Turdiyev dilshodning


Download 1.68 Mb.
bet1/2
Sana14.03.2020
Hajmi1.68 Mb.
  1   2

RISHTON TUMANI

XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI

27-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABINING

JISMONIY TARBIYA FANI O’QITUVCHISI

TURDIYEV DILSHODNING

BASKETBOLCHINING DASTLABKI HOLATI TIK TURISH VA JOYIDAN JOYIGA SILJIB YURISHI MAVZUDAGI

1 SOATLIK OCHIQDARS ISHLANMASI

MAVZU: BASKETBOLCHINING DASTLABKI HOLATI TIK TURISH VA JOYIDAN JOYIGA SILJIB YURISHI

Maqsad:

a) Ta’limiy: O’yinchining joyidan joyiga siljib yurish harakatlarini o’rgatish.

b) Tarbiyaviy: O’quvchilarni jismonan chiniqtirish va aqliy faoliyatini rivojlantirish.

v) Rivojlantiruvchi: Basketbolchining yon tomonga sirpanib yurishlarini bajarish usullarini o’rgatish.

Dars turi: Amaliy. Yangi bilim berish

Jixoz: To’p, svestok, sekundomer.

O’tish joyi: Sport zal.

TASHKILIY QISM: 15 DAQIQA.

Saflash , Salomlashish. Davomatni aniqlash, sport formalariga e’tibor berish. Sog’lig’ini aniqlash.

Sport yangiliklarini so’rash. Sport yangiliklari bilan tanishtirish.

Yangi mavzuni e’lon qilish. Mavzu mohiyati bilan tanishtirish.

O’nga chapga buyruqlar berish. Maydon bo’ylab yurish, yugurish. Begavoy mashqlar bajarish.

URM mashqlarni bajarish:1-2-3-4-5-6-7-8



ASOSIY QISM 25 DAQIQA

O‘yinchining ko‘rinishi doimo ozoda, xushbi-chim bo‘lishi kerak. O‘yin paytida qo‘l soati, taqin- choqlar, zirak va boshqa narsalami yechib, bexavotir joyga olib qo‘ying, aks holda ular tan jarohatiga sabab bo‘lib qolishi mumkin.

Basketbolchining dastlabki holati tik turishi va joydan joyga siljib yurishi

Basketbolchi maydon bo‘ylab joydan joyga o‘tib yurish uchun yurib, sakrab, to‘xtab, aylanib harakat qiladi. Tik turish dastlabki holat bo‘lib, eng qulay sanaladi. Himoyada bu holatni egallab xohlagancha bir joydan ikkinchi joyga yugurib o‘tadilar. Bunda, ko‘pincha, oyoqlar yelka kengligida bo‘lib, gavda og‘irligi ikkala oyoqqa bir tekis tushiriladi. Tizzalar bukilgan holatda, gavdani biroz oldinga tashlab, bel qismini to‘g‘ri ushlab, bosh ko‘tarilgan holda, qo‘llar esa tirsakdan bukilgan va biroz yon tomonga qaratilgan holatda bo‘ladi Basketbolchining turishi dastlabki tik holatda ham, o'rtacha pastroq holatda ham bo‘lishi mumkin. Dastlabki holat hujum paytida, agar himoyachining bo‘yi past bo‘lsa, baland uchib kelayotgan to‘pni ilib olish yoki uzatish uchun, raqib jamoasining halqasida turib to‘pni tashlashda yoki shit tagida to‘p uchun yakkama-yakka kurashishda, baland uchib kelayotgan to‘pni ushlashda egallanadi.



1-rasm


Basketbolchining yon tomonga sirpanib yurishlari. Chapga-o‘ngga, oldinga-orqaga sirpanib yurishlari, ayniqsa, himoyada va xohlagan paytida to‘satdan to‘p uchun kurashga qulaylik yaratib beradi. Shunda gavdaning og‘irligi birdek bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa o‘tkaziladi. Oyoq panjalari hamma vaqt go‘yoki maydondan ko‘chmagan holda sirpanib yurganday bo‘ladi. Oyoqlar tizzadan bukilgan holda, gavda, bosh va qo‘llar asosiy tik turish holatini saqlab qoladi. Bunday yurishni o‘rganish uchun quyidagi mashqlami bajarish mumkin:

  1. chap va o‘ngga harakat qilib siljishlar;

  2. oldinga va orqaga siljishlar;

d) aralash siljishlar: chapga va o‘ngga, oldinga va orqaga, sherik bilan yuzma-yuz turib, ko‘zguda aks etgandek mashqlarini bajarish.

To‘xtashlar ikki qadamlab va sakrab bajariladi. Qadamlab to'xtashda basketbolchi yugurish maromini buzmasdan oxirgi qadamni kattaroq qilib tovondan qo‘yadi, so‘ng tayanch oyog‘ini bukib, ikkinchi oyog'ini oldinga qo‘yadi, shunda harakatni to‘xtatib tayanch oyog‘iga tiralib qoladi. Basketbolchi sakrab to‘xtagan paytlarda bir oyoq bilan depsinadi va oldinga sakraydi. Havoda bukilgan oyoqlari yerga barobar yoki oldinma-keyin qo‘yiladi.



2-rasm


Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling