Toshkent to‘qimachilik va уengil sanoat instituti 5320400 – «Kimyoviy texnologiya»


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana02.07.2020
Hajmi1.26 Mb.
#122687
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
yiliga 6050 tonna trikotaj ishlab chiqarish korxonasini oqartirish va gul bosish bolimini loyihalash.


 

  TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA УENGIL SANOAT INSTITUTI 



     

 5320400 – «Kimyoviy texnologiya» (To‘qimachilik, уengil va qog‘oz sanoati)    

                            Bakalavriatura ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha 



 

LOYIHASI 

Mavzu:  «Yiliga  6050  tonna  trikotaj  ishlab  chiqarish  korxonasini 



oqartirish va gul bosish bo’limini loyihalash».      

Talaba __Mirzufarova Xumora Asrol qizi__________________________ 

Fakultet __TST____Kimyoviy tehnologiya___guruh _9-11_______________ 

Konsultantlar: 

1. Kirish                            Saydaliyeva N.Z___________ 

                                                      (DL tarkibiy qismi, konsultantning F.I.SH., sana va imzo) 

 

2.Texnologik qismi        Saydaliyeva N.Z_____________ 



(DL tarkibiy qismi, konsultantning F.I.SH., sana va imzo) 

 

3.Iqtisod qismi              Nuriddinova M______________. 



(DL tarkibiy qismi, konsultantning F.I.SH., sana va imzo) 

 

4 Mehnat  muxofaza  va ekologiya qismi     Yo‘ldosheva. O 



(DL tarkibiy qismi, konsultantning F.I.SH., sana va imzo) 

 

Ilmiy   rahbar       аss.  Saydaliyeva N.Z , dots. Xudayberdiyeva D.B, _______ 



Kafedra mudiri __dots. Nabiуeva I.A._______________________________ 

 

 



 

 

 



Toshkent –    2015y 

 

 

 

 

 

 

TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI 



 

 

 

«Tasdiqlayman» 

Dekan __Murodov T.B___ 

«______»__________2014 y. 

 

 

 

DIPLOM LOYIHASIGA TOPSHIRIQ 

 

Kafedra_________________Kimyoviy texnologiya___________________ 

Kafedra mudiri____t.f.d.,dots. Nabiуeva I.A._______________________ 

 

        



(F.I.SH va imzosi) 

Rahbar____________Saydaliуeva N.Z_____________________________   

 

(F.I.SH va imzosi) 



Topshiriq bajarishga qabul qilindi ____30 yanvar  2014   yil       __   

 

Talaba imzosi_________________________________________________  



_________________5320400-Kimyoviy texnologiya_________________  

      


(ta'lim yo‘nalishi) 

 

Diplom loyihasini tayyorlash bo‘yicha topshiriq 



Talaba____Mirzufarova Xumora 

 

Asrol qizi __ga 



 

1. Loyiha mavzusi «Yiliga 6050 tonna trikotaj ishlab chiqarish korxonasini  

oqartirish va gul bosish bo’limini loyihalash» institut rektorining 04.12.2014   

yil  « 623-T » - sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. 

2. Tugallangan diplom loyihasini himoya qilish muddati __19.06.15_ 

3. Loyiha bo‘yicha dastlabki ma'lumotlar _________________________ 

4. Diplom loyihasida bajariladigan bo‘limlar ro‘yxati: 

A)_Kirish___________________________________________ 

B) _Texnologik qismi_______________________________ 

V) _Iqtisod qismi ____________________________________ 

G) _Ekologiya va mehnat muxofazasi qismi_______________ 

5. Ko‘rsatilishi shart bo‘lgan chizma-geometrik materiallar ro‘yxati: 

___Texnologik sxema va jihozlarni kompanovkasi_______________ 

6. Loyihaning tegishli bo‘limlar bo‘yicha konsultantlari: 

 _аss._Saydaliyeva N.Z, dots. Nuritdinova M.,  kata o’qt. Baturov U.A          

7. Topshiriq berilgan sana ________25.01.2014______________________ 

 

 

 



 

KIRISH 



  Davlatimiz    tomonidan  to‘qimachilik  sanoati  oldiga  qo‘yilgan      muhim  

vazifalardan    biri    to‘qimachilik        mahsulotlarini    jahon    bozorlarida    o‘z  

o‘rinlarini  topishiga    erishib,  iqtisodiyoti  jihatidan    rivojlangan    mamlakatlar  

qatoriga    kirishida    hissa    qo‘shishdan  iboratdir.  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  Islom  Karimov  ta'kidlab  o‘tganlaridek:  “Birinchi  navbatda  уengil, 

to‘qimachilik  va  oziq-ovqat  sanoatida  paxta  tolasi,  boshqa  qishloq  xo‘jaligi 

mahsulotlari  va  xom  ashyo  resurslarini  chuqur  qayta  ishlash  bo‘yicha  ishlab 

chiqarishni, qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, sifatli va barqaror 

talabga  ega  bo‘lgan  tayyor  mahsulotlar  tayyorlaydigan korxonalar  tashkil  etishga 

alohida e'tibor qaratish darkor” [1].  

Respublikamizda  trikotaj  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish  jadal  sur'atlar  bilan 

rivojlanmoqda, yangi texnologiyalar qo‘llanilmoqda va mahsulot turlari kengayib 

bormoqda. Sanoat, savdo va xizmat ko‘rsatishda yuqori texnologik, tannarxi past 

va  xaridor  talabiga  javob  beradigan  xususiyatlarga  ega  bo‘lgan  trikotaj 

mahsulotlarini  ishlab  chiqarishni  talab  qilinmoqda.  Shuning  uchun  trikotaj  ishlab 

chiqarish  texnologiyasida  yuqorida  keltirilgan  muammolarning  o‘z  уechimini 

topishi  zarur va alohida ahamiyatga ega.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  «2012-2015  yillarda 

nooziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va turlarini  

kengaytirish    bo‘yicha    qo‘shimcha    chora-tadbirlar  to‘g‘risida»  gi    2012  yil                                 

8  avgustdagi  234-qaroriga  asosan  to‘qimachilik  sanoatining  hozirgi  bozor 

iqtisodiyoti  sharoitidagi  asosiy  vazifasi  ichki  va  tashqi  bozorda  raqobatbardosh, 

sifatli  nooziq-ovqat  iste'mol  tovarlarini  ishlab  chiqarish  hajmini  va  turlarini 

kengaytirishdan iboratdir.  

Xaridorning  mahsulot  sifati  va  tashqi  ko‘rinishiga  bo‘lgan  talabi  kundan-

kunga  ortib  bormoqda.  Shuning  uchun  sidirg‘a  trikotaj  to‘qimalarini  naqsh 

samarasiga  ega  bo‘lgan  to‘qimalarga  almashtirish  masalasi  ko‘ndalang 

qo‘yilmoqda.  



 

Keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotida barqaror yuqori o‘sish sur’atlari 



ta’minlanmoqda.  Xususan,  uning  yetakchi  tarmoqlaridan  biri  hisoblangan  sanoat 

jadal  rivojlanayapti.  2014  yil  yakunlariga  ko‘ra,  mazkur  jabhada  ishlab  chiqarish 

hajmi 8,3 foiz o‘sgani, ularning qariyb 70 foizini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega 

bo‘lgan  tayyor  mahsulotlar  tashkil  etgani  ana  shundan  dalolat  beradi.  Bu 

istiqlolning  dastlabki  yillaridan  boshlab,  ichki  bozorni  o‘zimizning  mahsulotlar 

bilan  to‘ldirish,  xorijga  tayyor  mahsulotlar  yetkazib  berish  borasida  amalga 

oshirilayotgan  islohotlar  samarasidir.  Sanoat  salohiyatining  yuksalib,  eksport 

hajmining  o‘sishida,  ayniqsa,  to‘qimachilik  va  tikuvchilik  sanoatining  ulushi 

salmoqlidir  [2].    O‘tgan  yili  ushbu  tizimdagi  40  yaqin  yangi  korxona  eksport 

faoliyatiga jalb etilib, eksportchi korxonalarning umumiy soni 250 taga yetdi. Ular 

tomonidan  chet  ellik  buyurtmachilarga  1  milliard  AQSH  dollarilik  mahsulot 

yetkazib 

berildi. 

Bugungi 


kunda 

respublikamizda 

2700 

dan 


ortiq 

(mikrofirmalardan  tashqari)  yengil  -sanoat  korxonasi  ro‘yxatga  olingan  bo‘lib, 

shundan  310  ga  yaqini  “O‘zbekengilsanoat”  davlat-aksiyadorlik  kompaniyasi 

tizimida  birlashgan.  Ularda  uzluksiz  ravishda  texnik  va  texnologik  yangilash, 

modernizatsiyalash  loyihalari  amalga  oshirilayotgani,  shuningdek,  yangi 

quvvatlarning  ishga  tushirilayotgani  muvaffaqiyatlar  omili  bo‘lmoqda.  Zotan, 

ishlab  chiqarishni  zamon  talabiga  moslashtirmasdan  turib,  jahon  bozorida 

raqobatlasha  oladigan,  xaridor  e’tiborini  qozonadigan  mahsulotlar  tayyorlashning 

iloji  yo‘q.  Shu  bois  soha  ravnaqi  uchun  investitsiyalar  jalb  etilay.  2014  yilgi 

Investitsiya  dasturi  doirasida,  masalan,  umumiy  qiymati  165  million  AQSH 

dollarilik  33  ta  loyiha  amalga  oshirilishi  tufayli  ko‘plab  yangi  korxonalar 

foydalanishga  topshirildi,  mavjudlari  modernizatsiya  qilindi.  Bu  korxonalar 

hisobiga  qo‘shimcha  ravishda  yiliga  34,55  ming  tonna  kalava  ip,  20,36  million 

kvadrat  metr  gazlama,  5  ming  tonna  trikotaj  mato,  2  million  juft  paypoq,  9,58 

million  dona  kiyim-kechak  ishlab  chiqarish  imkoniyati  vujudga  keldi.  Natijada 

o‘tgan yili kompaniya tizimida sanoat mahsulotlari tayyorlash hajmi 23 foiz, xalq 

iste’mollari ishlab chiqarish hajmi esa 33,1 foiz o‘sdi. Ta’kidlash kerakki, sohada 

investitsiyaviy loyihalarni hayotga tatbiq qilish ishlari joriy yilda ham jadal davom 



 

ettirilayapti.  2010  yil  15  dekabrda  qabul  qilingan  “2011  —  2015  yillarda 



O‘zbekiston  Respublikasi  sanoatini  rivojlantirishning  ustuvor  yo‘nalishlari 

to‘g‘risida”gi  qarorga  muvofiq,  2014  yilda  173  million  dollar  miqdorida 

investitsiya  jalb  etilgach,  bugungi  kunga  qadar  35  ta  loyiha  to‘liq  o‘zlashtirildi, 

qolgan 20 ta loyiha ustida esa ishlar qizg‘in bormoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad 

bitta:  u  ham  bo‘lsa,  xalqaro  standartlarga  to‘la  javob  beradigan  mahsulotlar 

tayyorlashni ko‘paytirishdir. 

“O’zbekengilsanoat” 

davlat 


aksiyadorlik 

kompaniyasi 

O’zbekiston 

Respublikasi  Iqtisodiyot,  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar, investitsiya  va  savdo  vazirligi 

hamda  boshqa  manfaatdor  vazirlik  va  idoralar  bilan  to’qimachilik  va  yуengil 

sanoatning  2014-2020  yillarga  mo’ljallangan  rivojlanish  konsepsiyasini  ishlab 

chiqdi.  Mazkur  hujjatga  muvofiq  2020  yilga  borib,  sanoat  mahsulotlari  ishlab 

chiqarish hajmini 6,97 trln. so’mga oshirish ko’zda tutilgan. Shu jumladan natura 

holda  mahsulot  ishlab  chiqarish:  ip  kalava  218,3  ming  tonnadan  562,8  ming 

tonnaga;  ip  gazlama  120  mln.  kv.  metrdan  340  mln.  kv.  metrga;  trikotaj  matolar 

40,6  ming  tonnadan  110,5  ming  tonnaga;  trikotaj  buyumlari  138,6  mln.  donadan 

296  mln.  donaga;  tikuvchilik  buyumlari  6,1  mln.  donadan  20,1  mln.  donaga 

ko’payadi. 

 

So’nggi  trikotaj  va  ip-yigiruv  yo’nalishidagi  yangiliklarni  soxa 



korxonalariga keng ko’llamda уetkazish maqsadida «O’zbekengilsanoat» DAK, va 

Shveytsariyaning  “Riter  AG”  kompaniyasi  hamda  «O’zbekiston-Shveytsariya» 

do’stlik  jamiyati  xamkorligida  joriy  yilning  8  aprelda  Toshkent  shaxrida 

«Zamonaviy  texnologiyalar  –  sizning  muvoffaqiyatingiz  kaliti»  mavzusida 

simpozium  o’tkazildi.Sipoziumda  80  dan  ortiq  soxa  korxonalaridan  150  nafar 

mutaxassislar hamda tijorat banklari, mutasaddi o’quv va loyixa institutlari, idora 

va tashkilot vakillari ishtirok etishdi. 

2010-2015 yillar davomida eksportga sotiladigan mahsulotlar nomenklaturasi 



21  tadan,  27  taga  ko’paygan,  importer  davlatlar  soni  esa  43  tadan  50  taga

eksporter korxonalar soni esa 123 tadan 250 tagacha ortdi. Mahsulot eksporti esa 



161 foizdan 195 foizga ko’paydi. 

 

Eksport  qilinayotgan  mahsulotlarning  58,0  foizi  ip  kalava;  27,0  foizi  tayyor 



mahsulotlar;  7,0  foizi  ip  gazlama;  5,2  foizi  trikotaj  mato;  2,8  foizi  ipakchilik 

sanoati mahsulotlaridir. 



“O’zbekyengilsanoat” DAK korxonalari mahsulotlari eksporti haqida 

ma’lumot (2000-2014 yy.) 

 

Hozirgi  kunda  umumiy  eksport  qilinayotgan  yengil  sanoat  mahsulotlarining 



54  foizi  Rossiyaga,  12  foizi  Turkiyaga,  10  foizi  Yevropa  Ittifoqi  davlatlariga, 

8,0  foizi  Xitoyga,  5,0  foizi  Janubiy  Koreyaga;  3,0  foizi  Ukrainaga;  3,5  foizi 

Mustaqil  davlatlar  hamdo’stligi  respublikalariga;  4,5  foizi  boshqa  davlatlarga 

eksport qilinmoqda. 

  Yurtimizda  qabul  qilingan  2011-2015  yillarda  sanoatni  ustuvor  darajada 

rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik-texnologik 

yangilashga  doir  tarmoq    dasturlarining  izchil  amalga  oshirilishi  natijasida  sanoat 

tarkibida  yuqori  qo’shimcha  qiymatga  ega  bo’lgan,  raqobatbardosh  mahsulotlar 

tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining o’rni ortib bormoqda. Bugungi kunda 

mamlakatimizda ishlab  chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 78 foizdan ortig’i 

aynan ana shu tarmoqlar xissasiga tog’ri kelmoqda. [3]

  

Mavzuning 

dolzarbligi: 

Trikotaj 

polotnolarini 

pardozlashni 

yangi 

texnologiyalarini  yaratish,  mavjudlarini  esa  takomillashtirish  o’ta  murakkab 



respublika  iqtisodi  uchun  muhim  vazifalardan  hisoblanadi.  Paxta  tolasidan 

to’qilgan  trikotaj  to’qimalarini  pardozlashning  takomillashgan  tehnologiyalarini 

respublikamizga  olib  kirish  va  ulardan  samarali  foydalanib  aholi  ehtiyoji  uchun 

sifatli  mahsulotlar  yetkazib  berish  hozirgi  kun  talablaridan  biridir.  To’qimachilik 

materiallariga  chiroyli  tashqi  ko’rinish  berish  va  ularni  ekspluatasion  xossalarini 

yahshilashda gul bosish jarayoni muhim o’rin tutadi.    



 

Loyihaning maqsadi va vazifalari: Loyihaning maqsadi trikotaj polotnosini 

ishlab chiqarish. Buning uchun esa quyidagi vazifalar belgilab olindi: 

 

Ishlab chiqarish korxonasi uchun ish tartibini belgilash; 



 

Korxona uchun ishlab chiqarish assortimentlarini tanlash; 

 

Trikotaj assortimentlarini pardozlashga tayyorlash



 

Ishlab chiqarish uchun mos jihozlarni tanlash, ularning ketma-ketligini 

belgilash va xisoblarni amalga oshirish; 

 

Ekologik jihatdan jihozlarning havfsizligini ta’minlash; 



 

Loyihaning iqtisodiy qismini hisoblash; 



Loyihaning  obyekti  va  predmeti:  loyihaning  obyekti  yiliga  6050  tonna 

trikotaj  polotnosini  ishlab  chiqaruvchi  korxonani  oqartirish  hamda  gul  bosish 

bo’limini  loyihalash. Uning predmeti esa 4 turdagi assortiment hisoblanadi. 

Loyihaning  usuli va  uslubiyati:  ishlab  chiqariladigan  trikotaj  polotnosining 

fizik  mehanik  ko’rsatkichlarini  aniqlash  va  tashqi  ta’sirlarga  chidamliligini 

o’rganish.  Loyiha  jarayoning  atroflicha mazmuni:  Loyihada  yiliga  6050 tonna 

trikotaj  polotnosi  ishlab  chiqarish  uchun  mo’ljallangan  koxona  loyihasi  amalga 

oshirilgan. 

Mazkur  korxonaning  eng  avvalo  kunlik  ish  tartibi  belgilab  olindi.  Ish  tartibi 

trikotaj ishlab chiqarish korxonasidagi jihozlarning ishlash prinsipidan kelib chiqib 

kunlik 23 soat deb belgilandi. Korxona yiliga 252 kun ishlaydi. 

Loyiha uchun quyidagi assortimentlar tanlandi: 

 

Futer  assortimenti 



 

Interlok assortimenti 

 

Pike  assortimenti 



 

Kompyuterka assortimenti 

Assortimentlarni  pardozlashga  tayyorlash    texnologiyasi  tartibi  begilandi, 

jihozlardan o’tish ketma ketligi ishlab chiqarildi, kimyoviy va bo’yovchi moddalar 

hisobi  amalga  oshirildi,  texnologik  tartib  bo’yicha  jihozlar  tanlandi  va  kerakli 

hisoblar bajarildi. Loyiha iqtisodiy jihatdan o’rganilib chiqilib, korxona rentabilligi 

va foyda ulushlari xisoblandi. 


10 

 

I BOB. ADABIYOT SHARHI 



 

Respublikadagi  yuqori  sifatli  xom-ashyo,  mexnat  resurslarining 

mavjudligi,  уetarli  darajada  rivojlangan  injenerlik  infra  tuzilmalari,  xukumatimiz 

tomonidan  sohani  rivojlanirishga  qaratilayotgan  e’tibor  natijasida  mahalliy  va 

xorijiy investorlarning soxaga bo’lgan qiziqishlari yanada oshib bormoqda. Buning 

pirovarida  respublikamizning  deyarli  barcha  xududlarida    уengil  sanoat 

korxonalari  barpo  etilib,  maxalliy  yosh  mutaxassislar  uchun  yangi  ish  o’rinlari 

tashkil 


etilmoqda, 

xududlarda 

esa 

ijtimoiy-iqtisodiy 



hamda 

eksport 


saloxiyatlarining o’sishi kuzatilmoqda. 

 

Xorijdan shartnoma asosida keltirilayotgan zamonaviy asbob-uskunalar 



bilan  birga  yangi  innovatsion  texnologiyalarni  soxaga  tadbiq  qilinishi  sifatli, 

eksportbop  mahsulotlar  turlarini  kengaytirishda  va  ular  miqdorini  ko’paytirishda 

o’z  xissasini qo’shmoqda. Dunyodagi tabiiy xom-ashyolardan tayyorlangan уengil 

sanoati  mahsulotlariga  bo’lgan  extiyojni  oshishi  esa,  respublikamiz  to’qimachilik 

sanoatini yanada jadal sur’atlarda rivojlantirish imkoniyatini bermoqda. 

 

Trikotaj  ishlab  chiqarish  mashinalarini  takomillashtirish,  texnologik 



imkoniyatlarini  kengaytirish,  yangi  texnologiyalarni  yaratish  bo‘yicha  tadqiqot 

ishlarini  olib  borish  natijasida  trikotaj  to‘qimalari  nazariy  asoslari  rivojlantirilib, 

yangi  to‘qima  tuzilishlari,  optimal  ko‘rsatkichga  ega  bo‘lgan  samarador  to‘qish 

jarayonlari  ishlab  chiqilgan.  Aylana  va  yassi  ignadonli  trikotaj  mashinalari 

texnologik  imkoniyatlaridan  foydalanib  ikki  qavatli  sidirg‘a  va  naqshli  to‘qima 

turlari  yaratilgan.  Trikotaj  ishlab  chiqarishning  turli  usullari,  qo‘shimcha 

moslamalar  va  mexanizmlar,  to‘qish  jarayoni  ketma-ketligi,  trikotaj 

mahsulotlarining sifatini oshirish yo‘llari  tavsiya qilingan.  

 

Pаrdоzlаsh  kоrхоnаsigа  kеlib  tushаdigаn  mаtоlаr  хоm  аshyo  (хоm 



mаtо)  dеb  аtаlаdi.  Undа  qаtоr  tаbiiy  yo’ldоsh  vа  tоlаni  mехаnik  qаytа  ishlаsh 

dаvоmidа ungа ishlоv bеrilgаn mоddаlаr bo’lаdiki, bu mоddаlаr mаtоni dаg’аl vа 

ko’rimsiz  qilаdi,  bo’yash  vа  gul  bоsishdа  sifаtli  vа  tеjаmli  rаnglаshgа  hаlаqit 

bеrаdi. Shu sаbаbli bo’yash vа gul bоsishdаn аvvаl mаtоni bаrchа chiqindilаrdаn 

tоzаlаb, ungа kаpillyarlik vа оqlik bеrilаdi. 


11 

 

 



Ushbu diplom loyiha ishi uchun: 

 

Futer  



 

Interlok  

 

Pike  


 

Kompyuterka  assortimentlari tanlab olindi.  

Ushbu  assortimentlar  uchun  qaynatish  , oqartirish va gul  bosish  jarayonlari 

bajarildi. 



1.1 Qaynatish jarayoni 

 

Qaynatish  jarayonining  birinchi  bosqichida  to‘qimachilik  materiali    oldin 

bo‘kadi,  so‘ng  ishqorni  yutadi,  keyingi  bosqichda  esa  o‘yuvchi  natriy  bilan 

yo‘ldosh  moddalar  orasida  kimyoviy  reaksiya  bo‘ladi.  Qaynatish  eritmasining 

asosiy reagenti o‘yuvchi ishqor, uning konsentratsiyasi jarayon tartib va tarkibiga 

bog‘liq  ravishda  10-100  g/l  atrofida  bo‘lishi  mumkin.  YUqori  haroratda  ishqoriy 

muhitda  paxta  tolasi  o‘ta  bo‘kadi  va  uning  g‘ovaklarining  o‘rtacha  o‘lchami  bir 

necha  barobar  (5.10-10  m  dan  30.10-10  m  gacha)  kattalashadi.  Bunda  tolaning 

birlamchi  devorlari  qisman  buziladi,  mikrog‘ovaklar  hosil  bo‘lib,  yo‘ldosh 

moddalar  diffuziyasini  osonlashtiradi.  Ishqoriy  qaynatishda  pektin  moddalari 

gidrolizlanib, suvda eruvchan xolatga o‘tadi va toladan to‘liq chiqib ketadi. Azotli, 

ya'ni  oqsil  moddalar  gidrolizlanib  aminokislotalar  xosil  bo‘ladi  va  ular  o‘z 

navbatida o‘yuvchi natriy bilan birikib suvda eruvchan tuzlar xosil qiladi. Mineral 

moddalar yuvilib ketadi. Taxminan 40% mumsimon moddalar gidrolizlanib, yog‘ 

kislotalarning natriyli tuzlarini xosil qiladi. Mumsimon moddalarning qolgan qismi 

SAM yordamida matodan emulgirlash yo‘li bilan chiqarib yuboriladi. Mumsimon 

moddalar  paxta  tolasi  yuzasida  ma'lum  darajada  bir  tekis  joylashgan  bo‘ladi. 

Qaynatish  jarayoni  olib  borilayotgan  haroratda  mumsimon  moddalar  tolada 

yumshagan  holda  bo‘ladi.  Bu  moddalar  tola  yuzasidan  plenka  ko‘rinishda  oqib 

chiqib  ketmaydi,  aksincha  tolaning  ma'lum  joylarida  yopishib  turadi.  Qaynatish 

jarayonida  sirt  aktiv  moddalar  ta'sirida  yumshagan  mumsimon  moddalar  asta-

sekinlik  bilan  sharsifat  mikrotomchi  shakliga  o‘tib,  tolada  bir  nuqtada  ushlanib 

turadi.  Matoni    yuvish  jarayonlarida  sirt  aktiv  modda  molekulalari  qurshovidagi 


12 

 

(emulgirlangan)  mumsimon  moddalarning  mikrotomchisi  toladan  uzilib  chiqib 



eritmaga  o‘tadi.

 

SAM  lar  tolani  namlanishini,  xamda  eritmani  tola  tarkibiga 



kirishini  уengillashtiradi.  Mumsimon  moddalar  va  boshqa  yo‘ldosh  moddalar 

asosan tolaning birlamchi devorida joylashgan bo‘lib, kimyoviy reagentlar ta'sirida 

ular gidrolizlanib eritmaga oson diffuziyalanadi. 

 

Qaynatish jarayonida (ishqoriy muxit, yuqori temperatura) tola g‘ovaklaridagi 



xavo  kislorodi  sellyulozani  oksidlanishiga  olib  kelishi  mumkin.  Buni  oldini  olish 

uchun  eritmaga  kuchsiz  qaytaruvchi  NaHSO3  qo‘shiladi.

 

Qaynatish  jarayoni 



texnologiyasi.  Qaynatish  jarayonini  uzlukli  usulda  olib  borishda  yuqori  sifatli 

mahsulot  olish  mumkin,  hozirgi  kungacha  ayrim  assortimentlar  (tibbiyot  dokasi) 

qaynatish qozonida jgut xolida qaynatiladi. Jgut holidagi mato qozonga taxlanadi, 

qozonni pastki qismidan qaynatish eritmasi yuboriladi, bunda qozon ichidagi havo 

jihozning  yuqoridagi  qopqog‘idagi  tirqishdan  chiqariladi.  Qozonda  qaynatish 

jarayoni  1300  C  haroratda  mato  yuza  zichligi  va  uni  ifloslanganlik  darajasiga 

bog‘liq  ravishda  2-12  soat  davomida  quyidagi  tarkibli  qaynatish  eritmasida  olib 

boriladi.

 

Vanna tarkibidagi natriy silikat sellyuloza yo‘ldoshlari bilan birga doimo 



qaynatish  eritmasi  tarkibida  bo‘ladigan  (barcha  kommunikatsiyalar  temirdan 

yasaladi) temir (III) gidroksidi (zang) bilan  xam kompleks hosil qilib, uni matoga 

sorblanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Qaynatish eritmasi tarkibida natriy silikat bo‘lmasa 

temir  gidroksid  dispersiyalari  eritmadan  matoga  o‘tib,  tolaning  mikro-  va 

makrog‘ovaklariga  mustahkam  joylashadi.  Natriy  silikat  temir  gidroksid 

dispersiyasi  bilan  mato  g‘ovaklariga  kira  olmaydigan  va  mato  yuzasidan  oson 

yuvilib ketadigan kompleks hosil qiladi.  

 

Uzlukli usulda  trikotajni qaynatish qozon, ejektor mashinalari va jiggerlarda 



olib boriladi. 


Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling