Toshkent viloyati Angren shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabining amaliy fanlar


Download 203 Kb.
bet1/4
Sana04.10.2022
Hajmi203 Kb.
#830968
  1   2   3   4
Bog'liq
Amaliy fanlar metod birlashma hujjatlari
Алгоритм тушунчаси, ochiq dars ishlanma, ochiq dars ishlanma, 1-слайд, Umumiy va tarixiy geologiya, Umumiy va tarixiy geologiya, 2ameliy, 2ameliy, Taqdimot, Mashg'ulot ishlanmasi-2017 yil, гулчилик дастур, гулчилик дастур, гулчилик дастур, гулчилик дастур, гулчилик дастур


Toshkent viloyati Angren shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabining
amaliy fanlar (tasviriy san`at, chizmachilik, musiqa, texnologiya, jismoniy tarbiya)
metodbirlashmasining 2022-2023- o‘quv yili uchun


ISH HUJJATLARI
TO‘PLAMI


Angren – 2022


Umumiy o‘rta ta’lim maktabining metodbirlashmalari to‘g‘risida umumiy ma’lumot

Metodbirlashma – bu umumiy o‘rta ta’lim maktablarida uzluksiz metodik xizmat tizimining bir bo‘g‘ini hisoblanib, o‘qituvchilarga metodik xizmatni amalga oshiradigan, ularning innovatsiya, tajriba-sinov ishlari va ta’lim-tarbiya jarayonlarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtiradigan jamoaviy organ hisoblanadi.


Metodbirlashma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 183-son buyrug‘iga, shuningdek umumta’lim maktabining ustaviga amal qiladi.
Metodbirlashmaning asosiy vazifalari bo‘yicha ko‘rsatma



  1. O‘qituvchilarga fanlarni o‘qitishga doir me’yoriy va metodik hujjatlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish usullari ko‘rsatish;

  2. O‘qituvchilarni xalqaro PISA, PIRLS, TIMSS baholash dasturlariga tayyorlash uchun o‘qituvchilarni qo‘shimcha materillar bilan ta’minlash;

  3. O‘qituvchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, o‘qitish metodlarini izlab topishga ko‘maklashish;

  4. “ metodik kun”da amaliy fanlar o‘qituvchilarini ishtirok etishini maktab direktori bilan birgalikda ta’minlaydi;

  5. Ta’lim jarayonida yutuqlarga erishayotgan amaliy fanlar o‘qituvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek ish tajribalarini ommalashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish;

  6. O‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan tarqatma va nazorat ishi materiallarini muhokamadan o‘tkazish;

  7. Amaliy fanlar o‘qituvchilarining yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan tanishtirish;

  8. Amaliy fanlar o‘qituvchilarning darslarini tahlil qilish va ularga zamonaviy dars o‘tish usullarini tavsiya etish;

  9. Amaliy fanlar o‘qituvchilarga dars jarayonida ko‘rgazmali vositalar va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berish;

  10. Amaliy fanlar o‘qituvchilariga sinfdan tashqari va to‘garak ishlarini tashkil etishga ko‘maklashish;

  11. Yosh o‘qituvchilarga murabbiy biriktirish va muntazam metodik yordam uyushtirish;

  12. Amaliy fanlar o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallarni muhokamadan o‘tkazish;

  13. Maktabda amaliy fanlar fan oyligini tashkil etish, maktab miqyosida tashkil etilgan ko‘rik-tanlovlarni o‘tkazish;

  14. Tashqi va ichki nazorat natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirini belgilash va ularning bajarilishini nazorat qilish;

  15. O‘qitish metodlarini o‘rganish maqsadida ochiq darslarni tashkil etish bo‘limlarida ishlarni tashkil etish orqali amaliy fanlar metodbirlashmasining ishlari sifatli tashkil etiladi.




Download 203 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling