Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti,,Aniq fanlar’’ fakulteti


Download 311.06 Kb.
bet1/5
Sana02.01.2022
Hajmi311.06 Kb.
#194659
  1   2   3   4   5
Bog'liq
mustaqil ish MEYORIY


Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

,,Aniq fanlar’’ fakulteti

,,Fizka va Astronomiya o’qitish metodikasi ’’ yo’nalishi


Mustaqil ish

Mavzu :“Umumiy o’rta ta’lim maktablarida kompetensiyaviy yondashuv asosidagi Davlat ta’lim standarti”ni yuritishga qo’yilgan talablar .
Bajardi : Ne’matullayev Izzatilla

Qabul qildi :Tilakova Mavjuda


Chirchiq - 2019

Reja :


1.Kompetensiya haqida tushuncha .

2.Tayanch kompetensiyalar.

3. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS .

4.“Umumiy o’rta ta’lim maktablarida kompetensiyaviy yondashuv asosidagi Davlat ta’lim standarti”ni yuritishga qo’yilgan talablar .

Kirish
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil bo‘lganiga mana 25 yildan oshdi. Bu qisqa davr mobaynida Vatanimiz iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu muvaffaqiyatlar zamirida davlatimiz tomonidan 1997-yilda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning ham ahamiyati beqiyosdir.

Bugungi kunda ta’lim mazmunini yangilash, takomillashtirish, o‘qitish samaradorligini va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni keng ommalashtirish bo‘yicha ham ancha ishlar amalga oshirildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim tizimini isloh qilish, yangi DTS va o‘quv dasturlarini takomillashtirish va yangi darsliklar yaratish davlatning asosiy ishlaridan bo‘ldi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonuniy asos bo‘lib xizmat qildi.

Yuqoridagi fikrlarni amaliy isboti o‘laroq 2016-yil 8-9-noyabr kunlari Toshkent shahrida “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishning zamonaviy metodologiyasi: muammo va yechimlar “ mavzusida aniq va tabiiy fanlar o‘qituvchilarining respublika forumi o‘tkazildi.

Forumda qilingan ma’ruzalarga ko‘ra kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari loyihalari ishlab chiqilib 18 ta umumta’lim fanlari bo‘yicha amaliyotchi o‘qituvchilar , metodistlar hamda yetakchi olimlardan iborat ishchi guruhi respublikamizning 76 ta maktab, 52 ta kasb-hunar kolleji va 18 ta akademik litseylarda tajriba –sinovdan o‘tkazildi.

Kompetensiya –fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir.

Kompetentlilik –(lotincha: competens – layoqatli, qobiliyati bor) Kompetentlilik tarkibiga sof kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalardan tashqari, tashabbuskorlik,hamkorlik, guruhda ishlash layoqati, kommunikativ qobiliyati,real baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va foydalana olish xususiyatlari ham kiradi.

Kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim–o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir.


Download 311.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling