Tush ko'rish


Download 16.49 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi16.49 Kb.
#1505016
Bog'liq
Tush ko\'rish


Tush ko'rish
Tush ko’rish — uyquda sodir bo’ladigan subyektiv-psixik hodisa. Tush ko‘rish chuqur uyquga ketishdan yoki uyg‘onishdan avval sodir bo‘ladi. Uyqu tenglashish, paradoksal va ultraparadoksal fazalarga bo'linadi. Ko‘pincha odam ultraparadoksal bosqichda tush ko‘radi. Chuqur uyqu vaqtida bosh miya po’stloq qismining nerv hujayralari butunlay tormozlanadi va bunda tush ko’rilmaydi. Uyqu yuzaki bo’lganida bosh miya po’stlog’ining ayrim qismlaridagi, ayniqsa, ensa qismidagi ko’rish markazining nerv hujayralari to’liq tormozlanmaydi, ya’ni ularning ba’zilari kuchsiz qo’zg’alish holatida bo’ladi. Ana shu vaqtda tush ko’rish sodir bo’ladi. I. M. Seche-nov “Tush ko’rish — bu odam ko’rgan-kechirganlari ta’sirining uyqu vaqtida aralash-quralash holdagi ko’rinishidir”, degan edi.
Ayrim hollarda odamning tushiga hech qachon ko’rmagan, eshitmagan, o’ylamagan hodisalar kiradi. Buning sababi shundaki, odam o’z hayotida hamma ko’rgan-kechirgan voqealarni, o’z istak va intilishlarini eslab qola olmaydi, lekin ular bosh miya hujayralarida iz qoldiradi. Bu izlar uyqu vaqtida tiklanib tushga kiradi. Ba’zan odam tushida o’zi kasal ekanligini ko’radi va ko’p vaqt o’tmay kasal bo’ladi. Buning sababi shundaki, ko’pchilik kasalliklar asta-sekin boshlanadi. Boshlanish davrida kasallik belgilari kuchsiz bo’ladi. Uyg’oqlikda odamning sezgi organlariga atrof-muhitdan juda ko’p omillar ta’sir etadi va uning bosh miyasidagi sezgi markazlari ana shu ta’sirni qabul qilish bilan band bo’ladi. O’z organizmida sodir bolayotgan kasallikning kuchsiz belgilarini sezmaydi. Uyqu vaqtida esa bosh miyaning sezgi markazlari tashqi muhit ta’siridan holi bo’lganligi uchun ular organizmdagi kuchsiz kasallik belgilarini qabul qilish imkoniyatiga ega bo’ladi va ular tush bo’lib ko’rinadi.
Tush haqida olimlar fikri:
Galen, Gippokrat, ar-Roziy va Ibn Sino fikrlari bo‘yicha, inson mijozi qanday bo‘lsa, tushi ham shunga yarasha bo‘lar ekan.Masalan, o‘ta issiq mijozli odam juda qotib uxlab, og‘ir tushlar ko‘radi. O‘rta darajada issiq va o‘rtacha quruq mijozli odamlar esa yengil uxlab, yoqimli tushlar ko‘rar ekan.
Uyqu masalasida Ibn Sino ≪Inson ovqatga to‘yib uxlaganda aloq-chaloq tushlar ko‘rishi bilan birga pishib terlaydi, bu tarzda uxlagan odamning ruhi dam olmaydi, agar kam ovqatlanib uxlasa, yaxshi tushlar ko‘rishi mumkin. Bu holatda uyqu o‘z joyini topadi, qon aylanishi mo‘tadillashib, kishiga yangitdan kuch bag‘ishlaydi≫ deydi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, kunduzgi uyqu ham turli xil kasalliklarni yuzaga keltirar ekan. Kunduzgi uyqu teri rangini o‘zgartiradi, asablarni bo‘shashtirib, odamni dangasa qiladi, ishtahani bo‘g‘adi, hatto bezgak kasalligi ham shu tufayli qo‘zg‘alishi mumkin. Chunki kunduzgi uyqu oz bo‘lib, inson organizmiga yetarli darajada dam berolmaydi.Tush ko‘rishni masofadan turib fikr uzatish desa ham bo‘ladi. Chunki tush ko‘rib kashfiyot qilgan yoki buyuk asarlar yozgan adiblar, olimlar haqida ko‘p eshitganmiz. Masalan, Abdulla Qodiriy≪Mehrobdan chayon≫ romanini yozishdan oldin Solih Mahdumni tushida ko‘rganligini o‘zi e’tirof etadi. Yoki D.I. Mendeleyev barcha kimyoviy elementlarni tushida ko‘rgach, o‘z jadvalini yaratadi.
Ilm-fan nuqtai nazaridan olganda, tush bilan bog‘liq bir necha haqiqat mavjudki, ular haqida to‘xtalmoqchimiz.
1. Tushlar asabbuzarlikning oldini oladi
Yaqinda olimlar tadqiqot o‘tkazishdi: odamlarga belgilangan 8 soat uxlashga berishdi, lekin tush ko‘rish vaqti yetganida ularni uyg‘otib turishdi. Ular yana uyquga ketar va tush vaqti kelganida avvalgi hodisa takrorlanardi. Natijada uch kundan keyin sinov ishtirokchilarida diqqatni jamlay olmaslik, gallyutsinatsiyalar, jizzakilik, asabbuzarliklar kuzatildi. Nihoyat ularga xotirjam uxlash imkoni berilganida qattiq uxlab qolishgacha bo‘lgan davr cho‘zilganiga guvoh bo‘lishdi. Shu tariqa miya avvalgi kunlardagi uyqu buzilishining o‘rnini qoplardi.
2. Tashqi ta’sirlar tushimizda ham seziladi
Ko‘pchiligimiz bunga guvoh bo‘lganmiz: hozirgi paytda his etayotganimiz tushimizda ham ko‘rinadi. Misol uchun, chanqagan odam tushida suv to‘la piyolani ko‘radi. Tushida suvni ichib chanqog‘ini bosmoqchi bo‘ladi, lekin bunga erisholmay, yana piyolani to‘ldiradi va yana ichadi. Axiyri, uyg‘onib ketib, haqiqatan ham chanqaganini tushunishadi va chanqoqni bosib qayta uyquga ketishadi. Shunday qilib ongimiz uyg‘onish zarurligini ko‘rsatadi.
3. Faqat aslida ko‘rganlarimiz tushimizga kiradi
Ba’zida tushimizda notanish odamlarni ko‘ramiz. Bilmaymizki, ongimiz ularning qiyofasini o‘ylab topayotgani yo‘q. Bu hayotda ko‘rgan, lekin yodimizdan ko‘tarilgan odamlarning qiyofasidir.
4. Tush paytida falaj yotamiz
Ishonasizmi yoki yo‘qmi, lekin tush ko‘rayotganimizda tanamiz deyarli falaj bo‘ladi. Bu tushda ko‘rayotgan narsalarni o‘ngimizda ham takrorlamasligimiz uchun tana o‘zini ehtiyot qiladi.
5. Tushlarimizning 90 foizini esdan chiqaramiz
Uyg‘onganimizdan 5 daqiqa o‘tgach tushimiznig yarmini ham eslolmaymiz, 10 daqiqalardan keyin esa 10 foizini eslasak katta gap. Shoir, yozuvchi, olimlar tushida she’r yoki hikoya yozishgan, yangi ilmiy nazariyani ilgari surishgan hollar uchrab turadi. Agar yostig‘i oldida qog‘oz va qalam qoldirgan bo‘lishsa, yaxshi. Semyuel Kolrij «Kubla Xan» she’rini, Robert Lyuis Stivenson o‘zining doktor Jekil va janob Xayd haqidagi asarini, Meri Shelli Frankenshteyn haqidagi asarini, shuningdek hammamiz biladigan unsurlar davriy tizimi, ya’ni Mendeleyev jadvalini tushida ko‘rib, so‘ngra o‘ngida yaratishgan.
6. Ko‘zi ojizlar ham tush ko‘radi
Tug‘ilganidan keyin ko‘r bo‘lib qolganlar rasmli tushlar ko‘rishi mumkin. Ko‘r bo‘lib tug‘ilganlar esa rasmlarni ko‘rmaydi, lekin ularning tushi kuy, tarovat va hissiyotga to‘la bo‘ladi.
7. Hamma ham rangli tush ko‘ra olmaydi
Odamlarning 12% oq-qora rangdagi tushlarni ko‘radi. Qolganlar rangli tushlar ko‘rishi mumkin. Bir necha ko‘rinishdagi tushlar mavjudki, ularni deyarli hamma odamlar vaqti-vaqti bilan uyqusida ko‘radi. Bularga: maktab yoki ishdagi vaziyatlar, orqasidan kimningdir quvishi, balandlikdan tushib ketish, odamning o‘limi, tishlarning tushishi, uyqusida uchish, imtihonni topshirolmaslik, falokatlar va boshqalar kiradi.
8. Avval sigareta chekkan odamlar yorqin tush ko‘rishadi
Avval sigareta tutatib, keyinchalik bu odatini tashlaganlar boshqa odamlarga qaraganda yorqin va haqqoniy tushlar ko‘rishadi. Odatda ularning tushiga yana sigareta cheka boshlagani va bundan aybdorlik hissini tuygani kiradi.
9. Tushni hamma ko‘radi
Hammamiz tush ko‘ramiz, faqat asablari jiddiy buzilgan bemorlar bundan mustasno. Erkaklar va ayollar turlicha tush ko‘radi. Erkaklar asosan o‘z jinsiga oid odamlarni ko‘rsa, ayollar ikkala jinsga oid odamlarni ko‘rishadi.
10. Tushlarni tom ma’noda tushunmaslik kerak
Ongimiz belgilar orqali so‘zlashadi. Shuning uchun hatto mantiqiy va boy syujetli tushni ham aynan tushunmaslik kerak. Ongimiz aniq tasvirlar emas, belgilar yordamida tushuntirishga harakat qiladi.
Download 16.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling