Toshkent pedyatiriya tibbiyot instituti 203-di hamraev shohruh


Download 137 Kb.
Sana04.11.2020
Hajmi137 Kb.
#140404
Bog'liq
TOSHKENT PEDYATIRIYA TIBBIYOT INSTITUTI 2

TOSHKENT PEDYATIRIYA TIBBIYOT INSTITUTI

203-DI

HAMRAEV SHOHRUH

MAVZU: JIGAR BIOKIMYOSI

BIOKIMYO

  • /jigar — hazm bezi. Odam va hayvonlarda ovqatning hazm boʻlishi va soʻrilishida qatnashadi, yogʻ va uglevodlarni zaxiraga yigʻadi. Xordali hayvonlar va odamda J. — murakkab, xayot uchun muhim aʼzo. Baliq va amfibiyalarda J. sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilardagiga nisbatan kattaroq; yirtqich hayvonlarda oʻtxoʻr hayvonlarnikiga nisbatan katta. J. shakli hayvonning gavda tuzilishiga bogʻliq.
  • Odamda J. — organizmdagi eng katta bez (vazni 1200—2200 g). Qorin boʻshligʻida, diafragmaning tagida, oʻng qovurgʻalar va qisman chap qovurgʻalar ostida yotadi. Rangi qizgʻish-qoʻngʻir, kattaroq oʻng boʻlagi bilan kichikroq chap boʻlagi bor. Oʻrta qismining pastki yuzasidagi koʻndalang chuqurcha J. darvozasi yoki qopqasi deb ataladi. Shu joydan J.ga arteriya, darvoza venasi, nervlar kiradi va J.ning oʻt yoʻli, jigar venasi chiqadi. Bu oʻt yoʻli oʻt pufagidan chiqqan yoʻlga qoʻshilib, oʻn ikki barmoq ichakka quyiladigan umumiy oʻt yoʻlini hosil qiladi.
  • J. organizmning markaziy biokimyoviy lab.si boʻlib, turli-tuman funksiyalarni bajaradi; J. boʻlmasa, odam, hayvon yashay olmaydi. J. bir sutkada 600—700 g oʻt (safro) ishlab chiqarib, ovqat hazm boʻlishida va oziq moddalarning ichakdan qonga soʻrilishida muhim rol oʻynaydi; oqsillar, yogʻlar va uglevodlar almashinuvida qatnashadi; bundan tashqari, moddalar almashinuvida hosil boʻladigan yoki tashqaridan kirgan zaharli moddalarni zararsizlantirib, himoya funksiyasini bajaradi. J.ning maxsus yulduzsimon hujayralari fagotsitozga va anti-telolar hosil qilishga qodir. J. qonni yigʻib tura oladi. J. embrional rivojlanishda qon elementlari va gemoglobin hosil qilishda ham ishtirok etadi. Organizmdagi jami qonning 1/5 qismi J. tomirlariga sigʻishi mumkin. Qondagi ortiqcha suv qisman J.da ajralib chiqib, oʻt va limfa hosil boʻlishiga ketadi. J. oʻtni uzluksiz ishlab, oʻzining oʻt yoʻli orqali chiqaradi; oʻn ikki barmoq ichakka oʻt kirishi ovqatlanish vaqtida boshlanib, meʼda ovqatdan boʻshamaguncha davom etadi. Boshqa vaqtda esa umumiy oʻt yoʻlining halqasimon muskuli (sfinkteri) qisqarib, shu yoʻlning teshigini berkitib turadi. J.da hosil boʻladigan oʻt pufagiga kirgach, quyulib qorayadi, chunki undagi suv va qisman boshqa baʼzi moddalar oʻt pufagi devoridan qonga oʻtadi.
  • Hazm sistemasidan qonga oʻtgan hamma moddalar J.ga kelib, qisman murakkab moddalar tuzilishiga sarf boʻladi, qisman esa parchalanadi. Mac, qon bilan kelgan amino kislotalardan qon oqsillari (albuminlar, globulinlar va boshqalar) hosil boʻladi, bir qancha moddalar (fruktoza, galaktoza, laktoza, glitserin)dan J.da glyukoza sintezlanadi, bundan esa glikogen vujudga keladi. Glikogen J. hujayralarida zaxirada turadi va organizm koʻproq energiya sarflayotgan vaqtda glyukozaga aylanib, qonga oʻtadi.
  • J. pigmentlar almashinuvida qatnashadi; unda gemoglobin yemiriladi va bilirubin hosil boʻlib, eriydigan holga keladi. J.da yogʻsimon moddalar (lipoidlar) ishlanib chiqadi va qon bilan boshqa aʼzo, toʻqimalarga borib, moddalar almashinuvida. qatnashadi. J.da xolesterin, protrombin va geparin ham sintezlanadi.
  • Qon bilan J.ga keladigan moddalardan baʼzilari organizmga zararli boʻlishi mumkin. Shu moddalarni zararsizlantirish, qisman esa oʻt bilan chiqarib yuborish J.ning vazifasidir. Mac, qoʻrgʻoshin, mishyak va boshqa zaharli moddalar J.da ushlanib qoladi, soʻngra bezarar organik moddalar (koʻpincha oqsil moddalar) shaklida organizmdan chiqib ketadi. Organizmda oqsillar parchalanishidan hosil boʻladigan ammiak, qisman siydik kislota ham J.da mochevinaga aylanib, organizmdan siydik bilan chiqib ketadi (mochevina esa kamroq zaharli va yaxshi eriydigan moddadir).
  • Organizmda zararli moddalar koʻplab paydo boʻlganda (maye, hazm aʼzolarining surunkali kasalligida, alkogolizmda) J. funksiyalari buziladi, bu esa ogʻir kasalliklarga olib keladi. J. kasalliklaridan oʻtkir va surunkali yalligʻlanish jarayonlari, shuningdek, parazitar kasalliklar uchraydi (qarang GepatitJigar sirroziExinokokkoz).

Jigar organizmning modda almashinuvida ishtirok etuvchi markaziy a’zolaridan birini tashkil etadi. U ovqatning osh-qozonichak yo‘lida haz-mlanishi natijasida hosil bo‘lgan moddalarni qopqa venasi orqali qabul qilib, umumiy qon aylanish doirasiga o‘tkazib berishda muhim vazifalarni baja-radi. Jigar qopqa venasi va jigar arteriyasi hisobiga oziqlanadi. Jigar arteriyasi uni kislorod va ayrim jigar uchun zarur bo‘lgan moddalar bilan ta’min-laydi. Qopqa venasi va jigar arteriyasi jigarda 400 m2 ga yaqin kapillyaralar to‘rini hosil qilib, undan bir kechakunduzda 9000 l gacha qon o‘tadi. Uning 80% qopqa venasi hisobiga, 20% esa jigar arteriyasi hisobiga to‘g‘ri keladi.

Jigarning turli moddalarni zararsizlantirishdagi ahamiyati Jigar, o‘zining bizga ma’lum bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p vazifalaridan tashqari, modda almashinuvida hosil bo‘luvchi oxirgi mahsulotlarni yoki tashqaridan organizmga tushgan zaharli moddalarni, dori-darmonlarni zararsizlantirishda ham qatnashadi. Organizmda «qurilish materiali» yoki energiya manbai bo‘lib foydalanilmaydigan yot moddalar ksenobiotiklar deyiladi. Bular organizmga oziq-ovqat, nafas yo‘llari, teri orqali tushadi. Ksenobiotiklardan tashqari organizmning o‘zida hosil bo‘ladigan ba’zi metabolitlar ham zaharli bo‘lib, zararsizlantirilishi lozim. Masalan: bilirubin, steroid gormonlar, katexolaminlar va boshqa moddalar jigarda zararsizlantiriladi. Turli zaharli moddalarning jigarda zararsizlantirilishi o‘ziga xos yo‘llar bilan ikki bosqichda boradi. Birinchi bosqich endoplazmatik to‘rda (EPT) boradi, reaksiyalarni oksidazalar va gidroksilazalar katalizlaydi, ularning kofermenti sitoxrom P-450, b5 , gem va vitaminlar hisoblanadi.

Karbonsuvlar almashinuvining asosiy jarayonlari jigarning parenximatoz hujayralarida amalga oshadi. Ular karbonsuvlar almashinuvini boshqarish va qondagi glyukoza miqdorini bir me’yorda saqlashda ishtirok etadilar. Ovqat mahsulotlari bilan organizmga tushgan karbonsuvlarning ortiqcha miqdori jigarda glikogenga aylanadi. Jigardagi glikogen sintezi ATF energiyasini sarflash bilan boradi. Bolalar organizmiga sut tarkibida kirgan galaktoza faqat jigarda glyukozaga aylanadi.Glyukozaning glikogenga aylanishi jigardan tashqari mushaklarda ham amalga oshadi. Shuning uchun glyukoza yuborish bilan jigarning glikogen sintezlash qobiliyatini tekshirish aniq ma’lumot bermasligi mumkin. Bu holatda galaktoza yuborish bilan jigarda glikogensintezini tekshirish gepatotsitlar faoliyati haqida ko‘proq axborot beradi. Chunki galaktoza faqat sog‘lom jigar hujayralaridagina glikogenga aylanishi mumkin. Jigarda glikogen faqat monosaxaridlardangina emas, balki karbonsuvlar almashinuvining oraliq mahsulotlari bo‘lgan sut kislotasidan ham hosil bo‘ladi. Bu metabolitik yo‘l Kori yoki glyukoza – laktat halqasi deb nomlanadi. Jigar hujayralari faoliyatining buzilishi qonda sut kislotasining 20-40 mg% gacha oshib ketishiga olib keladi (sog‘lom odamlarda 10-20 mg% ga teng). Sut kislotasidan glyukoza glyukoneogenez bo’yicha hosil bo’ladi

TUGADI


Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling