Tushunchalar Izohi


Download 17.22 Kb.
Sana25.05.2020
Hajmi17.22 Kb.


1-TOPSHIRIQ


Tushunchalar

Izohi

Badiiy matn tahliliga assotsiativ yondashuv

Badiiy matn tahliliga assotsiativ yondashuv matnning semantik-sintaktik tarkibini aniqlashga yordam beradi.

Badiiy matnda qo‘llangan assotsiativ munosabatdagi birliklar tahlili orqali ijodkorning voqelikni idrok etishi va u haqdagi tasavvurlari, leksik zahirasi, zahira ko‘lami hamda tarkibi, ijodkorning so‘z tanlash mahorati haqida qimmatli bilimlarga ega bo‘lish mumkin. Bu holat insonning psixologik tasavvuri asosida xotirasida bir-birini yodga tushiruvchi assotsiatsiyalarni nafaqat psixologlar, balki tilshunoslar ham chuqur o‘rganishi lozimligini ko‘rsatadi.

Badiiy matnning assotsiativ tadqiqi muammosi ba’zi tillar misolida maxsus o‘rganilgan, hatto matnni assotsiativ tahlil qilishning ilmiy-nazariy tamoyillari ham ishlab chiqilgan. Biroq o‘zbek tilshunosligida badiiy matn tahliliga assotsiativ yondashuv dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.


Badiiy matnni idrok etish

Badiiy matnda qo‘llangan assotsiativ munosabatdagi birliklar tahlili orqali ijodkorning voqelikni idrok etishi va u haqdagi tasavvurlari, leksik zahirasi, zahira ko‘lami hamda tarkibi, ijodkorning so‘z tanlash mahorati haqida qimmatli bilimlarga ega bo‘lish mumkin. Bu holat insonning psixologik tasavvuri asosida xotirasida bir-birini yodga tushiruvchi assotsiatsiyalarni nafaqat psixologlar, balki tilshunoslar ham chuqur o‘rganishi lozimligini ko‘rsatadi. Ma’lumki, verbal assotsiatsiyalar har bir til egasida turlicha shakllanadi. Ayniqsa, badiiy so‘z ustalariga xos assotsiativ birliklar nisbatan rang-barangligi, tashqi olamni tilda turli bo‘yoqlar bilan obrazli va yorqin aks ettirishiga ko‘ra ajralib turadi. Assotsiativ birliklarning bo‘yoqdorligiga so‘z san’atkorining tashqi olamni «shoirona» idrok etishi, uni tilda obrazli bayon etishi, badiiy matnning ekspressiv-emotsionallik belgisiga ega bo‘lishi kabilar ta’sir ko‘rsatadi.

Badiiy matndagi assotsiativ birliklar nafaqat so‘z san’atkorining leksik zahirasi, balki ayni tilning ma’lum bir davrdagi leksik tarkibi haqida ham ma’lumot bera oladi. Badiiy matnlar tahlili asosida muayyan davr tili, tilning leksik tarkibi, grammatik qurilishi haqida xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi. Jumladan, Alisher Navoiy g‘azaliyotida ko‘p qo‘llangan forscha so‘zlar o‘sha davr adabiyotida fors-tojik tilining hukmron mavqega ega bo‘lganligidan dalolat beradi.




Matn yaratilishining asosiy omillari

Til birliklarining assotsiativ aloqasini matn yaratilishining asosiy omillaridan biri hisoblash mumkin. Badiiy matnning yaratilishida ijodkor lisoniy zahirasidan o‘rin olgan assotsiativ munosabatdagi birliklar (leksik, sintaktik birliklar) muhim o‘rin tutadi. Badiiy matnda qo‘llangan assotsiativ birliklar voqelikning so‘z san’atkori tasavvuridagi yaxlit obrazini yaratishga yordam beradi. Masalan, Alisher Navoiyning “Men o‘lsam, ishq naqdi xud erur ko‘nglumga mavrusi, Kishi farzandi garchi bo‘lsa besomon, erur voris” baytida qo‘llangan farzand – voris assotsiativ juftligi baytda ilgari surilgan asosiy g‘oyani yuzaga chiqarishga xizmat qilgan. Demak, matn tuzuvchining voqelik bo‘yicha yuzaga kelgan verbal assotsiatsiyalari, uning ko‘lami matnning mantiqiy-semantik strukturasini belgilab beradi.

Ijodkorning lisoniy zahirasi

Til birliklarining assotsiativ aloqasini matn yaratilishining asosiy omillaridan biri hisoblash mumkin. Badiiy matnning yaratilishida ijodkor lisoniy zahirasidan o‘rin olgan assotsiativ munosabatdagi birliklar (leksik, sintaktik birliklar) muhim o‘rin tutadi. Badiiy matnda qo‘llangan assotsiativ birliklar voqelikning so‘z san’atkori tasavvuridagi yaxlit obrazini yaratishga yordam beradi. Masalan, Alisher Navoiyning “Men o‘lsam, ishq naqdi xud erur ko‘nglumga mavrusi, Kishi farzandi garchi bo‘lsa besomon, erur voris” baytida qo‘llangan farzand – voris assotsiativ juftligi baytda ilgari surilgan asosiy g‘oyani yuzaga chiqarishga xizmat qilgan. Demak, matn tuzuvchining voqelik bo‘yicha yuzaga kelgan verbal assotsiatsiyalari, uning ko‘lami matnning mantiqiy-semantik strukturasini belgilab beradi.


Badiiy matnning assotsiativ maydoni

Umuman, matnning assotsiativ maydoni tahlili asosida unda qo‘llangan leksik birliklarning denotativ va konnotativ ma’nolari chegarasini belgilash, bu ikki ma’noning o‘zaro munosabatini aniqlash, matnda aks etgan muallif bahosi, bahoning modallik kategoriyasi bilan chegarasi, matnning assotsiativ maydoni qismlari kabi masalalarga oydinlik kiritish mumkin bo‘ladi.

Badiiy matnda assotsiativ tarzda bir-biri bilan bog‘langan til birliklari assotsiativ maydonni hosil qiladi. Bunday birliklar ijodkor ifoda etmoqchi bo‘lgan asosiy g‘oya atrofida birlashadi. Badiiy matndagi assotsiativ maydon birliklarining ko‘pchilik qismini adibning voqelikka sub’ektiv munosabatini aks ettiruvchi birliklar tashkil qiladi.

Manbalarda badiiy matn assotsiativ maydon sifatida qaralib, uning sarlavhasi maydon yadrosi deb beriladi. Agar matn, jumladan, she’r sarlavhasiz bo‘lsa, assotsiativ maydon yadrosi she’rning ifoda obyekti yoki lirik qahramonini anglatgan birlik bo‘lishi mumkin, chunki she’rdagi barcha leksik birliklar ular bilan ham semantik jihatdan, ham assotsiativ bog‘lanadi, bu esa assotsiativ maydon yadrosi mavjudligining asosiy shartidir, deb ko‘rsatiladi


Badiiy matnni mantiqiy-semantik jihatdan shakllantiruvchi assotsiativ birliklar

Assotsiativ maydonning chegara qismida assotsiatlar qo‘llanish chastotasining kamayishiga qarab joylashadi. Chegaradan o‘rin oluvchi assotsiatlarning stimul so‘z bilan mantiqiy-semantik aloqasi kuchsizlanib boradi.

Demak, matn tuzuvchining voqelik bo‘yicha yuzaga kelgan verbal assotsiatsiyalari, uning ko‘lami matnning mantiqiy-semantik strukturasini belgilab beradi.



Badiiy matnga xos paradigmatik assotsiatsiyalar

Paradigmatik assotsiatsiyalar. Bunday assotsiatsiyalar stimul so‘zning paradigmatik qatorlari asosida aniqlanadi. Paradigma a’zolari ko‘pincha sinonimik, antonimik, gipo-giperonimik munosabat asosida belgilanadi. Ma’lumki, ko‘z leksemasi o‘zbek tilida so‘zlashuvchi til egalari xotirasida yosh, yig‘i, qosh, surma, ko‘z nuri kabi assotsiatsiyalarni yodga keltiradi. Oshiq leksemasi esa xotirada yigit, ma’shuqa, muhabbat, dard, ayriliq, hijron kabi paradigmatik assotsiatsiyalarni jonlantiradi; shoh leksemasi saroy, saroy ahli, podshoh, vazir, xalq kabi assotsiativ birliklarni xotiraga keltiradi. Alisher Navoiy she’riy matn yaratishda bu kabi assotsiatsiyalardan unumli foydalangan. Uning g‘azallarida qo‘llangan oraz – ko‘z, ko‘z – qosh, ko‘z – yosh, oshiq – ma’shuqa, oshiq – ishq g‘avg‘osi, shoh – gado, yulduz – quyosh assotsiativ juftliklari she’riy matnni shakllantirishda qurilish materiali vazifasini bajarish bilan birga, tazod, tanosub she’riy san’atlarini hosil qilib, badiiylikni ta’minlashga xizmat qilgan. Bunday assotsiativ birliklar shoir tafakkuri va xotirasi mahsuli bo‘lib, she’riy matnning yaratilishida muhim o‘rin tutgan.


Matn egasining assotsiativ tafakkurini aks ettiruvchi individual assotsiatsiyalar

N.Hoshimovaning “Pragmaticheskie aspektы pri issledovanii assotsiatsiy” deb nomlangan maqolasida assotsiatsiyalarning individuallik xususiyatlari va ularni aniqlashga pragmatik yondashuv masalasi tahlil qilingan. Tadqiqotchi individual assotsiatsiyalarni yuzaga keltiruvchi tashqi va ichki omillar haqida fikr yuritgan. Uning qayd etishicha, tashqi omillarga til egalarining millati, yoshi, jinsi, ijtimoiy mavqei, kasbi kabi omillar kiradi. Shuningdek, voqelikning har bir inson tomonidan turlicha idrok etilishi, so‘z bilan bog‘liq holda orttirilgan bilim, insonning reprezentativ tizimi, so‘z ma’nosi va u haqida insonda shakllangan tushuncha kabi ichki omillar ham individual assotsiatsiyalarning hosil bo‘lishiga olib keladi.1 Albatta, assotsiativ maydonda o‘ziga xos individual assotsiatsiyalar ham uchraydi. Bunday assotsiatsiyalar nafaqat turli tillarda, balki bir til doirasida ham bir-biridan farq qiladi. Individual assotsiatsiyalarni o‘zbek tili materiallari asosida milliy-madaniy, gender, ijtimoiylik va boshqa omillar bilan bog‘liq tarzda tadqiq etish dolzarb muammolardan biridir.

Matn egasining voqelikka munosabatini aks ettiruvchi individual assotsiatsiyalar

E.Vohidov asarlarida qo‘llangan verbal assotsiatsiyalar ham shoirning assotsiativ tafakkuri, voqelikka munosabatini aks ettiruvchi individual xarakterdagi obrazli ifodalar bo‘lib, poetik matnni shakllantiruvchi asosiy tayanch birliklar hisoblanadi. O‘zbek tili egalarida ekskavator leksemasi orqali hosil bo‘luvchi doimiy (standart) assotsiatsiyalarni E.Vohidovning shu mavzudagi she’rida aks etgan assotsiativ birliklar bilan qiyoslab ko’rish mumkin. Ko‘pchilik til egalarida ekskavator leksemasi, asosan, yer, kavlash, traktor, buldozer, og‘ir mashina, texnika, dala, qo‘riq, dasht birliklarini yodga soladi. E.Vohidovning jonlantirish san’ati asosiga qurilgan mazkur she’rida esa ekskavator leksemasi bilan assotsiativ bog‘langan quyidagi birliklar uchraydi: na’ra soldi, na’ra tortdi, dasht qo‘yni, tashna yer bag‘ri, tuproq, tuproq oldi, siqimlab, ko‘tardi, po‘lat kafti, quyosh tafti, qo‘llari titrab ketdi.

E’tibor berilsa, she’rda tashna yer bag‘ri, po‘lat kaft, qo‘llari titrab ketdi, na’ra tortdi, na’ra soldi kabi obrazli ifodalar mavjud. Ular she’rning ta’sir kuchini yanada oshirgan, o‘ziga xos badiiy tasvirni hosil qilgan hamda she’riy matnning semantik yaxlitligini ta’minlagan. Anglashiladiki, shoir tomonidan hosil qilingan assotsiatsiyalar obrazli ifodalarga boyligi, pragmatik baho ifodalashi jihatidan ajralib turadi



Matn egasining xalq hikmatlariga asoslangan individual assotsiatsiyalar

Alisher Navoiyning quyidagi baytlari tahlili orqali asoslashga harakat qilamiz: Turmadi ko‘zumda yetkach ul sarvi baland, Bo‘lmas kishi farzandi kishiga farzand. («Badoyi’ ul-bidoya»)

Mazkur baytda “Bo‘lmas kishi farzandi kishiga farzand” jumlasi bugungi kunda xalqimizning “Birovning farzandi birovga farzand bo‘lmaydi” hikmatini yodga tushiradi. Bu hikmatning baytda qo‘llangan tarixiy variantini farzand leksemasining assotsiatsiyasi sifatida baholash mumkin.

Shunisi tahsinga loyiqki, Alisher Navoiy mazkur xalq hikmatidan mohirlik bilan ijodiy foydalanib, lirikasida rang-barang okkazional qo‘llanishlarni ham yaratgan.




3-TOPSHIRIQ

  1. Verbal assotsiatsiyalar matnni shakllantirishda qanday o‘rin tutadi?

Verbal assotsiatsiyalar matnni hosil qiluvchi, uni semantiksintaktik jihatdan shakllantiruvchi asosiy tayanch birliklar vazifasini o‘taydi. Bu jihatdan qaraganda, hech bir matnning lingvistik xususiyatiga assotsiativ tahlillarsiz haqqoniy baho berib bo‘lmasligi ma’lum bo‘ladi. Ayniqsa, badiiy matn tahliliga assotsiativ yondashuv matnning semantik-sintaktik tarkibini aniqlashga yordam beradi.




  1. Badiiy matnda qo‘llangan assotsiativ birliklar tahlili orqali qanday bilimlarga ega bo‘lish mumkin?

Badiiy matnda qo‘llangan assotsiativ munosabatdagi birliklar tahlili orqali ijodkorning voqelikni idrok etishi va u haqdagi tasavvurlari, leksik zahirasi, zahira ko‘lami hamda tarkibi, ijodkorning so‘z tanlash mahorati haqida qimmatli bilimlarga ega bo‘lish mumkin. Bu holat insonning psixologik tasavvuri asosida xotirasida bir-birini yodga tushiruvchi assotsiatsiyalarni nafaqat psixologlar, balki tilshunoslar ham chuqur o‘rganishi lozimligini ko‘rsatadi.



3. Badiiy matnda til egalari ongida barqarorlashgan holatga kelib qolgan qanday so‘z birikmalari ko‘p qo‘llaniladi? Alisher Navoiy she’rlaridagi ayrim so‘z birikmalarining bugungi davr she’riyat ahli asarlarida ham takrorlanishi ularning til egalari leksikonida shu shaklida o‘rnashib qolganligini ko‘rsatadi. Masalan, Alisher Navoiy g‘azallarida qo‘llangan ishq o‘ti, ishq ko‘yi, xasta ko‘ngil, olam ahli so‘z birikmalari bugungi kun she’riyat ahli xotirasida ham asosan shu shaklida o‘rnashgani bois she’riy matn yaratilishida lisoniy zahiradan tayyor holda olinadi.

E.Vohidov she’riyatida ham til egalari xotirasidan barqarorlashgan holatda o‘rin olgan sifatlovchili birikmalarning ko‘p qo‘llanganligiga guvoh bo‘lamiz. Masalan, shoirning “Bo‘lmas ekan she’r ahlining O‘z qalbiga shafqati”,“Bugun go‘zallikning qutlug‘ ayyomi” satrlarida qo‘llanganshe’r ahli, qutlug‘ ayyom so‘z birikmalarini mana shunday birliklar qatoriga kiritish mumkin. Assotsiativ xarakterdagi bu kabi so‘z birikmalarining ko‘psonli til egalarida takrorlanishi muayyan tilga xos eng umumiy xususiyatlar, shu tilning leksik tarkibi haqida umumiy xulosa chiqarishga imkon beradi.


4.Nima sababdan til birliklarining assotsiativ aloqasi matn yaratilishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi?

Badiiy matnning yaratilishida ijodkor lisoniy zahirasidan o‘rin olgan assotsiativ munosabatdagi birliklar (leksik, sintaktik birliklar) muhim o‘rin tutadi. Badiiy matnda qo‘llangan assotsiativ birliklar voqelikning so‘z san’atkori tasavvuridagi yaxlit obrazini yaratishga yordam beradi. Masalan, Alisher Navoiyning “Men o‘lsam, ishq naqdi xud erur ko‘nglumga mavrusi, Kishi farzandi garchi bo‘lsa besomon, erur voris” baytida qo‘llangan farzand – voris assotsiativ juftligi baytda ilgari surilgan asosiy g‘oyani yuzaga chiqarishga xizmat qilgan. Demak, matn tuzuvchining voqelik bo‘yicha yuzaga kelgan verbal assotsiatsiyalari, uning ko‘lami matnning mantiqiy-semantik strukturasini belgilab beradi.



  1. Alisher Navoiyning ishq mavzusiga bag‘ishlangan g‘azallarida qanday assotsiativ birliklar eng yuqori chastotaga egaligi bilan xarakterlanadi?

Alisher Navoiyning ishq mavzusiga bag‘ishlangan g‘azallarida ishq, oshiq, yor, ma’shuqa, ko‘ngil, gul, bulbul kabi assotsiativ munosabatdagi birliklar eng yuqori chastotaga egaligi bilan xarakterlanadi. Bunday assotsiativ birliklar ishq mavzusidagi g‘azallarni mantiqiysemantik jihatdan shakllantiruvchi tayanch birliklar hisoblanadi. Buyuk adib g‘azallarida ko‘z, oshiq, shoh, yulduz, dard leksik birliklari bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan rang-barang assotsiativ birliklar ham ko‘zga tashlanadiki, ularning poetik matn strukturasidagi o‘ziga xos mavqeini sezish qiyin emas.



  1. E.Vohidov asarlarida qanday birliklar eng yuqori chastotaga ega doimiy (standart) assotsiatsiyalar hisoblanadi?

E.Vohidov asarlarida qo‘llangan verbal assotsiatsiyalar ham shoirning assotsiativ tafakkuri, voqelikka munosabatini aks ettiruvchi individual xarakterdagi obrazli ifodalar bo‘lib, poetik matnni shakllantiruvchi asosiy tayanch birliklar hisoblanadi. O‘zbek tili egalarida ekskavator leksemasi orqali hosil bo‘luvchi doimiy (standart) assotsiatsiyalarni E.Vohidovning shu mavzudagi she’rida aks etgan assotsiativ birliklar bilan qiyoslab ko‘rish mumkin.


A.Navoiy va E.Vohidovlar qanday xalq hikmatlaridan ijodiy foydalanib, lirikasida rang-barang okkazional qo‘llanishlarni yaratishgan? Alisher Navoiy mazkur xalq hikmatidan mohirlik bilan ijodiy foydalanib, lirikasida rang-barang okkazional qo‘llanishlarni ham yaratgan. Qiyoslaymiz:

Tilarmenkim, pariyzode topib emdi ko‘ngul bersam, Bilindi, kimsaga qilmas vafo chun kimsa farzandi.

(«Favoyid-ul kibar»)

Sen o‘z xulqungni tuzgil, bo‘lma el axloqidin xursand, Kishiga chun kishi farzandi hargiz bo‘lmadi farzand.

(«Badoyi’ ul-bidoya»)

Xossa ma’nilarim el qilsa tasarruf qildik,

Kishi farzandi qachon kimsaga farzand o‘lmish.

(«Navodir ush-shabob»)

Quyidagi baytda esa ishq so‘zi orqali shoir xotirasida yodga tushgan “Ishqda shohu gado teng” xalq hikmati aks etgan. Bu hikmat shoirning ishq haqidagi dunyoviy bilimi bilan birga, ishq bobidagi millatimizga xos milliy-madaniy qarashlar haqida ham ma’lumot beradi:

Ishq aro shohu gado tengdur, gado balkim fuzun, Gar gadolig‘ aylar o‘lsa ishqning yag‘mosidin.

(«Navodirun-nihoya»)

E.Vohidov she’riy asarlarida ham ayrim verbal assotsiatsiyalarning milliy-madaniy qadriyatlarga ishora qilishi kuzatiladi. Masalan:

Musofir (Rustam Musurmonga) Toshkentning Rustamdek shoiri bo‘lmoq Qishloq yigitiga hech oson bo‘lmas.

O‘zbekning qadimiy hikmati bundoq:

Musofir bo‘lmagan Musurmon bo‘lmas.



  1. Poetik matnlarda aks etgan rang-barang assotsiativ birliklarning assotsiativ tahlili tilshunoslik uchun qanday bilimlar beradi?

Tahlil etilgan poetik matnlarda aks etgan rang-barang assotsiativ birliklar so‘z ustalarining leksik zahirasi, assotsiativ tafakkuri imkoniyatlari nihoyatda keng bo‘lganligidan dalolat beradi. Tilshunoslik uchun lug‘atlar tarkibining boyishiga, tilning yangi qirralari ochilishiga xizmat qiladi. Tilshunoslik ilimini yangi bilimlar bilan boyitadi.

Akbarova Maftunaxon O'TA 1-kurs magistranti.



1 Хошимова Н.А.Прагматические аспекты при исследовании ассоциаций // Вестник МГОУ. Серия «Русская филология». 2011. - № 6. – С. 91-93.

Download 17.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling