Turkiston muxtoriyati


Download 117.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.01.2022
Hajmi117.73 Kb.
#356993
  1   2
Bog'liq
Sharq test
Билет1, Билет1, wordda yoziw, Нефт махсулотларини тозалаш, Нефт махсулотларини тозалаш, 5-Maruza, test, 18571715-1, 7-maruza.-Multimedia-tizimlari, Zamonaviy tabiiyot bilimlari kontseptsiyalari 3bd66, Zamonaviy tabiiyot bilimlari kontseptsiyalari 3bd66, ikkita vektorning skalyar va vektor kopaytmalari va ularning xossalari (1), ehtimol., ehtimol., ehtimol.


Turkiston

muxtoriyati

Turkiston muxtoriyati (ikkinchi nomi Qo'qon muxtoriyati) — 

Turkiston

 mintaqasidagi dastlabki

demokratik hukumat (

1917-yil

 

27-noyabr



 — 

1918-yil


 

19-fevral

).

Qoʻqonda boʻlib oʻtgan Butun Turkiston musulmonlarining favqulodda 4-qurultoyi (



1917-yil

 26—


28 noyabr)da tashkil topgan. Qurultoy 

Turkiston oʻlkasini

 Rossiya Federativ Respublikasi

tarkibida hududiy jixatdan muxtor deb eʼlon qildi. Shuningdek, taʼsis majlisi chaqirilgunga qadar

hokimiyatni Turkiston Muvaqqat kengashi va Turkiston Milliy Majlisi qoʻlida boʻlishi kerak deb

hisobladi. Markazi — 

Qoʻqon

 shahri.


Qurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengashi aʼzolaridan Turkiston muxtoriyati hukumati (8

kishidan iborat) tuzildi. Yevropalik aholi vakillari orasidan nomzodlar koʻrsatilishi uchun ularga

ham yana 4 oʻrin ajratildi. Hukumat tarkibiga 

Muhammadjon Tinishboyev

 (Bosh vazir va ichki

ishlar vaziri), 

Islom Shoahmedov

 (Bosh vazir oʻrinbosari), 

Mustafo Choʻqay

 (tashqi ishlar vaziri),

Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev

 (harbiy vazir), 

Hidoyatbek Agayev

 (yer va suv boyliklari vaziri),

Obidjon Mahmudov

 (oziq-ovqat vaziri), 

Abdurahmon Oʻrazayev

 (ichki ishlar vazirining oʻrinbosari),

Solomon Gersfeld

 (moliya vaziri) kiritildi. Keyinchalik hukumat tarkibida ayrim oʻzgarishlar yuz

berdi. M. Tinishboyev 

Alash oʻrda

 Muxtoriyati faoliyatida qatnashish uchun Orenburgga joʻnab

ketgach (

1917-yil

), Mustafo Choʻqay Bosh vazir lavozimini bajarishga kirishdi. Shoahmedov

moliya vaziri (S. Gersfeld oʻrniga), Potelyaxov oziq-ovqat vaziri (O. Mahmudov oʻrniga), O.

Tarixi


Boshqaruvi


Mahmudov adliya vaziri, Nosirxon Toʻra maorif vaziri, 

Saidnosir Mirjalilov

 hukumat xazinachisi

lavozimlarini egallashdi. Savodsiz bolshevik komissarlardan farqli ravishda hukumat aʼzolari

chuqur maʼlumotli taraqqiyparvar ziyolilar boʻlib, ulardan 5 nafari huquqshunos edi. Turkiston

Millat Majlisi 54 nafar (36 musulmon, 18 yevropalik) aʼzodan iborat boʻlishi kerakligi belgilandi.

Qurultoy jarayonida 32 kishidan iborat Millat Majlisi saylandi.

Turkiston Millat Majlisi tomonidan tasdiqlangan qonunlar tez orada eʼlon qilindi, shuningdek,

yangi hukumat mamlakat Konstitutsiyasini tayyorlash uchun taniqli huquqshunoslarni jalb qildi.

1917-yil


 

26-dekabrda

 Turkiston muxtoriyatining Milliy bayrogʻi qabul qilindi. "El bayrogʻi", "Birlik

tugʻi", "Svobodnoʻy Turkestan", "Izvestiya Vremennogo Pravitelstva Avtonomnogo Turkestana"

kabi hukumat gazetalari oʻzbek, qozoq, rus tillarida nashr qilina boshlandi. Avval chiqayotgan

"Ulugʻ Turkiston" va "Hurriyat" gaz.lari ham oʻz sahifalarida muxtoriyat hukumati faoliyatiga

alohida oʻrin ajrata boshladi. Nashr ishlarini yaxshilash uchun O. Mahmudovning bosmaxonasi

hukumat ixtiyoriga oʻtdi. Turkiston muxtoriyati milliy qoʻshinni tashkil qilishga kirishdi. 1918 y.

boshida ularning soni 2000 askarga yetdi. Bundan tashqari Qoʻqonda taxminan shuncha

mirshablar bor edi. Hukumat iqtisodiy sohada 30 mln. soʻm miqdorida ichki zayom chiqarishni

yoʻlga qoʻydi. Shuningdek, hukumat aʼzolari ochlik changalida qolgan Turkiston aholisiga

Orenburg orqali gʻalla keltirish muammosini hal qilish uchun amaliy qadamlar tashlagan.

Turkiston muxtoriyati hukumati qisqa muddat ichida xalq oʻrtasida katta eʼtibor qozondi. Yangi

hukumat faoliyati butun Turkiston mintaqasida yashayotgan tub yerli xalqlar tomonidan qizgʻin

qoʻllab-quvvatlandi.

Oʻlka bolsheviklari Turkiston muxtoriyati hukumatiga katta xavf deb qaradilar. Turkiston oʻlkasi

ishchi, soldat va krestyan deputatlarining favqulodda 4-sʼyezdi (

Toshkent shahri

1918-yil


 19—

26 yanvar)da muxtoriyatga munosabat masalasi asosiy oʻrinda turdi. Sʼyezd Turkiston

muxtoriyati hukumati va uning aʼzolarini qonundan tashqari holda deb hisoblab, hatto vazirlarni

qamoqqa olish haqida qaror qabul qildi. 

1918-yil

 

30-yanvarda



 Turkiston oʻlkasi XKS Turkiston

muxtoriyatini tugatish uchun harbiy harakatlarni boshladi. Toshkentdagi bolsheviklar buning

uchun qizil gvardiyachilar otryadlari va arman dashnoqlari drujinalaridan (qarang 

Dashnaksutyun

)

keng foydalandi. Milliy matbuotning yozishicha, 



31-yanvar

 (yangi hisob bilan 

13-fevral

)da janglar

boshlandi. Turkiston oʻlkasi XKS 

1918-yil


 

14-fevralda

 (yangi hisob bilan) Fargʻona viloyatida

harbiy holat eʼlon qildi.

Dastlabki jangda muxtoriyatning milliy qoʻshinidan tashqari qoʻqonlik tinch aholi vakillari ham

qatnashdi. Asosan bolta, choʻkich, tayoq koʻtargan xaloyiqning soni 10.000 kishiga yetdi.

Ijtimoiy-maʼnaviy hayot

Barham topishi




Shunga qaramay, qurolsiz bu kishilar qizil askarlarning Qoʻqon shahriga qilgan hujumini uch kun

davomida mardonavor qaytardilar. Shu orada muxtoriyatchilar safida parokandalik yuz berdi (18

fevralda ulamolarning tazyiqi bilan Mustafo Choʻqay isteʼfoga chikdi va baʼzi vazirlar singari

Qoʻqonni tark etdi. Ayrim vazirlar (H.Agayev va boshqalar) jangda halok boʻldi. Hukumatning

boshqa aʼzolari (O.Mahmudov, Nosirxon toʻra, S.Gersfeld, U.Asadullaxoʻjayev, I.Shoahmedov) esa

keyinchalik bolsheviklar tomonidan qoʻlga olindi.

Qoʻqon sh. qoʻrboshi mirshablari boshligʻi Kichik Ergash 18 fevraldan boshlab amalda Turkiston

muxtoriyati hukumatining rahbariga aylandi. 19 fevralga oʻtar kechasi Toshkentdan Turkiston

oʻlkasi harbiy komissari Ye. Perfilyev boshchiligidagi piyoda, otliq va artilleriya qismlaridan iborat

11 eshelon qoʻshin yetib keldi. 19 fevraldan boshlab 3 kun davomida qizil askarlar shahar ustiga

toʻplardan yondiruvchi snaryadlar yogʻdirishdi. Shahar butunlay vayron boʻddi va oʻtolov ichida

qoldi. Qoʻqonning oʻzida 3 kun davomida 10 mingdan ziyod kishi oʻdsiriddi. Muxtoriyat

qoʻshinining tirik qolgan qismi Kichik Ergash boshchiligida (200—300 yigit) Qoʻqon yaqinidagi

Bachqir qishlogʻiga chekindi va mudofaa istehkomlarini qurib, dushman hujumini qaytardi. Qizil

gvardiyachilar Qoʻqon va uning atroflaridagi tinch aholini talash va oʻldirishni avj oldirishdi. Sovet

rejimi Turkiston muxtoriyati hukumatini 19 fevralda kurol kuchi bilan agʻdarib tashladi. 

1918-yil

22-fevralda

 

Qoʻqon


 shahridagi Rus-Osiyo banki binosida bolsheviklar tomonidan tayyorlangan

"tinchlik shartnomasi" imzolandi. Turkiston muxtoriyati hukumati atigi 72 kun umr koʻrgan boʻlsa

ham, u erksevar xalqimizni milliy mustaqillik va istiklol uchun kurashga daʼvat etdi. Bu

hukumatning agʻdarilishi turkistonliklar tomonidan sovet Rossiyasining Turkistonga nisbatan

tajovuzkor rejalari mavjudligining yana bir dalili sifatida qabul qilindi. Turkistonliklar tinch yoʻl

(parlament) bilan milliy davlatchilikni qayta tiklash mumkin emasligini tushunib, 

1918-yil

 fevral


oyining oxirida qoʻllariga qurol olgan holatda Turkistonda sovet rejimi va bolsheviklarga qarshi

qurolli harakatni boshlab yubordilar. Sovet tuzumi davrida Turkiston muxtoriyatining mohiyati

soxtalashtirilib, u tor maʼnodagi Qoʻqon muxtoriyati bilan almashtirildi.

[1][2][3][4][5]

1. 

Saidakbar Aʼzamxoʻjayev

. Turkiston muxtoriyati, T., 2000;

2. Rajabov K,. K., Mustaqil Turkiston fikri uchun mujodalalar

3. Alimova D., Golovanov A., Oʻzbekiston mustabid sovet tuzumi davrida: siyosiy va

mafkuraviy tazyiqoqibatlari, T., 2000

4. Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida]

5. 

OʻzME

Manbalar




Download 117.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling