Tunlamlar oilasiga kiruvchi hammaxo`rlar tunlamlar


Download 43.66 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi43.66 Kb.
#1507244
Bog'liq
TUNLAMLAR OILASIGA KIRUVCHI HAMMAXO`RLAR


TUNLAMLAR OILASIGA KIRUVCHI HAMMAXO`RLAR
Tunlamlar, tungi kapalaklar (Noctuidae) — tangaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. 25 mingga yaqin turi maʼlum. Kapalaklari oʻrtacha va mayda (3—5 sm), krramtir, oldingi qanotlarida bir xil naqshi bor, qorni tuklar bilan qoplangan. Kapalaklarning ogʻiz apparati soʻruvchi, qurtlariniki kemiruvchi tipda. Qurtlarining koʻpchiligi yalangʻoch, gʻumbagi qizgʻishjigarrang yoki qoʻngʻir. Kapalaklari gul va daraxt shirasi bilan oziklanadi. Yangi qoʻygan tuxumi sargʻimtiroqish. Qurtlarida 3 juft koʻkrak oyogʻining birinchi boʻgʻimida va 10 juft qorin oyogʻining 1—8 boʻgʻimida nafas olish teshigi joylashgan. T., asosan, kechasi uchadi. Oʻsimlik qoldiqlari yoki tuproqqa 300 tagacha tuxum qoʻyadi. Baʼzi T. qurtlari tuproqda yashab, oʻsimlik ildizlari yoki poyasining ildiz boʻgʻizlarini kemiradi (mas., koʻk qurt tunlami, undov tunlami). Ayrimlari oʻsimlik bargi, shonasi, guli, koʻsagiga zarar yetkazadi (mas., karadrina, koʻsak qurti, beda tunlami va boshqalar).Moʻylovlarining shakli va uzunligi har xil. Yozilgan qanotlari 3,2 mm dan (mitti kuyachalar) 300 mm gacha (tunlamlar). Tuxumlarining shakli har xil boʻlib, sistematik ahamiyatga ega. Qurtlarida 3 juft koʻkrak oyokdari bilan birga 5 juft soxta qorin oyoqlari ham boʻladi. Gʻumbaklari yopiq (koʻpincha, pilla ichida), tuban vakillarida ochiq (erkin) boʻladi. Kapalaklar odatda, tuban kapalaklar (teng qanotlilar) va yuksak kapalaklar (har xil qanotlilar) kenja turkumlariga boʻlinadi. Ayrim hollarda ogʻiz organlari kemiruvchi tipda boʻlgan tishli kuyalar alohida kenja turkumga ajratiladi. Kapalaklar turkumining sistemasi aniq ishlab chiqilmagan, 100 dan 200 gacha oilaga ajratiladi. 140 mingga yaqin turi maʼlum. Kapalaklar faunasi, ayniqsa, tropik mintaqada xilma-xil. Oʻzbekistonda 1500 ga yaqin turi aniklangan. Tunlam kapalaklar, odimlovchilar, barg oʻrovchilar oilalari, olovrang kapalaklarlar, kuyalar katta oilalari, ayniqsa, turlarga boy.Koʻpchilik kapalaklar shomda yoki kechasi, ayrimlari kunduzi faol hayot kechiradi. Voyaga yetgan kapalaklar gul nektari yoki oʻsimlik (baʼzan qayvonlar) shirasi bilan oziqlanadi. Koʻpchilik kapalaklar imagosining ogʻiz organlari reduksiyaga uchragan, oziqlanmaydi (afagiya). Tishli tunlamlar gul changi bilan oziklanadi.



Download 43.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling