Toyloq bilimdonlari
Download 69.87 Kb.
|
ASOSIY TEST
“TOYLOQ BILIMDONLARI” fan olimpiada test savollari MATEMATIKA 1. Kotiba ikki kun davomida 75 bet matn terdi. U birinchi kun 6 soat, ikkinchi kun 9 soat ishladi. Agar kotiba shu tezligini ikki baravar oshirib 3-kuni 5 soat ishlasa, u necha bet matn tera oladi? A) 15 B) 25 C) 50 D) 75 2. 400 dm2 = … cm2 nuqtlar o’rnini mos son bilan to’ldiring. A) 4 B) 40 C) 400 D) 40000 3. 12 litr sutdan 2,5 kg qaymoq olinadi. 20 kg qaymoq uchun necha litr sut kerak? A) 20 B) 96 C) 36 D) 80 4. Toshbaqa va shilliqqurt qarama-qarshi tomonga harakat qilyapti. Agar toshbaqaning tezligi 32 sm/min, shilliqqurtning tezligi 10 sm/min bo‘lsa, 12 minutdan keyin ular orasidagi masofa qancha bo‘ladi? A) 5 m 4 cm B) 5 m 40 cm C) 4 m 32 cm D) 12 m 42 cm 5. Insho yozish ucbun 4596 ta harf ishlatildi. Agar ularning uchdan bir qismi unli harflar bo’lsa, nechta undosh harflar ishlatilgan? A) 2036 B) 3046 C) 1532 D) 3064 6. Birinchi qopda 24 kg sabzi bor. Ularni 3 kg dan qilib qizil xaltachalarga solindi. Ikkinchi qopdagi karamlarni esa 4 kg qilib ko’k xaltachalarga joylandi. Agar ko’k xaltachalar soni qizil xaltachalardan 5 taga ko’p bo’lsa, ikki qopda jami qancha sabzavot bor? A) 100 kg B) 92 kg C) 76 kg D) 84 kg 7. 120 kg uzum quritilganda 30 kg mayiz olinadi. 160 kg mayiz olish uchun necha kg uzum kerak A) 40 B) 80 C) 320 D) 640 8. Men ikki xonali son o’yladim. Uni 2 ga , 3 ga, 4 ga bo’lsam har safar 1 qoldiq chiqaveradi. Ammo 5 ga qoldiqsiz bo’linadi. Men o’ylagan sonni toping. A) 15 B) 25 C) 35 D) 45 9. Cobalt avtomobili 90 km/h tezlik bilan ketayotgan bo’lsa , uning 10 minutda o’tgan yo’lini toping. A) 5 B) 10 C) 15 D) 20 10. Kubning nechta qirrasi bor A) 4 B) 6 C) 8 D) 12 11. Nodir ma’lum masofani 0,6 soatda, Anvar esa uni Nodirdan 1/15 soat tezroq, Tursunboydan esa 1/30 soat kamroq vaqtda bosib o’tdi. Shu masofani Tursunboy qancha vaqtda bosib o’tgan? A) 3 minut B) 38 minut C) 40 minut D) 43 minut minut 12. C va D nuqta AB kesmani 3 bo’lakka bo’ladi. Agar AB=30cm, CD=15cm, AD=23cm bo’lsa, CB kesma uzunligini toping. A) 22 B) 25 C) 29 D) 11 13. Maktab hovlisida 12 ta qiz va 11 ta og’il bola o’ynamoqda. Yana qancha maktab o’quvchisi ularga qo’shilsa, o’quvchilar 7 ta teng jamoaga bo’linishi mumkin? A) 1 B) 3 C) 5 D) 7 14. Qiz 10 yosh bo’lganda , onasi 40 yosh bo’lsa, necha yildan so’ng onasi qizidan 2 marta katta bo’ladi. A) 10 B) 15 C) 20 D) 25 15. Ikkita to’g’ri burchakli parallelepiped asoslari teng. Agar ulardan birining balandligi 4cm, hajmi 84cm3 bo’lsa, 5cm balandlikka ega ikkinchi parallelepiped hajmini toping. A) 115cm3 B) 105cm3 C) 130cm3 D) 96cm3 16. 10 ta tulki 1000 kunda 10000 ta quyon tutsa, 5 ta tulki necha kunda 100 ta quyon tutadi? A) 20 B) 10 C) 50 D) 40 17. Quyidagi 5ta shakldan qaysi birida qora rangga bo’yalgan sohaning ulushi eng katta? A)1 B) 2 C) 3 D) 4 18. Tarozining bir pallasiga 3ta qora va 1ta oq loviya qo’yildi. Ikkinchi pallasiga esa rasmda ko’rsatilgandek 1ta qora va 30 grammlik tosh qo’yildi. Natijada tarozi pallalari tenglashdi. Savol: 6ta qora va 3ta oq loviya birgalikda qancha og’irlikka ega? A) 100 g B) 95 g C) 80 g D) 90 g 19. 340 betlik kitobni betlash 3 betdan boshlangan. Bu kitobni betlash uchun nechta raqam ishlatilgan A) 340 B) 904 C) 907 D) 910 20. Shaxzod va Nigoraning uylari anhor bo’yida joylashgan. Shaxzodning uyidan chap tomonda 43 ta , o’ng tomonda 27 ta uy bor. Nigoraning chap va o’ng tomonida uylar soni bir-biriga teng. Shaxzod va Nigoraning uylari orasida nechta uy bor. A) 5 B) 6 C) 7 D) 8 Download 69.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling