“Trastbank” xabda 2016 yilga mo„ljallangan Biznes – rejaga Bank Kengashi tomonidan


Download 213.97 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.10.2020
Hajmi213.97 Kb.
#135855
Bog'liq
2016-yil-biznes-rezha.lot (1) (1)

background image
“Trastbank” XABda 2016 yilga mo„ljallangan Biznes – rejaga (Bank Kengashi tomonidan 

2015 yil 27 noyabrda tasdiqlangan) muvofiq 2016 yilda rivojlanishning asosiy yo„nalishlari 

 

 



Bank o‘z faoliyatida bank aksiyadorlari va mijozlari manfaatlarini ko‘zlab xarakat qiladi. 

 

Bankning asosiy strategik maqsadlari quyidagilardir: 



 

- Foyda olish; 

 

- Xatarlarni kamaytirish; 



 

- Bank faoliyati samaradorligini oshirish; 

 

- Bank faoliyati ochiqligini oshirish yo‘li bilan uning obro‘sini saqlab turish. 



 

 

Bugungi kun sharoitidan kelib chiqib, bank quyidagi masalalarni hal qiladi: 



 

- Moliya xizmatlari bozorida bank mavqeini mustahkamlash; 

 

- Bank kapitalini ko‘paytirish; 



 

- Bo‘linmalar tarmog‘i samaradorligini oshirish; 

 

-  Xar  bir  mijozga  alohida  yondoshuv  asosida  ko‘rsatilayotgan  xizmat  turlarini 



takomillashtirib borish; 

 

-  Birinchi  toifaga  kiruvchi  mijozlarni  jalb  etish  va  ular  bilan  o‘zaro  manfaatli  uzoq 



muddatli aloqalar o‘tnatish; 

 

- aktivlar va passivlarni samarali boshqarish orqali barqaror holatni ta’minlash; 



 

-  ichki  nazoratni  o‘z  ichiga  olgan  tavakkalchiliklarni  boshqarishning  to‘liq  tizimi 

sharoitida ish olib borish; 

 

-  Vazifalar  taqsimotini  eng  samarali  tashkil  etgan  holda,  qaror  qabul  qilish,  bankni 



boshqarishning  moslushuvchan  tizimidan  foydalanish  orqali  ishni  tashkil  etish  mexanizmlarini 

doimiy takomillashtirib borish; 

 

- Bank xodimlarining ishlab chiqarish, samaradorlik va ish sifatlarini oshirib borish. 



 

2016 


yilda 

Bank 


o‘z  imkoniyatlarini  xududiy  bozorlarda  bank  mavqeini 

mustahkamlashga qaratadi. 

Bank  jalb  qilinadigan  resurslar  xajmini  oshirish  maqsadida,  aholining  turli  qatlamlariga 

mos  keladigan  omonat  turlarini  jalb  etish,  yangi  mijozlarni  va  ularning  pul  mablag‘larini  bank 

aylanmasiga jalb etish, bank tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berish 

va  qonunchilikda  belgilangan  oshkor  etilishi  majburiy  bo‘lgan  ma’lumotlarni  oshkor  etish 

bo‘yicha ishlar amalga oshiradi. 

Bank  faoliyatining  muhim  yo‘nalishi  kredit  amaliyotlari  xajmini  kengaytirgan  holda 

kredit  portfeli  xajmini  ko‘paytirishdir.  Shu  bilan  birga  bank  kredit  portfeli  sifatini  yaxshilash 

bank  uchun  eng  muhim  jihat  hisoblanadi.  Bu  yo‘nalishda  bank  eng  asosiy  e’tiborni  kredit 

berilishidan  oldin  ta’minotning  va  mijozning  moliyaviy  holatini  sinchkovlik  bilan  o‘rganish, 

kredit  shartnomasi  amalda  bo‘lgan  davrda  monitoring  olib  borish,  ta’minotga  faqat  yuqori 

likvidlikka ega saqlanishi mijoz uchun katta ahamiyatga ega mol-mulkni qabul qilishga qaratadi.  

Bank  uchun  boshqa  asosiy  yo‘nalishlar  bo‘lib  foizsiz  xarajatlarni  birinchi  navbatda 



boshqaruv xarajatlarini kamaytirish va foizsiz harajatlar miqdorini ko‘paytirish hisoblanadi.  

 

Download 213.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling