Toshkent teleminorasi haqida ma’lumot bering. Javob


Download 1.12 Mb.
bet1/10
Sana11.05.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1454703
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yakuniy nazorat savollari (2)


  1. Toshkent teleminorasi haqida ma’lumot bering.

Javob: Toshkent teleminorasi Hakimov Farrux Nuralibek o'g'li tomonidan qurilgan Oʻrta Osiyodagi eng baland binodir. Uning balandligi 375 metrdir. Rasmiy tilda Toshkent teleminorasi H-375m obyekti deb ataladi. Teleminora 1978-yildan boshlab, 6 yil davomida qurib bitilgan. 1985-yilning 15-yanvarida ishga tushirilgan. XX asrning 60-yillariga kelib televideniye va radio O‘zbekiston madaniy hayotida mustahkam joy egallay boshladi. 1957-yilda bunyod etilgan 180 metrlik birinchi Oʻzbekiston telemarkazi 4 millionlik poytaxt va Toshkent viloyati aholisi ehtiyojini yetarlicha qondirish, televizion koʻrsatuvlarni koʻpaytirish va togʻli tumanlarga dasturlarni yetkazishga ojizlik qilib qoldi.1971-yilning 1-sentyabrida Oʻzbekiston Aloqa vazirligi (hozirgi Respublika Aloqa va axborotlashtirish agentligi) tasarrufida Toshkent radiotelevizion uzatish markazi qurilishi direksiyasi tashkil etildi. Qisqa fursat ichida yangi teleminora loyihasini tayyorlashga kirishildi. Loyiha juda sinchkovlik bilan oʻrganildi, qayta-qayta sinovlardan oʻtkazildi. Chunki bunday balandlikdagi inshoot qurilishi hali tajribada boʻlmagandi. 1978-yilda teleminora qurilishi boshlandi.Har qanday inshootning mustahkamligi albatta poydevoriga bogʻliq. Teleminoraning toʻrt tayanchi va unga tutashgan uchta oyoqlari 11 metrlik chuqurlikdan koʻtarilib chiqilgan, bir-biri bilan bogʻlanmagan temir-beton asoslarga tayangan boʻlib, muvozanatini oʻta yuqori darajada ushlab turishga qodir klassik tizim yaratildi.Teleminora qurilishi “11-Balandqurilish” boshqarmasi quruvchilari tomonidan amalga oshirildi. 1984—1985-yillardagi qahraton qish sharoiti, balandlik va muntazam shamol, tobora yuqorilab borayotgan qurilmalar nishab oʻlchovini toʻgʻri olish oson kechmadi. Qurilishda Rossiyalik mutaxassislar ham faol ishtirok etishgan. Minora qurilishi 25 tonna yukni 240 metr balandlikka koʻtarish qobiliyatiga ega boʻlgan maxsus kran yordamida amalga oshirilgan.[2]1985-yil 15-yanvarda Poytaxtning Yunusobod tumani Boʻzsuv yoqasida Toshkent teleminorasi qad rostladi, inshootning eng baland nuqtasida bayroq hilpiray boshladi.Ish vaqti — har kuni 10:00 dan 20:00 gacha. Chipta narxi kattalar uchun 40 ming soʻm, 7-16 yoshgacha boʻlganlarga esa 20 ming soʻmni tashkil etadi.Toshkent teleminorasining asosiy vazifalari tele- va radiouzatuvdir. Signal Toshkent shahri, Toshkent viloyati, qisman Sirdaryo viloyati hamda Qozog'iston janubiga uzatiladi. Bundan tashqari gidrometeorologiya xizmati ham oʻtaladi.


  1. Download 1.12 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling