TransporT vosiTalarida qo‘llaniladigan nomeTall maTeriallar


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/78
Sana04.10.2022
Hajmi1.49 Mb.
#830829
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
Хакимов Нометалл
20210115, Kimyo. 9-sinf (2014, I.Asqarov, N.To'xtaboyev), Документ Microsoft Word, kitob, Ma’ruza mavzulari Dars soatlari hajmi, Reja Gidromashinalar va ularning kiskacha rivojlanish tarixi. Gi


Hakimov Ravshan Muminovich
TransporT 
vosiTalarida 
qo‘llaniladigan 
nomeTall 
maTeriallar
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
tomonidan Oliy texnika o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv 
qo‘llanma sifatida foydalanishga ruxsat etilgan
Тoshkent – 2018


Taqrizchilar:
a.T.djalilov  — Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot 
instituti DUK direktori, kimyo fanlari 
doktori, professor:
a.sobirjonov — texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Avtotransport vositalarini ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish 
va ta’mirlashda foydalaniladigan plastik massalar, rezina va lok-bo‘yoq 
materiallar, yelimlar va jipslovchi, qoplama, zichlama va izolyatsiyalovchi 
materiallar haqida ma’lumotlar, shuningdek, bu materiallarga qo‘yiladigan 
texnik-iqtisodiy talablar berilgan. Mavjud ma’lumotlarning hammasi 
umumlashtirilgan va soha mutaxassislarining tajribalari o‘rganilgan.
Qo‘llanma “Transport vositalarida qo‘llaniladigan nometall 
materiallar” fani dasturi asosida yozilgan va 5310600 – YeUТТ va UE 
hamda 5313100 – АТYQM va JE bakalavriat ta’lim yo‘nalishida bilim 
olayotgan talabalarga mo‘ljallangan.
© R.M.Hakimov, 2018-y.


3
Kirish
Avtomobil sanoatining rivojlanishi fundamental va 
amaliy tadqiqotlarning yutuqlari bilan bog’liq. Zamonaviy 
avtomobillarni ishlab chiqarishda sanoatning hamma tarmoqlari 
hissa qo‘shayapti, lekin kimyo sanoatining hissasi bo‘lakcha.
Shunday asosiy mahsulotlar borki, ularsiz zamonaviy 
avtomobillarni ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilishni 
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bular – yonilg’i, moylash materiallari, 
maxsus suyuqliklar, rezinalar, shinalar, plastmassalar, lok-
bo‘yoq va qoplama materiallar, yelimlar va jipslovchi materiallar, 
korroziyaga qarshi qoplamalardir.
Plastmassalardan mashinasozlik va avtomobilsozlikda, 
konstruktsion materiallarning yangi avlodi sifatida foydalanish 
kimyo sanoatining rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
Plastmassalar murakkab shaklli detallarni tayyorlash, ularni 
ta’mirlash va almashtirish texnologiyasini soddalashtiradi, 
polimer kompozit materiallarni avtomobilsozlikda nostandart 
tarzda qo‘llash imkonini beradi. Kardanli vallarni, ressor-
larni tayyorlash, yarimo‘tkazgichlar, datchiklar va mikrop-
rotsessorlarni tayyorlash, toza materiallarni ishlatish bularga 
misol bo‘la oladi.
Hozirgi vaqtda konstruktsion plastmassalardan yirik 
detallarni, qoliplash tsikli 1 minutdan kam bo‘lgan holda 
tayyorlash maqsadga muvofiq. Bularga bamperlar, kopotlar, 
yukxona qopqoqlari va h.k. lar kiradi. Avtomobilning bamper, 


4
radiator qoplamasi, kopotlarning “peshona” sidan iborat old 
qismini polimer materialdan yaxlit qilib qoliplash va boshqa 
ishlov bermasdan o‘rnatish g’oyasi istiqbolli sanaladi. Bunday 
texnologiya, bir vaqtning o‘zida avtomobilning talab etiladigan 
aerodinamik tavsiflarini ta’minlay oladi, avtomobilning xavfsiz 
harakatlanishiga va tejamkorligiga qaratilgan dizayn hosil qilish 
imkonini beradi.
Avtomobil transporti rivojlangani sari yangidan-yangi 
masalalar yuzaga keladi. Masalan, avtomobillardan chiqadigan 
yonish mahsulotlari havoni ifloslantirishi katta muammo 
ekanligi hammaga ma’lum. Bu gazlarning CO

va H
2
O gacha 
to‘la yonishini ta’minlaydigan konvektor ishlab chiqish uchun 
yaroqli, samarali va tejamli katalizatorlarni topish kimyo fani 
va sanoati oldida turgan katta vazifadir. Yaqin kelajakning 
avtomobillari – kimyoviy birikmalar keng ko‘lamda ishlatilgan 
mashina bo‘lishi muqarrar. Shuning o‘ziyoq zamonaviy kimyo 
sanoatini tasavvur qilish uchun yetarlidir.
Ushbu kitobda zamonaviy avtomobillarni ishlab chiqarish 
va ekspluatatsiya qilishda sintetik kimyoviy birikmalarni 
qo‘llash sohalari ko‘rib chiqilgan, yozma manbalardagi 
konstruksion plastmassalarga, rezina-texnik buyumlarga, 
pardozlash materiallari, yelimlar va jipslovchi materiallar, lok 
va bo‘yoqlarga tegishli ma’lumotlar to‘plangan.


5

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling