarar 


etkazishdan 

sug’urtasi 

 



Avtotransport 



vositalari 

egalarining 

uchinchi 

shaxsga 


zarar 

keltirish 

mas’uliyatini 

sug’urtasi 

 

XI 


Havo  kemalari  egalarining  3-chi 

shaxsga 


zarar 

etkazish 

mas’uliyatini sug’urtasi 

 

XII 



Kema 

egalarini 

fuqarolik 

javobgarligini sug’urtasi 

 

XIII  Umumiy javobgarlikni sug’urtasi 



Komissiya  faqat  to’g’ridan-to’g’ri  sug’urta  operatsiyalarini  amalga 

oshiruvchi kompaniyalar faoliyatini nazorat qiladi. Frantsiyada chet el 

                                                 

1

Yevropa Ittifoqi davlatlari ma’lumotlari asosida tayyorlangan. 



28 

 

 



investitsiyalari  ishtirokida  tashkil  etilgan  kompaniyalar  uchun  Buyuk 

Britaniyaga nisbatan ham imtiyozli shart-sharoitlar yaratilgan. Komissiyada 100 

dan  ortiq  xodim  ishlaydi.  Ushbu  komissiya  hududiy  bo’linmalarga  ega  emas. 

Chunki,  aytarli  barcha  sug’urta  kompaniyalari  Parijda  faoliyat  ko’rsatishadi. 

Sifat  jihatidan  sug’urtani  nazorat  qiluvchi  Komissiya  xodimlari  tarkibini  ikki 

toifaga ajratish mumkin.  

Birinchi  toifaga:  umumiy  funktsiyani  bajaradigan  va  ish  haqi  Iqtisodiyot 

va Moliya vazirligi xodimlarining ish haqi darajasida bo’lgan xodimlar kiradi.  

Ikkinchi toifa -  “komissar-nazoratchilar” deb ataladi va ularning ish haqi 

birinchi  toifa  xodimlariga  nisbatan  ancha  yuqori  hamda  ularga  o’z  vazifalarini 

bajarishlari  uchun  katta  vakolatlar  berilgan.  “Komissar-nazoratchilar” 

Frantsiyada    1888  yildan  faoliyat  ko’rsatishadi.  Bu  lavozimga  nomzodlarni 

tanlab  olish  juda  qat’iy.  “Komissar-nazoratchilar”ning  aksariyati  Frantsiyadagi 

eng yirik texnik O’quv muassasasini tugatgan bo’lib, ular matematikani chuqur 

bilishadi. Har yili Komissiya bu lavozimga 1 tadan 4 tagacha mutaxassisni qabul 

qilishadi.  Komissiya  tarkibidagi  “komissar-nazoratchilar”ning  soni  46  kishi. 

“Komissar-nazoratchilar” 7 ta brigadaga bo’lingan bo’lib, ularning har biri 80-

100  ta  sug’urta  kompaniyalari  faoliyatini  nazorat  qilishadi.  Lekin,  shunday 

bo’lishiga  qaramasdan  Komissiyada  kadrlar  qo’nimsizligi  yuqori.  Aksariyat 

xodimlar  sug’urta  kompaniyalarida  ishlash  uchun  ketishadi.  Birinchi  toifa 

xodimlardan  farqli  o’laroq,  ikkinchi  toifa  xodimlari  -  “komissar-nazoratchilar” 

o’zlari  nazorat  qilgan  sug’urta  tashkilotlarida  5  yil  davomida  ishlashga  haqqi 

yo’q.  Shu  narsani  aytish  tabir  joyizki,  Frantsiyada    meditsina  sug’urtasi 

bo’yicha  ishlarni  maxsus  davlat  organi  -  Ijtimoiy  sug’urtani  nazorat  qilish 

bo’yicha  komissiya  amalga  oshiradi.  Hozirgi  paytda  Frantsiyada  sug’urta 

kompaniyalari  faoliyatini  yuqorida  qayd  etilgan  komissiyalar  bilan  bir  qatorda 

Iqtisodiyot  va  Moliya  vazirligi  ham  amalga  oshiradi.  Vazirlikning  asosiy 

vazifasi  sug’urta  shartnomalarini  tahlil  etish,  faoliyatni  amalga  oshirish  uchun 

litsenziyalar  berish  va  hayotni  sug’urta  qilish  bo’yicha  tariflarni  nazorat 

qilishdir.  Bundan  tashqari,  vazirlik    mamlakat  ichkarisida  chet  el 



29 

 

kompaniyalarini  faoliyat  ko’rsatish  yoki  ko’rsatmaslik  masalasini  ham  hal 



qiladi.  Vazirlikda  4  ta  bo’lim  mavjud  bo’lib,  ular  yuqorida  bayon  etilgan 

vazifalarni  bajarishadi. 

 

Frantsiyada  har  yili  byudjet  mablag’lari  hisobidan  2  mlrd.  frank 



miqdorida  hayotni  sug’urta  qilish  bo’yicha  zahiralarni  indeksatsiya  qilish 

bo’yicha  fond  tashkil  etiladi.  Ushbu  mamlakatda  sug’urta  faoliyatini  amalga 

oshirish uchun bir qator talablar qo’yilganki, bu talablar sug’urtalanuvchilarning 

manfaatini himoya qilishga qaratilgan. Ulardan eng asosiysi, sug’urta tashkiloti 

litsenziyalanayotganda u belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdoriga ega 

bo’lishi  zarur.  Aktsiyadorlik  va  hayotni  hamda  javobgarlikni  sug’urta  qilishga 

ixtisoslashgan  kompaniyalari  uchun  boshlang’ich  kapital  5,0  mln.frankka 

boshqa sug’urta turlarini amalga oshirishlari uchun 3,0 mln.frankga teng bo’lishi 

lozim.  

Sug’urtani  nazorat  qilish  bo’yicha  komissiya  litsenziya  berilishi 

uchun taqdim etilgan hujjatlarni texnik ekspertizadan o’tkazadi, litsenziya berish 

yoki  bermaslik  masalasini  Iqtisodiyot  va  Moliya  vazirligi  amalga  oshiradi. 

Sug’urta  kompaniyasi  litsenziya  olish  uchun  hujjatlarni  bir  vaqtni  o’zida  ikki 

tashkilotga  -  Iqtisodiyot  va  Moliya  vazirligiga  hamda  sug’urtani  nazorat  qilish 

komissiyasiga  taqdim  etadi.  Hujjatlarni  ko’rib  chiqish  muddati    6  oy  qilib 

belgilangan.  

 

Sug’urta  polisini  realizatsiya  qilish  huquqini  oluvchi  agentlarga 



Iqtisodiyot va Moliya vazirligi tomonidan alohida talablar qo’yilgan bo’lib, ular 

o’z faoliyatlarini amalga oshirishlaridan oldin ma’lumot to’g’risidagi diplomga 

va kasaba uyushmasining guvohnomasiga ega bo’lishlari zarur. Bundan tashqari, 

ular  o’z  mijozlariga  zarar  keltirish  yoki  keltirmaslik  xavfini  kafolatlaydigan 

hujjat ham taqdim etishlari shart.  

  Frantsiyada  sug’urta  kompaniyalarining  buxgalteriya  balansi  yillik 

aktsiyadorlar  yig’ilishi  bo’lib  o’tgandan  so’ng  sug’urtani  nazorat  qilish 

komissiyasiga  yuboriladi.  Bundan  tashqari,  har  bir  kompaniya  yilda  bir  marta 

fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish bo’yicha hisobotni  ham taqdim etishadi. 

Ushbu mamlakat sug’urtalovchilari jami 25 taga yaqin hisobot taqdim etishadi. 



30 

 


Download 477.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling