Toshkent moliya instituti sug’urta fakulteti


Download 477.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana22.02.2020
Hajmi477.91 Kb.
1   2   3   4   5

Xulosa  

Bitiruv malakaviy ishi mavzusiga oid  nazariy va amaliy ilmiy izlanishlar 

bizga quyidagi xulosalarni shakllantirish uchun asos bo‘ldi: 

 

 

1.  Sug‘urta  faoliyati  rivojlanishini  o‘rganish  1998  yil  o‘rtalarigacha 



O‘zbekiston  Respublikasida  sug‘urta  faoliyatini  nazorat  qilishga  vakolatli 

bo‘lgan  davlat  organi  tashkil  etilmaganligini  ko‘rsatdi.  SHu  bilan  bir  qatorda 

davlat kapitali ishtirokida yirik sug‘urta kompaniyalari tuzilganligi ham ma’lum 

bo‘ldi.


 

2.  Ilmiy  izlanishlarning  ko‘rsatishicha,  sug‘urta  faoliyati  turli  tashkiliy-

huquqiy  shakllarda  tashkil  etilishi  mumkin.  2014  yil  1  may  holatiga 

respublikamizda  31  ta  sug‘urta  tashkilotlari  faoliyat  ko‘rsatmoqda.  Ularning 

aksariyati  aksionerlik  va  mas’uliyati  cheklangan  jamiyat  shaklida  tashkil 

etilganligi ta’kidlandi. Aksionerlik sug‘urta tashkilotlari ochiq va yopiq shaklda 

bo‘lishi mumkin.  

3.  Bitiruv  malakaviy  ishi  natijalari  2010-2015  yillarda  O‘zbekistonda 

sug‘urta bozori bo‘yicha yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmi yildan yilga o‘sib 

borganligini  ko‘rsatdi.  Bunga  asosiy  sabab  keyingi  4-5  yil  davomida  davlat 

tomonidan sug‘urta faoliyatini rivojlantirishga katta e’tibor berilayotganligidir. 

4. 1998 yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Sug‘urta 

nazorati  davlat  inspeksiyasi  tashkil  etilganligi  sug‘urta  faoliyatini  davlat 

tomonidan tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etganligi qayd etildi. 2002 yil 

O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda tarixiy yil 

bo‘lganligi  haqida  xulosa  chiqarildi.  Bunga  asos  sifatida  ilk  marta  Vazirlar 

Mahkamasi  qarori  asosida  sug‘urta  faoliyati  klassifikatori  qabul  qilinganligi  va 

sug‘urta faoliyatini litsenziyalash tartibi tasdiqlanganligi keltirilgan. 

5.  Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  xalqaro  miqyosda  sug‘urta 

kompaniyalari  faoliyatiga  salbiy  ta’sir  qilmoqda.  Jumladan,  AQSHdagi  yirik 

sug‘urta  kompaniyalaridan  biri  AIG  kompaniyasining  moliyaviy  ahvoli 

og‘irlashgan  va  davlat  uni  saqlab  qolish  uchun  175,0  mlrd.dollar  miqdorida 

mablag‘  ajratganligi  qayd  etildi.  Dunyoning  boshqa  davlatlarida  ham 


60 

 

hukumatlar  yirik  sug‘urta  kompaniyalarining  moliyaviy  barqaror  faoliyat 



ko‘rsatishlarini  ta’minlash  uchun  katta  ko‘mak  berganligi  to‘g‘risida  xulosa 

chiqarildi. 

6. Iqtisodi taraqqiy etgan davlatlarda sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan 

tartibga solish tizimi turlicha bo‘lib, unga shu mamlakatning davlat tuzilishi va 

qaror  topgan  qonunchilik  xujjatlari  katta  ta’sir  ko‘rsatgan.  Masalan,  Buyuk 

britaniyada  sug‘urta  faoliyatini  Moliyaviy  xizmatlar  bozorini  nazorat  qilish 

agentligi  tartibga  solsa,  AQSHda  sug‘urta  faoliyatini  nazorat  qilish  federal 

darajada emas, balki har bir shtat doirasida amalga oshiriladi. 

YUqorida  keltirilgan  xulosalarga  asoslanib,  O‘zbekistonda  sug‘urta 

faoliyatini  davlat  tomonidan  tartibga  solishni  takomillashtirish  bo‘yicha 

quyidagi takliflarni bildiramiz. 

 

1.  Sug‘urta  faoliyatini  davlat  tomonidan  tartibga  solish  tizimini 



erkinlashtirishni taklif qilamiz. YA’ni, sug‘urta tashkilotlari faoliyatini bevosita 

joylarga  chiqib  emas,  balki  masofadan  turib  tartibga  solish  amaliyotini  joriy 

etish maqsadga muvofiq. 

 

2.  O‘zbekistonda  sug‘urta  faoliyatini  rivojlantirishni  quyidagi  yirik 



yo‘nalishlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:  

 



O‘zbekiston  sug‘urtalovchilari  tomonidan  amalga  oshirilayotgan  tarif 

siyosatini takomillashtirish, mamlakatda aktuariylarning faoliyati uchun huquqiy 

asos va shart-sharoitlar yaratish; 

 



Sug‘urtalovchilar  tomonidan  iqtisodiyotning  kengroq  qamrab  olinishi 

ta’minlash 

maqsadida, 

sug‘urta 

xizmatlarini 

sotish 


yo‘nalishlarini 

takomillashtirish; 

 

Sug‘urta tashkilotlarida sug‘urta zaxiralarining majburiyatlarga muvofiq 



va oqilona shakllantirilishini ta’minlash; 

  Qayta  sug‘urtalash  munosabatlarini  rivojlantirish  ularning  ko‘lamini 



kengaytirish uchun zarur sharoitlarni yaratish. 

61 

 

 



5.  Sug‘urtalovchilar  tomonidan  amalga  oshirilayotgan  tarif  siyosatining 

to‘g‘ri  yo‘lga  qo‘yilishi,  ular  tomonidan    sug‘urtalash  jarayonini  sifatli  va 

barqaror  bo‘lishini  ta’minlovchi  asosiy  omil  hisoblanadi.  Samarali  tarif 

siyosatining asosini tashkil  etuvchi tarkibiy  qism  bu  sug‘urtalovchi   tomonidan 

ishlab  chiqiladigan  tarifikatsiya  tizimi  hisoblanadi.  Tarifikatsiya  tizimini 

shakllantirishda sug‘urtalovchi eng avvalo, amalga oshiradigan sug‘urta turlarini 

hisobga  olishi  zarur.  Vaholanki,  tarifikatsiya  tizimi  har  bir  sug‘urta  mahsuloti 

bo‘yicha risk omillari va sug‘urtalanayotgan ob’ektlarning guruhlari to‘g‘risida 

ma’lumotlar  va ularga muvofiq keluvchi sug‘urta tariflari hamda ularni qo‘llash 

shartlarini 

ifodalaydi. 

Tarifikatsiya 

tizimini 

shakllantirishda 

risklarni 

guruhlashning  eng  optimal  holatini  aniqlash  uning  samaradorligini  belgilab 

beruvchi  omil  hisoblanadi.  CHunki,  risklarni  haddan  ziyod  ko‘p  guruhlarga 

ajratish  ortiqcha  xarajat  va  vaqtning  sarflanishiga  olib  kelsa,  etarli  darajada 

guruhlanmagan  risklar,  risklar  antiseleksiyasi  va  to‘lovga  noqobillikni  keltirib 

chiqarishi mumkin. YUqoridagilardan kelib chiqib, sug‘urtalovchilar tomonidan 

tarifikatsiya 

tizimini 

shakllantirishda 

risk 


omillari 

va 


risklarning 

antiseleksiyasiga  yo‘l  qo‘ymaslikka  e’tibor  berish  maqsadga  muvofiq 

hisoblanadi. 

6.  Sug‘urta  biznesini  ilmiy  tashkil  etish:  tashkilotning  o‘ziga  xosligi  va 

tutgan o‘rnini aniqlab olish; biznesni yuritiщda yangilikni doimo kiritib borish; 

raqobatdagi  o‘z  afzalliklarini  doimo  izlash,  topish  va  foydalanish;  xar  bir 

mijozning  talablariga  qarab  ish  ko‘rish,  bozor  munosabatlari  rivojlanib 

borayotganda o‘z samarasini berishini isbotlaydi. 

7.  Ba’zi  mamlakatlarda  sug‘urta  zahiralarini  tashkil  etishning  me’yoriy 

usuli qo‘llaniladi. Ammo bu usulda hisob-kitob avvalgi yil sug‘urta mukofotlari 

va  sug‘urta  qoplamalari  miqdoriga  asoslanib  amalga  oshiriladi.  Sug‘urta 

zahiralari  esa  sug‘urtalovchining  kelajakdagi,  mo‘ljaldagi  majburiyatlarini 

tasvirlaydi. SHunday qilib, agar joriy yilning zararliligi avvalgi yilnikidan ancha 

katta bo‘lsa sug‘urta tashkilotida mablag‘larning etishmovchiligi paydo bo‘lishi 

mumkin.  Albatta,  bunday  holatda  zararlilikning  tebranishi  zahirasini  qo‘llash 


62 

 

mumkin,  lekin  buning  uchun  bu  zahiraning  hajmini  ancha  oshirish  lozim 



bo‘ladi,  bu  esa  pul  mablag‘larining  samarasiz  ishlatilishiga  olib  keladi. 

Inflyasiya  sharoitida  yoki  sug‘urta  mukofotlari  muttasil  o‘sayotgan  sharoitda 

me’yoriy  usulni  qo‘llash  moliyaviy  barqarorlik  nuqtai  nazaridan  nisbatan 

xavfsizroq,  ammo  samaradorlik  nuqtai  nazaridan  maqsadga  muvofiq  emas  va 

tariflarning oshirilishiga olib keladi. Me’yoriy usulni asosida yirik shartnomalar 

yotadigan  barqaror  sug‘urta  portfeliga  ega  sug‘urta  kompaniyalaridagina 

qo‘llash maqsadga muvofiq. 

8.  Sug‘urta  bozorini  rivojlantirish  va  tartibga  solish  sohasida    yutuqlarga 

erishilgan  bo‘lishiga  qaramay,  sug‘urta  mukofotining  yalpi  ichki  mahsulotdagi 

hozirgi  ulushi,  sug‘urta  bozorining  mamlakat  iqtisodiyotidagi  o‘rnini  katta 

emasligidan  dalolat  beradi.  Sug‘urtaning  o‘sishi  umumiqtisodiy  o‘sish  bilan 

uzviy  bog‘liqdir.  SHu  bilan  birga,  sug‘urtaning  o‘rni  kichik  bo‘lgan  sharoitda 

turli islohotlarni joriy qilish va sug‘urta bozorini rivojlantirishning to‘g‘ri yo‘lini 

tanlash imkoniyati katta bo‘ladi va bozordagi o‘zgarishlar engil kechadi. Bunday 

sharoitda,  qonuniy  va  me’yoriy  hujjatlarni  takomillashtirish,  chet  el  tajribasini 

mamlakatimiz sharoitiga moslashtirish maqsadga muvofiq. 

9.  Qayta  sug‘urtalovchilar  bo‘yicha  ma’lum  talablarning  kiritilishi  qayta 

sug‘urtaning  sifatiga  ta’sir  qiladi,  lekin  talabni  bajarish  ko‘pgina  sugurta 

tashkilotlari  uchun  mushkul  vazifa  ekanligini  hisobga  olib    sug‘urta  nazorati 

davlat inspeksiyasi qayta sug‘urtalovchilarning ahvolini tahlili uchun biror uslub 

ishlab  chiqishi  va  sug‘urtalovchilarga  tavsiya  etishi  yoki  sug‘urtalovchilar 

tomonidan  taklif  qilingan  har  bir  qayta  sugurtalovchini  o‘zi  tahlildan  o‘tkazib, 

davriy ravishda tavsiya etilgan qayta sug‘urtalovchilarning ro‘yxatini e’lon qilib 

borishini taklif etamiz.  

13.  Qayta  sug‘urtalovchi  tashkilotlarining  shakllanish  jarayonidaligini 

hisobga  olgan  holda,  vaqtincha  (2  yil),  mahalliy  sug‘urtalovchilar  tomonidan 

risklarni chet el qayta sug‘urtalovchilariga uzatishda, avval ularni mahalliy qayta 

sug‘urtalovchilarga taklif etishi shartligi, tartibini amalga kiritish. 



63 

 

 



Yuqoridagilardan  kelib,  O‘zbekistonda  sug‘urta  faoliyatini  davlat 

tomonidan  tartibga  solishni  takomillashtirish  bo‘yicha  imkoniyatlarning 

kattaligini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu imkoniyatlarda foydalanish va yuqorida 

keltirilgan  yo‘nalishlarda  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish,  mamlakatimizda 

sug‘urta faoliyatini takomillashishini ta’minlashi shubhasizdir.

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

64 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 



I.O‘zbekiston Respublikasining qonunlari. O‘zbekiston Respublikasi 

Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari 

 

1.  O‘zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  kodeksi  -  T.:  O‘zbekiston 



Respublikasi Adliya vazirligi, 2003.-496 b.  

2.  O‘zbekiston  Respublikasining  “Transport  vositalari  egalarining  fuqarolik 

javobgarligini  majburiy  sug‘urta  qilish  to‘g‘risida”  Qonuni.  –  //  «Xalq  so‘zi» 

gazetasi, 2008 yil 22 aprel. 

3.  O‘zbekiston  Respublikasining  Qonuni  «Sug‘urta  faoliyati  to‘g‘risida».  -  T.: 

2002 y., 5 aprel.// «Xalq so‘zi» gazetasi, 2002 yil 28 may. 

4.  O‘zbekiston  Respublikasining  “Sug‘urta  faoliyati  to‘g‘risida”gi  Qonuniga 

qo‘shimcha  va  o‘zgartirishlar  kiritish  to‘g‘risida»  Qonuni.  T.:  2007  y.,  15 

sentbyar.// «Xalq so‘zi» gazetasi, 2007 yil 15 sentyabr.  

5.  O‘zbekiston  Respublikasining  “Sug‘urta  faoliyati  to‘g‘risida”gi  Qonuniga 

o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” Qonuni. “Xalq so‘zi”, 2008 yil 23 

dekabr.  

6.  O‘zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 

2007 


yil 

10 


apreldagi              

«Sug‘urta  xizmatlari  bozorini  yanada  isloh  qilish  va  rivojlantirish  chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-618-son Qarori.// «Xalq so‘zi» gazetasi, 2007 yil 11 

aprel.  


7.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2008  yil  21  maydagi  “Sug‘urta 

xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-

tadbirlari to‘g‘risida” PQ-872-sonli qarori. “Xalq so‘zi”, 2008 yil 22 may. 

8.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2002  yil  31  yanvardagi  «Sug‘urta 

bozorini  yanada  erkinlashtirish  va  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi 

PF-3022-son Farmoni.// «Xalq so‘zi» gazetasi, 2002 yil 1 fevral. 

9.  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  «Sug‘urta  faoliyatini 

davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 286-sonli Qarori. 



65 

 

1998  yil  8  iyul.//O‘zbekiston  Respublikasi  moliyaviy  qonunlari,  4-ilova,  -  T.: 



2000.  

10. O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2002  yil  27  noyabrdagi 

413-sonli  «Sug‘urta  xizmatlari  bozorini  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida»gi  Qarori.//  O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumatining  Qarorlari 

to‘plami, 2002, 11.  

11.  Karimov  I.A.  Eng    asosiy  mezon  -  hayot  haqiqatini  aks  ettirish.  T.: 

O‘zbekiston, 2009.- 24 b. 12.  

12. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni 

bartaraf etishning yo‘llari va choralari/ I.A.Karimov.- T.: O‘zbekiston, 2009.-56 

b. 


II. Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar 

13Годин А.М., Фрумина С.В. Страхование: учебник. – М.: изд-во «Дашков 

и К», 2009. – 480 стр. 

14. Страхование: учебник/Под ред. Проф. Т.А.Федоровой. – СПб.:Магистр, 

2008.-768 с.  

15. Страхование: учебник для студентов, обучающихся по специальностям 

«Финансы  и  кредит»,  «Бухгалтерский  учет,  анализ  и  аудит». 

Под.ред.В.В.Шахова. – М.: изд-во «ЮНИТИ-ДАНА», 2009. – 511 стр. 

16. Ochilov I., Sultonov D. Sug‘urta hisobi va hisoboti. O‘quv qo‘llanma. –T.: 

“IQTISOD-MOLIYA”, 2010y. – 224 bet. 

17. Shennaev X.M. Sug’urta agentlari uchun qo’llanma. – T.: “PRINTXPRESS 

”, 2010 y. – 208 bet.  

18.  Shennaev  X.M.,  Kenjaev  I.G‘.  Chet  mamlakatlar  sug‘urtasi.  O‘quv 

qo‘llanma. T.,2012. 

19.Shennaev X.M., Xalikulova G.T., Tashqi iqtisodi faoliyatda sug‘urta. O‘quv 

qo‘llanma. T.,2012. 

20.  Shennaev  X.M.,  Xalikulova  G.T.,  Sug‘urta  marketingi.    O‘quv  qo‘llanma. 

T.,2012. 

21. Shennaev X.M., O‘zbekiston sug‘urta bozori. O‘quv qo‘llanma. T.,2013y. 


66 

 

22.  Самарова  Е.  Страховая  математика:  практический  курс.  Учебное 



пособие. – М.: “ИНФРА – М ”, 2009 г. – 80 стр.  

23.  Страхование.  Учебник  /  под  ред.  Т.А.Федоровой.    –  М.:  “Магистр  ”,  

2009 г. – 1006 стр. 

24.  Рыбин  В.  Основы  страхования.  Учебное  пособие.  –  М.:  “КНОРУС  ”, 

2010 г. – 240 стр.  

25. Никулина Н. Страховой маркетинг. Учебное пособие. – М.: “ЮНИТИ – 

ДАНА”,  2009  г. – 503 стр. 

26. Никулина Н. Страхование. Учебное пособие. – М.: “ЮНИТИ – ДАНА”,  

2008 г. – 511 стр.  

  III. Davriy nashrlar, statistik to’plamlari va hisobotlar 

27.  Скамай Л.Г. Страхование: учебное пособие. - М.: ИНФРА-М, 2001.  

28.  Современний 

финансово-кредитний 

словар./Под 

обшч. 

ред. 


М.Г.Лапусти, П.С.Николского.-М.: ИНФРА-М,1999,-526 с.  

29. Сплетухов  Ю.А.  Страхование  отвецтвенности.  -  М.:  Аудит,  2001.-  172 

с. 

30. Сплетухов  Ю.А.,  Дюжиков  Е.Ф.  Страхование:  учебное  пособие.  -  М.: 



ИНФРА-М, 2002.   

31. Сплетухов  Ю.А.,  Дюжиков  Е.Ф.  Страхование:  Учебное  пособие.  -  М.: 

ИНФРА-М, 2005. - 311 с. - (Серия "Висшее образование"). 

32. Страхование /под ред. Т.А.Федоровой. - М.: "Економистъ", 2003. - 875 

с. 

33. Страхование:  принсипи  и  практика  /  Составител  Девид  Бланд:  Пер.  с 



англ. - М.: Финанси и статистика, 1998. - 416 с. 

34. Теория  и  практика  страхования.  Учебное  пособие.  –  М.:  Издателский 

сентр «Анкил», 2003.  

35. Федоров Т.А. Страхование в условиях риночной економики: принсипи 

и практика. Учебное пособие. Изд-во СПбУЕФ, 1995. 

36. Яковлева  Т.А.,  Шевченко  О.Ю.  Страхование:  Учеб.  пособие  –  М.: 

Юрист, 2003.  


67 

 

37. Yuldashev R. Straxovoy biznes. Slovar-sprav. – M.: «Ankil»,2000 g.-272 s. 



38. Abdullaev  YO.,  Baymuratov  T.M.  Sug‘urta  faoliyatini  soliqqa  tortishda 

dunyo  talablari  darajasiga  erishish.//O‘zbekiston  iqtisodiy  axborotnomasi.  3  -

2003.  

39. Imomov  SH. O‘zbekistonda sug‘urta  bozori shakllanishining  xususiyatlari.// 



Bozor, pul va kredit, 5. - 1997.  

40. Imomov SH. Sug‘urta iqtisodiyotni himoyalash va rivojlantirishning muhim 

omili.// «Xalq so‘zi» gazetasi, 2002 yil, 27 fevral.  

41. Imamov  SH.  Straxovanie  kak  instrument  zaщitы  biznesa.//Rыnok,  dengi  i 

kredit, 6. - 2002.  

42. Yo‘ldoshev  M.,  Tursunov  Y.  Sug‘urta  faoliyati  ahamiyati.  //Bozor,  pul  va 

kredit. 2. - 2002.   

43. Karimov  H.  Sug‘urta  bozori.  Respublikamizda  u  qachon  vujudga  keladi?// 

«Xalq so‘zi» gazetasi, 2002 yil 16 yanvar.  

44. Malikov  T.,  SHennaev  X.  Sug‘urtaning  afzalligi  aks  etsin.  //  «Xalq  so‘zi» 

gazetasi, 2002 yil, 4 aprel.  

45. Tohirov  A.  Sug‘urta  xizmati  yangi  bosqichda.//«Xalq  so‘zi»  gazetasi,  2002 

yil, 25 aprel.  

46. Tohirov  A.  Amir  Temur  saltanatida  sug‘urta  masalalari.//“Jamiyat  va 

Boshqaruv” jurnali,  2003.  №4 65-66 b.  

47. Tohirov  A.  Sug‘urta  bozori:  shakllanishi        va      rivojlanishi.//  “Jamiyat  va 

Boshqaruv”  jurnali. 2005.  №1  33-34 b.  

48. SHennaev  X.M.  O‘tish  davri  iqtisodiyotida  sug‘urta  masalasi  va  uni 

istiqbollari.//”Bozor, pul va kredit” jurnali, 2005. №3. 

49. 


www.expert.ru

50. www.ankil.ru. 



51. 

www.znay.ru

52. 


www.strahovka.ru

53. 



www.mf.uz

54. 



www.alskom.uz



55. www.UzReport.com. 



Download 477.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling