Toshkent moliya instituti sug’urta fakulteti


II.BOB. SUG‘URTALOVCHILAR FAOLIYATINI


Download 477.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana22.02.2020
Hajmi477.91 Kb.
1   2   3   4   5

II.BOB. SUG‘URTALOVCHILAR FAOLIYATINI 

LITZENSIYALASHGA QO‘YILGAN TALABLAR VA SUG‘URTA 

BOZORIDA SUG‘URTA FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH 

TENDENSIYALARI

 

 



2.1.  Sug’urtalovchilar faoliyatini tartibga solishning amaliy asoslari 

 

 

Sug’urta  nazorati  davlat  inspektsiyasiga  sug’urta  faoliyati  masalalari 



bo’yicha  o’z  vakolatlari  doirasida  davlat  boshqaruv  organlari,  yuridik  shaxslar 

va  ularning  birlashmalari  uchun  bajarilishi  majburiy  bo’lgan  normativ  hujjatlar 

qabul  qilish  huquqi  berilgan.  Ushbu  inspektsiya  O’zbekiston  sug’urta  bozorini 

davlat  tomonidan  tartibga  solish  bo’yicha  o’zining  vazifalari  va  funktsiyalarini 

bajaradi. Davlat sug’urta nazorat inspektsiyasining vazifalari bo’lib qo’yidagilar 

hisoblanadi: 

 

sug’urtalovchilar  (qayta  sug’urtalovchilar)  yagona  davlat  reestrini 



yuritish; 

 



sug’urta  tashkilotlari  tomonidan  sug’urta  to’g’risidagi  qonun  hujjatlari 

talablariga rioya etilishini nazorat qilish; 

 

sug’urta  to’g’risidagi  qonun  hujjatlarini  takomillashtirish  bo’yicha 



takliflar ishlab chiqish va kiritish; 

  buxgalteriya  hisobi  va  hisoboti  tashkil  etilishining  bir  xilligini 



ta’minlash. 

 

Shuningdek  sug’urta  nazorati  davlat  inspektsiyasi  o’ziga  yuklatilgan 



vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyani bajaradi: 

 



sug’urtalovchilar  tomonidan  O’zbekiston  Respublikasining  sug’urta 

to’g’risidagi  qonun  hujjatlariga  rioya  etilishini  va  ular  hisobotining 

ishonchliligini,  shuningdek,  ular  uchun  to’lovga  qodirlikning  belgilangan 

ko’rsatkichlari  va  moliyaviy  barqarorlikning  boshqa  talablari  ta’minlanishini 

tekshirish; 


31 

 

Sug’urta nazorati davlat 



inspektsiyasi

 



 

o’z vakolatlari doirasida sug’urtalovchilar ishini uslubiy ta’minlash; 

 

sug’urtalash  qoidalari  (shartlari)  bo’yicha  takliflar  tayyorlash  va 



sug’urtaning majburiy turlari bo’yicha sug’urta tariflarini belgilash

 



sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarini amalga oshirishga doir 

sug’urta munosabatlarining barcha qatnashchilari tomonidan bajarilishi majburiy 

bo’lgan normativ hujjatlar va uslubiy materiallarni ishlab chiqish; 

 



sug’urta faoliyati masalalari bo’yicha qonun hujjatlari loyihalirini ishlab 

chiqish va ularni vazirlik rahbariyatning ko’rib chiqishi uchun kiritish; 

 

sug’urta  tashkiloti  tugatilgan  taqdirda  sug’urtalanuvchilar  manfaatlarini 



himoya qilish; 

 



respublikada  sug’urta  faoliyatning  ahvoli  va  rivojlanish  tamoyillarini 

tahlil etish; 

 

sug’urta faoliyati bo’yicha mutaxassislarning kasb-hunar tayyorgarligi va 



ularni qayta tayyorlash tadbirlarini amalga oshirish va hakozalar. 

 

Sug’urta nazorati davlat inspektsiyasiga O’zbekiston Respublikasi Moliya 



vazirining taqdimnomasiga ko’ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan 

boshliq  rahbarlik  qiladi.  Sug’urta  nazorati  davlat  inspektsiyasi  boshlig’i  ayni 

paytda  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirining  o’rinbosari  hisoblanadi. 

Hozirgi paytda Davlat sug’urta nazorat inspektsiyasi tashkiliy tuzilmasi quyidagi 

ko’rinishga ega (1-rasmga qarang). 

 

 



 

 

 



 

 

1-rasm-Sug’urta nazorati davlat inspeksiyasi tashkiliy tuzilmasi



                                                 

1

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida tayyorlangan.



 

Sug’urta faoliyatini 

litsenziyalash

 

va nazorat 



qilish bo’limi 

Sug’urta faoliyati 

metodologiyasi

 

bo’limi 



 

32 

 

2002 yilning 5 aprelida yangi tahrirdagi “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi 



Qonunning  qabul  qilinishi  munosabati  bilan  Sug’urta  nazorati  davlat 

inspektsiyasining vazifa va funktsiyalari qayta ko’rib chiqildi. 

 

“Sug’urta  faoliyati  to’g’risida”gi  O’zbekiston  Respublikasi  Qonunining 



10-moddasi  “Maxsus  vakolatli  davlat  organi”  deb  atalib,  unda  bunday  organ 

vakolatiga  ega  bo’lgan  Sug’urta  nazorati  davlat  inspektsiyasining  huquqlari 

keltirilgan. Ular quyidagilardan iborat:  

Maxsus vakolatli davlat organi: 

- ijro etilishi majburiy bo’lgan to’lovga qobiliyatlilik normativlarini hamda 

ularni  aniqlash  tartibini,  ayrim  tavakkalchiliklar  bo’yicha  sug’urtalovchilar 

majburiyatlarining  yo’l  qo’yiladigan  eng  ko’p  yoki  eng  kam  miqdorini  va 

majburiyatlar jamining yo’l qo’yiladigan ko’p yoki eng kam miqdorini hisoblab 

chiqarish  uslubini,  sug’urtalovchilarning  to’lovga  qobiliyatini  aks  ettiruvchi 

axborotlarni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi; 

-  sug’urta  bozorining  professional  ishtirokchilari  sug’urta  faoliyati 

to’g’risidagi  qonun  hujjatlariga  rioya  etishini,  to’lovga  qobiliyatlilikning 

belgilangan  normativlari  va  moliyaviy  barqarorlikning  boshqa  talablari 

bajarilishini nazorat qiladi; 

-  sug’urtalovchilar  va  sug’urta  brokerlarining  sug’urta  faoliyatini 

litsenziyalaydi; 

sug’urtalovchilar 



tomonidan 

hisob-kitobni 

yuritish, 

sug’urta 

zaxiralarining  mablag’larini  shakllantirish  va  joylashtirishga  oid  hisobotlar 

tuzish tartibini belgilaydi; 

-  sug’urtalovchining  ijro  etuvchi  organi  rahbarlariga  va  bosh  buxgalteriga 

qo’yiladigan ijro etilishi majburiy bo’lgan malaka talablarini belgilaydi; 

-  sug’urtalovchilar  tomonidan  taqdim  etiladigan  moliyaviy  hisobotlarning 

shakli, tartibi va muddatlarini belgilaydi; 

qonun 


hujjatlariga 

muvofiq 


sug’urta 

bozori 


professional 

ishtirokchilarining  faoliyatini  tekshiradi  va  ularga  aniqlangan  kamchiliklarni 

bartaraf etish to’g’risida ijro etilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmalar kiritadi; 


33 

 

-  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  sug’urtalovchilar  va  sug’urta 



brokerlari  litsenziyalarining  amal  qilishini  to’liq  yoki  ayrim  sug’urta  turlariga 

(klasslariga)  nisbatan  to’xtatib  qo’yadi,  shuningdek  ularning  amal  qilishini 

tugatadi; 

-  har  bir  moliya  yili  tugaganidan  keyin  olti  oy  ichida  sug’urta  faoliyatini 

tartibga  solish  va  uni  nazorat  qilish  borasidagi  faoliyat  to’g’risida  yillik 

hisobotlarni, shuningdek sug’urta bozorining moliya yili mobaynidagi faoliyati 

to’g’risida statistika ma’lumotlarini e’lon qiladi; 

- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi. 

Maxsus  vakolatli  davlat  organi  va  uning  xodimlari  sug’urta  bozori 

professional ishtirokchilarining ustav fondida va boshqaruv organlarida ishtirok 

etishga, shuningdek sug’urta vositachisi sifatida ish yuritishga haqli emaslar. 

“Sug’urta  faoliyati  to’g’risida”  Qonunining  qabul  qilinishi  va  sug’urta 

nazorati  davlat  inspektsiyasining  vakolatlari  kengayganligi  munosabati  bilan 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “Sug’urta  xizmatlari 

bozorini  yanada  rivojlantirish bo’yicha  chora-tadbirlar  to’g’risida” 2002  yil  27 

noyabrdagi  413-sonli  qarori  qabul  qilindi.  Ushbu  hukumat  qaroriga  muvofiq, 

Vazirlar  Mahkamasining  "Sug’urta  faoliyatini  davlat  tomonidan  tartibga  solish 

chora-tadbirlari  to’g’risida"  1998  yil  8  iyuldagi  286-son  qaroriga  tegishli 

o’zgartirishlar  kiritildi.  Ilgari  mavjud  bo’lgan  “Sug’urta  tashkilotlarini  nazorat 

qilish  bo’limi”  "sug’urta  faoliyatini  litsenziyalash  va  nazorat  qilish  bo’limi"  

degan  yangi  nom  oldi.  Mazkur  yangi  qonun  talablaridan  kelib  chiqqan  holda 

quyidagilar  Davlat  sug’urta  nazorat  inspektsiyasining  asosiy  vazifalari  etib 

belgilandi: 

- bajarilishi majburiy bo’lgan to’lov layoqati normalarini va ularni aniqlash 

tartibini, alohida tavakkalchiliklar bo’yicha sug’urtalovchilarning majburiyatlari 

cheklangan  yo’l  qo’yiladigan  miqdorini  hisoblab  chiqish  metodikasini  hamda 

majburiyatlarning  jami  miqdorini,  sug’urtalovchilarning  to’lovga  layoqatliligi 

bo’yicha axborot berish tartibi va muddatlarini belgilash



34 

 

-  sug’urta  bozorining  professional  qatnashchilari  tomonidan  sug’urta 



faoliyati  to’g’risidagi  qonun  hujjatlariga  rioya  etilishini  nazorat  qilish,  to’lovga 

layoqatlilikning belgilangan normativlarini va ularning moliyaviy barqarorligiga 

qo’yiladigan boshqa talablarni ta’minlash; 

sug’urtalovchilar 



tomonidan 

sug’urta 

zahiralari 

mablag’lari 

shakllantirilishi  va  joylashtirilishi  bo’yicha  hisobot  yuritish  tartibini,  hisobotlar 

tuzishni belgilash; 

-  sug’urtalovchining  ijro  etuvchi  organi  rahbariga  va  bosh  buxgalterga 

qo’yiladigan bajarilishi majburiy bo’lgan malaka talablarini belgilash; 

-  sug’urtalovchilar  tomonidan  moliyaviy  hisobot  berilishi  shakllari,  tartibi 

va muddatlarini belgilash; 

-  sug’urtalovchilar  tomonidan  sug’urta  zahiralari  hosil  qilish  va 

joylashtirish tartibi va shartlarini belgilash; 

-  sug’urtalovchilar  tomonidan  sug’urta  hodisalari  boshlanishining  oldini 

olish  va  ogohlantirish  bo’yicha  tadbirlar  mablag’  bilan  ta’minlanishi  tartibi  va 

shartlarini belgilash; 

qonun 



hujjatlariga 

muvofiq 


sug’urta 

bozori 


professional 

qatnashchilarining  faoliyatini  tekshirish  va  aniqlangan  qonun  buzilishlarini 

bartaraf etish to’g’risida bajarilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmalar berish; 

-  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  sug’urtalovchilar  va  sug’urta 

brokerlari  litsenziyalari  amal  qilishini  to’liq  yoxud  sug’urtaning  ayrim  turlari 

(darajalari)ga  nisbatan  to’xtatib  turish,  shuningdek  ularning  amal  qilishini 

to’xtatish; 

-  har  bir  moliyaviy  yil  tamom  bo’lgandan  keyin  olti  oy  o’tgach  sug’urta 

faoliyatini  tartibga  solish  va  nazorat  qilish  bo’yicha  faoliyat  to’g’risidagi  yillik 

hisobotlarni, shuningdek moliyaviy yil mobaynida sug’urta bozorining faoliyati 

to’g’risidagi statistika ma’lumotlarini e’lon qilish; 

- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. 

Sug’urta  nazorati  davlat  inspektsiyasi  o’ziga  yuklangan  vazifalarga 

muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi: 



35 

 

-  sug’urtalovchilar  tomonidan  sug’urta  faoliyati  to’g’risidagi  O’zbekiston 



Respublikasi  qonun  hujjatlariga  rioya  qilinishini  va  ularning  hisobotlari 

ishonchliligini,  shuningdek  ular  uchun  belgilangan  to’lovga  layoqatlilik 

ko’rsatkichlari  va  moliyaviy  barqarorlikning  boshqa  talablari  ta’minlanishini 

tekshirish; 

-  sug’urtalovchilar  va  sug’urta  brokerlarining  sug’urta  faoliyatini 

litsenziyalash; 

- o’z vakolatlari doirasida sug’urtalovchilar ishini metodik ta’minlash; 

- sug’urtaning majburiy turlari bo’yicha sug’urta qilish qoidalari (shartlari) 

va sug’urta tariflari belgilash bo’yicha takliflar tayyorlash; 

-  Davlat  inspektsiyasi  tomonidan  tasdiqlangan  paytdan  boshlab  sug’urta 

munosabatlarining barcha qatnashchilari tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan 

sug’urta  faoliyati  to’g’risidagi  qonun  hujjatlarini  amalga  oshirish  bo’yicha 

normativ hujjatlar va metodik materiallarni ishlab chiqish; 

-  sug’urta  faoliyati  masalalari  bo’yicha  qonun  hujjatlari  loyihalarini  ishlab 

chiqish va ularni ko’rib chiqish uchun vazirlik rahbariyatiga kiritish; 

-sug’urtalovchilar  tugatilgan  va  qayta  tashkil  etilgan  taqdirda  sug’urta 

qildiruvchilarning manfaatlarini himoya qilish; 

-respublikada  sug’urta  faoliyati  rivojlanishining  holati  va  tendentsiyalarini 

tahlil qilish; 

-sug’urta  faoliyati  bo’yicha  mutaxassislarni  kasbga  tayyorlash  va  ularni 

qayta tayyorlashga doir tadbirlarni amalga oshirish, sug’urta faoliyati masalalari 

bo’yicha seminarlar va konferentsiyalar tashkil etish

-ommaviy  axborot  vositalari  orqali  sug’urta  faoliyati  masalalari  bo’yicha 

axborot-tushuntirish ishlari olib borish; 

-o’z  vakolatiga  kiruvchi  masalalar  bo’yicha  fuqarolarning  takliflari  va 

so’rovlarini ko’rib chiqish; 

-noshirlik faoliyatini amalga oshirish. 

 

 



36 

 

2.2 Sug‘urtalovchilar faoliyatini litzensiyalashga qo‘yiladigan talablar 

 

Ma’lumki  sug‘urta  kompaniyalari  tomonidan  ko‘rsatiladigan  sug‘urta 



xizmatlarini 

yanada 


kengaytirish 

maqsadida 

oxirgi 

yillarda 



sug‘urtalovchilarning  ustav  kapitaliga  qo‘yilgan  talab  yildan-yilgan  oshirib 

borilmoqda.  CHunki  yildan-yilga  iqtisodiyot  tarmoqlari  kengayib  ularni 

sug‘urtalash  hamda  javobgarlik  ma’suliyatini  olish  zaruratini  keltirib 

chiqarmoqda.   

SHuningdek “Tijorat tashkilotlari hisoblangan va tegishli turdagi sug’urtani 

amalga  oshirishga  litsenziyasi  bo’lgan  yuridik  shaxslar,  agar  qonunlarda 

boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo’lmasa,  sug’urtalovchilar  sifatida  sug’urta 

shartnomalarini  tuzishi  mumkin”

1

.  SHu  bois  sug’urtalovchi,  ya’ni  sug’urta 



tashkiloti  maqomiga  ega  bo’lish  uchun,  albatta,  faoliyat  tijorat  asosida  tashkil 

etilishi  lozim.  Ya’ni,  sug’urtalovchining  asosiy  maqsadi  foyda  olishga 

qaratilgan.  Sug’urtalovchi  yuridik  shaxs  sifatida  faoliyatni  amalga  oshirishi 

mumkin.  Hozirgi  kunda  sug’urtalovchilar  yuridik  shaxs  sifatida  O’zbekiston 

Respublikasi  Adliya  vazirligida  davlat  ro’yxatidan  o’tishlari  shart.  Bu  haqda 

“Sug’urta  faoliyati  to’g’risida”gi  Qonunning  11-moddasida  shunday  deyilgan: 

“Sug’urtalovchilarni  davlat  ro’yxatidan  o’tkazish  O’zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasi  belgilagan  tartibda  va  Adliya  vazirligi  tomonidan  amalga 

oshiriladi”

2

.  Shuni  yoddan  chiqarmaslik  kerakki,  sug’urtalovchi  Adliya 



vazirligida  sug’urtalovchi  sifatida  emas,  balki  yuridik  shaxs  sifatida  davlat 

ro’yxatidan  o’tadi.  Ammo,  bu    sug’urtalovchi  sug’urta  faoliyatini  amalga 

oshirish  huquqini  oldi  degan  ma’noni  anglatmaydi.  Sug’urtalovchi  sug’urta 

faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  qonunda  o’rnatilgan  tartibda  O’zbekiston 

Respublikasi  Moliya  vazirligidan  sug’urta  faoliyatini  amalga  oshirish  huquqini 

beruvchi litsenziyani olishi kerak.  

                                                 

1

 O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi. – T.: Adolat, 1996. – 413 b. 



2

 O’zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuni.//”Xalq so’zi” gazetasi, 2002 yil 28 

may. 


37 

 

SHuning  uchun  sug’urta  tashkilotlariga  qo’yiladigan  talablar,  ularga 



litsenziya  berish  va  ularning  faoliyati  ustidan  davlat  nazoratini  amalga  oshirish 

tartibi qonun bilan belgilanadi. 

Shunisi  diqqatga  sazovorki,  2002  yilning  28  mayida  amaliyotga  joriy 

etilgan 


“Sug’urta 

faoliyati 

to’g’risida”gi 

Qonunning 

6-moddasida 

sug’urtalovchi,  ya’ni  sug’urta  tashkilotiga  quyidagicha  tushuncha  berilgan: 

“Sug’urta  shartnomasiga  muvofiq  sug’urta  tovoni  (sug’urta  puli)  to’lovini 

amalga  oshirish  majburiyatini  oluvchi  yuridik  shaxs  sug’urtalovchi  deb 

hisoblanadi. Sug’urtalovchi sug’urta hodisalari yuzaga kelishini bartaraf etish va 

oldini  olishga  oid  chora-tadbirlarni  maxsus  vakolatli  davlat  organi  tomonidan 

belgilangan  tartibda  va  shartlarda  moliyalashtirishga  haqli.  Sug’urtalovchilar 

sug’urtani  amalga  oshirish  bilan  bevosita  bog’liq  bo’lmagan  tadbirkorlik 

faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin emas. Quyidagilar bundan mustasnodir: 

  maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartib va 

shartlardagi investitsiya faoliyati; 

  sug’urta sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish 

bilan bog’liq faoliyat; 

  sug’urta agenti sifatidagi sug’urta vositachiligi. 

Hozirgi paytda respublikamizda faoliyat yuritayotgan sug’urta tashkilotlari 

qaysi  sug’urta  sohasiga  ixtisoslashganligiga  qarab  ikkiga  bo’linadi.  Buni  biz 

quyida keltirilgan chizmadagi ma’lumotlar orqali tasvirlash mumkin. (2-rasmga 

qarang). 

 


38 

 

 



2-rasm- Sug’urta tashkilotining turlari

1

 



Ma’lumki, sug’urta tashkilotlari o’z xizmatlarini sotishda sug’urta agentlari 

tarmog’idan  keng  foydalaniladilar.  Sug‘urta  agenti  “Sug’urtalovchining 

nomidan  va  topshirig’iga  binoan  sug’urta  shartnomasining  tuzilishi  va  ijro 

etilishini tashkil qilish bo’yicha faoliyat yurituvchi yuridik yoki jismoniy shaxs 

sug’urta agenti hisoblanadi”

2



SHuningdek  sug’urtalovchining  boshqaruv  organlari  rahbarlari  sug’urta 

agenti  bo’la  olmaydilar.  Sug’urtalovchilar  o’zlari  vakolat  bergan  sug’urta 

agentlarining reestrlarini yuritishlari lozim. 

Sug’urta  tashkilotlari  sug’urta  qildiruvchi,  sug’urtalangan  shaxs  va  naf 

oluvchi,  ularning  sog’ligining  holati  to’g’risidagi,  shu  bilan  bir  qatorda  bu 

shaxslarning mulkiy  ahvoli to’g’risidagi o’z kasb faoliyati natijasida o’zi olgan 

ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas.  

SHuningdek  sug’urta  tashkilotlari  turli  tashkiliy-huquqiy  shakllarda 

tuzilishi  mumkin.  Sug’urta  tashkilotlari  turli  tashkiliy-huquqiy  shakllari 

“Sug’urta  faoliyati  to’g’risida”gi  O’zbekiston  Respublikasi  Qonunining  11-

moddasida  sug’urtalovchilar  qonunlarda  nazarda  tutilgan  barcha  tashkiliy-

huquqiy  shakllarda  tashkil  etilishi  nazarda  tutilgan.  Sug’urtalovchilar  qaysi 

mulkchilik  shaklida  tuzilishidan  qat’iy  nazar  ularning  ustav  kapitaliga 

                                                 

1

 Nazariy bilimlar asosida talaba tomonidan tayyorlangn. 



2

  O’zbekiston  Respublikasining  “Sug’urta  faoliyati  to’g’risida”gi  Qonuni.//”Xalq  so’zi”  gazetasi,  2002  yil  28 

may. 

Sug’urta tashkiloti 



Hayotni sug’urtalashga ixtisoslashgan 

sug’urta tashkilotlari 

Umumiy sug’urta tarmog’ida faoliyat 

ko’rsatuvchi sug’urta tashkilotlari 



39 

 

o’rnatilgan talab darajada bo’lishi kerak. SHuning uchun sug’urtalovchilar ustav 



fondining  eng  kam  miqdori  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 

tomonidan  belgilanadi.  Sug’urtalovchi  ustav  fondining  kamida  to’qson  foizi 

muassislarning  pul  mablag’laridan  shakllantiriladi.  Sug’urtalovchining  ustav 

fondini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablag’lardan va boshqa 

jalb qilingan mablag’lardan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Sug’urtalovchining 

ustav  fondi  litsenziya  olinadigan  paytga  qadar  sug’urtalovchining  muassislari 

tomonidan to’langan bo’lishi kerak. 

SHuning  uchun  sug’urta  tashkilotlarining  faoliyati  boshqa  xo’jalik 

yurituvchi  sub’ektlarning  faoliyatidan  keskin  farq  qiladi.  Shu  sababli  ularning 

faoliyati litsenziyalanadi.  

Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyati O’zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilanadigan  tartibda  maxsus 

vakolatli davlat organi beradigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi. 

Sug‘urtalovchilarga  litsenziya    hayotni  sug’urta  qilish  sohasida  yoxud 

umumiy  sug’urta  sohasida  sug’urta  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  beriladi. 

Hayotni  sug’urta  qilish  sohasida  sug’urta  faoliyatini  amalga  oshirayotgan 

sug’urtalovchi umumiy sug’urta sohasida sug’urta faoliyatini amalga oshirishga 

haqli  emas,  umumiy  sug’urta  sohasining  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi belgilaydigan ayrim turlari (klasslari) bundan mustasnodir. Umumiy 

sug’urta  sohasida  sug’urta  faoliyatini  amalga  oshirayotgan  sug’urtalovchi 

hayotni  sug’urta  qilish  sohasida  sug’urta  faoliyatini  amalga  oshirishga  haqli 

emas. 


SHuning uchun sug‘urtalovchilarni litsenziyalashda sug’urtalovchi amalga 

oshirishni nazarda tutayotgan sug’urta turlari (klasslari) ko’rsatiladi. 

  SHu bilan bir qatorda sug’urtalovchilar ustav fondining eng kam miqdori 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilanadi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “Sug’urta  xizmatlari 

bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2002 yil 27 noyabrda 



40 

 

qabul  qilgan  qaroriga  ko’ra,  sug’urta  kompaniyalari  ustav  kapitaliga  talablar 



qo’yildi. Ular quyidagilardan iborat: 

Sug’urtalovchi  ustav  fondining  kamida  to’qson  foizi  muassislarning 

(ishtirokchilarning)  pul  mablag’laridan  shakllantiriladi.  Sug’urtalovchining 

ustav  fondini  shakllantirish  uchun  kreditga,  garovga  olingan  mablag’lardan  va 

boshqa jalb qilingan mablag’lardan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

  



 

3-rasm. Sug’urta kompaniyalarining ustav kapitali miqdori.

 1

 

Sug’urtalovchining  ustav  fondi  litsenziya  olinadigan  paytga  qadar 



sug’urtalovchining  muassislari  tomonidan  to’langan  bo’lishi  kerak.  Sug’urta 

kompaniyalari  ustav  fondining  eng  kam  miqdori:  qayta  sug’urta  qilish 

faoliyatiga  ixtisoslashayotgan  sug’urtalovchilar  uchun  (agar  faoliyat  mavzusi 

faqat  qayta  sug’urta  qilish  bo’lsa)  -  2  mln.  AQSh  dollariga  teng  summada 

belgilandi.  Majburiy  sug’urta  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  sug’urtalovchilar 

uchun  ustav  fondining  eng  kam  miqdori  500  ming  AQSh  dollariga  teng 

miqdordagi summada belgilandi. 

                                                 

1

 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2002  yil  27  noyabrdagi  413-sonli  “Sug’urta  xizmatlari 



bozorini yanada  rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” Qarori asosida muallif tomonidan tayorlandi. 

 

Ustav kapitalining eng 



kam miqdori 

Umumiy sug’urta tarmog’ida 

faoliyat ko’rsatuvchi 

sug’urtalovchilar uchun – 

150,0 ming AQSh dollari 

ekvivalentidagi summada 

Hayotni sug’urta qilish tarmog’ida 

faoliyat yurituvchi sug’urtalovchilar 

uchun- 

250,0 ming AQSh dollari 



ekvivalentidagi summada 

41 

 

Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  2007  yil  10  aprelda  qabul  qilingan 



O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  618-sonli  “Sug’urta  xizmatlari 

bozorini  yanada  isloh  qilish  va  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”  618-

son qaroriga muvofiq, sug’urta kompaniyalari ustav kapitali eng kam miqdoriga 

yangi talab o’rnatildi (3-chizmaga qarang). Unga ko’ra: 

Qayta sug’urta qilish faoliyatiga ixtisoslashayotgan sug’urtalovchilar uchun 

(agar faoliyat mavzusi faqat qayta sug’urta qilish bo’lsa) - 3 mln AQSh dollariga 

teng  summada  belgilandi.  Majburiy  sug’urta  faoliyatini  amalga  oshiruvchi 

sug’urtalovchilar  uchun  ustav  fondining  eng  kam  miqdori  1,0  mln.  AQSh 

dollariga teng miqdordagi summada belgilandi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

4-rasm. Sug’urta kompaniyalarining ustav kapitali miqdori

 

.

1



 

Sug’urta tashkilotlari faoliyatni amalga oshirish chog’ida turli tashkilot va 

idoralardan  axborot  olish  huquqiga  ega.  Bu  O’zbekiston  Respublikasining 

“Sug’urta  faoliyati  to’g’risida”gi  Qonunning  25-moddasida  qatiy  belgilab 

qo’yilgan. 

                                                 

1

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 apreldagi 618-sonli “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada 



isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” Qarori asosida muallif tomonidan tayorlandi. 

 

Ustav kapitalining eng 



kam miqdori 

Umumiy sug’urta tarmog’ida 

faoliyat ko’rsatuvchi 

sug’urtalovchilar uchun – 

500,0 ming AQSh dollari 

ekvivalentidagi summada 

Hayotni sug’urta qilish tarmog’ida 

faoliyat yurituvchi sug’urtalovchilar 

uchun- 

750,0 ming AQSh dollari 



ekvivalentidagi summada 

42 

 

Unga  ko’ra  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar,  sudlar,  shuningdek 



tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari va boshqa 

tashkilotlar  sug’urtalovchilarning  so’roviga  ko’ra  sug’urta  hodisalarining  yuz 

berishi  sabablari  va  holatlari  to’g’risidagi  hamda  sug’urta  tovoni  miqdorlari 

sug’urtalovchi  tomonidan  aniqlanishi  maqsadida  etkazilgan  zarar  to’g’risidagi 

masalalarni  hal  etish  uchun  zarur  bo’lgan  hujjatlar  va  xulosalarni  taqdim 

etishlari  shart.  Maxsus  vakolatli  davlat  organi  sug’urtalovchilar  yoki  sug’urta 

brokerlaridan  qabul  qilingan  pul  mablag’lari  va  majburiyatlarining  miqdorlari 

haqidagi  axborotni,  shuningdek  boshqa  axborotni  o’z  vakolati  doirasida  talab 

qilib  olishga  haqli.  Bunday  axborotni  talab  qilib  olish  yozma  ravishda,  so’rov 

sabablari ko’rsatilgan holda amalga oshirilmog’i lozim. 

 

2-jadval 



Download 477.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling