Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Download 0.9 Mb.
Sana30.10.2020
Hajmi0.9 Mb.
#138619
Bog'liq
Qurbonova T tabiat Mustaqil ish.docx
2007-narbekov-dinshunoslik-lot, 000000000000000, Java dasturlash tili bo moodle, lev tolstoy hojimurod ziyouz com, management essay, Документ (1) (5), Dushamova. 8-mavzu. TT .., шах, AKTL kurs loyiha, quvvati 63 mva bolgan ikki chulgamli transformatorning releli himoyasi (1), avtomoyka biznes reja, Mustaqil ish, 10- mavzu, sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tahlili-1, 2-mavzu amaliyot
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI
  • TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
  • “Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” yo’nalishi 18/3-guruh
  • Quyosh sistemasidagi sayyoralar
  • Bajardi:Qurbonova T
  • Chirchiq-2020

Mundarija Kirish. I-Bob. Quyosh sistemasidagi kichik sayyoralar. 1.1 Quyosh sistemasidagi mayda jismlar tavsifi. 1.2 Kichik sayyoralarni kuzatilishi va о‘rganilish tarixi. 1.3 Asteroidlarning guruhlari. II-Bob. Quyosh sistemasidagi kichik sayyoralar orbitalari. 2.1 Kichik sayyoralarni harakatlanishi. 2.2 Kepler qonunlari. 2.3 Kichik sayyoralar orbitalariga Yaorp – effekti ta’siri. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati.

Kirish 2006 yilgi Halqaro Astronomlar ittifoqining Pluton sayyorasini kichik sayyoralar safiga о‘tkazilishi, hamda 2000 yilda Yarkovskiy effekti kuzatuvlar asosida tasdiqlanishi quyosh tizimidagi kichik sayyoralarni о‘rganishga katta turki bо‘ldi. Eslatib о‘tish kerak hozirgi kundan Quyosh tizimi sayyorasi bо‘lishi uchun quyidagi talablarga tо‘la javob berishi kerak, ya’ni: Ixtiyoriy osmon jismi «sayyora» deb atalishi uchun u albatta Quyosh atrofida aylanishi shart. Osmon jismi massasi yetarlicha katta bо‘lib uning shaklini shar shakliga yaqin bо‘lishini ta’minlashi (odatda og‘irligi 5x1020 kg dan katta va diametri esa 800 km dan uzun bо‘ladi), lekin qarida termoyadro reaksiyalari boshlanishi uchun massasi yetarli bо‘lmasligi kerak. Osmon jismi о‘z orbitasini (atrofidagi bо‘shliqni) gravitatsion kuchi yordamida tozalagan bо‘lishi, hamda trayektoriyasi aylanaga yetarlicha yaqin bо‘lishi zarur. Ushbu ta’tif keltirilishi bilan Sayyora, kichik sayyora va boshqa Quyosh tizimi obyektlari qat’iy shartlar asosida toifalarga bо‘lindilar.

Mavzuning dolzarbligi Sо‘ngi hisob kitoblarga qaraganda Quyosh tizimida Sayyoralardan tashqari 1,9 mln gacha mayda jismlar bо‘lishi kerak deb taxmin qilinmoqda. Xozirgacha atiga 300000 (2012 yilning 1 yanvarigacha bо‘lgan ma’lumot) asteroidni aniqlab orbitalarini baholashga muvofoq bо‘lingan. Bu bilan aymoqchimizki, kichik sayyoralarni orbitalarini aniqlash bilan bog‘liq qator masalalar haligacha yechimini topgani yо‘q. Ma’lumki, Quyosh tizimidashi barcha jismlar (sayyoralar, kichik sayyoralar, asteroidlar va h.k.) asosan Quyoshning gravitatsion kuchi evaziga о‘z orbitalarini saqlaydilar. Hattoka asrimiz boshigacha ayniqsa asteroidlarning orbitalari evolyusiyasi faqat gravitatsion kuchlarga bog‘liq deb hisoblangan. Haqiqatdan ham Markaziy gravitatsion maydon sifatida Quyoshning gravitatsion maydoni qaralgan bо‘lsa, ikkilamchi gravitatsion maydonlarga asosan gigant sayyoralar Yupiter va Saturnlarni maydonlari kiritilgan. Farazga kо‘ra asteroidlarni orbitalarini evolyusiyasida faqat mana shu gravitatsion kuchlar qatnashadi deb qaralgan.

Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari Ushbu bitiruv ishining asosiy maqsadi Quyosh tizimidagi kichik sayyoralarni orbitalari bо‘ysinadigan qonuniyatlarni, YORP effekti mohiyatini, orbitalar evolyusiyasi gravitatsion va nogravitatsion kuchlarning о‘rnini tushuntirib berishdan iborat. Maqsadni rо‘yobga chiqarish uchun BMI oldiga quyidagi asosiy vazifalar qо‘yilgan: - Quyosh tizimidagi mayda jismlarni guruhlarga ajratib har biriga tavsif berish; - Asteroidlarning guruhlari va oilalari о‘rtasidagi farqlarni belgilariga qarab ajratib berish; - Kichik sayyoralarni orbita elementlarini va Kepler qonunlari о‘rganish; - YORP hodisasi va uni ishlash mexanizmini tushuntirib berish; - Kichik sayyoralar orbitalariga YORP – effekti ta’siri asoslab kо‘rsatib berishda iborat.

Bitiruv malakaviy ishining ilmiy ahamiyati Tо‘plangan va tahlil qilingan natijalar eng avvalo shu sohadagi kelgusi ishlarga poydevor vazifasini о‘taydi. Ishning asosiy ilmiy ahamiyati kichik sayyoralarni orbitalarini tadqiq etishda, ularni efemeridalarini hisoblashda foydalanish mumkinligidir. Kichik sayyoralarni orbitalarini evolyusiyasini о‘rganishda BMI ning о‘rni beqiyos deb hisoblaymiz. Chunki orbitalarni о‘zgarishiga ta’sir qiluvchi barcha asosiy kuchlarni xarakteri va tavsivi tо‘la keltirilgan. Shu sababli BMI natijalaridan о‘quv jarayonida ham foydalanish mumkin.

Ida asteroidi va uning kichik yо‘ldoshi.

Koyper belbog‘i va Oorta buluti

Koyper belbog‘ining yirik obyektlari Solishtirish uchun pastida Yer shari

Galley kometasi

Birinchi ochilgan asteroid Serera

Asteroidlar guruhlari: Oq – asteroidlarni bosh belbog‘i; bosh belbog‘ tashqarisida yashil rangda - Yupiter troyanslar; tо‘q sariq rangda- Xilda guruxi (manba: wikipedia)

YAROP – effektning assimmetrik shakldagi asteroid harakatiga ta’sir sxemasi

Sferik jismlarda YAORP-effekti ta’sirini ishlash mexanizmi

Xulosa Shunday qilib, ushbu malakaviy bitiruv ishida sayyoralarning ta’sir kuchlari natijasida asteroidlarning orbitalarini uzluksiz siljib turishiga olib keladigan va albatta bu orbita bо‘ylab xarakatlanayotgan obyektlarni ham siljishiga sabab bо‘ladigan mexanizmlarni о‘rganib chiqdik. Bu esa asteroidlarni о‘zaro tо‘qnashuviga imkon yaratish mexanizmi ekanligini tasdig‘ini oldik. О‘tgan 4,5 mlrd yil davomida asteroidlar bir- birlari bilan kо‘p marta tо‘qnashishlarni boshdan kechirganlarini bildik. Natijada og‘ish burchagi va ekssentritetlar ularning о‘zaro harakatlanishini noparallel bо‘lishiga olib kelganini tushundik. Asteroidlarni tezliklari ham tartibsiz bо‘lib qolgani va bu bir birini yonidan о‘tgandagi о‘rtacha tezlik taxminan 5 km/s ni tashkil etishini bildik. Bunday tezlikda tо‘qnashgan vaqtda asteroidlar parchalanib ketishlariga amin bо‘ldik. Ta’kidlanganlardan tashqari yana quyidagi natijalarga ega bо‘ldik: - Quyosh tizimidagi mayda jismlarni guruhlarga ajratib har biriga tavsif keltrildi; - Astroidlarni о‘rganilish tarixi xronologiyasi tuzildi; - Asteroidlarning guruhlari va oilalari о‘rtasidagi farqlarni belgilariga qarab о‘rganib chiqildi; - Kichik sayyoralarni orbita elementlarini va Kepler qonunlari о‘rganildi; - YORP hodisasi va uni ishlash mexanizmini tushunildi; - Kichik sayyoralar orbitalariga YORP – effekti ta’siri asoslandi.

Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati: 1.David Perry Rubincam Radiative Spin-up and Spin-down of Small Asteroids // 1. Icarus (2000). doi:10.1006/icar.2000.6485. 2.M. Kaasalainen et al., Nature 446, 420 (2007) DOI:10.1038/nature05614 3.S. C. Lowry et al., Science 316 272 (2007) DOI:10.1126/science.1139040 4.M.Mamadazimov. Umumiy astronomiY. // Toshkent. 2008. 5.E.V. Kononovich, V.I. Moroz. Obshiy kurs astronomii. // Uchebnoye posobiye. - M.: 2004. 6.http://ru.wikipedia.org/wiki/Solnechnaya_sistema 7.http://ru.wikipedia.org/wiki/Asteroid 8.JPL Small-Body Database Browser http://ssd.jpl.nasa.gov/sbdb.cgi 9.Minor Planet Center http://minorplanetcenter.net/iau/mpc.html 10.Lang, Kenneth R. The Cambridge Guide to the Solar System. // 2003. — P. 390—391. — ISBN 978-0521813068 11.Shustova B. M., Rixlovoy L. V. Asteroidno-kometnaya opasnost: vchera, segodnya, zavtra // Pod red. Shustova B. M., Rixlovoy L. V.. — M.: Fizmatlit, 2010. — 384 s.

E’tiborlaringiz uchun rahmat


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling