Tursunov dilshodning "menejment" fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 134.65 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi134.65 Kb.
#1462444
Bog'liq
Tursunov Dilshod


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM FAN VA INNIVATSIYALAR VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI BI 121-GURUH TALABASI
tursunov dilshodNING “MENEJMENT” FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI.
Mavzu: Ishbilarmonlik etikasi.
Reja:
  • Ishbilarmonlik etikasi.
  • Nutq madaniyati.
  • Ishbilarmonlik etiketining milliy xususiyatlari.

Ishbilarmonlikning etikasi. Ishbilarmonlig etikasi-bu yaxshilik va yomonlik, ma'naviylik va ahloqiylik, insonni jamiyatdagi ma'lum o'rni va hayoti va faoliyatining ma'nosi haqidagi tushunchalarga mos keluvchi inson hulqining ta'limi va amaliyotidir. Ishbilarmonlik etikasi o'z ichiga menejer, har qanday ishbilarmon kishi qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun suyanadigan ideallarni oladi.
Ishbilarmonlik etikasi faoliyatining u yoki bu sohasida tavakkalli, novatorli, halol, omilkor va qonuniy biznesni olib borishga asoslanadi. Tadbirkorlik faoliya tining xili va uning alohida turlaridan qat'iy nazar, ishbilarmonlik etikasi, ya'ni milliy etnik an'analarini va undan kelib chiquvchi qoidalarni hisobga olishi kerak. Ishbilarmonlik etikasi menejerning xarakteri, uning qalbi, aqlining xususiyat lari, motivatsiya, ma'lumoti va bilimlarining darajasi, uning jamoada, jamiyatdagi insonlarga nisbatan hulqi bilan chambarchars bog'langandir. Obru, faxr, halollik, izzattalablik, oliyjanoblik, muloyimlik menejer ishbilarmonlik etikasining "arsena- liga" kiradi, uni ijobiy ta'riflaydi.
Ular asrlar davomida har xil xalqlarning ko'pgina avlodlarining birgalikdagi faoliyati, jamoaviy turmushlari jarayonida vujudga kelganlar va madaniyatning asosiy yutuklaridan biri bo'lganlar. Qonunchilikni himoya qilishda qonunning u yoki bu moddasini buzganlik uchun jazolovchi maxsus davlat idoralari turgan huquqiy tartibga solishdan farqli ravishda etik me'yorlarga rioya qilinganlik yoki rioya qilmaganlik ustidan nazorat qilish faqat jamoaviy fikr va insonning vijdoni bilan amalga oshiriladi. 
Xuddi shuning uchun axloqli bo'lish yoki bo'lmaslik deyarli to'liqligicha insonning shaxsiy yaxshi yoki yovuz irodasiga bog'liqdir. Albatta, har qanday erkin tanlov omillarining ko'pligi bilan asoslanadi, shunga qaramasdan insonni kuch bilan vijdonli qilish mumkin emas. Insoniy munosabatlar mavjud bo'lgan hamma yerda ahloq ham mavjud bo'ladi, chunki jamiyatda yashab, undan to'liqligicha ozod bo'lish mumkin emas. Sog'lom fikrlovchi inson, o'zining shaxsi va qadr-qimmatini hurmat qilgan holda, u muloqatda bo'lgan har bir inson ham, o'zining shaxsi va qadr- qiymatini tan olinishini muljallaydi. Shu bilan birga etik me' yorlarni buzilishi ertami yoki kechmi ijtimoiy yoki shaxsiy kulfatlar, baxtsizliklar, halokatlarga olib keladi, ahloq o'zi uchun qasos oladi, negaki uning asosiy belgilanishi insoniyatni uning yagonaligida saqlash, insonlarga o'zlarining hamjamiyatlarini saqlab qolishlariga yordam berish, bir birlarini yo'q qilishga yo'l qo'ymaslik, ularning birgalikdagi faoliyatining muvaffa qiyatiga ko'maklashishdir.
Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa boʻlib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas boglik holda taraqqiy etadi. Jamiyat aʼzolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, nutq madaniyati qoidalari va meʼyorlariga muvofiq holda takomillashib boradi. Nutq madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, sanʼat, radio, televideniye va davriy matbuotning alohida oʻrni bor. Ayniqsa, adabiy tilni meʼyorlashtirish va nutq madaniyati nazariyasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan, izohli, imlo, talaffuz, oʻquv va boshqa maxsus lugʻatlar muhim ahamiyatga ega. Madaniyatning keng tushunchasi, shubhasiz, aloqa madaniyati, nutq xulq-atvori madaniyati deb nomlanadigan narsani o'z ichiga oladi. Unga egalik qilish uchun nutq odob-axloqining mohiyatini tushunish muhimdir. XV asrdayoq oʻzbek adabiy tilining Nutq madaniyati va uning oʻziga xos meʼyorlari boʻlgan.
Alisher Navoiy oʻzining butun hayotiy va ijodiy faoliyati bilan oʻz davri nutq madaniyatiga, nutq odobiga mislsiz hissa qoʻshgan boʻlsa, keyingi davrda yashagan Bobur, Muhammad Solih, Gulxaniy, Nodira, Ogahiy, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlarning asarlari tilida ham oʻsha davr tili va nutq madaniyati maʼlum darajada aks etgan. "Yaxshi soʻz — jon ozigʻi", "Bugʻdoy noning boʻlmasa ham, bugʻdoy soʻzing boʻlsin", "Oʻynab gapirsang ham oʻylab gapir", "Har neni yemak — hayvonning ishi, har neni demak — nodonning ishi" kabi maqol va hikmatli soʻzlarning paydo boʻlishi ham oʻzbek xalqida nutq madaniyatiga avvaldan eʼtibor kuchli boʻlganidan darak beradi.
Biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun menejerlarga ishbilar-monlik etikasining asosini egallash muhimdir. Boshqaruv amaliyoti etik me'yorlarni, ya'ni kasbiy etikaning postulatlari(isbotsiz qabul qilinadigan qoidalar)ni ishlab chiqqan, ular tadbirkor, menejerning etik kodeksi deb ataluvchining asosida yotadilar. Ya'ni madaniy tadbirkor, menejer: o'z mehnatini nafaqat o'zi uchun, balki boshqalar, jamiyat, davlat uchun foydali bo'lishiga ishonishi;
  • o'zini o'rab turgan insonlar ishlashni xohlashlari va bilishlari, o'zlarini tadbirkor bilan birga ko'rsatishga intilishlaridan kelib chiqishi;
  • biznesga ishonishi, uni o'ziga jalb qiluvchi ijod sifatida baholashi, biznesga san'atga kabi qarashi;


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. «O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonun. – T., 15.02. 1991.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi, 2000 йил, 5-6 – son.
3. Menejment- N.K.Yo’ldoshev “O`ZBEKISTON FAYLASUFLARI MILLIY JAMIYATI” Toshkent 2018
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 134.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling