Toshkent moliya instituti


Download 5.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana29.07.2017
Hajmi5.16 Kb.
#12286
  1   2   3   4   5   6   7   8

 
 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 
TA`LIM VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
                                                                                                  Qo’lyozma huquqida 
                                                                                                   UDK: 336(330.3) 
 
 
XIDIROV NODIR G’IYOSALIYEVICH 
 
 
SANOAT KORXONALARIDA INVESTITSIYA FAOLIYATINI 
MOLIYALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH 
 
 
 
5A230603 – Investitsiyalarni boshqarish (tarmoqlar va 
 sohalar bo’yicha) 
 
Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan 
 
DISSERTATSIYA 
 
 
Ilmiy rahbar:  K.Ahmedov 
                                    
 
 
TOSHKENT-2013
 
 

 
 

 
MUNDARIJA 
 Kirish………………………………………………………….. 


bob Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning nazariy-
huquqiy asoslari……………………………………………….

1.1. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida o’zbekistondagi 
investitsiya siyosati va muhiti…………………………………. 

1.2. 
Sanoat korxonalari investitsiya faoliyatining o’ziga xos 
xususiyatlari va ahamiyati……………………………………...  18 
1.3. 
Sanoat korxonalarida investitsion faoliyatni boshqarish va 
tartibga solishning huquqiy asoslari……………………………  28 
 
I bob bo’yicha xulosa………………………………………….. 38 
II 
bob Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat 
korxonalarida investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning 
amaldagi holati tahlili………………………………………...  40 
2.1. 
Sanoat tarmog’ining iqtisodiy mohiyati va uning O’zbekiston 
iqtisodiyotida tutgan o’rni……………………………………...  40 
2.2. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat 
korxonalarida investitsion faoliyatini moliyalashtirish holati 
tahlili……………………………………………………………
49 
2.3. 
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi  korxonalar faoliyati tahlili
62 
 
II bob bo’yicha xulosa…………………………………………  72 
III bob.  Sanoat 
korxonalarida investitsion faoliyatni 
moliyalashtirishning takomillashtirish masalalari………….
75 
3.1. 
Sanoat korxonalarida investitsion faoliyatni moliyalashtirishni 
takomillashtirish yo’nalishlari………………………………….
75 
3.2. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat 
korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishga xorijiy 
investitsiyalarni jalb etishni takomillashtirish………………….
82 
 
III bob bo’yicha xulosa………………………………………..  90 
 Xulosa………………………………………………………… 
90 
 Ilovalar………………………………………………………...  95 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………….  98 
 
 
 
 

 
 

Kirish 
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.  Hozirgi 
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsion faoliyat iqtisodiy 
faoliyatning muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Har bir mamlakatning 
rivojlanish darajasi, ya’ni iqtisodiyotning rivojlanishi va iqtisodiy o’sishi ko’p 
jihatdan mamlakatdagi investitsion jarayonlarga bog’liq. Bizga ma’lumki, 
mamlakatdagi investitsion jarayonlar investitsion siyosat orqali amalga 
oshiriladi va tartibga solinadi. Investitsion siyosat mamlakatning investitsion 
salohiyatini oshirishga va investitsion faoliyatni kengayishiga yordam beradi. 
Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, O’zbekistonda mustaqillikning 
dastlabki yillaridanoq investitsiya faoliyatini rivojlantirishga katta e’tibor 
berildi. Chunki, bizning mamalakatda ham iqtisodiy rivojlanishga samarali 
investitsiya faoliyatisiz erishib bo’lmaydi. 
Darhaqiqat, bugun O’zbekiston mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish 
va modernizatsiyalash, ayniqsa, xususiy sektorni rivojlantirar ekan, investitsion 
faoliyatni jadallashtirishdagi xalqaro tajribalarga suyanmog’i lozim. Binobarin, 
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil va nufuzli tarzda kirib 
borayotganligi mamlakatning iqtisodiy-siyosiy sohalaridagi imkoniyatlaridan 
to’liq foydalanishni talab qilishi tabiiydir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Barchamiz bir oddiy haqiqatni yaxshi anglab 
olishimiz darkor – investitsiyalarsiz modernizatsiya ham, yangilanish ham 
bo’lmaydi”
1

Iqtisodiyotni texnik–iqtisodiy modernizatsiyalash va kerak bo’lsa tubdan 
yangilash, xalq xo’jaligining ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, bozor 
iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, ya`ni tashqi va ichki bozordagi 
talablarga javob beradigan raqobatbordosh tovarlar va hizmatlarni ko’paytirish 
hamda yangilarini yaratish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri 
hisoblanadi. 
                                                            
1
 Karimov I.A. Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. - T.: 
“O’zbekiston”, 2010. 
 
 

 
 

                                                           
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yurtimizga zamonaviy 
texnologiyalar olib kelib, sanoat ishlab chiqarishini yangilash va 
modernizatsiyalash jarayonlarini olib borishni investitsiya faoliyatisiz tasavvur 
etib bo’lmaydi.   
Bu ishlarni amalga oshirish bo’yicha hukumatimiz tomonidan katta amaliy 
ishlar olib borilmoqda. Shu kabi qator tadbirlarni amalga oshirish o’z navbatida 
katta miqdorda moddiy, moliyaviy, intellektual investitsiyalar manbalarini 
izlash, shakllantirish va umuman, O’zbekiston uchun yangi va qulay bo’lgan 
investitsiyaviy faoliyatni samarali yo’lga qo’yish hamda uni yanada 
rivojlantirishni taqozo etadi. Davlatimiz hozirgi sharoitda ushbu jarayonni 
rivojlantirishga qaratilgan qator muhim chora-tadbirlarni muntazam amalga 
oshirib kelmoqda, xususan, investitsiya faoliyatini huquqiy asoslari ishlab 
chiqildi. Xorijdan jalb qilinadigan investorlar uchun turli kafolatlar beruvchi 
qonun va me`yoriy hujjatlar yaratildi. Shuningdek ular mamlakat iqtisodiyoti 
rivojlana borishi bilan takomillashtirilib borilmoqda. 
Ana shularni hisobga olgan holda “Yaqin besh yilda jalb etiladigan kapital 
qo’yilmalar hajmi 2,2 marta, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar miqdori 2 
marta o’sishi ko’zda tutilmoqda. Bu mablag’lar iqtisodiyotimizda jiddiy tarkibiy 
o’zgarishlarni amalga oshirish, yetakchi sanoat tarmoqlarini modernizatsiya 
qilish, avvalo, energetika, neft-gaz sohasi… bo’yicha keng miqyosdagi 
loyihalarni amalga oshirishga yo’naltiriladi”.
2
 Bunday sharoitda sanoat 
korxonalari investitsion faoliyatini moliyalashtirish bilan bog’liq masalalarni 
ijobiy hal qilish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Mustaqillik davrida investitsiya faoliyatini moliyalashtirish bilan bog’liq 
muammolarni hal etishda juda ko’p ishlar qilinganiga qaramay, ularni uzil-kesil 
nihoyasiga yetgan deb bo’lmaydi. Bu narsa O’zbekiston iqtisodiyotining sanoat 
tarmoqlarida ayniqsa ko’zga tashlanadi.  Mazkur muammolar qatoriga 
investitsion faoliyatni moliyashtirish manbalari, tarkibi, moliyalashtirish 
 
2
 O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining mustaqillik yillaridagi (1990-2010-yillar) asosiy 
tendensiya va ko’rsatkichlari: hamda 2011-2015-yillarga mo’ljallangan prognozlari: Statistik to’plam. –T.: 
“O’zbekiston”, 2011.
 
 

 
 

manbalarining diversifikatsiyalash darajasi va sanoat korxonalari investitsion 
faoliyatini amalga oshirish uchun sarflangan mablag’larning samaradorligini 
oshirishni kiritish mumkin. Bu esa mavzuning dolzarbligini ko’rsatib beradi. 
Tadqiqotning ob`ekti va predmetining belgilanishi. Tadqiqot ob’ekti 
qilib, O’zbekiston Respublikasining sanoat korxonalarining investitsion faoliyati 
tanlab olindi. 
Tadqiqot predmeti bo’lib, O’zbekiston Respublikasining sanoat 
korxonalarida investitsiya faoliyatini amalga oshirish va moliyalashtirishga 
qaratilgan  iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. 
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Sanoat tarmog’ida faoliyat ko’rsatyotgan 
korxonalarni investitsion faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish 
bo’yicha ilmiy taklif va xulosalar ishlab chiqish tadqiqotning maqsadi 
hisoblanadi.  
Tadqiqotning  asosiy vazifalari etib quydagilar belgilab olingan: 

 
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekistondagi investitsiya 
siyosati va muhitini o’rganish; 

 
sanoat korxonalari investitsiya faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari va 
ahamiyatni aniqlash; 

 
sanoat korxonalarida investitsion faoliyatni boshqarish va tartibga 
solishning huquqiy asoslari bilan tanishish; 

 
sanoat tarmog’ining iqtisodiy mohiyati va uning O’zbekiston 
iqtisodiyotida tutgan o’rnini aniqlash; 

 
sanoat korxonalarida investitsion faoliyatni moliyalashtirish va amalga 
oshirishning amaldagi holatni tahlil qilish

 
chet el investitsiyalari ishtirokidagi  korxonalar faoliyatini tahlil qilish; 

 
sanoat korxonalarida investitsion faoliyatini moliyalashtirishni 
takomillashtirishning asosiy yo’nalishlarini aniqlash; 

 
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalarini 
investitsiya faoliyatini moliyalashtirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni 
 

 
 

takomillashtirish yo’nalishlarini belgilash; 

 
tadqiqot natijalaridan kelib chiqib tegishli taklif va xulosalarni berish. 
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Tadqiqot ishida ishlab 
chiqilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotda qo’llanishi sanoat korxonalarida 
investitsiya faoliyatini rivojlantirish va moliyalashtirishni takomillashtirishga 
hizmat qiladi.  Bu esa, o’z navbatida, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, uning 
raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. 
Mavzu bo’yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Hozirgi kunda 
investitsiyalar va investitsion faoliyatning umumiqtisodiy, shu jumladan 
 
moliyaviy  va iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish muammolari yechimiga 
qaratilgan ishlar qatoriga quyidagi olimlarni: rus olimlari S.Abramov, 
V.Zolotogorov, V.Kovalev, D.Morozov, V.Cherkasov, I.Balabanov, 
E.Mihaylova, V.Adrianova, E.Xazanovich, ingliz olimlari U.Sharp, J.Robert, 
A.Granberg, A.Martens va boshqalarning ilmiy ishlarini keltirish mumkin. 
O’zbekistonda invetitsiyalar va investitsiya faoliyatini moliyalashtirishga 
bag’ishlangan masalalar I.Karimov asarlarida, shuningdek, A.Vahobov, 
Y.Abdullaev, M.Angelidi, M.Sharifxo’jaev, D.G’ozibekov, N.Karimov, 
H.Jamolov,  N.Haydarov,  F.Dodiev, N.Qo’ziyeva, O.Sobirov, G’.Sxomiyev, 
Q.Xoshimov, A.Siddiqov, E.Nosirov, D.Xo’jamqulov va boshqalarning ilmiy 
ishlarida yoritilgan. 
Tadqiqotda qo’llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. Dissertatsiyada 
ilmiy bilish, taqqoslash, iqtisodiy-statistik tahlil, kuzatish va qiyosiy tahlil 
usullaridan foydalanildi. 
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Ilmiy tadqiqot ishining 
nazariy ahamiyati iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida respublikada 
sanoat korxonalarini investitsion faoliyatini moliyalashtirish takomillashtirish 
nazariyasi orqali iqtisodiyotni real sektorini rivojlanishiga o’z hissasini qo’shish. 
Tadqiqot natijalaridan O’zbekiston Respublikasi sanoat korxonalarining 
investitsion faoliyatini moliyalashtirishning asosiy yo’nalishlarini belgilash, 
 

 
 

Respublika investitsiya siyosatini amalga oshirish, sanoat korxonalarini 
investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirishning asosini va amaliy 
jihatlarini batafsil tadqiq etishga bag’ishlangan ilmiy tadqiqot ishlarida 
foydalanish mumkin. 
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi bo’lib 
quyidagilar hisoblanadi: 

 
sanoat korxonalari investitsiya faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari va 
ahamiyatni aniqlangan; 

 
sanoat korxonalarida investitsion faoliyatni moliyalashtirishni 
takomillashtirish yo’nalishlari ishlab chiqilgan; 

 
sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini samaradorligini oshirish 
bo’yicha takliflar ishlab chiqilgan; 

 
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalarini 
investitsiya faoliyatini moliyalashtirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni 
takomillashtirish bo’yicha ishlar olib borilgan. 
Dissetatsiyaning tarkibiy tuzilishi. Dissertatsiya ishi tarkibiy jihatdan 
kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 
Dissertatsiya matni  105 sahifadan iborat bo’lib, 13 ta jadval va 14 ta rasm, 4 
formula, 3 ta ilova va 81 ta adabiyotni o’z ichiga oladi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 

 
I BOB.     INVESTITSIYA FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISHNING 
NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI 
1.1.
 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekistondagi 
investitsiya siyosati va muhiti 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli 
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar tobora chuqurlashib, milliy iqtisodiyotning turli 
soha hamda tarmoqlarida tub o’zgarishlar sodir  bo’lmoqda. Bu makroiqtisodiy 
barqarorlik, barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari va aholi turmush darajasining 
oshishida yaqqol nomoyon bo’lmoqda. 
 Bunday ijobiy o’zgarishlarda investitsiyalarning ahamiyati kattadir. 2013-
yilga mo’jallangan Davlat investitsiya dasturini amalga oshirishda O’zbekiston 
iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritish, avvalo, ichki manbalarni safarbar etish 
hisobidan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, 
texnik va texnologik qayta jihozlash, transport va aloqa sohasini yanada 
rivojlantirish hamda ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini barpo etish hal qiluvchi 
ustuvor yo’nalishga aylandi. 
Ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy 
jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi 
chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon ishlab chiqarishni 
modernizatsiyalash deyiladi. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy 
yo’nalish va vositalari quyidagilar hisoblanadi: 

 
korxonalarda eskirgan asbob-uskunalardan voz kechish; 

 
ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; 

 
mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga inovatsion texnologiyalarni 
joriy etish; 

 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini ko’paytirish; 

 
ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash; 

 
ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar. 
 

 
 

                                                           
Mamlakatizmizda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining hozirgi 
bosqichida investitsiya siyosati iqtisodiyotdagi barqarorlik, tarkibiy va sifat 
o’zgarishlarini belgilovchi muhim omil bo’lmoqda. Doimiy olib borilayotgan 
investitsiya siyosati yurtimizda xorijiy va mahalliy investorlar uchun har 
tomonlama qulay investitsiya muhitini yaratish imkonini yaratmoqda. 
So’nggi yillarda iqtisodiyotimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan 
tuzilmaviy o’zgarishlar va modernizatsiyalash jarayoni investitsion faollikni 
ham o’sishini ta`minladi. Buni isboti tariqasida, birgina “O’tgan yilda 
iqtisodiyotimizga 11 milliard 700 million AQSH dollar miqdorida ichki va 
xorijiy investitsiyalar jalb etildi yoki bu boradagi ko’rsatkich 2011-yilga 
nisbatan 14 foizga o’sdi. Jami investitsiyalarning 22 foizdan yoki 2 milliard 500 
million AQSH dollardan ortig’ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi, ularning 79 
foizdan ko’prog’i to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalardir. 
        E'tiborga  sazovor  tomoni  shuki, jami investitsiyalarning qariyb 74 foizi 
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilashga qaratilgan dastur va 
loyihalarni amalga oshirishga yo’naltirildi”
3
. 
Bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bu investitsiyalarni 
moliyalashtirish sohasida davlatimizda muammolarning mavjudligi. Ushbu 
muammolarni yechishda O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan bir 
qator amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqilmoqda.  
Buning natijasida investitsiyalar moliyaviy manbalari tarkibiy tuzilishida 
ham sezilarli o’zgarishlar ro’y bermoqda (1-jadval). Jadval ma`lumotlari 
bo’yicha investitsiyalashning moliyaviy manbalari tarkibida davlat budjetining 
ulushi 2006-yildagi 10,4 foizdan 2011-yilda 6,4 foizga, korxonalar va aholi 
mablag’lari ulushi tegishli ravishda 60,2 foizdan 50,2 foizga qadar pasaygan. 
Chet el investitsiyalarining ulushi esa, shu davrda 18,4 foizdan 25,1 foizgacha 
oshgan. 
 
3
 Karimov I.A.: “Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom 
ettirish”. “Xalq so’zi” gazetasi 2013-yil, 19-yanvar soni.
 
 

 
 
10 
Ushbu raqamlar milliy iqtisodiyotimizda yuz berayotgan tarkibiy 
o’zgarishlarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarning qanchalik muhim 
ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Investitsiya muhiti sarmoyani 
samarali qo’yish uchun yangi imkoniyatlar va rag’batlarni shakllantiradi. 
Boshqacha qilib aytganda, qulay investitsiya muhiti yaratilishi korxonalar uchun 
daromadlar o’sishi va xarajatlar hamda risklar kamayishini ta`minlaydi. 
Natijada, qulay investitsiya muhiti yaratilishi tufayli mehnat unumdorligining 
o’sishi, innovatsiyalarni tatbiq qilish, sifat va mahsulot raqobatbardoshligi, aholi 
bandligini ko’tarish, turli darajadagi budjetga soliq to’lovlarini oshirish 
ta`minlanadi. Har tomonlama qulay investitsiya muhiti korxonalar faoliyat 
samaradorligiga ta`sir etadi, bu esa investitsiyalashga xos bo’lgan daromadlar va 
kapitalning o’sishiga olib keladi. 
1-jadval 
O’zbekiston Respublikasida investitsiyalarni moliyalashtirish  
manbalarining dinamikasi (%da)
4
 
Moliyalashtirish 
manbalari 
2006 2007 2008 2009 2010 2011 
2011-yilda 2006-
yilga nisbatan 
o’zgarishi, foiz 
hisobida. 
Jami 100,0 
100,

100,

100,

100,

100,

100,0 
Davlat budjeti 
10,4 
8,0 
8,5 
8,1 
7,8 
6,0 
-4,4 
Budjetdan tashqari 
fondlar 
6,8 5,8 6,2 7,4 7,0 7,6 
0,8 
Xorijiy 
investitsiya va 
kreditlar 
18,4 24,5 30,0 32,4 28,8 25,1 
6,7 
Korxona va aholi 
mablag’lari 
60,2 56,6 49,9 46,9 47,3 50,2 
-10,0 
Banklar kreditlari 
va boshqa jalb 
qilingan 
mablag’lar 
4,1 5,1 5,4 5,2 9,1 11,1 
6,0 
                                                            
4
 
O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi ma’lumotlari asosida hisoblangan. 
 
 

 
 
11 
 
Investitsiya muhiti – murakkab, keng qamrovli tushuncha hisoblanadi. 
Uning murakkabligi shundan iboratki, investitsiya muhiti mamlakat yoki 
hududda investitsiya faoliyatini amalga oshirishga asos bo’ladigan shart-
sharoitlarni yuzaga keltiruvchi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy xarakterdagi omillar 
bilan bog’liq holda shakllanadi. Mamlakat investitsiya muhitini hududiy, 
mahalliy korxonalar, tarmoq va sektorlar investitsiya muhitiga ajratish mumkin. 
Shu bilan birga, “mamlakat investitsiya muhiti” bu tushunchalar ichida eng 
asosiysi hisoblanadi.  
Investitsion muhit deganda, mamlakatning ma'lum bir hududiga 
kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini ta'minlashga 
qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. 
Investitsion muhit holati yaratilgan huquqiy baza va uning asoslari, qonun 
hujjatlarining sifatli tuzilishi va ularga rioya qilinishiga bo’liq. 
Har tomonlama qulay investitsiya muhiti biznes tuzilmalarning faoliyati 
samaradorligiga ta’sir etadi, bu esa, investitsiylashga xos bo’lgan daromadlar va 
kapitalning o’shishiga olib keladi. 
Investitsiya muhiti investorlarning mamlakatga va davlatning iqtisodiyotiga 
nisbatan harakatlariga ishonchini oshiradi, uzoq muddatli investitsiyalashga yo’l 
ochadi. 
Mamlakatda investitsiya muhitiga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. 
Omillar ko’lami xilma-xil va rang-barangdir. Ammo asosiylari bo’lib 
quyidagilar hisoblanadi: 
  birinchisi,  alohida mamlakatdagi siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlik. 
Mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab, mamlakatimizda 
Prezidentimiz I. Karimov rahnamoligida siyosiy va makroiqtisodiy 
barqarorlikka katta e`tibor berib kelinmoqda. Siyosiy barqarorlikni belgilovchi 
asosiy ko’rsatkichlardan biri, bu mamlakatda ko’p partiyaviylikning mavjudligi 
va ularning o’z dasturlari asosida mustaqil faoliyat yuritishi hisoblanadi. 
 

 
 
12 
Satistik raqamlarga e’tibor qaratadigan bo’lsak, investitsiyalarni jalb qilish 
sur’ati yildan-yilga doimiy o’sish sur`atiga ega bo’lmoqda. Bunga amin bo’lmoq 
uchun quyidagi 1-rasm ma`lumotlariga e`tibor qaratamiz.  
Rasm ma`lumotlariga tayanib aytadigan bo’lsak, bizning milliy 
iqtisodiyotga jalb etilyotgan investitsiyalar hajmi yildan-yilga o’sib bormoqda.  
2012-yilda investitsiyalar hajmi 2011-yilga nisbatan 14 % ga o’sgan. 
ikkinchisi,  iste`molchi bozorlarga nisbatan qulay geografik joylashuvi va 
optimal transport koridorlarining mavjudligi. Mazkur omil ham mavjud omillar 
ichida markaziy bo’g’inida turadi. Chunki,  barchaga ma`lumki, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan davlatlarda mahsulotlarni ishlab 
chiqarish yoki ishlarni bajarish qiyin tadbir emas, biroq ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarni ortiqcha xarajatlarsiz iste’molchiga yetkazib berish va o’z vaqtida 
hamda to’liqligicha  realizatsiya qilish eng og’ir tadbirlardan biri hisoblanadi. 
Odatda, iste`molchi bozorlarga qulay geografik joylashgan davlatlar okean va 
dengiz bandargohlariga tutash bo’ladi. Bizda bunda imkoniyat chegaralangan, 
albatta. Lekin olib borilayotgan odilona va oqilona investitsion siyosat zamirida 
mamlakatimizning  Navoiy viloyati va Angeren shahrida Erkin industirial 
iqtisodiy zonani tashkil etilishi va bu orqali xorijiy iste`molchi bozorlarga 
chiqishning qulay yo’li tashkil etildi.  
 
 

 
 
13 
                                                           

Download 5.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling