Turon Zarmed Universiteti 4-31 iqts guruhi Talabasi Farm Tomonidan


Download 0.65 Mb.
Sana22.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1379239
Bog'liq
Shartnoma haqidagi tuwuncha va shartnoma tuzishning yòl yòriqlari

Turon Zarmed Universiteti 4-31 IQTS Guruhi Talabasi Nematov Baxodir Tomonidan Mavzu : Shartnoma haqidagi tuwuncha va shartnoma tuzishning yòl yòriqlari

Shartnoma — fuqarolik huquqida ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirish, burchlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi, bitimniig turi, sharhidan kelib chiquvchi fuqarolik huquqiy munosabat ham, shuningdek, yozma ravishda tuzilgan Shartnoma mazmuni bayon qilingan hujjat ham „Shartnoma“ termini bilan ataladi. „Shartnoma“ soʻzining sinonimi — kontrakt. Fuqarolar va yuridik shaxslar Shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma tuzishga majbur qilinishga yoʻl qoʻyilmaydi, Shartnoma tuzish burchi qonumajburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shahrini ham tuzishlari mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining FKda Shartnoma toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar, shahrining koʻrinishlari, Shartnoma tuzish, uni oʻzgartirish va bekor qilish tartibi bayon qilib berilgan 

Shartnoma tuzish majburiyatmi Shuni taʼkidlash lozimki, insonlar shartnoma tuzishda erkin boʻlib, ularni shartnoma tuzishga hech kim majbur qilmaydi. Insonlar qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan, jumladan, oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish kabi shartnomalar bilan birgalikda qonunchilikda nazarda tutilmagan shartnomalarni ham tuzishlari mumkin. Asosiysi ular qonunchilik hujjatlari talablariga zid boʻlmasligi kerak.

Shartnoma tuzishda nimalarga eʼtibor qaratish lozim? Biz shartnoma tuzish taklifini yoki boshqacha qilib aytganda, shartnoma loyihasini qoʻlimizga olar ekanmiz, uni shoshmasdan oʻqib chiqishimiz va unda nimalar aks etganligiga eʼtibor qaratishimiz shart. Bu borada biz qonun hujjatlarida shartnomalarga nisbatan qanday talablar qoʻyilganligi xususida soʻz yuritamiz. Jumladan, xoʻjalik shartnomasida shartnoma predmetini, yetkazib beriladigan tovarning (ishning, xizmatning) miqdori, sifati, assortimenti va bahosini, shartnomaning bajarilish muddatlarini, hisob-kitob qilish tartibini, taraflarning majburiyatlarini, bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligini, nizolarni hal etish tartibini hamda taraflarning rekvizitlarini, shartnoma tuzilgan sana va joyni, shuningdek, bunday turdagi shartnomalar uchun qonunchilikda belgilangan yoki taraflardan birining arizasiga koʻra oʻzaro kelishuvga erishish lozim boʻlgan boshqa muhim shartlarni nazarda tutishi kerak.

Yakun sifatida bir qator jihatlarga eʼtibor qaratish shartnoma tuzmoqchi boʻlsangiz, avvalo, bu boradagi shartnomalar namunalarini oʻrganishdan boshlang; shartnomaning qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini taʼminlash uchun yuristlardan uni huquqiy ekspertizadan oʻtkazib berishlarini iltimos qiling; shartnoma tuzilganidan soʻng uning haqiqiy emasligiga olib keladigan xato va kamchiliklar aniqlangan taqdirda, shartnomani qoʻshimcha kelishuv bilan tuzating.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling