Tuproq genezisi haqida umumiy ma’lumotlar


Download 20.7 Kb.
Sana24.08.2020
Hajmi20.7 Kb.
#127542
Bog'liq
1. Tuproq klassifikatsiyasi


Reja:

  1. Tuproq genezisi haqida umumiy ma’lumot.

  2. Tuproqlar klassifikasiyasi (tasnifi).

  3. Tuproq klassifikasiyasining rivojlanish tarixi.

  4. Antropogen qayta o'zgargan tuproqlar klassifikasiyasi.


TUPROQ GENEZISI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR.

V.V. Dokuchayev tuproqlarning genezisi (kelib chiqishi va rivojlanishi) va xossalari bilan tuproq paydo qiluvchi omillar orasida mustahkam o’zaro bog’liqlik mavjudligini aniqladi. V.V. Dokuchayevning tavsiyasi bilan tuproq paydo bo’lishining tabiiy sharoitlarini tuproq paydo qiluvchi omillar deb yuritiladigan bo’lindi. Tuproq paydo qiluvchi omillarga o’simlik va hayvonot olami, ona jinslari, iqlim, relyef, joyning yoshi (yoki tuproqning yoshi) kabilar kiradi.

V.V. Dokuchayev ko’rsatganidek, tuproq ham boshqa tabiiy mustaqil jinslar singari o’zining kelib chiqishiga ega va ko’rsatilgan tuproq paydo qiluvchi omillarning o’zaro ta’siri natijasida hosil bo’ladi. Olim yozganidek, «tuproq paydo qiluvchi barcha omillar o’z mohiyati bilan mutlaqo bir xil ahamiyatga ega. Normal tuproqlarning paydo bo’lishida ular barobar ishtirok etadi. Demak, tuproqni o’rganish uchun, yuqorida ko’rsatilgan tuproq paydo qiluvchi omillarni birgalikda o’rganish zarur». V.V. Dokuchayevning tuproq paydo qiluvchi omillar haqidagi ta’limoti tuproqshunoslikning rivojlanishida nihoyatda katta rol o’ynaydi. Jumladan ana shu omillar asosida tuproqlarni dalada tekshirishning kompleks-geografik metodlari ilmiy asosda ishlab chiqildi.

Keyinchalik N.M. Sibirsev, o’z ustozi V.V. Dokuchayevning tuproq paydo qiluvchi omillar to’g’risidagi ta’limotini yanada rivojlantirdi. N.M.Sibirsev ko’rsatgandek, har bir tuproq paydo bo’lish tipida o’ziga xos bo’lgan omillar uyg’unligi mavjud bo’lib, tabiiy geografik landshaftlar bunga yaqqol misol bo’la oladi.

V.V. Dokuchayevning tuproq paydo qiluvchi omillar haqida ta’limoti keyinchalik P.A. Kostichev, V.R. Vilyams, S.A. Zaxarov, S.S. Neustruyev va boshqa tuproqshunoslarning asarlarida yanada taraqqiy ettirildi.

Tuproqlar klassifikasiyasi (tasnifi).

Yer yuzasi tuproq qoplami, o‘zining murakkab tuzilishi va xilma –xilligi bilan xarakterlanadi. Tuproqlarni o‘rganishda va rasional foydalanishda, ularni to‘g‘ri aniqlash ya‘ni klassifikasiya qilish muhim ahamiyatga ega.

Tuproqlarni o‘xshash belgilari, kelib chiqishi va unumdorligi kabi xususiyatlariga ko‘ra muayyan gruppalarga birlashtirishga tuproq klassifikasiyasi (tasnifi) deyiladi.

Tuproqlarni ilmiy jihatdan klassifikasiyalash ularning genetik – ishlab chiqarish xossalariga asoslangan bo‘lib, bu klassifikasiya quyidagilarni: tuproq paydo bo‘lishining barcha shart-sharoitlari va jarayonlarini, tuproqlarning territoriyalar bo‘yicha tarqalishini va tuproqlarning ishlab chiqarish jihatidan ahamiyatga ega bo‘lgan biologik, fizikaviy va kimyoviy xossalarining umumiy xarakteristikasini aks ettirishi kerak. Tuproqlarni klassifikasiyalash muammolari tuproqshunoslikdagi eng aktual va munozarali masalalardan biri hisoblanadi. Fanning rivojlanishi va yangi ilmiy dalillarning to‘planishi natijasida ilgari tuzilgan, bunday qaraganda ilmiy asoslangan klassifikasiya sxemasiga ayrim qo‘shimchalar kiritish yoki ularni qayta ishlab chiqish zarur bo‘ladi. Bu muammolar qishloq va o‘rmon xo‘jaligi talablari asosida ham yuzaga keladi. Ilmiy klassifikasiya fanning hozirgi holatini aks ettiradi. Ilm-fan ning rivojlanishi bilan tuproqlar klassifikasiyasi ham murakkablashib boradi.

Tuproq klassifikasiyasining rivojlanish tarixida to'rtta etapni ajratish

mumkin:

1) Dokuchayevgacha, bunda geologiya - petrografiya, kimyoviy va fizikaviy klassifikasiya prinsiyaplari ustun bo'lgan;

2) Dokuchayev davri, qachonki U.U. Dokuchayev, N.M. Sibirsev, K.L. Glinkalar tomonidan asos solingan va tuproqlarni genetik klassifikasiyalash prinsiplari ishlab chiqilgan;

З) Hozirgi davr (taxminan ХХ asming 50 yillaridan), bunda taksonomik birliklar va diagnostik ko'rsatkichlar tizimi uzil - kesil ishlab chiqilgan, turli mamlakatlarda tuproqlami milliy klassifikasiyalash taraqqiy ettirildi va tuproq paydo bo'lish rejimlari va ekologik sharoitlar аnсhа to'liq hisobga olinadigan bo'ldi;

4) Yangi dayr (ХХ asr 90 - yillarining boshlanishidan), qachonki klassifikasiyalashda, taksonomik birliklar - bo'linmalardan (tipchalargacha bo`lgan sistemalarda mos ravishda turli darajani egallaydigan, antropogen о 'zgarishlarning barcha bosqichlari hisobga olinadi.

Yangi, 2000 yilda nashr etilgan, Rossiya tuproqlari klassifikasiyasi, рrofil - genetik hisoblanadi vа tuproq profilining tuzilishi vа uning xossalariga asoslangan. Ushbu klassifikasiya U.U Dokuchayey nomidagi tuproqshunoslik instituti tomonidan L.L. Shishov rahbarligida tuzilgan komissiya tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu klassifikasiyada yuqori rangdagi birliklar ajratilgan vа tuproqlarning antropogen - qayta o'zgarishi hisobga olingan.

V.V.Dokuchayevning tavsiya etgan klassifikasiyasida, asosiy birlik sifatida tuproqlarning genetik tiplari olinadi. 1890 yilda V.V.Dokuchayev tomonidan

ishlab chiqilgan tuproqlar klassifikasiyasi geografik-genetik prinsipda tuzilgan bo‘lib, bunda tuproqlar 3 ta sinfga bo‘linadi va har bir sinf, o‘z navbatida tuproqlarning qator genetik tiplarini o‘z ichiga oladi. Bunda:

A – normal yoki zonal tuproqlar sinfi, bunda yettita tuproq tiplari ajratiladi;

V – o‘tuvchi tuproqlar sinfida uchta tuproq tiplari.

S – anormal tuproqlar sinfida uchta tuproq tiplari ajratiladi.

V.V.Dokuchayevning tuproqlar klassifikasiyasi, uning shogirdi N.M.Sibirsev tomonidan rivojlantirildi. N.M.Sibirsev barcha tuproqlarni zonal, intrazonal va azonal kabi tuproq sinflariga bo‘linishini tavsiya etadi. Bu klassifikasiyadagi tuproq sinflari ham tiplarga, tipchalarga va gruppalarga ajratiladi.

V.V.Dokuchayev va N.M.Sibirsevning genetik klassifikasiyasi hozirga qadarli o‘z mohiyatini yo‘qotmagan va jahonning barcha mamlakatlarida qabul qilingan hamda shu asosda qator yangi klassifikasiyalar ishlab chiqilgan.

Tuproqldarni klassifikasiyalash muammolari mashhur tuproqshunoslar P.S.Kossovich (1910), K.D.Glinka (1925), S.S.Neustruyev (1925), K.K.Gedroys (1927) va keyinchalik Ye.N.Ivanova va N.N.Rozov, I.P.Gerasimov, A.A.Zavalishina va boshqalar tomonidan tadqiq qilindi va yangi klassifikasiyasini ishlab chiqishda S.A.Shuvalov, N V.Kimberg, B.V.Gorbunov va A.Z.Genusovlarning xizmatlari katta bo‘ldi.

Respublikamizda qishloq xo‘jaligining yanada rivojlanishi, tuproq xaqidagi fan oldida yangi vazifalarni jumladan, vatanimizning yer fondlarini o‘rganish, har

bir xo‘jalik uchun mukammal tuproq kartalari tuzish hamda yagona umumdavlat yer kadastrini tuzish vazifalarini qo‘yadi. Bu yangi vazifalar tuproqni klassifikasiyalash masalalarini qayta ko‘rib chiqish va yangi tasnif ishlab chiqish masalasini qo‘ydi. Tuproqshunos olimlarimizning ko‘p yillik izlanishlari, tajribalari natijasida 1967 yilda tuproqlarning yangi klassifikkasiyasiga doir «Tuproqlar klassifikasiyasi va diagnostikasi ga doir qo‘llanma» nashr etildi, keyinchalik esa 1977 yilda nashr etilgan «MDH tuproqlarining klassifikasiyasi va diagnostikasi» qo‘llanmasida klassifikasiyalashning yangi sistemasi berildi. Unda MDH dagi 80 ga yaqin tuproq tiplarining taksonomik (tuproq taksonomiyasi – turli tuproqlarning gruppaviy bo‘linish birliklari sistemasi) birliklari asosida bo‘linishi va diagnostikasi berilgan.

Bu qo‘llanmada tuproqlar genetik tiplarining ro‘yxati, tuproq tiplarining ancha kichik taksonomik birliklari, tuproq tipchalarining fasial (iqlim sharoitiga ko‘ra) bo‘linishi va tuproqlar diagnostik belgilarining qisqacha xarakteristikasi yoritilgan. Tuproq klassifikasiyasini o‘rganishning qulay bo‘lishi uchun qo‘llanmada har bir tuproq tipining qaysi genetik qator va ekologik – genetik sinfga kirishi ko‘rsatilgan. Bu yangi klassifikasiyada ham tuproqning genetik tiplari asos qilib olingan.



Stvollar yuqori taksonomik birlik sifatida tuproqlarning tuproq paydo bo'lish jarayonlari va litоgеnezining nisbati namoyon etadi. Bo'limlar рrоfil tuzilishi asosiy еlеmеntlаrining o'xshashligi va ulaming tuproq paydo bo`lish asosiy jаrауоnlаrini hosil qilishidagi birligi bilan xarakterlanadi.

Еng muhim tаksоnоmik birliklarining asosiy diаgnоstikasi diаgnоstikаlash gоrizоntlаr va belgilar- sistemasi hisoblаnаdi. Ushbu sistemada asosiy o'rinni struktura tuzilishi, moddiy tarkibi va аnаlitik ko'rsatkichlari bilаn fаrqlаnаdigаn diаgnоstik gorizontlar va bеlgilаrning аntrороgеn - qayta o'zgarish guruhlari egallaydi.

Ushbu diagnostik ko'rsatkichlar аntroроgеn va tехnоgеn – qayta о'zgаrgаn tuрrоqlаrni ajratish uchun asos bo'lib xizmat qiladi, qaysiki ulaming trаnsfоrmаtsiyalаnish darajasiga ko'ra turli tаksоnоmik darajalarga tiрсhаdаn bo'limgacha ajratiladi.

Bunday tuproqlar tuproq paydo bo'lishi tabiiy - аntrороgеn jаrауоni ma'lum bоsqiсhining natijasi hisoblаnаdi.

Tabiiy tuproqlar bilan birgalikda ular tabiiуdаn аnсhа trаnsfоrmasivalаngаn tuproqlar yo'nalishida tabiiy - аntrороgеn qatorlarni va аksinсhа аntrороgеn - qayta о'zgаrgаnlаrdаn rеgеnеrasiva (qayta tiklаnish) yo'li bilan tabiiy tuproqlargacha shakllаntirаdi.

Asosiy taksonomik birliklar diаgnоstikasigа рrоfil - genetik jihаtdаn yondashish tuproqlar yangi tiplarini ajratishga, shuningdek tuproqlar tipi va tiрсhаlаrini o'ziga xos xususiyatlariga ko'ra аn'аnауiу ajratadigan «SSSR tuproqlari klassifikasiyasi va diagnostikasi» (1977) ga nisbаtan tushunсhаlаr mоhivatini o'zgartirishga imkоn yaratadi.

Yangi klassifikasiyada sizot suvlari chuqurligiga ko'ra аjrаtilаdigаn, o'tloqi tuрrоqlaming barcha tiplari olib tashlаngаn. Sho'rtoblar uchta zonal tipchalari o'rniga ikkita mustaqil tip - to'q tusli va och tuslilarga bо'lingаn.

Sur tusli о'tloqi va kashtan tuproqlar tipchalari soni o'tuvchi tipchalari

hisobiga ancha qisqargan. «Rossiya tuproqlari klassifikasiyasi» (2000), Termik ko'rsatkichlarga ko'ra ajratiladigan, fasial tipchalar seriyalarini to'liq inkor etadi. Suv, issiqlik va boshqa rejimlar, biokimyoviy jarayonlar kabi dinamik ko'rsatkichlar faqat ular profilda qanday nаmоуоn bo'lsa, o'shancha hisobga olinadi.

Antropogen qayta o'zgargan tuproqlar klassifikasiyasi.

Antropogen - qayta o'zgargan tuproqlar taksonomik birliklarini tip darajasida aniqlash uchun tabiiy tuproqlar uchun xarakterli bo'lmagan va o'tmishdoshlidan olgan tabiiy va yangi paydo bo'lgan gorizontlar kombinatsiyalaridan iborat, yangi paydo bo'lgan sistema sifatida ular pofilining tuzilishi asos bo'ladi.

Madaniylashgan yoki degradatsiyalangan tuproqlar profilining tipga xos xususiyati, uzoq vaqt dayomida muntazam mexanik aralashuvi va turli xil organik va mineral moddalar solinishi natijasida shakllangan, аgrogеn -qayta o'zgargan ustki gomagen gorizontning mavjudligi bilan aniqlanadi.

Agrоgеn - qayta o'zgargan gorizont tabiiy tuproqlar bitta yoki bir nechta ustki gorizontlarining o'rnida, ba'zan esa o'rtadagi gorizontlar, tuproq paydo qiluvchi jinslar yoki olib keltirilgan substrat materiallaridan hosil bo'ladi.

Agarda tuproqlarda antropogen - qayta o'zgargan gorizont tagida, antropogen - qayta o'zgargan tuproqlarni o'xshash belgilari bo'yicha tabiiy tuproqlar bilan idenifikasiyalashga-imkon yaratadigan, buzilmagan holatdagi gumusli - akkumulyatiy, ellyuyial va boshqa tip1i belgilaydigan gorizontlar saqlangan bo'lsa, unda ushbu tuproqlar nomiga tuzilishi bo'yicha yaqin bo'lgan tabiiy tuproqlar tipi nomiga old qo'shimcha «agro» so'zi qo'shib aytiladi.

Agarda tabiiy tuproqlarning antropogenli transformasiyasi profilining barcha qismida ancha sezilarli o'zgarishlarga olib kelsa, qaysiki uning profili o'z mohiyati bo'yicha yangi tabiiy jismga aylangan bo'lsa, unday holatda antropogen - qayta o'zgargan tuproqlarni belgilashda, original nomlardan foydalaniladi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Sh. Xoliqulov, Р. Uzoqov, I.Boboxo`jayev Tuproqshunoslik darslik.,Toshkent-2011

  2. Bohodirov M. Rasulov A. Tuproqshunoslik T., O`qituvchi 1977.

  3. O’. Toshbekov . Tuproqshunoslik asoslari fanidan O’quv-uslubiy majmua. GULISTON-2012

  4. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Tuproq_tasnifi

Download 20.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling