Tush fenomeni


Download 27.3 Kb.
Sana16.10.2020
Hajmi27.3 Kb.
#133989
Bog'liq
Tush fenomeni


Tush fenomeni

Shunday holatlar borki,unda inson harakatlansada o’ylash va his qilishdan mahrumdir. Bu paytda u o’zini anglamaydi. Shunga qaramay uning qon tomirlari urishda davom etadi, yurak bir torayib bir kengayadi o’pkasi esa hayotbaxsh havo olib ishlayveradi ,Bu ta’riflangan holat uyqu ekanligini barchangiz topgan bo’lsangiz ajab emas.Ha,albatta barchamiz uyquni yaxshi ko’ramiz hattoki umrimizni uchdan bir qismi uyquda o’tib ketganini payqamay ham qolamiz.Chunki uyqu asnosida tabiat bizning hayot tashvishlaridan charchagan asablarimizni allalaydi miyamizga dam beradi,Ruhimiz orom topadi.Asablarimizning bo’shashi va miyamizning dam olishi natijasida ruhimiz ozodlikga chiqgandek bo’ladi.Bu holat esa deyarli har kuni ko’rayotgan tushlarimizdir.

Tush nima o’zi?

Tush qanday voqea orqali ko’riladi?

Inson tush ko’radimi yoki tushida yashaydimi?

Tushda voqelikdan o’zib ketish hodisasi nimaga asoslanadi?

Ma’lumki tush ko’rish ixtiyorsiz hayolning bir ko’rinishidir. Odam uxlagan vaqtda tush ko’radi.Ilmiy asarlarda yozilishicha uyquda miyadagi psixik jarayonlarning markazlari tormozlanadi va odam miriqib uxlab dam oladi. Agar bosh miyadagi biron markaz qo’zg’alib qolsa shu markazga ta’sir etgan voqea-hodisalar xira bo’lsada miyada tiklanadi va odam tush ko’radi. Ko’pchilik tushni miya qavatlaridagi obraz yasash faoliyati bilan bog’laydi. O’zbek tilining izohli lug’atida tushga shunday ta’rif beriladi” Tush uyquda vujudga keladigan obrazlar,uyqu vaqtida ko’riladigan narsalardir” Bu ta’rif bir jihatdan to’g’ri. Haqiqatdan miya obraz yasash xususiyatiga egadir, ya’ni miya qavatida obraz yasovchi uskuna mavjud. Biroq keng miqyosdagi tushni faqat miya qavatida obraz yasovchi uskunaga bog’lash mantiqga to’g’ri kelmaydi. Chuqur uyqu vaqtida bosh miya po’stloq qismining nerv hujayralari butunlay tormozlanadi va bunda tush ko’rilmaydi. Uyqu yuzaki bo’lganda bosh miya po’stlog’ining ayrim qismlaridagi, ayniqsa ensa qismidagi ko’rish markazining nerv hujyralari to’liq tormozlanmaydi, ya’ni ularning ba’zilari kuchsiz qo’zg’alish holatida bo’ladi. I.M.Sechenov ”Tush ko’rish bu odam ko’rgan kechirganlari ta’sirining uyqu vaqtida aralash-quralash holdagi ko’rinishidir” degan edi.

TUSH KO’RISH JAROYONIDA IKKI QARAMA QARSHI FIKR BOR:

Ilmiy: Galen, Gippokrat, Ar-Roziy va Ibn Sinoning fikrlari bo’yicha inson mijozi qanday bo’lsa,tushi ham shunga yarasha bo’lar ekan.Masalan issiq mijozli mijozli insonlar qotib uxlab og’ir tushlar ko’rar ekan,quruq mijozli insonlar esa yengil uxlab yoqimli tushlar ko’rar ekan.

Diniy-falsafiy: Islom dinida tushlar ikkiga bo’linadi: rahmoniy va shaytoniy. Rahmoniy tushlar asosan sahar, erta tong ko’riladi deb marhamat qilinadi. Shaytoniy tushlar esa uzuq-yuluq, aralash ba’zan qo’rqinchli bo’ladi. Bunday tush ko’rgan kishi uyg’ongach uch marta “Astag’furillah” deb o’ng tomoni bilan yotib uyquga ketishi mumkin. Hadislarda sahar vaqti kunduz ko’rilgan va so’zi to’g’ri kishilarning tushlari to’g’ri chiqishi aytilgan.

Tush ko’rish fenomenini o’rganish uchun dunyo bo’ylab bir qancha ilmiy markazlar laboratoriyalar faoliyat ko’rsatyapti. Lekin bir xulosaga kelaolmayapti. Tush ko’rish fenomeni olloh taloning mo’jizasidir. Zamonaviy ilm –fan esa tush ko’rishni miyaning faoliyati bilan bog’laydi, lekin tush ko’rish jarayonini materialistik qarash bilan tushuntirib bo’lmaydi.

Inson tirikligida uning uchun vaqt, makon va zamon tushunchasi bo’ladi.Tanamiz va ruhimiz shu vaqt makon va zamonda yashaydi, lekin ruhimiz uchun o’lchamni faqat materialistik nuqtai nazardan chegaralasak ko’p narsani tushunmay qolamiz. Ruhimiz uchun bu o’lcham faqat tana qafasida turgan ruh uchun bor. Tana qafasidan qutulgan ruh uchun vaqt bir tomonlama harakat qilmaydi. Uxlayotgan odamning ruhi zamon makon vaqt tushunchasidan chiqadi.

Mashxur psixolog Z.Freyd tush ramzlarini talqin qilish vositasida patsentlarni ularning klassik simptomlarini va ziddiyatlarini tushuntirishga yordam beruvchi psixoanalitik usul—tushlarni tabirlash haqida o’zining 1900-yilda yozilgan “Tushlarni tabirlash”asarida yozib qoldirgan. U tushlarni ongzislikga olib boruvchi yo’l deb bilgan.

Uyqumizning 20% da ko’radigan tushlarimiz yaqin oradagi xotiralarimiz bilan bog’liq. Mattyu Volkerning aytishicha, normal uyqu jarayonida miyada asabiylashuv bilan bog’liq modda ishlab chiqarish keskin pasayadi va buning ortidan uyg’ongan odamdagi ruhiy notinchlik sokinlashadi. Yana bir psixolog Roderik Orner tush ko’rish og’riqli xotiralarni unutishga yordam berishini tadqiqotlarida aniqlaydi.

Yaqinda olimlar tadqiqot o’tkazishdi: odamlarga belgilangan 8 soat uxlashga berishdi, lekin tush ko’rish vaqtiga yetganda ularni uyg’otib turishdi. Bu hodisa yana takrorlanganda uch kundan keyin sinov ishtirokchilarida diqqatni jamlay olmaslik, gallyutsinatsiyalar, jizzakilik, asabbuzarliklar kuzatildi.

Hozirgi paytda his etyotganimiz tushimizda ham ko’rinadi. Ongimiz uyg’onishi zarurligini ko’rsatadi .

Ba’zida tushimizga notanish odamlarni ko’ramiz. Bilmaymizki, ongimiz ularning qiyofasini o’ylab topyotgani yo’q. Bu hayotda ko’rgan lekin yodimizdan ko’tarilgan odamlarning qiyofasidir.

Ishonasizmi yoki yo’qmi, lekin tush ko’ryotganimizda tanamiz deyarli falaj bo’ladi. Bu tushda ko’ryotgan narsalarni o’ngimizda takrorlamaslik uchun tana o’zini ehtiyot qiladi.

Tushlarimizning 90% ni esdan chiqaramiz, uyg’onganimizdan 5 daqiqa o’tgach tushimizning yarimini, 10 daqiqadan keyin esa 10% ni eslasak ham katta gap.

Ko’zi ojizlar ham tush ko’radi, tug’ilgandan keyin ko’r bo’lib qolganlar rasmli tushlar ko’rishi mumkin. Tug’ma ko’rlar esa rasmlarni ko’rmaydi, lekin ularning tushi kuy, tarovat va hissiyotlargato’la bo’ladi.

Hamma ham rangli tushlar ko’ra olmaydi. Odamlarning 12% oq-qorarangdagi tushlarni ko’radi.

Tushni hamma ko’radi, faqat asabi jiddiy buzilgan bemorlar bundan mustasno.

Ayollar ikkala jinsga oid odamlarni ham ko’risha oladi.

Erkaklar asosan o’z jinsiga oid odamlarni ko’radi.

Tushlarni tom ma’noda tushunmaslik kerak. Ongimiz belgilar orqali so’zlashadi. Shuning uchun hatto mantiqiy va boy syujetli tushni ham aynan tushunmaslik kerak. Ongimiz aniq tasvirlarni emas, belgilar yordamida tushuntirishga harakat qiladi.

Tush – bu insoning va hayvonlarning ongida qonuniy tarzda tunda takrorlanib turadigan, o’z ichiga bir nechta qadamlarni oladigan o’ziga xos holatdir. Ushbu qadamlarning paydo bo’lishi miyaning turli xil faoliyatlari bilan ta’minlanadi. Tush ko’rish paytida insonda ikki asosiy faza almashadi: surati past va tez kechadigan tushlar, tushlar asosan surati past tush bilan boshlanadi, uyg’onish vaqtida esa asosan surati tez kechadigan tush ustun bo’ladi. Polisomnografiyada ko’rsatilishicha ko’pchilikda 4-6 sikldan iborat ushbu holat 80 -100 daqiqaga teng bo’larkan.

Ayrim olimlarning fikricha, biz xotiramizda saqlab qolishimiz zarur narsalar tushimizga kirarkan, Ayrimlarning fikricha esa tushimizga xotiramizni “ifloslantiradigan”, miya faoliyatiga xalaqit qiladigan, keraksiz narsalar kirar ekan. Balkim tush umuman maqsadsizdir va ushbu faoliyat ongimizning ma’nosiz ikkinchi darajali ta’siridir.



Tush ko’rishni masofadan turib fikr uzatish desak ham bo’ladi, chunki tush ko’rib kashfiyot qilgan yoki buyuk asarlar yozgan adib va olimlar juda ko’p.

Masalan, A.Qodiriy “Mehrobdan chayon” romanini yozishdan oldin Solih Mahdumni tushida ko’rganligini o’zi e’tirof etadi. Bundan tashqari Mendelyev, mashhur skripkachi Tartani va boshqalarda bunday holat kuzatilgan.
Download 27.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling