“Buxgalteriya va audit” kafedrasi “Moliya va kredit” fani “Kredit” bo’limidan MUSTAQIL ISH Mavzu: “Inflyatsiyaning mohiyati, kelib chiqish sababi va oqibatlari.” Bajardi : IQ-179m guruh talabasi G’ayratov B. B. Tekshirdi : Dotsent, Zakirova G.T. Toshkent-2019 Reja I. Kirish. II. Asosiy qism. - Inflyatsiyaning mohiyati va uning turlari.
- Inflyatsiyaning kelib chiqish sabablari.
- Inflyatsiyaning oqibatlari.
III. Xulosa va takliflar. Kirish Bozor iqtisodiyoti sharoitida butun dunyoda barcha mamlakatlar inflyatsiya muammosiga duch kelishadi. Aksariyat holatlarda, inflyatsiya mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini ma’lum miqdorda sekinlashtiradi va ishsizlik darajasi, davlatdagi kredit foiz stavkalari kabi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarga ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli mamlakat inflyatsiya kelib chiqish sabablarini o’rganishi va uni bartaraf qilish yoki ma’lum bir maromda ushlab turish choralarini ishlab chiqishi muhim ahamiyatga ega. Inflyatsiya so’zi lotincha so’z bo’lib lug’aviy ma’nosi “bo’rtish”, “ko’pchish” kabi ma’nolarni bildirib mantiqan pulning qadrsizlanishi va narx-navoning muntazam ravishda oshib borishiga aytiladi, ya’ni pulning nominal qiymati o’zgarmagan holatda, uning real qiymati pasayib boradi. 2. Inflyatsiya turlari
Mo’tadil inflyatsiya turida inflyatsiya darajasi 1-3% ga yetadi. Ayrim manbalarga ko’ra inflyatsiyaning bunday miqdori normal yoki inflyatsiyning tabiiy darajasi hisoblanadi. Inflyatsiya darajasi mo’tadil inflyatsiyadan tushib ketishi ham bir qator risklarni yuzaga keltiradi chunki inflyatsiya darajasining 0% dan tushib ketishi deflyatsiyani yuzaga keltirib chiqaradi.
O’rmalovchi inflyatsiya
Inflyatsiyaning bu turida inflyatsiya miqdori 5-10% ga yetadi. Ba’zi manbalarda inflyatsiya turlarini 4 turga emas 3 turga bo’linadi va o’rmalovchi inflyatsiya miqdori 1-10% deb beriladi. Inflyatsiyaning bu turi rivojlangan davlatlarda kuzatilishi xavfli hisoblanadi, aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarda esa o’rmalovchi inflyatsiya kuzatiladi.
Yuqori inflyatsiya
Yuqori inflyatsiyada inflyatsiya miqdori 2 xonali songa yetadi. Inflyatsiyaning bu turi mamlakat inqirozga uchrash xavfi borligini bildiradi. Inflyatsiyaning bu turida davlat inflyatsiyani pasaytirish chorasini ishlab chiqmasa davlat inqirozga uchrashi ehtimoli katta.
Giperinflyatsiya
Giperinflyatsiyada inflyatsiya miqdori 100% va undan ortadi. Bunda inflyatsiyaning oylik miqdori ham 10% dan ortadi va davlat inqiroz arafasida bo’ladi. Inflyatsiyaning eng yuqori miqdori 1945-1946- yillarda Vengriyada kuzatilgan. Uning miqdori oydan oyga ko’payib borgan va eng yuqori miqdori 3,8*10^27 ga yetgan.
Talab
inflyatsiyasi
Harajat
inflyatsiyasi
Talab inflyatsiyasi Inflyatsiya yuzaga kelish sabablaridan biri talab inflyatsiyasi hisoblanadi. Talab inflyatsiyasi mamlakat miqyosida tovarlarga talab miqdorining haddan ziyod oshib ketishi va buning natijasida narxlarning sun’iy oshib ketishi tufayli yuzaga keluvchi inflyatsiyadir. Harajat inflyatsiyasi Harajat inflyatsiyasi turi ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko’rsatuvchilarning xarajatlarining haddan ziyod oshib ketishi tufayli talabning kamayib ketishi natijasida tovar narxining oshib ketadi va inflyatsiya yuzaga keladi. Inflyatsiya uzoq muddat davom etishi va unga chora ko’rilmasligi tufayli mamlakat inqirozga yuz tutishi yuz berishi mumkin. Shunday bo’lsa-da, inflyatsiya natijasida zarar ko’ruvchilardan tashqari, foyda ko’ruvchilar ham mavjud. Ularni quyida ko’rib chiqamiz. Inflyatsiya oqibatlari Inflyatsiyadan zarar ko’radilar
Belgilangan narxlarda
foyda oluvchilar
Investorlar
Kreditorlar
Inflyatsiya oqibatlari Inflyatsiyadan foyda ko’radilar
Zayomchilar
Hukumat
Xulosa Xulosa - Inflyatsiya – narxlarni muntazam ravishda o’sib borishi va pulning qadrsizlanishidir. Uning kelib chiqish sababiga ko’ra va darajasiga ko’ra turlari farqlanadi.
- 2018-yilda O’zbekistonda inflyatsiya darajasi 16,7% ni tashkil etdi, va 2017-yilga nisbatan 2,6% ga oshdi. Bu salbiy holat hisoblanadi.
Takliflar - O’zbekiston sharoitida eng avvalo inflyatsiyani bir maromda ushlab turish uchun chora-tadbirlar ishlb chiqilishi lozim. Buning uchun davlat bozordagi narxlarning sun’iy ko’tarilishini oldini olish bo’yicha ishlar olib borishi kerak.
- Kelajakda esa O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish uchun nafaqat inflyatsiya miqdorini bir maromda ushlab turish , balki uni kamaytirish uchun choralar ko’rilishi lozim. Buning uchun iqtisodiyotda xufyona iqtisodiyot ulushini kamaytirish va soliq tizimini mukammallashtirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar - Banks.academic.ru
- Wikipedia.org
- Portal.tpu.ru
- Docme.ru
- Mosgu.ru
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |