Toshkent moliya instituti "tasdiqlayman"


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana06.04.2020
Hajmi0.66 Mb.
  1   2   3

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 

                

                                                                      “TASDIQLAYMAN” 

O‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan 

ro‘yxatga olindi 

№______________________ 

2019 yil “____” _______ 

Toshkent moliya instituti  

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor  

_________________I.Qo‘ziyev 

2019 yil “____” _______ 

 

 

 

 

FALSAFA 

____________ 

 

ISHCHI O’QUV DASTURI  



 

 

Bilim sohalari: 

100 000 –  Gumanitar soha; 

200 000 –  Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq; 



Ta’lim sohaIari: 

110 000  – Pedagogika; 

230 000  – Iqtisod; 

Ta’lim yo’nalishlari: 

5230200 – Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha); 

5232400 – Iqtisodiy xavfsizlik; 

 

 

 

                                                    Toshkent – 2019 


 

Fanning  ishchi  o’quv dasturi  O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta 



maxsus ta’lim vazirligi 2018 yil “25” avgustdagi  744 sonli buyrug’i (buyruqning 

___ -ilovasi) bilan tasdiqlangan “Falsafa” fani dasturi asosida tayyorlangan. 

 

 

Fanning    ishchi  o’quv  dasturi  Toshkent  moliya  instituti  Kengashining  2019 



yil “___” ______________ dagi “___” -sonli qarori bilan tasdiqlangan. 

 

 



Tuzuvchilar: 

 

 



Primov M. 

 

TMI, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi, dots, f.f.n 



Sultonova A. 

–  TMI, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o`qituvchisi 



 

Taqrizchilar:  

 

 



Fayzixo‘jayeva  D.   –  O’ZMU, «Falsafa va mantiq» kafedrasi dotsent, f.f.n. 

 

Qahhorova M. 



–  UZXIA, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi, professor, f.f.d. 

 

 

Fanning    ishchi  o’quv  dasturi  kafedraning  201__    “____”  _____________ 



dagi    ___-sonli  majlisida  muhokama  etilib,  “

Soliqlar  va  sug’urta

”  fakultet 

Kengashida ko’rib chiqishga tavsiya qilingan. 



“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi  mudiri  

          t.f.d.,prof.N.Oblomuradov 

          Fanning  ishchi  o’quv  dasturi  “

Soliqlar  va  sug’urta

”  fakulteti  Kengashining                           

201__  “____” _____________ dagi ___-sonli majlisida muhokama etilib, institut 

O’quv-uslubiy Kengashida ko’rib chiqishga tavsiya  



Soliqlar va sug’urta

  

 fakultet dekani   

                                i.f.n., dots.

 G’. Safarov 

 

 

   Fanning  ishchi  o’quv  dasturi  institut  O’quv-uslubiy  Kengashining  2019  yil                   

“___” ___________dagi ___-sonli majlisida muhokama etilib, institut Kengashida 

ko’rib chiqishga tavsiya qilingan. 

 

Kengash kotibi:    

 

 

 

  i.f.n., dots. T.Baymuratov 

201_ yil “___”__________ 

 

 

 


 



KIRISH 



 

Ushbu  dasturda  uzviylik  va  uzluksizlik  nuqtai-nazaridan  mantiqiy  ketma-

ketlikda  o’z  aksini  topgan  falsafiy  dunyoqarashni  o‘rganishga  alohida  e’tibor 

qaratilgan bo‘lib,  hozirgi  sharoitda yoshlarda tafakkur erkinligi, yurtimizda sodir 

bo’layotgan  yaratuvchanlik,  falsafiy  muammolarga  yangicha  falsafiy    tafakkur 

nuqtai  nazardan  yondashilgan,  nazariya  bilan  amaliyot  uyg’unligiga  e’tibor 

qaratilgan. 

Bugungi  kunda  mamlakatimizda  2017  —  2021  yillarda  O‘zbekiston 

Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha  “Harakatlar 

strategiyasi”  va  Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev 

tomonidan ilgari surilgan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini 

mazmunli  tashkil  etish  boʻyicha  muhim  5  ta  tashabbus    asosida  barcha  soha  va 

tarmoqlarda  ulkan  o‘zgarishlar  amalga  oshirilmoqda.  Bu  borada  jamiyat  hayotida 

ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, 

yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini 

yuksaltirishda,  ona  Vatani  va  xalqiga  muhabbat  va  sadoqat  tuyg‘usi  bilan 

yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda,  yoshlarimizning jismonan sog‘lom, 

ruhan  va  aqlan  rivojlangan,  mustaqil  fikrlaydigan,  Vatanga  sodiq,  qat’iy  hayotiy 

nuqtai  nazarga  ega  yoshlarni  tarbiyalash,  demokratik  islohotlarni  chuqurlashtirish 

va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  jarayonida  ularning  ijtimoiy  faolligini 

oshirishda falsafa fanining o‘rni beqiyos ahamiyatga egadir. 

 

I. 

O’quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni 

Falsafa  fanining  dolzarbligi  bugungi  globallashuv  davrida  ma’naviyat 

sohasida  vujudga  kelayotgan  dolzarb  muammolarni  hal  etish,  xalqimiz  ma’naviy 

me’rosini  asrash  va  yanada  yuksaltirish,  yoshlarning  falsafiy  tafakkurini 

shakllantirish, ongini turli zararli g‘oyalardan saqlash, ularni falsafiy bilimlar bilan 

qurollantirish zarurligi bilan belgilanadi.  

Ushbu  fan  barcha  bakalavriat  ta’lim  yo‘nalishlarida  o‘tilishi  belgilangan 

bo‘lib,  o‘zida  turli  davrlarning  ijtimoiy-siyosiy,  ma’naviy  qarashlarini 

mujassamlashtirib,  voqea  va  hodisalarning  mohiyatini  anglashni,  unga  munosabat 

bildirishni  shakllantiradi  hamda  analitik,  sintetik,  kreativ  tafakkurni  hosil  qiladi. 

Shuning  uchun  falsafa  fani  yosh  mutaxassislarni  tayyorlashda  muhim  ahamiyat 

kasb etadi. 



 

 

 

 

 



                      II.O’quv fanning maqsadi va vazifalari



 

Fanni  o‘qitishning  maqsadi  –  yoshlarni  zamonaviy  fan  yutuqlariga 

asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollantirish hamda ularda o‘z-o‘zini anglash va 

to‘g‘ri fikrlash mahorati, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.  

Fanning  vazifasi  –  tabiat,  jamiyat  va  inson  tafakkurining  rivojlanishiga  oid 

falsafiy  bilimlar,  qonunlar  va  kategoriyalar  mazmun-mohiyatini  bilish,  ularga 

nisbatan  shaxsiy  munosabatni  shakllantirish  orqali  insonning  hayotdagi  o‘rni  va 

ahamiyatini ochib berish. 

 

“Falsafa”  fanini  o’zlashtirish  jarayonida  amalga  oshiriladigan  masalalar 



doirasida talaba: 

–  falsafiy tafakkur xususiyati va qonuniyatlari, ularning jamiyat taraqqiyotiga 

ta’siri, 

–   mantiqiy,  etik,  estetik  madaniyatning  inson  hayot  tarzi  va  madaniyatini 

takomillashtirishdagi roli va ahamiyati,  

–  Sharq va G‘arb falsafasining yetakchi g‘oyalari, ilmiy va ma’naviy merosi, 

dunyoning  yagonaligi  qonuniyati  va  unda  koinot  hamda  inson  borlig‘ining 

aloqadorligi,  

–  kasbiy  faoliyatda  falsafaning  metodologik  ahamiyati,  global  jarayonlarda 

analitik  va  sintetik,  mantiqiy  tafakkurning  roli,  O‘zbekistonda  olib  borilayotgan 

islohotlarning mohiyati haqida

 tasavvurga ega bo‘lishi

–  fanning predmeti, nazariy-metodologik asoslari, manbalari va uning jamiyat 

taraqqiyotida tutgan o‘rni, Qadimgi va O‘rta asrlar Sharq va G‘arb falsafasi, Yangi 

va Eng davr falsafasining xususiyatlari, ta’limot va g‘oyalari, 

–   tabiat  va  jamiyatda  yuz  berayotgan  jarayonlar  falsafiy  qonuniyatlari, 

tafakkur  va  borliq,  substansiya  va  materiya  muammosi,  makon  va  vaqt,  tabiat 

falsafasi va ekologiyasi, energiya, inson borlig‘i,  

–  falsafa  metod,  qonun  va  kategoriyalari,  rivojlanish  va  taraqqiyot  falsafasi, 

haqiqatni anglashda nazariya va amaliyot birligi, bilish metodologiyasi,  

–  o‘zbek  milliy  falsafasini  va  bu  boradagi  buyuk  ajdodlarimizning  merosi, 

insonning  atrof  muhitga  bo‘lgan  munosabatini  tartibga  soluvchi  huquqiy  va 

axloqiy  me’yorlar,  globallashuv  jarayonlari  haqida  bilishi  va  ulardan  foydalana 

olishi; 

–  falsafani  o‘rganish  orqali  jamiyat  hayotidagi  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlar 

mohiyatini  tushunish,  ularga  falsafiy,  tizimli  tafakkur  nuqtai-nazaridan  baho 

berish,  

–  jamiyat  taraqqiyotiga  oid  axborotlarni  to‘plash,  saqlash  va  ulardan 

foydalanish,  mantiqiy  tahlil  etish,  o‘zining  kasbiy  faoliyatiga  oid  ma’lumotlarni 

analitik  va  sintetik  fikrlash  asosida  qabul  qilish,  mushohadaviy  tafakkurga 

asoslangan mustaqil qarorlar qabul qilish,  



 

–  yangi  bilimlarni  mustaqil  o‘zlashtira  olish,  takomillashtirish  va  o‘z 



mehnatini ilmiylik va bunyodkorlik asosida tizimli tashkil qilish,  

–  fikr  va  qarashlarini  og‘zaki  va  yozma  ravishda  adabiy  til  qoidalari  asosida 

konstruktiv, mantiqiy ifoda etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;. 

– insonning  inson,  jamiyat,  atrof  muhitga  bo’lgan  munosabatini  tartibga 

soluvchi huquqiy va ahloqiy me’yorlarni kasbiy faoliyatda joriy qilishi, 

–  axborotni  to’plash,  saqlash,  ularga  ishlov  berish  va  ulardan  foydalanish 

usullarini egallashi; o’zining kasbiy  faoliyatida asosli  mustaqil qarorlar qabul qila 

bilishi, 

–bakalavriatning  mos  yo’nalishi  bo’yicha  raqobatbardosh  umumkasbiy 

tayyorgarlikka ega bo’lishi,  

–yangi  bilimlarni  mustaqil  o’zlashtira  olishi,  takomillashtirishi  va  o’z 

mehnatini ilmiy asosda tashkil qila bilish

 malakalariga ega bo’lishi kerak. 

 

III.Fanni  o’qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalari  hamda  o’quv 

mashg’ulotlarini loyihalash 

Fanni o’qitishda interfaol, kommunikativ, pertseptiv yondashuvlardan 

maksimal  darajada  foydalanish,  o’quv  adabiyotlaridan  tashqari  autentik 

materiallar:  audio,  video,  jurnallar,  internet  manbalaridan    o’zlashtirilgan 

bilimlar majmuasini amaliyotda kuzatilayotgan dalil va hodisalarga bog’lay 

olish,  olingan  natijalarni  baholash,  tahlil  qilish  orqali  kasbiy  faoliyat  uchun 

zarur  bo’lgan  bilim,  malaka  va  kompetentsiyalarni    innovatsion  tafakkur 

layoqati negizida shakllantirishga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. 

Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  o’quv  mashg’ulotlarini  loyihalash 

jarayonida: 

- mezonni tanlash;  

- o’quv maqsadlarini toifalash; 

       - o’quv materiallarini modullashtirish;  

       - ularni o’rganish, tahlil qilish va qayta ishlash; 

      -  o’rganish  natijalarini  aniqlash  kabi  omillarga  qaratish  orqali  ta’lim 

oluvchida  nazariy  bilimlar  puxta  egallanishi  hamda  ularni  amaliyotda 

qo’llash ko’nikmasini shakllantirish, mustaqil ta’limni samarali tashkil etish 

talab etiladi. 



 

 

 

 

 

 

 

 



«Falsafa» fanidan 5230200-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha); 5232400 – 



Iqtisodiy xavfsizlik ta’lim yo‘nalishlarining 2 kurs III semestrida o’qitiladigan mavzular 

bo’yicha mashg’ulot turlariga ajratilgan soatlar hajmining taqsimoti 

 

 

t/r 



Fan mavzularining nomi  

Jami 

Shu jumladan 

Ma’ruza 

Seminar 

mashg’ulot 

Mustaqil 

ta`lim 

3-semestr 

1-modul. Falsafa 

1. 


Falsafa fanining predmeti, mazmuni 

va jamiyatdagi roli 





2. 


Falsafiy tafakkur taraqqiyoti 

bosqichlari: Sharq va G‘arb  falsafasi 





3. 


Borliq-falsafa kategoriyasi 



4. 



Bilish nazariyasi, yo‘nalishlari va 

asosiy muammolari  





5. 


Falsafaning metod, qonun va 

kategoriyalari 





6. 


Tarixiy jarayonda jamiyatning 

madaniy va ma’naviy qadriyatlari. 

Jamiyat va tarix falsafasi. 



7. 



Falsafiy antropologiya (Inson 

falsafasi) 





8. 


Globallashuv va global 

muammolarning falsafiy jihatlari 







2-modul. Mantiq

 

9. 


Mantiq ilmining predmeti, asosiy 

qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli 

sifatida 



10.  Mulohaza. Xulosa chiqarish 





11. 


Argumentlash va bilimlar 

taraqqiyotining mantiqiy shakllari 







3-modul. Etika

 

12. 


“Etika” fanining predmeti va jamiyat 

hayotidagi ahamiyati 





13. 


Nikoh va oilaning axloqiy asoslari, 

uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni 





14.  Axloqiy madaniyat va qadriyatlar 







4-modul. Estetika

 

15. 


Estetikaning predmeti, maqsadi va 

vazifalari 





16. 


Tabiat va texnogen sivilizatsiya 

estetikasi.  Estetikaning zamonaviy 

muammolari   





  



3-semestr bo`yicha jami 

128 

32 

32 

64 

 



ASOSIY QISM 



1-modul. Falsafa 

1.Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni 

 

1-Mavzu.

 

Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli 

 

Falsafa  atamasining  kelib  chiqishi.  Falsafa  shakllanishining  asosiy 



bosqichlari.  Dunyoqarashning  tuzilishi.  Dunyoqarashning  tarixiy  shakllari.  Mif  - 

dastlabki  dunyoqarash  shakli.  Mifologik  va  diniy  dunyoqarashning  o‘zaro  aloqasi 

va  farqi.  Diniy  dunyoqarashning  shakllanishi  va  mohiyati.  Dunyoni  idrok  etishda 

falsafiy  dunyoqarashning  o‘ziga  xos  roli.  Fan-ilmiy  dunyoqarash  shakli.  Fanning 

funksiyalari  va  taraqqiyotining  asosiy  bosqichlari.  Falsafa  va  fanning  o‘zaro 

mutanosibligi  va  farqi.  Falsafa fanining  predmeti, funksiyalari. Falsafada  milliylik 

va  umuminsoniylik.  Hozirgi  davrda  milliy  falsafani  rivojlantirish  muammolari, 

uning xalqaro aloqalarni tashkil etishdagi ahamiyati. 

 

2-Mavzu.  Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq va G‘arb  falsafasi

 

Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi. 



Misr  va  Bobil  falsafiy  maktablari.  Qadimgi  Hindistonda  falsafiy  maktablar. 

Markaziy  Osiyoda  “Avesto”  ta’limotidagi  falsafiy  fikrlar.  Konfutsiy  va  Lao  Szi 

ta’limoti.  Islom  dinining  vujudga  kelishi  va  falsafiy  ta’limoti.  Ilk  o‘rta  asr  Sharq 

falsafasi va uyg‘onish davri. Sharq panteizmi va peripatetizmi Sharq mutafakkirlari 

(Abu  Rayhon  Beruniy,  Abu  Nasr  Forobiy,  Ibn  Sino)ning  ijtimoiy-siyosiy, 

ma’naviy-axloqiy  ta’limotlari.  Ilk  o‘rta  asrda  tasavvuf  va  islom  ilohiyotshunoslik 

ta’limotlari.  Ularning  dunyoqarash  mazmuni.  Temuriylar  sulolasi  davri. 

Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodida gumanizm g‘oyalari. XIX asr oxiri 

va  XX  asr  boshlarida  Markaziy  Osiyoda  ilg‘or  falsafiy,  ijtimoiy–siyosiy  fikrlar. 

Sharq  istilosi  bilan  bog‘liq  uyg‘onish  harakatlari:  osiyosentrizm,  panturkizm, 

panislomizm,  ma’rifatparvarlik  va  jadidchilik  ta’limotlari.  XX-XXI  asr  o‘zbek 

falsafasi. Qadimgi Yunon-Rim falsafiy maktabi. Milet maktabi, uning Misr-Bobil, 

Hind  falsafasi  ildizlari  bilan  bog‘liqligi.  Suqrotgacha  bo‘lgan  falsafiy  tizim  va 

Suqrot  maktablari.  Antik  falsafada  Demokrit,  Geraklit,  Aflotun  va  Arastu 

ta’limotlari.  Ellinizm  davri  falsafasi.  Xristianlik  va  Avreliy  Avgustin  falsafiy 

ta’limotining vujudga kelishi. Ilk o‘rta asr G‘arb falsafasi rivojlanishining umumiy 

belgilari.  Ilk  o‘rta  asrlar  falsafiy  tafakkur  rivojida  appologetika  va  patristika, 

sxolastika.  Nominalizm  va  realizm.  Foma  Akvinskiy  ta’limoti.  G‘arb  Uyg‘onish 

davri  va  falsafiy  tafakkurning  rivojlanish  xususiyatlari.  Yangi  va  eng  yangi  davr 

falsafasining  ustuvor  yo‘nalishlari.  Yangi  davr  G‘arb  falsafasidagi  asosiy 

muammolar.  XVIII  asr  Evropa  falsafasining  ma’rifiy  xususiyatlari.  XX-XXI  asr 


 

G‘arb  falsafasining  oqimlari.  XX-XXI  asr  G‘arb  faylasuflari  ijodida  fan 



falsafasining rivoji. 

3-Mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi 

Borliq  tushunchasining  tahlili.  Falsafa  tarixida  borliq  muammosi.  Borliq  va 

yo‘qlik dialektikasi. Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig‘i va ma’naviy borliq, 

ijtimoiy  borliq  va  inson  borlig‘i.  Virtual  borliq  tushunchasi.  Energiya  -  borliq 

shakli.  Olamning  birligi,  chekliligi  va  cheksizligi.  Substansiya  va  substrat 

tushunchasilari. Materiya tushunchasi  va  uning  tashkillashuv darajalari. Olamning 

paydo  bo‘lishi  va  evolyusiyasi.  In’ikos  nazariyasi  va  uning  darajalari,  shakllari. 

Moddiy  ob’ekt  tizim  sifatida.  Harakat  -  materiyaning  yashash  sharti.  Abadiy 

harakat,  o‘zgarish  va  harakatsizlikning  o‘zaro  nisbati.  Harakatning  tiplari  va 

shakllari.  Makon  va  vaqt  -  borliqning  fundamental  shakllari.  Falsafa  tarixida 

makon  va  vaqtga  substansional  va  relyasion  yondashuvlar.  Ijtimoiy  makon  va 

ijtimoiy vaqtda tarix vaqti va davr ruhining mutanosibligi.  

 

 

4-Mavzu. Bilish nazariyasi,  yo‘nalishlari va asosiy muammolari 



Bilish  nazariyasining  predmeti  va  o‘ziga  xos  xususiyatlari.  Gnoseologiya 

(epistemologiya)ning  mazmuni  va  mohiyati.  Bilishning  asosiy  turlari  va  shakllari. 

Noilmiy  bilish  shakllari.  Hissiy,  empirik,  nazariy,  mantiqiy  va  intuitiv  bilish 

darajalari,  ularning  o‘ziga  xosligi  va  aloqadorligi.  Ong-tafakkur  va  borliqning 

birligi.  Tafakkur  uslubining  asosiy  jihatlari.  Bilishda  haqiqat  va  amaliyot 

uyg‘unligi.  Haqiqatning  asosiy  shakllari  va  konsepsiyalari.  Haqiqatni  anglashda 

isbotlash va rad etish emotsiya, ideal, iroda, ishonch va shubhaning roli.  Falsafada 

metod va metodologiya, metodika tushunchalari. Hozirgi zamon metodologiyasi. 



 

5-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari 

Falsafa  tarixida  rivojlanish  haqidagi  qarashlar  evolyutsiyasi.  Rivojlanish 

konsepsiyalari.  Barqarorlik  va  beqarorlik  nisbati.  Rivojlanishning  tiplari.  Ochiq 

tizimlarning  evolyutsiyasi.  Qonun  tushunchasi.  Qonunlarning  turlari.  Bazis  va 

lokal  qonunlar.  Falsafaning  asosiy  qonunlari.  Qarama-qarshilik  birligi  va  kurashi 

qonuni.  Miqdor  va  sifat  o‘zgarishlari  dialektikasi.  Inkorni-inkor  qonuni  va 

vorisiylik.  Kategoriya  tushunchasi  va  ularning  turlari.  Fan  va  falsafa 

kategoriyalarining tasnifi. Ontologik va munosabatdosh kategoriyalar. 

 

6-Mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadriyatlari. 

Jamiyat va tarix falsafasi 

Tarix  falsafasining  tuzilishi  va  funksiyalari.  Tarixga  formatsion  va 

sivilizatsion  yondashuvlar.  Tarixda  shaxsning  roli.  Jamiyat  rivojlanuvchi  tizim 


 

sifatida.  Jamiyatning  siyosiy  hayotida  davlatning  o‘rni  va  roli.  Demokratik  davlat 



va fuqarolik jamiyatida nodavlat tashkilotlarning tutgan o‘rni. 

 

Sivilizatsiya  tushunchasining  tahlili  va  turli  yondashuvlar  tasnifi. 



Sivilizatsiya  rivojining  asosiy  bosqichlari.  “Madaniyat”  tushunchasi,  uning 

mohiyati, strukturasi va funksiyalari Sharq va G‘arb madaniyatlarining o‘zaro bir-

biriga  ta’siri.  Qadriyat  tushunchasining  tavsifi  va  mohiyati.  Moddiy  va  ma’naviy 

qadriyatlarning o‘zaro aloqador. Ehtiyojlar va qadriyatlar  mutanosibligi. Qadrlilik 

va qadrsizlanish, ularning ijtimoiy xarakteri.  

 

7-Mavzu. Falsafiy antropologiya (Inson falsafasi) 

Inson  borlig‘ining  o‘ziga  xos  xususiyatlari.  Ongning  tabiati,  strukturasi  va 

funksiyalari.  Sharq  va  G‘arb  falsafasida  inson  muammosi.  Falsafiy 

antropologiyaning  paydo  bo‘lishi  va  rivojlanishi,  predmeti  va  vazifalari.  Insonga 

introvertiv  va  ekstrovertiv  yondashuvlar,  biologizatorlik  va  sotsiologizatorlik 

konsepsiyalari. Hayotning mazmuni va unda insonning vazifasi. Hayotni tark etish 

bosqichlari.  Suitsid  va  parasuitsidning  oldini  olishda  tarbiyaning  roli.  Inson 

borlig‘ida  faoliyatining  tuzilishi  va  atributlari.  Inson  faoliyatini  tartibga  solish 

mexanizmlari  va  uning  ahamiyati.  Faoliyatni  tashkil  qilishda  huquq  va  axloq 

uyg‘unligi. 



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling