Tovar aylanishi pul aylanishining asosi. Pul agregatlari Pul massasi aylanish tezligi


Download 45.75 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi45.75 Kb.
#1389644
  1   2   3
Bog'liq
Pulning aylanmasi va uning tarkibi


Ma’ruza: Pulning aylanmasi va uning tarkibi


Reja:

  1. Tovar aylanishi pul aylanishining asosi.

  2. Pul agregatlari

  3. Pul massasi aylanish tezligi.

  4. Pul muomalasi qonuni.

Kirsh
Tovar aylanishi pul aylanishining asosi


O’tgan ma’ruzalardan ma’lum bo’ldiki pul tovar xo’jaligi mahsuli ekan tovar xo’jaligining rivojlanishi bilan pul muomalasida ham katta o’zgarishlar ham sodir bo’ladi. Pul muomalasini o’stirish, pulllarni ayriboshlash, bo’sh turgan pullarni kredit orqali harakatga keltirish, pulning aylanishini tezlashtirish, pulning aylanish ustidan nazorat qilish kabi iqtisodiy aloqalar yuzaga keladi. Demak, pul doimo harakatda bo’ladi, u kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Jamiyatdagi pulning aylanishi moddiy aylanishni ya’ni yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar harakatini bildiradi. Pulning aylanishi bilan moddiy aylanish o’rtasidagi nisbatni quyidagicha ko’rinishda ifodalash mumkin.
PM*POqN*MX
Bu erda:
1. PM pul massasi.

  1. PO pul aylanish tezligi.

  2. N narx darajasi.

  3. MX q yaratilgan mahsulot va bajarilgan xizmatlar miqdori.

Tovarlarni sotish va sotib olish, xizmat haqlarini to’lash, turli majburiyatlarni bajarish jarayonida vujudga keladigan o’zaro pul va naqd pulsiz xisob kitoblar yig’indisi pul harakatini tashkil qiladi. Buni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
POqNPKXKQNPXK
Bu erda:

  1. PO pul aylanish.

  2. NPKXK naqd pul qulanilagan xisob kitoblar.

3. NPXK naqd pulsiz xisob kitoblar.
Shuni ham aytish kerakki ayrim xollarda tovar muomalasida tashqari ham pul munosabatlari va xisob kitoblar sodir bo’ladi. Ular quyidagi xollarda sodir bo’ladi:

  • ijtimoiy mahsulotni yaratish taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlarida;

  • korxona va tashkilotlar pul daromadlarini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlarida;

  • bank muassasalari, aholi va xo’jaliklar o’rtasidagi kredit munosabatlarda;

  • qishloq xo’jalik tarmoqlarini moliyalashtirish va davlat sug’o’rta muassasalari faoliyati bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarda;

  • aholining bir-birlari bilan bo’ladigan o’zaro to’lovlarida;

Pul bilan bog’liq munosabatlarining ichida eng asosiy tovar moddiy boyliklarni ayriboshlash xisoblanadi, sababi u boshqa pul munosabatlarini vujudga kelishiga zamin yaratadi. Masalan: ish haqini to’lash, bank kreditlarini qaytarish, davlatiga byudjetiga ajratmalar ajratish kabi unlab pul munosabatlari tovar ayriboshlashdan so’ng amalga oshadi.
Pul aylanish uzining harakat doirasida bir necha ko’rinishlarda bo’ladi. Pul aylanish pulsiz munosabatlarning turiga qarab ikkiga bo’linadi:

  1. Tovar moddiy boyliklarining ayriboshlash jarayonidagi pul aylanish;

  2. Tovar harakteriga ega bo’lmagan pulli xisob kitoblarini amalga oshirish jarayonida sodir bo’ladigan pul aylanish;

To’lov usullariga qarab ham pul harakati 2 ga bo’linadi.

  1. Naqd pulli pul aylanish;

  2. Naqd pulsiz pul aylanish;

Ishtirokchilarning joylashuviga qarab pul aylanish:

  1. Shahar (tuman) ichidagi pul aylanish;

  2. Shaharlararo pul aylanishlarga bo’linadi.

Pul aylanishning turlari doimiy ravishda o’zaro bir-birlari bilan bog’liq bo’ladi. Pul aylanish aktiv va passiv bo’lish mumkin. To’lov jarayonlarida bevosita ishtirok etgan harakatdagi pul massasi aktiv pul aylanish deb yuritiladi. Ma’lum pul massasi juda qisqa vaqt davomida, vaqtincha muomalada ishtirok etadi. Korxona va muassasalarning aholining jamg’armalarining harkti buyicha bunga misol bo’ladi va ular passiv pul aylanish deb ataladi.
Pul agrigati deb jamg’arilaetgan va harid kobilyatini hamma vaqt saklovchi barcha pul vositalariga aytiladi. Bunga naqd pullar, ma’lum muddatga yoki muddatsiz bankka quyilgan pullar veksel setifikatlar aktsiya qog’ozlari va bo’lar kiradi. Pul ogregatlarining soni mamlakatda iqtisodiyotning axvoliga qarab turli bo’ladi. Mamalakatimizda yakin vaqtlargacha pul ogregtlari xisob bilan emas va moliya-kredit muassasalarining amaliy faoliyatida ulardan foydalanilmas edi.A’lokachilar ham pul ogregatlari bilan tanish emas edi. Sababi pul nazariyasiga kura naqd va kvazipullarni birlashtirib bo’lmaydi degan tushuncha bor edi, vaxolanki: pul bozori investitsiya bozori va qimmatbaxo qog’ozlar bozorini bir – biridan ajratib bo’lmaydi, ular bir-birlari chambar-chas bog’liq sababli pul agregati degan tushuncha analiziga kengrok singib bormokda. Bozor iqtisodiyotining eng muxim unumdorlaridan (element) biri pul agregatlarini boshqarishidir. Rivojlangan mamlakatlarda pul agregatlarini boshqarish asosan Markaziy banklar zimmasiga yuklatilgan, shu jumladan bizning mamlakatda ham pul agregatlarini boshqarishda Markaziy bank tomonidan quyidagi pul kredit siyosatidan foydalaniladi:
1.Diskant (foiz) siyosati. Diskant deganda veksellarni xisobga olish narx chegirmalari, chegirma foizlari tushuniladi. Diskant siyosatini amalga oshirish natijasida markaziy bank xisob-kitob foizlarini pulga bo’lgan talab va taklifiga qarab oshirish va tushirish siyosatini olib boradi.
2.Ochiq bozordagi operatsiyalar siyosati. Markaziy bank tijorat banklaridan qimmatbaxo qog’ozlarini sotib olish yoki ularga davlatning qimmatbaxo qog’ozlarni sotish orqali pul talabi va taklifiga hamda pul massasiga ta’sir etadi. Respublikamizda pul massasining quyidagi tarkibi kabul qilingan.
MO-muamaladagi naqd pul miqdori .
M1qMOQtegishli xisob – kitob varakalaridagi pul koldiklariQmaxalliy byudjetlar mablag’lari Q byudjet , jamoa va boshqa tashkilotlarining mablag’lari.
M2 qM1Qjamg’arma banklar(halq banklari) muddatli omonatlar .
M3qM2Qchiqarilaetgan sertifikatlardan anik maqsadli zaem abligatsiyalariQdavlat zaem abligatsiyalariQxazina majburiyatlari. Pul massasi tarkibiy qismlariga kvazi pullar (lotincha uxshash) ni ham kiritish mumkin. Kvazi – pullar to’g’ri ma’noda pul bo’lmasada , likvid ativlar yani qiymatini yo’qotma osongina pulga aylantirsa bo’ladigan aktavlar xisoblanadi. Kimmmatbaxo metallar, qimmatbaxo toshlar san’at asarlaripul bilan bir xil darajada turadi. Binolar, uskunalar mashinalar va boshqalar likviditligi kamrok odatda boyliklarning bu toifasi «muzlatilgan» deb ataluvchi aktivlarga kiradi.
Pulning miqdori iqtisodiyotning muomala mablag’lari va to’lov mablag’lariga bo’lgan haqikiy extiejlariga muvofik bo’lgan takdirda pul umumiy ekvivalent rolini normal bajara oladi. Bozor iktisdieti sharoitida muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori qanday aniklanadi. Muomala uchun zarur bo’lgan pulning miqdori muomalada bo’lgan tovarlar umumiy baxosining pul aylanishi tezligiga bo’lingan so’mmasi bilan belgilanadi. Pul muomlasini tartibga tartibga solib turish davlatning asosiy iktsodiy vazifalardan bir xisoblanadi. Malumki muomalada bo’lgan tovarlar massasining so’mmasi qanchalik katta bo’lsa muomala uchun shunchalik ko’p pul massasi kerak bo’ladi. Ayni vakitda pul kan-chalik tez aylansa, muomala uchun shunchalik kam miqdorda pul talab kili-nadi va aksincha muamala uchun zarur bo’lgan ko’p miktordagi. Uch omilga bog’liq: Bo’lar

  1. Tovar miqdori (TM)

  2. Tovar baxosi (TB)

  3. Pul aylanishining tezligi (PAT)

Bu bog’liqni formulaga solsak, uning ko’rinishi qo’ydagicha bo’ladi:

Rivojlangan mamlakatlarda muamala uchun zarur bo’lgan pul miqdorining (PM) tulik formulasi qo’ydagicha bo’ladi:

Bu erda Kr – kreditga sotilgan tovarlar baxosining so’mmasi; Tl – muddati kelgan to’lovlar so’mmasi. Biz yuqorida pul qanchalik tez aylansa muomala uchun shunchalik kam miqdorda pul talab qilinadi va aksincha ddeb aytgan edik. Bu pul muammosi qonuni deb aytiladi. Muomala uchun yana bir formula borki, u muayyan davrda muomalaga zarur bo’lgan pul miqdorini to’laroq aniklashga erdam beradi.

Bu erda:

  1. ZPM – muayyan davrda muomalaga zarur bo’lgan pul miqdori;

  2. NP – naqd pulga sotiladigan tovarlar baxosining umumiy so’mmasi;

  3. Kr - kreditga sotiladigan tovarlar baxosining so’mmasi;

  4. MPT – naqd pul bilan tulanadigan, muddati kelgan majburiy pul to’lovlari so’mmasi;

  5. ZT - zaemlar uchun to’lovlari so’mmasi;

  6. YUT – turli yuto’qlar uchun to’lovlari so’mmasi;

  7. PR – xo’jaliklar va aholi qulidagi naqd pul zaxiralari so’mmasi;

  8. PO – muayyan davrdagi pul birligining aylanish soni;

Keragidan ortikcha pul chiqarish baxolarining kutarilishiga olib kelai, kam ul chiqarish tarlaning stilmay qilishiga sabab bo’ladi.
Demak, tovarlar umumiy baxosining so’mmasi bilan muomaladagi pulning mikddori o’rtasida muvofiklik bo’lishiga erishishi – mamlakat iqtisodiyotni barkaroor rivojlantirishning muxim shartlaridan biridir.
Banklardan ish haqi va boshqa turli xil maqsadlarga berilgan naqd pullar muomalada bo’lib yana savdo tushumi boshqa yunalishlar orqali ma’lum davri ichida bankka kaytib keladi. Uni pul muomalada bo’lish davri deb ataladi. Pulning aylanishi tezligi esa uning necha marta oldi-sotdidagi vositachilik kilganligi bildiradi. Ma’lum davr (chorak, yarim yil, yil) kunlarining pul muomalada ishtirok etgan kunlariga bo’lgan nisbati shu davrdagi pulning aylanish tezligini ifodalaydi. Masalan pulning aylanish davri 15 kunni tashkil etsa, u chorakdagi aylanishi tezligi (90*15q6) 6 martani tashkil etadi. Shu davr mobaynida muomalaga 60 mln. so’mlik tovar mahsulotlari chiqarilgan bo’lsa (60*6q10) 10 mln. so’mlik muomalaga tovar mahsulotlaridan yarimi naqd pulsiz xisob-kotiblar orqali sotilsa unda muomalaga hammasi bo’lib 5 mln. so’mlik naqd pul chiqariladi. Demak bundan shunday xulosa kelib chiqadiki pul qanchalik tez aylanib tursa pulga talab shunchalik kamayadi.
O’tgan ma’ruzalardan ma’lum bo’ldiki pul tovar xo’jaligi mahsuli ekan tovar xo’jaligining rivojlanishi bilan pul muomalasida ham katta o’zgarishlar ham sodir bo’ladi. Pul muomalasini o’stirish, pulllarni ayriboshlash, bo’sh turgan pullarni kredit orqali harakatga keltirish, pulning aylanishini tezlashtirish, pulning aylanish ustidan nazorat qilish kabi iqtisodiy aloqalar yuzaga keladi. Demak, pul doimo harakatda bo’ladi, u kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Jamiyatdagi pulning aylanishi moddiy aylanishni ya’ni yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar harakatini bildiradi. Pulning aylanishi bilan moddiy aylanish o’rtasidagi nisbatni quyidagicha ko’rinishda ifodalash mumkin.

Download 45.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling