Transport logistikasi
Download 335.5 Kb.
|
Logistika mustaqil uslubiy ko'rsatma 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jizzax-2023
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI“Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor _________dots. Egamnazarov G‘.G‘. “ _27_ ” ____06___2023 yil “TRANSPORT LOGISTIKASI” K A F E D R A S I “Logistika” fanidan 61040100 - Transport logistikasi bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun MUSTAQIL ISHLARINI BAJARISH BO‘YICHA U S L U B I Y K O‘ R S A T M A Jizzax-2023Uslubiy ko‘rsatma 61040100 - Transport logistikasi bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun “Logistika” fanining sillabusi asosida tayyorlandi. Tuzuvchi: -S.H.Qosimov – Jizzax politexnika instituti, “Transport logistikasi” katta o‘qituvchi - Sh.Z. Xamdamova- Jizzax politexnika instituti, Taqrizchilar: “Jizzax politexnika instituti” “Transport logistikasi” kafedrasi dotsenti, dots Rahmatullayev M
KIRISH Yosh avlodga ta’lim - tarbiya berish, ularda fan asoslariga nisbatan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish davlat siyosatining ustivor vazifalaridan biri xisoblanadi. Jamiyat taraqqiyotining muhim sharti kadrlarni tayyorlash tizimining mukammal bo‘lishi, zamonaviy fan, madaniyat, iqtisod, texnika va texnologiyalar asosida yuksalish bilan belgilanadi. Yoshlar bilan ishlash masalalari alohida e’tiborni talab qiladi. Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga etishiga farzandlarimizning hayotga nechog‘li faol munosabatda bo‘lishga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanligini hamisha yodda tutishimiz kerak.” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020 yil 6 noyabrdagi PF №6108-sonli farmonida “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ” qabul qilinganligi va uning ustuvor yo‘nalishida ijtimoiy sohani rivojlantirishga alohida urg‘u qo‘yilgan bo‘lib, ta’lim sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va shu orqali ta’lim mazmunini jahon andozalari darajasiga olib chiqishni ustuvor vazifa etib belgilab berildi. Mustaqillik sharoitida ta’limning samaradorligini oshirish uchun barkamol avlod ta’lim-tarbiyasining muhim tarkibiy qismlaridan biri - har qanday jamiyatning zamonaviy taraqqiyot darajasi hamda uning kelajagini belgilovchi o‘z ichki imkoniyatlari, ijodiy tashabbuskorlik salohiyati bilan o‘zligini namoyon qila oladigan, jamiyat tomonidan qabul qilinishi va tan olinishida o‘z o‘zini isbotlay olgan, o‘z taqdirining haqiqiy yaratuvchisi bo‘lgan, izlanuvchanlik hamda yaratuvchanlik qobiliyatiga ega insonlarni kamol toptirishdir iboratdir. Download 335.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling