Turizmda ovqatlanish, restoran xizmati Reja: Umumiy ovqatlanish korxonalari klassifikatsiyasi Dunyo miqyosida restoran zanjirlarining


Download 0.62 Mb.
bet2/5
Sana18.06.2022
Hajmi0.62 Mb.
#764838
1   2   3   4   5
Bog'liq
Turizmda ovqatlanish, restoran xizmati
Informatika ta'lim jarayoni butunlay o'zgartiriladi, jamiyat taraqqiyotida radio va televideniyeni tutgan orni, jamiyat taraqqiyotida radio va televideniyeni tutgan orni, kophadlar, topografiya asoslari va kartografiya, topografiya asoslari va kartografiya, Топокарта, application 08 12 2021, 4-topshiriqMK, 4, Новый документ, ppt belarus gruzinskaya budget-system-part2 rus, ppt belarus gruzinskaya budget-system-part2 rus, Архимед, otkir yurak yetishmovchiligi
Joylashgan o’rni. Joylashgan o’rniga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:

  • shahar restoranlari. SHaharlarda joylashgan bo’lib, turli tuman assortimentdagi taomlar, gazaklar, ichimliklarni taklif etadi yoki tushlik yoki kechki ovqatlanishni amalga oshirishga ixtisoslashadi. Muayyan soatlarda ishlashadi va ko’p soni mijozlarga ega;

  • vokzal restoranlari. Temir yo’l va aerovokzallarda joylashgan bo’lib, 24 soat ishlaydi. CHeklangan assortimentdagi taomlar, gazaklar, ichimliklar mavjud bo’lib, tez va arzon xizmat ko’rsatishga ixtisoslashgan;

  • vagon-restoranlar. Asosan uzoq safarga otlangan poezdlarda yo’lovchilarga xizmat qilishga mo’ljallangan. Vagon-restoranlar menyusiga yaxna gazaklar, birinchi va iikinchi taomlar, qaynoq ichimliklar, kompleks tushliklar, va yo’lda olib yurishga moslashtirilgan paketlarda mevalar, qandolat maxsulotlari, mineral suvlar ofitsiantlar tomonidan barcha vagonlarda sotishga mo’ljallangan maxsulotlar kiritilgan;

  • Teploxodlardagi restoranlar. Yo’lda keta turib sayyohlar va yo’lovchilarga xizmat ko’rsatishga moslashgan. Ularda nonushta, tushlik, kechki ovqat taqdim etiladi. Xizmat ko’rsatish ofitsiantlar tomonidan amalga oshiriladi, biroq o’z o’ziga xizmat ko’rsatish ham mumkin. Yirik teploxodlarda bir nechta restoranlar bo’lishi ham mumkin;

  • Avtoturistlar uchun restoranlar, avtomobilni tark etishni hohlamaydiganlar uchun. SHosselar va yirik avtomobillar to’xtash joylari yaqinida joylashgan bo’lib, vaqtni tejash mAqsadida ofitsiantlar tomonidan mashinada xizmat ko’rsatiladi. Bu kabi restoranlar AQSHda keng tarqalgan. Barlarni mehmonxonalarning binosida joylashishiga qarab tasniflash mumkin:

  • vestibyul bari uchrashuvlar va suhbatlar uchun qulay joy;

  • restoran bari restoranlar intererining eng jozibali elementi xisoblanadi.;

  • yordamchi bar mehmonxona binosining qavatlarida joylashgan savdo nuqtasi xisoblanadi. Yirik mehmonxonalarda ular bir nechta bo’lishi mumkin. Bu yerda bevosita nomerlarga xizmat ko’rsatish nazarda tutilgan bo’lib, vino, piva va boshqa ichimliklar zahirasi to’planadi;

  • banket bari banket zalida joylashgan. Faqat banketlar va konferentsiyalarga xizmat ko’rsatishda foydalaniladi. Odatda banket bari qmmat va ommabop vinolar, ichimliklar, pivalarning katta zahirasiga ega bo’ladi;

  • Basseynlardagi barlar. Istalgan yuqori klassdagi mehmonxonalarni (faqat kurort mehmonxonalari emas) basseyn va uning yonida barsiz tasavvur etish qiyin;

  • mini-barlar — mehmonlar uchun mo’ljallangan xonalarda muzlatkichli kichik barlar. Sutkaning istalgan vaqtida mehmonlarni ichimliklar Bilan ta’minlashga mo’ljallangan. Ichimlik zahiralari har kuni to’ldirib turiladi va uning narxi qo’shimcha tarzda umumiy xisobga qo’shiladi.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling