Turdiyev dilshodning


Download 1.68 Mb.
bet2/2
Sana14.03.2020
Hajmi1.68 Mb.
1   2

Bunday harakatlanishlar to‘pni o‘ng yoki chap qo‘l bilan urib to‘g‘ri yo‘nalishida va yonlanma (o‘ng yoki chap yonlanma) holatda oddiy yugurish, siljib yugurish orqali ijro etiladi.

To‘pni urib harakatlanish o‘yin vaziyati va ehtiyojiga qarab quyidagi holatlarda qo‘llanilishi mumkin.



  1. keskin shiddatda qayta hujum uyushtirishda;

  2. raqiblaming zich qarshiligini yorib o‘tishda;

  3. hiraoyachini “aldab - chalg‘itib” o‘tib to‘pni “ochilgan” (qulay joyda turgan) sherigiga uzatish yoki savatga tashlash uchun harakatlanishda;

  4. raqibni “o‘z oldiga chaqirish”, raqiblar va o‘z o'yinchilarining joylashish yoki raqiblar harakatini tahlil qilishda va hisobni saqlash uchun o'yinni cho‘zish holatlarda qo‘llaniladi.

3-rasm To’pni o’ng qo’l bilan urib harakatlanish


Dastlabki holatda to‘pni o‘ng qo‘l bilan urib harakatlanishda chap oyoq oldinda o‘ng oyoq orqada, chap qo‘lda urib harakatlanish uchun oyoqlar aksincha joylashadi. Oyoqlami bukilish - yozilish burchagi va gavdaning harakatlanish dmamikasi to‘pni urib harakatlanish tezligi, harakat yo‘nalishi va chalg'ituvchi harakat turiga qarab har xil bo‘ladi.

Oyoqlaming burilishi joylashishi yozilishi burchagi va gavdaning harakatlanish dinamikasi to‘pni urib harakatlanish tezligi harakat yo‘nalishi va chalg'ituvchi harakat turiga qarab lhar xil bo‘ladi To‘pni baland sapchitib urib harakatlanish. Bu usul raqib qarshiligi bo‘lmagan holatda yoki u uzoq oraliqda bo'lganda shchit tomon tezkor harakatlanish uchun qo‘llaniladi. Bunday usul amaliyotda “Tezkor buriling” deb yuritiladi.

To‘pni past sapchitib urib harakatlantirish. Ushbu usul raqib yaqin turgan bo'lsa, yoki u zich qarshilik ko‘rsatayotgan bo'lsa, urib borilayotgan to‘pni urib chiqarish xavfi bo‘lsa qo‘llaniladi. Bunday holatda to'pni urib yurish raqibga nisbatan yonlanma yoki orqama holatda (to‘pni “berkitib”) ijro etiladi. To‘pni past sapchitib urib harakatlanish imkoniyati oyoqlami tizza qismidan ko‘proq bukish (og‘irlik markazini pastroq tushirish) evaziga amalga oshiriladi.

To‘pni baland va past sapchitib urib harakatlanish ko‘rish nazoratida yoki ko‘rish nazoratisiz ijro etilishi mumkin.

Ko‘rish nazorati bilan to‘pni boshqarish o‘z jamoadoshlarini o‘zaro joylashishi yoki harakatlanishi, raqiblaming qarshi harakati, ular va shchit o‘rtasidagi oraliqni aniqlash, shu asosda tug‘ri qaror qabul qilish imkoniyatini beradi. Bunday o‘yin usuliga o‘rgatish asosan dastlabki o‘rgatish bosqichlarida muhim ro‘l o'ynaydi. Lekin mazkur usul bora-bora to‘p bilan harakatlanish elementlarini ko‘z bilan kuzatib ijro etishdan ko‘rish nazoratisiz to'pni boshqarishga almashtirihshi lozim.

Chunki o‘yin davomida o‘z harakatiga qarab (ko‘z bilan harakat qilib) to‘p boshqarish maydondagi vaziyatni nazorat qilish imkoniyatidan mahrum qiladi.

To‘pni ko‘rish nazoratisiz boshqarish usuli maydonda ro‘y berayotgan barcha vaziyatlami payqash, farqlash, tahlil qilish, shu vaziyatga asosan, foydali qaror qabul qilish va uni amalga oshirish qiymatini belgilaydi. Bunday qobiliyat o‘yinchida “to'pni his qilish” to‘pni boshqarish texnikasi yuksak “avftomatik” tarzda shakllangan bo‘lsagina sayqal topadi. Shuning uchun ham mutaxassislar ushbu usulga erta yoshlikdan boshlab o‘rgatish zarurligini ta’kidlaydi.

To'pni boshqarishda raqibni “aldab”, uni chalg‘itib o'tishda bir qator “fintlar” qo‘llaniladi (3-rasm):



  1. o‘ng yoki chap “yon tomon - oldinga” qadam tashlab qarama - qarshi tomonga to'pni urib tezkor harakatlanish (3- a rasm);

  2. keskin (kesma “krest”) qadam tashlash (3 - b rasm);

o‘ng yoki chap tomonga burilish-aylanish (3 - v rasm).
YAKUNIY QISM 5 DAQIQA

Qayta saflash, nafas roslovchi mashqlar berish.

O’quvchilarni baxolash.

Uyga vazifa berish. To’pni qabul qilishni o’rganib kelish.
Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling