Tuproqshunoslik


Download 219.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana01.03.2020
Hajmi219.32 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

G \  YO'LDOSHEV
MELIORATIV
TUPROQSHUNOSLIK

0 ‘Z B E K I S T 0 N   R E SP U B L IK A S I  O LIY  УА  0 ‘RTA 
M A X S U S   TA’L IM   V A ZIRLIG I
G‘.  YO‘LDOSHEV
MELIORATIV 
TUPROQSHUNOSLIK
Agfokimyo  v'a  agrotuproqshunoslik 
bakalavriat  ta ’lim  yo  ‘nalishi  talabalari  uchun  darslik
Q‘ZBEKISTON FAYLASUFLARI  MILLIY 
JAMIYATI  NASHRIYOTI 
TOSHKENT 
2008

Melioratsiyaga  muhtoj  yerlarni  va  ulardan  samarali  foydala- 
nishni  o ‘rganishga  qaratilgan  ushbu  darslikda  har  xil  tabiiy  va 
antropogen omillarni, yerlarning tuproq-meliorativ holatiga ta ’siri 
ilmiy-pedagogik asosda yoritilgan.  Bundan tashqari darslikda talaba 
va mutaxassislarga zarur bo'lgan tahlil  namunalarirti qayta ishlash, 
zaharli  va  zararli  tuzlarga  hisoblash  kabilar berilgan.
Darslik agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo‘nalishi talabalari 
uchun  yozilgan  b o ‘lib,  undan  tuproqshunoslik,  agronom iya 
sohasida  ta ’lim  olayotganlar  ham da  qishloq  va  suv  xo ‘jaligi 
mutaxasisslari  ham   foydalanishlari  mumkin.
Taqrizchilar:
b.f.d.,  prof.  L.  G ‘ofurova; 
q.x.f.d.,  prof.  S.  Egamberdiyev
M as’ul  muharrir:
q.x.f.d.,  prof.  Sh.  Nurm atov
40.6 
Y80
Yo‘Idoshev  G‘.
Meliorativ tuproqshunoslik: 
Agrokimyo va agrotuproqshunoslik 
yo'nalishi  talabalari  uchun  darslik / G ‘.  Y o'ldoshev;  M as’ul  m uharrir 
Sh.  N urm atov;  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy va o ‘rta maxsus t a ’lim 
vazirligi.  — Т.:  0 ‘zbekiston  faylasuflari  milliy jam iyati  nashriyoti,  2008. 
-   192  b.
BBK  40.6  я7
ISBN  978-9943-319-65-3
©   « 0 ‘zbekiston  faylasuflari  m illiy jam iyati  nashriyoti»,  2008

K IR IS H
Turon tuproq-iqlim iy provinsiyasi  quruq  iqlimga,  shunga mos 
ravishda xilma-xil darajada melioratsiyaga muhtoj tuproqlarga ega. 
Ana  shu  ko‘rsatkichlar  bu  hududda  tuproq-m eliorativ  tadqiqot 
ishlarini tabaqalashtirib  o‘tkazishni  taqozo  etadi.
Bu  hududda  sug‘orm a  dehqonchilik  4,2  mln.  gektar  yerda 
olib  boriladi.
Ekstraarid va arid iqlim Turonning cho‘l mintaqasiga xos bo‘lib, 
bu  hududda  havo  haroratining  tebranish  amplitudasi  katta,  yozi 
esa  issiq  va  deyarli  yog'ingarchiliksiz  b o !lib,  bug‘lanish  yog‘in- 
garchilikka  nisbatan  o ‘rtacha  10—15  barobar  ko‘p.  Suv  ustidan 
bug'lanish  o ‘rtacha  1350  mm  bo ‘lib,  Nukusda  1700  mm,  Shero- 
bodda 2764 mm ni tashkil qiladi.  Bu holat avtom orf tuproqlardagi 
namlikni  efemer xarakterida bo'lishga olib  keladi.
Minerallashgan  sizot  suvlari  yer  yuzasiga  yaqin  joylashgan 
gidrom orf  m intaqadagi  m aydonlarda  tuproq  va  gruntlarning 
sho‘rlanishiga,  sho‘rxoklanishiga  olib  keladi.  Tuproq-gruntning 
sho‘rlanishida  sham ollar,  m inerallashgan  sizot  suvlari,  daryo 
suvlari,  ko‘l va dengizlar,  qadimiy davrlardan qolgan sho‘rgruntlar 
va tog‘ jinslarining roli juda  katta.
Sho‘r  ko‘llar joylashgan  hududlarda eol  kuchi  tuzlarni  akku- 
mulatsiya va migratsiyasida,  impulverizatsiyasida katta rol 
o ‘y n a y d i.
Sho‘r tog‘ jinslari yer yuzasiga yaqinlashib qolgan yoki  ochilib 
qolgan hududlar tuproqlarning sho‘rlantiruvchi omillar qatoridan 
joy  oladi.  Bu  hududda  tuproqlarning  sho‘rlanishida  sug‘orm a 
suvlar, ya’ni daryo suvlarining roliga alohida e ’tibor berishni talab 
qiladi.
C ho‘1 mintaqasidagi tuproq-iqlimiy, tuproq-m eliorativ sharoit 
sulfatli  va  xloridli  tuzlarni  tuproq-grunt  qatlam ida  to'planishi 
uchun  qulaydir.  Shu  bois  sho‘rlangan,  eroziyalangan,  botqoq- 
lashgan tuproqlarni o ‘ziga xos usullar bilan suv va fizik xossalarini 
o'rganish  loyihalash  ishlarida  asosiy  davr  hisoblanadi.
Melioratsiyalangan  yoki  melioratsiyaga  muhtoj  yerlarni  suv- 
tuz  tartibotini  boshqarish,  rayonlashtirish,  unumdorlik  m onito- 
ringini  o‘tkazish  hosilning  sifat  va  miqdoriga  ta ’sir  demakdir.

Yuqoridagi  m u am m o lar  bilan  b ir  qato rd a  tuproqlarning 
sh o ‘rlanishini,  ikkilam chi  s h o ‘rlan ish in i,  sh o ‘rtoblanishini, 
ifloslanishini  bashorat  qilish  va  qarshi  kurash  chora-tadbirlarini 
belgilash  m eliorativ  tuproqshunoslikning  eng  asosiy  vazifalari 
qatoridan joy oladi.
M eliorativ  tuproqshunoslikni  nazariy  va  am aliy  jih a td a n  
o ‘rganish, olingan m a’lum otlarni qayta  ishlash, gipotetik tuzlarga 
hisoblashni  bilish,  o ‘quvchi-yoshlarga  melioratsiyaga  m uhtoj 
yerlarning meliorativ xususiyatlari to ‘g‘risida yana ham  to ‘g‘riroq, 
obyektiv  bilim  berishda,  tuproq-m eliorativ  tadqiqotlarni  o ‘tka- 
zishida,  zukko b o ‘lishida  h ar tom onlam a yordam beradi.

I  B O B .  M E L IO R A T IV   T U P R O Q S H U N O S L IK  
M A Z M U N I,  VAZIFALARI,  O BYEK TI  УА 
0 ‘R G A N IS H   U SU L L A R I
1.1.  Obyekti,  o ‘rganish  usullari
Markaziy Osiyo mamlakatlarining maydonlari janubiy kenglikda 
joylashgan.  Yer  osti  suvlarining  oqib  chiqib  ketishi  uchun  qulay 
sharoit yo‘q.  Iqlim quruq, shuning uchun bo‘lsa kerak, bu maydonda 
turli darajada sho‘rlangan, sho‘rxoklashgan yerlar ko‘p shakllangan.
K atta-katta,  avval  sho‘r  bo'lm agan  m aydonlar  ikkilamchi 
sho‘rlanishga yuz tutgan.  Sho'r yerlar esa boshqa bir qator tuproqlar 
kabi  melioratsiyaga  m uhtoj.  Sho‘r  yerlarning  holatini  tubdan 
yaxshilash  uchun  bu  maydonlarni  tuproq-grunt,  yer  osti  va  yer 
usti  suvlari,  tuproqning  onalik  jinsini  vujudga  keltiruvchi  tog1 
jinslarini  m a’lum  chuqurliklargacha  o ‘rganishni  taqozo  etadi.
Maydonning gidrogeologik sharoiti,  bu maydondagi tuzlarning 
genezisi  va  tark ib i,  zaxirasi,  tu p ro q   kesm asidagi,  gruntdagi 
tabaqalanishi, geokimyoviy landshaftlardagi taqsimoti kabi kattaliklar 
melioratsiyaga muhtoj yerlarni  o ‘rganish  va davolash uchun asosiy 
m a’lum otlar qatoridan joy oladi  va tashxis  uchun  asos bo ‘ladi.
Sug‘orish jarayonida tuzlar harakatiga, tartibotiga,  m uvozana- 
tiga  alohida  e ’tibor berilishi  yaxshi  natijalarga  olib  keladi.
Tuzlarning  asriy  va  davriy  harakat  qoidalarini  va  genezisini 
o ‘rganishgina  ularga  qarshi  kurash  chora-tadbirlarini  belgilashga 
yordam  beradi.
Shuni  alohida  ta ’kidlash  kerakki,  tuproqdagi  suvda  eruvchi 
tuzlarning umumiy miqdori 0,3%dan ko‘p bo‘lsa, bunday tuproqlar 
sho‘rlangan  tuproqlar  deyiladi.  Tuproqlardagi  tu zlar  qaysi  va 
qanday bo ‘lishidan  q at’iy  nazar zararli,  zaharli  deb  yuritiladi.
Bu tushunchalarni to ‘la-to‘kis to ‘g‘ri  deb b o ‘lmaydi,  sababi  — 
tuproqning sho‘rlanish darajasini belgilash tartiblari, qoidalari ko‘p.
Tuzlarning  zararli,  zaharli,  deyish  ham   to ‘g‘ri  emas,  chunki 
tuzlar eng avvalo anionlar va  kationlar yoki  elem entlardan  iborat 
birikmalardir.  Bu  birikm alar  tarkibidagi  ionlar  yoki  elem entlar 
avvalo  shu  tu p ro q   uchun  yot  narsa  em as,  m e ’yoridan  k o ‘p

b o ‘lganda organizmdagi «apenditsit» kabi zararli bo ‘ladi va undan 
ozod  bo ‘lishga to ‘g‘ri  keladi.
Boshqacha nuqtayi nazardan qarasak, bu ionlar yoki elementlar 
har xil o ‘simliklar uchun oziqa rolini bajaradi. Tuproqlardagi kaliy, 
magniy,  natriy,  xlor,  sulfat,  karbonat  va  gidrokarbonat  ionlari, 
ayniqsa metallar va azot,  fosfor va oltingugurt o ‘simlik uchun zaruriy 
oziqa  elem entlar  qatorida  turadi.  Demak,  bu  ionlar  ayni  vaqtda 
zaruriy ionlar bo ‘lib,  faqat m e’yoridan ortiqcha bo'lgan vaqtdagina 
o ‘simlikka bevosita yoki  bilvosita  zarar yetkazishi  mumkin.
Markaziy Osiyoning cho‘l mintaqalarida katta-katta maydonlar 
sho'rtoblashgan,  sho‘rxoklashgan tuproqlar bilan band, boz ustiga 
bu tupoqlar u yoki  bu chuqurlikda sho'rlangan.  Bu tuproqlardagi 
qator  salbiy  xususiyatlarning  negizi  suvda  eruvchi  tuzlarning 
miqdori va singdirilgan  natriy kationi  ko‘rsatkichlari  bilan bog‘liq.
S h o ‘rla n is h g a   va  s h o ‘rto b la n is h g a   q a rsh i  k u ra sh ,  bu 
jarayonlarning  oldini  olishga  b o ‘lgan  harakat  va  chora-tadbirlar 
murakkab meliorativ jarayon b o ‘lib, asosan sho‘r va sho‘rlanishga 
moyil  tuproqlarning  genezisi,  xossalari  va  boshqalarni  chuqur 
o ‘rganishni taqozo  etadi.
S ho‘r  tuproqlar,  sho‘r  yerlar,  ularning  genezisi,  fizikaviy, 
kimyoviy xossalari  va  melioratsiyasi  murakkab  tuproq  meliorativ 
m uam m olar qatorida turadi.
Melioratsiyaga  muhtoj  yerlarni  majmuaviy  o ‘rganish  bunday 
yerlardan  foydalanish jarayonida  yuzaga  kelishi  m um kin bo ‘lgan 
salbiy  oqibatlarni  bashorat  qilish,  m eliorativ  chora-tadbirlarni 
asoslash  va  y e rla rn in g   u n u m d o rlig in i  o sh irish   m elio ra tiv  
tup ro q sh u n o slik n in g   m azm unini  tashkil  qiladi  va  vazifalari 
qatoridan joy oladi.
0 ‘rganish  usuli  majmuaviy genetik yondoshishdan iborat bo‘lib, 
V.V.Dokuchayev  tom onidan  ishlab  chiqilgan,  hozirgi  vaqtda 
ko‘pchilik olim lar tom onidan  mukammallashtirilgan.
1.2.  Sho‘r  tuproqiarni  o‘rganish  tarixi va  sabablari
Sho ‘r tuproqlar deb,  odatda tuproq tarkibidagi suvda eruvchi yoki 
oson eriydigan tuzlarning umumiy yoki anion va kationlaming miqdori

ruxsat etilgan konsentratsiyadan ko‘p bo‘lgan tuproqlarga aytiladi.
Bu  ta ’rif  ham   nisbiy  b o ‘lib,  odatdagi  sharoitlarda  tuproq 
tarkibidagi  aniq  bir  anion,  ya’ni  xlor  yoki  sulfat,  karbonat  va 
boshqalar  bilan  bir  qatorda  kationlar  m iqdoriga  qarab  ham  
tuproqlar sifat jihatdan  baholanadi,  ya’ni  sho‘rlanganlik  darajasi 
va  sifati  aniqlanadi.
S h o ‘r  tu p ro q la r  q a to rig a   s h o ‘rto b   va  s h o ‘rto b la sh g a n  
tuproqlarni  kiritish  unchalik  to ‘g‘ri  emas,  chunki  sho‘rtob  va 
sh o ‘rtoblashgan  tu p ro q la r  tarkibidagi  suvda  n isb atan   oson 
eriydigan tuzlar bo‘lmasligi yoki juda kam b o ‘lishi mumkin.  Lekin 
shuni  h am   e ’tiborga  olish  lozim ki,  ad ab iy o tlard a  s h o ‘rtob 
tuproqlar sh o ‘rxoklardan  hosil  bo ‘ladi,  ya’ni  sh o ‘r tuproqlardan 
kelib chiqqan kabi so‘zlarni  isbotlovchi mulohazani ko‘plab topish 
mumkin.
Bu  nuqtayi  n azard an   alb atta  sh o ‘r  tu p ro q la r  q ato rid a 
sho‘rxoklar va  sho‘rtoblar joylashm og‘i  lozim.  Sho‘r va  sho‘rtob 
tuproqlarning tarqalishida m a’lum qonuniyatlar mavjud, ya’ni qora 
tuproqlar, kashtan tuproqlar tarqalgan maydonlarda sodali, xlorid- 
sulfat  sodali  sho‘rlanish  tiplari  avj  olgan  b o ‘lib,  sho'rtoblanish 
jarayoni  yaxshi  rivojlangan.
Janubiy  m intaqalarda  kashtan  tuproqlardan  boshlanib  ch o ‘l 
m intaqasigacha  sulfatli,  xloridli,  sulfat-xloridli,  xlorid  sulfatli 
tipdagi  s h o ‘rlanish  avj  olgan  b o ‘lib,  ayrim   h o llard a  sodali 
sho‘rlamsh  ham   ko‘rinadi.
L.I.Prasolov  m a’lumotlariga  ko‘ra,  sobiq  ittifoqdosh  respub- 
likalar  maydonining  10%  dan  ortiqroq  qismi  sh o !rlangan  va 
sho‘rtoblashgan tuproqlardan  iborat.
Markaziy  Osiyo  maydonlarining, jum ladan,  0 ‘zbekistonning 
sug'oriladigan  yerlarining  yarmidan  ko‘prog‘i  sho‘rlangan. 
.g 
0 ‘zlashtirish,  sug‘orishga  to rtilish i  m um kin  b o ‘lgp 

zaxiralarining ham  asosiy maydoni u yoki bu darajada sK 
Vdsida 
Bunday yerlarga Markaziy Farg'ona  cho‘llari,  Zarafs   tf  pchilik 
Xorazm,  Qoraqalpog‘iston  va boshqa  hududlar to ‘g  ^V’.Yegorov, 
Sho‘r yerlardan foydalanish juda qadimdan M ark/ilar ishlaganlar. 
xalqlariga  m a’lum  darajada ayon bo ‘lgan, jumlac  genezisi,  tuz  va

suv tartiboti  sohalarida  nazariy asos vazifasini  ado etdi.
K aspiybo‘yi  p asttek islig id a  B.B.  P o lin ov ,  V .A .K ovda,
I.P.Gerasimov, A.A.Rode,  i.N.Antipov-Karatayev, V.V.Yegorov; 
K u ra-arak s  p asttek islig id a  S .A .Z ax aro v ,  S .N .T y u rem n o v , 
V.R.Volobuyev,  S.V.Zon,  V.A.Kovda  tuproqlarning  sho‘rla- 
nishidagi  tuzlar  negizi,  harakati,  tuz va suv tartiboti  sohalaridagi 
ishlarni  rivojlantirganlar.
Bu  ish larn in g   yakuni  ta riq a sid a   N .I.B a z ile v ic h   sodali 
sho‘rlanish  to ‘g ‘risida  yirik  ilmiy  asar chop  etdi.
Shimoliy va  Markaziy Qozog‘iston yerlaridagi sho‘r tuproqlar, 
sho‘rtoblar  sohasidagi  ishlar  V.M.Borovskiy  qalamiga  mansub. 
Bu  ishlar  «Qozog‘iston  tuproqlari»  nomli  ko ‘p  tom li  asarlar 
to ‘plamida  o‘z  aksini  topgan.
Markaziy  Osiyoda  sho‘r  yerlarni  o ‘rganish  va  ulardan  qishloq 
x o ‘jaligida  foydalanish  yaxshi  y o ‘lga  q o ‘yilgan.  Bu  borada 
o ‘zbekistonlik  olimlarning  roli  katta  bo‘lib,  Dokuchayev  nomli 
tuproqshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari bilan hamkorlikda 
sho‘r tuproqlarning geografiyasi, genezisi,  melioratsiyasi to ‘g‘risida 
juda  katta  m a’lumotlar to ‘plaganlar va ta ’limotlar yaratganlar.
Jumladan, Mirzacho‘lningsho‘r tuproqlari N.A.Dimo, VAKovda, 
A .N .R o zan o v,  M .A .P ankov,  N .F .B esp alo v ,  O .K .K ornilov, 
V.M.Legostayev,  Farg‘ona vodiysining sho‘rtuproqlari A.N.Rozanov, 
M .A .P ankov,  V .A .K ovda  b ilan   b ir  q a to rd a   A .R .R asulov, 
K.M.Mirzajonov,  V.Y.Isoqov,  AM.Maqsudov,  S.E.Egamberdiyev, 
G ‘.Yo‘ldoshev va boshqalar tomonidan tahlil etilgan.
Z arafshon  vodiysi,  Buxoro  vohasi  tuproqlari  M .A.Orlov, 
D.M .Kuguchkov va boshqalar tom onidan  o ‘rganilgan.
Qarshi  cho‘lining tuproqlari  esa  N.V.Kimberg,  B.V.Gorbunov, 
A.M.  Rasulov,  M .U .U m arov,  S.A.Azimboyev,  I.N .Felitsiant,
S.P.Suclikov,  S.Abdullayev,  M .APankovlar tomonidan o‘rganilgan.
Amudaryoning quyi oqimi,  ayniqsa Xorazm,  Qoraqalpog‘iston 
yerlari  keyingi  vaqtda  Tuproqshunoslik  va  agrokimyo  instituti 
xodim lari  R .Q o ‘ziyev,  V .Popov,  J.S atto ro v ,  L.T.Tursunov, 
M .Toshqo‘ziyev, X.Risqiyeva,  R.Qurbontoyev,  O.Ramazonovlar 
tom onidan  chuqur o ‘rganilmoqda.

Shu o'rinda 0 ‘zbekiston hududining meliorativ-gidrogeologik 
nuqtayi  nazaridan  o ‘rgangan  olim larni  eslash  maqsadga  mu- 
vofiqdir.  Bularga  O .K .Lange,  M .M .Krilov,  N .M .R eshetkina, 
N .A .K enesarin,  D .M .K ats,  A .N .K ostyakov,  S.V.Averyanov, 
V .S .M aligin,  B .F .F y o d o ro v ,  X .I.Y akubov,  N .A .B esednov, 
V.M.Legostayev,  O.R.Ram azonov,  A.N.Kalashnikov,  I.S.Rabo- 
chev,  O.K.Kornilov va boshqalarni  kiritish  mumkin.
Bu  olimlar  tom onidan  sho‘r  yerlarni  gorizontal  va  vertikal 
zovurlar  yordam ida  melioratsiyalash  asoslari  sizot  suvlarining 
sathini  va  miqdorini  boshqarish,  sug‘orish  tartiboti,  almashlab 
ekish  kabi  ishlar  nazariy va  amaliy asoslangan.
Meliorativ tuproqshunoslikning vazifalari melioratsiyaga muhtoj 
yerlarni  o ‘rganish  ekan,  bunday yerlar qatoriga  sho‘r va  sho‘rtob 
yerlardan tashqari  suv va shamol  eroziyasiga chalingan  hududlar 
ham da  quritish  va  sug‘orishga  muhtoj  yerlar  kiradi.  Bu  o'rinda 
Markaziy Osiyoda, xususan,  0 ‘zbekistonda tarqalgan sho‘r yerlarni 
o ‘rganish  katta  nazariy va  amaliy  ahamiyat  kasb  etadi.
Takrorlash  uchun  savollar
1.  M eliorativ tuproqshunoslikni o ‘rganish obyekti va uning m azm uni 
haq id a  so ‘zlang.
2.  T adqiqot  usullari  va  uning  boshqa  shu  kabi  usullardan  farqini 
tushuntiring.
3.  S ho'rlang an  tuproqlarni  o ‘rganish  tarixi  haqida  gapiring.
4.  M eliorativ  tuproqshunoslik  rivojiga  hissa  qo'shgan  rus  va  chet  el 
olim larini  sanab  bering.
5.  0 ‘zbekistonning m eliorativ tuproqshunoslikning rivojiga katta hissa 
q o ‘shgan  olim lari  va  ularning  ishlari  haqida  gapiring.
6
.  S h o ‘rto b lar  t o ‘g‘risidagi  G e d ro y ts  ta ’lim oti  va  unga  b o 'lg an  
m unosabatlar.
7.  B .B .P olinovning  «N urash  qobig‘i»  nom li  asarining  m eliorativ 
tuproqshunoslikda  tutgan  o ‘rni  haqida  gapiring.
8
. Tuzlarning genezisi, tuz va suv tartiboti bobidagi V.A.Kovda ishlari 
haqida  gapiring.
9.  T uzlarning  migratsiyasi  bobidagi  g'oyaning  asoschilari  kim lar, 
ularning  qanday  asarlarini  bilasiz?

suv tartiboti  sohalarida  nazariy  asos vazifasini  ado etdi.
K aspiybo'yi  p asttek islig id a  B.B.  P o lin o v ,  V .A .K ovda,
I.P.Gerasimov, A.A.Rode,  I.N.Antipov-Karatayev, V.V.Yegorov; 
K u ra-arak s  p asttek islig id a  S .A .Z ax aro v ,  S .N .T y u rem n o v , 
V.R.Volobuyev,  S.V.Zon,  V.A.Kovda  tuproqlarning  sho‘rla- 
nishidagi  tuzlar negizi,  harakati,  tuz  va  suv tartiboti  sohalaridagi 
ishlarni  rivojlantirganlar.
Bu  ish larn in g   yakuni  ta riq a sid a   N .I.B a z ile v ic h   sodali 
sho‘rlanish  to ‘g‘risida  yirik  ilmiy  asar chop  etdi.
Shimoliy va  Markaziy Qozog‘iston yerlaridagi sho‘r tuproqlar, 
sho‘rtoblar  sohasidagi  ishlar  V.M.Borovskiy  qalamiga  mansub. 
Bu  ishlar  «Qozog‘iston  tuproqlari»  nom li  ko ‘p  tom li  asarlar 
to ‘plamida  o ‘z  aksini  topgan.
Markaziy  Osiyoda  sho‘r  yerlarni  o'rganish  va  ulardan  qishloq 
x o ‘jaligida  foydalanish  yaxshi  y o ‘lga  q o ‘yilgan.  Bu  borada 
o‘zbekistonlik  olimlarning  roli  katta  bo ‘lib,  Dokuchayev  nomli 
tuproqshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari bilan hamkorlikda 
sho‘r tuproqlarning geografiyasi, genezisi,  melioratsiyasi to ‘g‘risida 
juda  katta  m a’lumotlar to ‘plaganlar va ta ’limotlar yaratganlar.
Jumladan, Mirzacho‘lningsho‘r tuproqlari N.A.Dimo, V.A.Kovda, 
A .N .R o zan o v ,  M .A .P ankov,  N .F .B esp alo v ,  O .K .K ornilov, 
V.M.Legostayev,  Farg‘ona vodiysining sho‘r tuproqlari A.N.Rozanov, 
M .A .P ankov,  V .A .K ovda  b ila n   b ir  q a to rd a   A .R .R asulov, 
K.M.Mirzajonov,  V.Y.Isoqov,  A.M.Maqsudov,  S.E.Egamberdiyev, 
G ‘.Yoidoshev va boshqalar tomonidan tahlil etilgan.
Zarafshon  vodiysi,  Buxoro  vohasi  tuproqlari  M .A.Orlov, 
D.M .Kuguchkov va boshqalar tom onidan  o ‘rganilgan.
Qarshi  cho‘lining  tuproqlari  esa  N.V.Kimberg,  B.V.Gorbunov, 
A.M.  Rasulov,  M .U .U m arov,  S.A.Azimboyev,  l.N .Felitsiant,
S.P.Suchkov,  S.Abdullayev, M.A.Pankovlar tomonidan o‘rganilgan.
Amudaryoning quyi oqimi,  ayniqsa Xorazm,  Qoraqalpog'iston 
yerlari  keyingi  vaqtda  Tuproqshunoslik  va  agrokimyo  instituti 
xodim lari  R .Q o ‘ziyev,  V .Popov,  J.S atto ro v ,  L.T.Tursunov, 
M .Toshqo‘ziyev,  X.Risqiyeva,  R.Qurbontoyev,  O.Ramazonovlar 
tom onidan  chuqur o ‘rganilmoqda.

Shu o ‘rinda 0 ‘zbekiston hududining meliorativ-gidrogeologik 
nuqtayi  nazaridan  o ‘rgangan  olim larni  eslash  maqsadga  m u- 
vofiqdir.  Bularga  O.K .Lange,  M .M .Krilov,  N .M .R eshetkina, 
N .A .K enesarin,  D .M .K ats,  A .N .K ostyakov,  S.V.Averyanov, 
V .S .M aligin,  B .F .F y o d o ro v ,  X .I.Y akubov,  N .A .B esednov, 
V.M.Legostayev,  O.R.Ram azonov,  A. N. Kalashnikov,  I.S.Rabo- 
chev,  O.K.Komilov va boshqalarni  kiritish  mumkin.
Bu  olimlar  tom onidan  sho‘r  yerlarni  gorizontal  va  vertikal 
zovurlar  yordam ida  melioratsiyalash  asoslari  sizot  suvlarining 
sathini  va  miqdorini  boshqarish,  sug‘orish  tartiboti,  almashlab 
ekish  kabi  ishlar  nazariy va  amaliy asoslangan.
Meliorativ tuproqshunoslikning vazifalari melioratsiyaga muhtoj 
yerlarni  o ‘rganish  ekan,  bunday yerlar qatoriga sho‘r va  sho‘rtob 
yerlardan  tashqari  suv va  shamol  eroziyasiga chalingan  hududlar 
ham da  quritish  va  sug‘orishga  muhtoj  yerlar  kiradi.  Bu  o ‘rinda 
Markaziy Osiyoda, xususan,  0 ‘zbekistonda tarqalgan sho‘r yerlarni 
o ‘rganish  katta  nazariy va  amaliy ahamiyat  kasb  etadi.
Takrorlash  uchun  savollar
1.  M eliorativ tuproqshunoslikni  o'rganish obyekti va uning  m azm uni 
haq id a  so‘zlang.
2.  T adqiqot  usullari  va  uning  boshqa  shu  kabi  usullardan  farqini 
tushuntiring.
3.  S ho‘rlangan  tu p ro q lam i  o ‘rganish  tarixi  haqida  gapiring.
4.  M eliorativ  tuproqshunoslik  rivojiga  hissa  q o ‘shgan  rus  va  chet  el 
olim larini  sanab  bering.
5. 0 ‘zbekistonning m eliorativ tuproqshunoslikning rivojiga katta hissa 
q o ‘shgan  olim lari  va  ularning  ishlari  haqida  gapiring.
6
.  S h o ‘rto b lar  t o ‘g ‘risidagi  G ed ro y ts  t a ’lim oti  va  unga  b o ‘lgan 
m unosabatlar.
7.  B .B .P olinovning  «N urash  qobig'i»  nom li  asarining  m eliorativ 
tuproqshunoslikda  tutgan  o ‘rni  haqida  gapiring.
8
. Tuzlarning genezisi, tuz va suv tartiboti bobidagi V.A.Kovda ishlari 
haqida  gapiring.
9.  T uzlarning  migratsiyasi  bobidagi  g'oyaning  asoschilari  kimlar^ 
ularning  qanday  asarlarini  bilasiz?

II BOB.  SHO‘R TUPROQLARNING FIZIK VA 
SUV XOSSALARI
2.1.  Sho‘r tuproqlar  suv va fizik xossalarining  o ‘ziga xosligi
Har qanday sharoitda,  ayniqsa,  tabiiy  holatdagi  tuproqlarning 
qatlamlarida tuzlarning to ‘planishi  ularning fizik va suv xossalariga 
bog‘liq  ravishda  kechadi.  Bunda tuproqlarning mexanik va agregat 
tarkibi, hajm massasi, solishtirma massasi, g‘ovakligi, gigroskopikligi, 
kapillar namlik va  boshqa xususiyatlari  katta  ahamiyat  kasb  etadi.
Markaziy Osiyoda sho‘r tuproqlar asosan bo‘z tuproqlar kamari 
va cho‘l mintaqalarida tarqalgan bo‘lib, murakkab mexanik tarkibga 
ega.  Bo‘z tuproqlar mintaqasidagi  tuproq  tog‘  oldi  tekisliklarida, 
daryolarning  yuqori  terrasalarida,  lyoss  va  lyossimon jinslar  us- 
tida  shakllangan,  shu  bois  ular  sho‘rlanm agan,  lekin  kuchsiz 
sho‘rlangan  guruhlari  ham  xususiy  hollarda  uchraydi.  Kamdan 
kam  hollardagina  kuchli  sho‘rlangan  bo‘ladi.
Bu  tuproqlar  har xil  mexanik  tarkibga  ega.
Toshkent  va  N anay  siklidagi  lyossli  terrasalarning  tuproqlari 
og‘ir va о brta qumoqli  mexanik tarkibga ega bo‘lsa,  M irzacho‘l va 
Sirdaryo  siklidagi  terrasalarida  o ‘rta  va  yengil  qumoqli.
B o ‘z  tu p ro q la r  m intaqasidagi  lyosslar  uchun  xarakterli 
xususiyat,  ularda yirik changlar (0,05—0,01  mm) miqdorining 45— 
65%  b o ‘lishi,  qumning boMmasligi yoki juda kam b o iish i,  ham da 
5—12%  miqdorda  il  zarrachalarining  mavjudligi  hisoblanadi.
Lyoss qatlamining qalinligi tog‘dan uzoqlashgan sayin kamayib 
boradi  va  3—5  m   dan  ayrim  hollarda  Samarqand  ch o ‘kmasida 
100  m gacha yetadi.
Lyoss yotqiziqlari bir tekisda katta-katta maydonlarda tarqalgan 
bo ‘ladi,  lekin  tabiatda tog'lik va  adirliklarni  kesib  o ‘tuvchi  soylar 
ularni  qirqib o ‘tgan.  Bu  soylar o ‘zlarining yo‘llarida,  ya’ni  konus 
yoyilmalarida prolyuvial va prolyuvial-allyuvial yotqiziqlarni hosil 
qiladi.  Konus  yoyilmalariga  xos  xususiyat  esa  tog‘  jinslarining 
tabaqalanishidir.  Bu tabaqalanish uzunasiga va yon tom onga qarab 
sodir bo‘ladi,  ko‘pincha yon va uzoq tom onlar,  oxirgi  m aydonlar 
sho‘rlanadi.  Bunga So‘x, Shohimardonsoy,  Isfayramsoy, Zarafshon 
konus  yoyilmalarini  keltirish  mumkin.

Daryo sohillarida ham  sho‘rlangan yerlarning katta dahalarini 
ko'rish mumkin.  Bu holatlar Amudaryo, Sirdaryo, Artek deltalariga 
ham  mansub.
Ko'llar va dengizlar sohillarida,  daryolarning eski,  ya’ni qoldiq 
o‘zanlarida  umumiy  qilib  aytadigan  b o ‘lsak,  minerallashgan  va 
harakatsiz  yoki  kuchsiz  harakatlanuvchi  sizot  suvlari  ustida  arid 
iqlimli  o ‘lkalarda  sho‘rlangan  tuproqlar  shakllanadi  va  ularning 
fizik-suv xususiyatlari sho‘r bo‘lmagan tuproqqa nisbatan o ‘zgacha 
b o lad i.  M a’lumki,  sh o 'r  tuproqlarning  fizik  xususiyatlari  sho'r 
bo ‘lmagan tuproqlardan  farq qiladi.
Tuproqlarning sho‘rlanish jarayonlari, sho'rlik darajasi, ularning 
agregat holati, suv xossalari, kapillarligi va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi.

Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> A. ramazonov, S. Buriyev tuproqshunoslik va dehqonchilik
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> J. S. Sattorovning umumiy tahriri ostida
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> T o s h k e n t davlat a g r a r u n IV e r s it e t I s. A. Azimboyev dehqonchilik, tuproqshunoslik ya
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> Ipakchilik va tutchilik o'krkuston
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> U sm o n norqulov, h a m id u L l a sheraliyev
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> A. Q. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiya
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> M u o ‘K: 638. 21 (075) kbk 46. 92 I 70 a 90 Taqrizchilar
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> X. Q. Nomozov, sh. M. Turdimetov o'zbekiston tuproqlari va ularning

Download 219.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling