Turizmning shaxslar, jamiyat va davlat uchun ahamiyati


Download 22.88 Kb.
bet1/3
Sana02.01.2022
Hajmi22.88 Kb.
#187430
  1   2   3
Bog'liq
1“Turizmning shaxslar, jamiyat va davlat uchun ahamiyati”


1. Mavzu: “Turizmning shaxslar, jamiyat va davlat uchun ahamiyati”

Reja:

  1. Turizm va mehmondo’stlik faniga kirish

  2. Turizm va mehmondo’stlikning maqsad va vazifalari

  3. Turizm va mehmondo’stlik tushunchasi va mohiyati



  1. Turizm va mehmondo’stlik faniga kirish

O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining shakillanishi jahon bozorlarida turizm sohasidagi keskin o‘zgarishlar davriga to‘g‘ri keldi. Jahonda turizm iqtisodiyotning ahamiyatli tarmoqlaridan biriga aylandi. Turizm industriyasi millionga yaqin ishchi va xizmatchilarni ish joylari bilan ta’minlab, ular kasb mahoratining o‘sishiga imkoniyatlar yaratib bermoqda. SHuni aytib o‘tish kerakki, bu sohada ish bilan ta’minlanish boshqa sohalarga qaraganda ikki barobar tez o‘smoqda.

Ichki va xalqaro turizm rivojlanishi tartibsiz ravishda sodir bo‘lmaydi. Bu boshqarilishi lozim bo‘lgan inson faoliyatining maxsus shaklidir. Turizm industriyasida menejmentning rivojlanishiga ijtimoiy-iqtisodiy, texnik va texnologik omillar ta’sir qiladi. Masalan, iqtisodiyot beradigan daromadlarsiz turizmning ommaviyligiga erishib bo‘lmaydi, demak boshqarilish vositasi ham mavjud bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning dam olish huquqlari belgilab qo‘yilgan, biroq bu huquqdan foydalanish uchun qator ijtimoiy yo‘nalishdagi muammolarni hal qilish lozim: transport, yo‘l, ovqatlanish va boshqalar shular jumlasidandir. Bu erda boshqarilishi kerak bo‘lgan turizm infratuzulmasi nazarda tutilmoqda.

Iqtisodiyotni boshqarishda bevosita boshqaruv obekti mehnat jamoalari va aloxida xodimlardan iborat. Faqat ularning mehnat faoliyati vositasida ishlab chiqarishning moddiy unsurlari, ya’ni mehnat qurollari va predmetlariga ta’sir etiladi.

Turizm va mehmonxona xo‘jaligi menejmentida samarali tashkil etish va boshqarish muhim vazifalardan hisoblanadi. Ayniqsa, bu jarayon aholi turmush darajasini yuksalib borishi bilan taraqqiy etishi ko‘zga tashlanadi. SHu sababli ham, O‘zbekiston Respublikasi hukumati turizmni rivojlantirishga katta ahamiyat berib mehmonxonalarda turistlar va boshqa mehmonlarga mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish turlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu borada respublikamizda butun dunyoda amalga oshirilayotgan boshqaruv uslublari va xizmat ko‘rsatish turlarini tizimli o‘rganish va bu boradagi yangi valyuta manbalarini izlab topish maqsadga muvofiq.

Dunyo amaliyotidan ko‘rinib turibdiki, turizmning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan mehmonxona industriyalarini rivojlantirish muhim omillardan biri hisoblanib, turistlarning asosiy ehtiyojlarini qondirishda mehmonxona industriyalarining o‘rni beqiyos.

O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, hukumatimiz turizmga alohida e’tibor qaratib, turistik mehmonxonalarni jahon andozalari darajasida ta’mirlash va yangi zamonaviy mehmonxonalarni bunyod etish kabi muhim vazifalarni belgilab oldi hamda bu sohaga katta sarmoyalarni jalb etdi. Bugungi kunga kelib, O‘zbekistonda bir qator jahon andozalari talablariga to‘liq javob beradigan mehmonxonalar qurilib, ishga tushurildi.

Ma’lumki, bugungi kunda turizm va mehmonxona sohasining klassik boshqaruv tizimi hayotimizga kirib kelayotgan yangi informatsion texnologiyalar va “nou-xau”lar ta’sir ko‘rsatmoqda va joriy qilingan markazlashgan rezervatsiya tizimlariga bog‘liq ravishda shakllanmoqda.

Mehmonxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning malakasini oshirish, ularga yangi informatsion texnologiyalarni o‘rgatish, shuningdek chipta sotish, normativ hujjatlar bilan ishlash madaniyatini oshirish dolzarb vazifa sifatida alohida tadqiqot olib borishni taqozo etadi.

Mazkur kursda turizm sohasi va mehmonxona xo‘jaliligining o‘rni hamda mehmonxona industriyasini rivojlantirish va boshqarishning muhim xususiyatlari bayon etiladi. SHu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasida mehmonxona servisini boshqarishning zamonaviy usullari va ular samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.

Ayniqsa, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida turizm va mehmonxona xo‘jaligi korxonalari menejmentining yo‘nalishlari: turistlarni joylashtirish masalalari, mehnat jarayonlari boshqarish, tashkiliy-boshqaruv tuzilmani takomillashtirish, avtomatlashtirilgan boshqaruv axborot tizimlarini shakllantirish, shuningdek, biznesning samarali boshqaruv hisobini yuritish siyosatiga alohida e’tibor qaratiladi.


Download 22.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling