Transport mashinalari unumdorligi. Vaqt birligida transport vositasida tashib chiqilayotgan yukning miqdoriga transport mashinasining unumdorligi deyiladi
Download 203.76 Kb.
|
Nozimjon Abduahatov
Transport mashinalari unumdorligi. Vaqt birligida transport vositasida tashib chiqilayotgan yukning miqdoriga transport mashinasining unumdorligi deyiladi. Unumdorlik massa (Q, t/soat) yoki hajm (V, m3/soat) birligida belgilanadi. Ayrim hollarda unumdorlik shartli ravishda transport mashinasi bajaradigan ish birligida (Q·L, t.km/soat) ifodalanadi. Masalan, lokomotiv tashigichning unumdorligi shunday belgilanadi. Transport qurilmasining bir smenadagi haqiqiy zaruriy unumdorligi (A, sm) topshiriq rejasi bilan aniqlanadi. Masalan, grafikka binoan, qazish mashinasi bir sutkada uzun zaboy (lava)ni boshidan ohirigacha bir marta o`tadigan bo`lsa, qazib chiqarilgan ko`mirni tashuvchi qurilmaning 1-smenadagi unumdorligi qo`yidagicha aniqlanadi: , t/smena, (1.1) bu erda L – zaboy (lava)ning uzunligi, m; b- qazib olinayotgan polosaning eni, m; h- qazib olinayotgan qatlam qalinligi, m; -ko`mirning massivdagi zichligi, t/m3; ns – bir sutkadagi smenalar soni Agarda qazish miqdori smenalarbo`yicha bir xilda taqsimlangan bo`lmasa, transport qurilmasining unumdorligi eng ko`p qaziladigan smenaga mos ravishda belgilanadi. Konchilik korxonalarida yuk oqimi vaqt bo`yicha odatda notekis bo`ladi. Foydali qazilmani qazib olish hamda transport bo`yicha ishlarni tashkil qilinishiga qarab smena davomida transport qurilmasining ishlashida to`xtam (pauza)lar bo`ladi. Ular qurilmaning «sof» ishi soati sonini, ya`ni uning «mashina vaqti»ni kamaytiradi. Undan tashqari, «mashina vaqti» davomida yuk kelib tushishining intensivligi o`zgarib turadi, bu esa ayrim vaqtlarda transport qurilmasining kam yoki keragidan ortiqcha yuk bilan ishlashiga olib keladi. Transport qurilmasining berilgan vaqt (smena) davridagi «sof» ish vaqti (T) yoki «mashina vaqti» ning shu vaqt (smena) davrining umumiy davomiyligi (To) ga nisbati transport qurilmasidan vaqt bo`yicha foydalanish koeffitsienti (Kv) deb ataladi: . (1.2) T ning qiymati T0 dan kam bo`ladi, chunki smenaning umumiy davomiyligidan bir qism vaqt quyidagilarga sarflanadi: - smenalar oralig`ida transport qurilmasini qabul qilish –topshirish jarayonida uni ko`zdan kechirish; bu vaqt taxminan 30 min ni tashkil qiladi; - ba`zi qurilmalar uchun smena davomida uni ko`zdan kechirish yoki uni ishini davom ettirish uchun zarur bo`lgan operatsiyalarni bajarish (masalan, akkumulyatorli elektrovozlarning batareyasini almashtirish); - ishlab chiqarish jarayonida o`zaro bog`lanish bo`lmaganligi tufayli transport qurilmasining noiloj bekor turib qolishligi; qazish va tashish bo`yicha ishlar to`g`ri tashkil qilinganda bunday vaqt yo`qotishlar bo`lmasligi kerak. Qurilmadan vaqt bo`yicha foydalanishni yaxshilash va ishni yaxshi tashkil qilish hamda jixozlar, temir yo`llar, laxmlar holatini yaxshilash yo`li bilan T ning qiymatini oshirish transport unumdorligini oshirishning muhim vositasidir. Transport qurilmasining mashina vaqti (T) dagi o`rtacha 1- soatlik unumdorligi qo`yidagi ifoda bilan aniqlanadi: (1.3) Transport qurilmasining unumdorligi muayyan vaqt oralig`ida unga kelib tushadigan yukning eng ko`p miqdoriga mos bo`lishi kerak. SHuning uchun transport qurilmasining hisobiy unumdorligi qo`yidagicha bo`ladi: (1.4) bu erda - transport qurilmasi unumdorligining notekislik koeffitsienti. k ning qiymati 1 dan katta bo`lib transport, qurilmasiga ko`p yuk kelib tushayotgan tig`iz paytlarni bartaraf qilish uchun zarur bo`lgan unumdorlik zahirasini ifodalaydi. Unumdorlikni aniqlash. Transport qurilmasining (unumdorligi unga bog`liq bo`lgan) asosiy parametrlari yuqorida ko`rilgan hisobiy unumdorlik Q (t/soat) qiymatiga qarab aniqlanadi. Transport qurilmalarining ikkita asosiy – uzluksiz va davriy yoki tsiklik xarakatlanadigan – guruxlari uchun unumdorlik parametrlari turlicha aniqlanadi. Uzluksiz xarakatlanuvchi qurilmalar. Ushbu guruhga kiruvchi qurilmalarning, masalan, konveyerlarning har xil turlari, cho`mich (kovsh)li elevator va boshqalarning unumdorligi qurilmaning 1m uzunligiga to`g`ri keladigan yuk miqdorini (pogonnaya nagruzka) mashina xarakat tezligi qiymatining ko`paytmasiga teng. Agar transport vositasining 1m uzunligiga to`g`ri keladigan yuk miqdori q (kg/m) va harakat tezligi v (m/sek) bo`lsa, mashinaning 1 sekundlik unumdorligi qv (kg/sek) ga teng, 1 soatlik unumdorligi esa t/soat (1.5) ga teng bo`ladi. Transport vositasining 1-soatlik unumdorligi va tashiluvchi materialning harakat tezligi ma`lum bo`lgan taqdirda, mashinaning 1m uzunligiga to`g`ri keladigan yuk miqdorini qo`yidagi ifoda bilan aniqlash mumkin: , kg/m (1.6) Agar yuk uzluksiz oqimda harakatlanayotgan bo`lsa (masalan, tasmali konveyerda) va yukning ko`ndalang kesim yuzasi F (m2) bo`lsa (1.4 a-rasm), unda , kg/m, (1.7) a v b bu erda - yukning to`kma zichligi, t/m3 F,m2 q,kg/m F,m2 q,kg/m 1m 1m 1.4-rasm. Uzluksiz harakatlanuvchi transport qurilmalari unumdorligini aniqlashga doir sxemalar Agarda yuk novda (masalan, kurakli konveyer novining ustida) yoki quvurda xarakatlansa (1.4, b-rasm) va nov yoki quvurning ko`ndalang kesim yuzasi F0 (m2), ularning to`lalik koeffitsienti bo`lganda , kg/m. (1.8) Agarda yuk hajmi i0 (l) bo`lgan cho`michda (masalan, cho`michli elevator yordamida) tashiladigan bo`lsa (1.4,b-rasm), cho`michning to`lalik koeffitsienti esa va cho`michlar orasidagi masofa a(m) bo`lsa, unda , kg/m (1.9) Yuk vagonchalarda (masalan, uzluksiz tashigich) tashiladigan bo`lib, undagi yukning massasi (kg), vagonchalar orasidagi masofa (m) yoki vagonchalar orasidagi vaqt intervali t (sek) bo`lsa, unda , kg/m. (1.10) (1.5), (1.7), (1.8), (1.9) va (1.10) ifodalarni hisobga olgan holda, uzluksiz transport vositalarining unumdorligi qo`yidagicha aniqlanadi: a) tasmali konveyer uchun , t/soat; (1.11) b) kurakli konveyer uchun , t/soat; (1.12) v) cho`michli elevator uchun , t/soat; (1.13) g) uzluksiz tashigich uchun , t/soat. (1.14) Qurilmaning massaviy (Q) va hajmiy (V) unumdorligi o`rtasida qo`yidagi o`zaro nisbat mavjud: , t/soat. (1.15) Demak (1.10), (1.11), (1.12) va (1.13) ifodalardan qo`yidagi hajmiy unumdorliklar kelib chiqadi: , m3/soat; (1.11) , m3/soat; (1.12) , m3/soat; (1.13) , m3/soat (1.14) Massaviy yoki hajmiy unumdorlikning talab etilgan qiymati bo`yicha transport qurilmasining muayyan turiga xos bo`lgan harakat tezligini tanlab olib, yuqoridagi ifodalardan shu unumdorlikni belgilovchi F, F0, i0/a, m/a, m va t parametrlarni aniqlash mumkin. Davriy harakatlanuvchi qurilmalar. Agarda transport vositasi davriy (tsiklik) ishlaydigan vosita (masalan, elektrovoz tashigich) bo`lib, yuk z vagonchalardan iborat sostavda tashilib, har bir vagonchaga m (kg) yuk ortiladigan bo`lib, 1 soatda o`tadigan sostavlar soni n yoki sostavlar oralig`idagi vaqt intervali T (sek) ni tashkil etsa, bunday transport vositasining unumdorligi , t/soat (1.16) ga teng bo`ladi. Yuk bitta idishda, masalan, skipda tashiladigan bo`lsa, yuqoridagi ifodada z=1. Agarda qatnaydigan sostavning soni bitta bo`lsa, ilgarigi ifodadagi T sostavning to`liq reysiga ketadigan vaqtiga teng bo`ladi. Agarda bir vaqtda qatnaydigan sostavlar soni N, sostav reysining davomiyligi esa Tr (sek) bo`lsa , t/soat (1.17) Ma`lum bir o`rtacha tezlik bilan xarakatlanuvchi sostavning yuk tashish masofasi oshishi bilan reys davomiyligi Tr ham oshib boradi. SHuning uchun bunday vaziyatlarda belgilangan unumdorlikni ta`minlash uchun qatnayotgan sostavlar soni N ni yoki sostavning foydali massasi mz ni, yoki ham uni ham buni ko`paytirish kerak bo`ladi. Shunday qilib, davriy (tsiklik) xarakatlanuvchi transport qurilmalarida ularning unumdorlik parametrlarining qiymati nafaqat unumdorlikning miqdori, balki yuk tashish masofasiga ham bog`liqdir. Uzluksiz xarakatlanuvchi qurilmalarda esa, aksincha, unumdorlik parametrlarining qiymati faqat unumdorlik miqdoriga bog`liq va tashish masofasiga bog`liq emas [(1.11) – (1.14) ifodalar]. Download 203.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling