Fonetika
1-kitob
Tovushlar tasnifi
1.Tovushlar 2ga bo’linadi:
a)nutq tovushlari-nutq a’zolari yordamida ma’lum maqsadda ketma-ket talaffuz qilinadigan tovushlar;
b)tabiiy tovushlar-inson nutq a’zolaridan tashqarida hosil bo’lgan tovushlar.
Nutq tovushlari tasnifi
Nutq tovushlari 3 belgi asosida:
a)to’siqqa uchrash-uchramaslik belgisi
b)shovqin belgisi;
d)bo’g’in hosil qilish-qilmasligiga ko’ra ikkiga bo’linadi:
-unli tovushlar
-undosh tovushlar
Unli tovushlar tasnifi
Unli tovushlar 2 belgi asosida ;
-lablarning ishtiroki
-og’izning ochilish darajasi(tilning ko’tarilish darajasi)ga ko’ra tasnif qilinadi.
Unli tovushlar tasnifi
1.Lablarning ishtirokiga ko’ra:
|
2.Og’izning ochilish darajasiga ko’ra:
|
Lablanmagan unlilar
|
Lablangan unlilar
|
|
I
|
U
|
Yuqori ko’tarilish tor, yuqori tor unlilar;
|
E
|
O’
|
O’rta keng yoki o’rta tor unlilar
|
A
|
(O)
|
Quyi ko’tarilish, keng, quyi keng (quyi tor) unlilar
|
Til oldi unlilari
|
Til orqa unlilari
|
|
Tilning gorizontal holatiga ko’ra
|
|
FONETIKA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
1.Fonetika tilshunoslikning mustaqil bo’limi bo’lib , yunoncha so’zdan olingan hamda fone-tovush , tika-quti, ya’ni tovushlar qutisi degan ma’noni anglatadi. Fonetikani tovushlar tizimi deb ham nomlash mumkin.
2.Og’zaki nutqning tovush tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limiga fonetika deyiladi.
Nutq tovushlari haqida umumiy ma’lumot
1.Havo to’lqinlari orqali qulog’imiz bilan eshitiladigan barcha hodisalarga tovush deyiladi.Har qanday tovush ma’lum tashqi ta’sir yordamida havo oqimining tebranishi natijasida hosil bo’ladi.
2.Ma’lumki, tovushlar ikki xil bo’ladi:
A)tabiiy tovushlar ; b) inson nutq tovushlari ;
3.Tabiatda insondan tashqarida hosil bo’ladigan barcha tovushlar tabiiy tovushlardir:
M:suvning shildirashi, qushning sayrashi, mashinalar signali va h.z.
4.Inson nutq a’zolari harakati yordamida ma’lum maqsadda ketma-ket talaffuz qilinadigan tovushlar nutq tovushlaridir.
5.Nutqimizni bo’laklarga ajratadigan bo’lsak, uning oxirgi bo’linish nuqtasi tovush hisoblanadi , ya’ni gaplar so’zlarga, so’zlar bo’g’inlarga , bo’g’inlar esa tovushlarga bo’linadi.
6.Bo’linishning oxirgi nuqtasi bo’lgan , og’zaki nutqnig eng kichik , boshqa mayda bo’laklarga bo’lish mumkin bo’lmagan nutq bo’lagiga nutq tovushi deyiladi.
7.Nutq tovushlari akustik-artikulatsion birlik hisoblanadi.
8.Nutq tovushlarining asosiy vazifasi so’zlarning ma’nosini farqlashdir.
M:dars-darz
Yoki: bor-bo’r ; yoki :xiyla-hiyla
9.So’z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan nutq tovushlari fonema deb ataladi.
10.Demak, nutq tovushlari fonetikada, fonemalar esa fonologiyada o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |